Mashina va mexanizmlarni ta’mirlashda xavfsizlik talablari. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi jarohatlar tahlilini ko’rsatishicha, jarohatlarni asosiy qismi mashinalarni qismga bo’lish va yig’ish jarayoniga to’g’ri keladi. Ushbu turdagi ishlarda jarohatlarni vujudga kelishining
sabablaridan biri asboblarni nosozligi va ularni o’z maqsadida ishlatmaslik. Masalan ochish kalitlarni tishlarini yeyilishi va boshqa o’lchamli kalitlarni ishlatishda qo’shimcha kuchaytirgichlar
ishlatish, bolg’alarni dastasini sinishi yoki metalldan payvandlash, tishli kesgich(zubila)larni yeyilishi yoki ularni o’rniga boshqa asboblarni ishlatilishi, metallarni qirqishda himoya ko’zoynaklaridan foydalanmaslik, siniq yoki darz ketgan asboblardan foydalanish kabi holatlar jarohatlanishlarga olib keladi. Ayniqsa qisilgan prujinalar va podshipniklarni yechib olish katta xavf
tug’diradi. Bundan tashqari mashina va agregatlarni qismlarga bo’lishda va yig’ishda havo bosimi
ostida va elektr tarmoqlari yordamida ishlaydigan asboblar ham keng ishlatiladi. Akkumulyator batareyasini qarovdan o’tkazish vaqtida ko’riladigan ehtiyot choratadbirlari. Deyarli barcha o’ziyurar mashinalar sulfat kislotadan tayyorlangan elektrolit quyilgan qo’rg’oshinli akkumulyator bilan jihozlangan. Qo’rg’oshin insonni zaharlasa, sulfat kislota kuydiradi. Akkumulyatorni zaryadlashda ajralib chiqadigan vodorod bilan kislorod aralashib
portlovchi gaz hosil qiladi. Akkumulyatorlar batareyasiga qarayotganda rezina qo’lqoplar va fartuk
kiyib olish shart.
6.35-rasm. Akkumulyator batareyasiga qarov o’tkazishda xavfsizlik tadbirlari 102
Elektrolitni tayyorlash vaqtida kislota suvga ingichka oqim bilan quyiladi hamda kislota
bilan suvning o’zaro ta’siridan hosil bo’ladigan issiqlikning tekis tarqalishi uchun eritmani shisha
tayoqcha bilan tinmay aralashtirilib turiladi. Agar suv kislotaga quyilsa, u holda suv qaynay boshlaydi, elektrolit esa atrofga qattiq sachraydi, natijada sulfat kislotasi atrofga sachrab jarohat
etkazishi mumkin. Agar kislota yoki elektrolit insonning badaniga yoki kiyimiga to’kilsa, shu joyni
darhol soda eritmasi, novshadil spirti bilan neytrallash, hech bo’lmaganda sovunli suv bilan yuvish
lozim.
Kuchlanish shoxchasi bilan akkumulyator holatini tekshirish vaqtida kuchlanish qarshiligiga tegmaslik kerak, chunki u ulanganida juda qattiq qiziydi. Akkumulyatorlar zaryadlanadigan xonada
chekish va ochiq olovdan foydalanish man etiladi. Akkumulyator yoki akkumulyatorlar batareyasi
simlarini qisqa tutashtirib «uchqun chiqarib» tekshirib ko’rish qat’iy man etiladi. Bu portlashga yoki qizib ketgan simning qo’lni kuydirishiga sabab bo’lishi mumkin.
Zaryadlanish vaqtida akkumulyatordan elektrolit sachrab chiqa boshlaydi, bunday vaqtda batareyaga yaqinlashish va akkumulyatorlar qopqoqlarining tirqishlariga qarash mumkin emas. Akkumulyator batareyasi bilan ish tugagach, qo’lni suv bilan yuvish kerak.
Yuqorida ko’rsatilgan mavjud xavflarni oldini olish maqsadida ishlab chiqarish hududlarida standart talabiga javob beradigan ishchi asboblar, (gayka buruvchi kalitlar, treshetkalar), shaxsiy
himoya vositalari (qo’lqoplar, ko’zoynaklar, maxsus korjomalar, rezinali gilamcha va respirator),
uskunalar (ajratgichlar-syomniklar) va elektr tokiga ulanish uchun shtepselli rozetkalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir
Do'stlaringiz bilan baham: |