Yonilg’i moylash materiallariga (YoMM) nisbatan ehtiyotsizlik kishiterisining yaralanishiga olib keladi. Xuddi shuningdek ko’z, nafas olish yo’llari yallig’lanadi. Kerosin va dizel
yonilg’isining bug’i inson organizmi uchun benzin bug’idan ham zaharlidir. Neft mahsulotlaridan
ajralib chiqqan bug’lar havoni og’irlashtiradi. Motor moylari tarkibidagi prisadkalar ichida oltingugurt, qo’rg’oshin, mis, fosfor elementlari mavjud. Bunday moylar va yonilg’ilar bilan ishlagan kishilarning zaharlanishi va
baxtsiz hodisalarga uchramasligi uchun ish davrida ehtiyotkorlik, mehnat xavfsizligi tadbirlariga
hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish kerak bo’ladi. Benzin yoki yonilg’ini bir idishdan ikkinchi bir idishga shlang yordamida og’iz bilan tortib olish, benzinda qo’l yuvish man etiladi. Yonilg’ini bir idishdan ikkinchi idishga quyish uchun maxsus moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Etilli benzinlar bilan dvigatellarning
yonilg’i tizimlarini sozlashda homilador va bolali ayollarning ishlashi man etiladi. Uy haroratida
1m2 yuzadan benzin soatiga 400gr bug’lanish qobilyatiga ega bo’lib, 1m3 da kontsentratsiya miqdori 34 g/m3 tashkil etishi mumkin. Havo tarkibidagi kontsentratsiya miqdori 23 g/m3 dan
oshganda yo’tal, ko’zdan yosh oqishi va 30-40 g/m3 bo’lganda 3-4 marotaba nafas olishdan keyin
hushdan ketishga va zaharlanishga olib keladi. Havo tarkibidagi benzin bug’ining miqdori 0,76%
dan oshsa portlash oqibatlariga olib keladi. Etilli benzin bilan ishlaydigan barcha kishilar shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iyan rioya 65
qilishlari kerak va ovqatlanish oldidan qo’llarini va yuzlarini iliq suv hamda sovun bilan yaxshilab
yuvishlari kerak. Agar teriga etillangan benzin tomsa, uni tezlikda oldin kerosin, so’ngra iliq suv bilan sovunlab yuvish kerak. Agar iloji bo’lsa darhol issiq dush yoki vanna qabul qilish kerak.
Neft mahsulotlari bilan kirlangan usti-boshlarni darhol yechib yuvishga topshirish maqsadga muvofiqdir.
Agar etilli benzin kishi ko’ziga tushib qolsa darhol vrachga murojaat qilish lozim. Neft mahsulotlari
bilan ishlashda moylardan ham ehtiyot bo’lmoq kerak. Moylar yuqori darajada zaharli moddalarning manbai bo’lishi mumkin. Moylar saqlanadigan omborlarning ichiga kirishdan oldin
ularning ichini shamollatish lozim. Neft mahsulotlarini og’zi berk va mahkam idishlarda tashib keltirish va saqlash kerak. Barcha bochkalar metall rezba bilan mahkamlanadigan bo’lishi lozim. Ularni ochishda bolg’a bilan
urmaslik kerak, chunki uchqun chiqib, natijada yong’in bo’lishi mumkin. Bankalarning og’zi yuqoriga qaratib saqlanishi kerak.
Avtomobillar dvigatellarini sovutish maqsadida muzlamaydigan antifriz suyuqligidan keng foydalaniladi. U ham inson organizmi uchun juda xavfli bo’lib, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni talab qiladi. Antifriz germetik idishlarda saqlanishi, rezbali probkalarda mahkamlab qo’yilishi lozim. Antifriz qopqoq sathidan 50-80 mm pastroqqa quyiladi, chunki u qizigan paytda kengayadi. Idishlar mahkamlanib ularga «Zahar» degan yozuv yoziladi. Antifriz quruq, isimaydigan
joylarda saqlanadi. Uni bir idishdan ikkinchi bir idishga quyish paytida shlangni og’iz bilan so’rish
qat’iyan man etiladi. Antifriz bilan ishlagandan keyin qo’lni albatta sovunlab yuvish kerak.