Jarohatlanganlarga yordam ko’rsatish oldidan qo’yiladigan talablar.
Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishdan oldin quyidagi talab va qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
• hodisa yuz bergan joyga yordamga borishdan oldin, kishi eng avvalo o’zini ruhiy holatini va jismonan sog’lomligini hisobga olishi shart, aks holda jarohatlanganlarga yordam berish o’rniga zarar etkazishingiz mumkin;
• eng avvalo hodisa yuz bergan joyni ko’zdan kechirib jarohatlanishning birlamchi manbasini aniqlash va jarohatlanish sabablarini yo’qotish, ya’ni, kishi zaharli gazlar ta’sirida jarohatlangan bo’lsa, avvalambor jarohatlanuvchini xonadan olib chiqish, elektr toki
188
ta’sirida bo’lsa, elektr tokini tarmoqdan uzish, ustiga donali yuklar yoki boshqa predmetlar tushib bosgan bo’sa, yukni ta’siridan xalos etish va boshqa sh.o’.;
• jarohatlangan necha kishiligi va ularni holatini o’rganib chiqib, lozim topsa birinchi navbatda
kishi hayoti va salomatligiga eng ko’p xavf tug’dirayotgan holatni yo’qotish (masalan, arteriyalar kesilganida qon oqishini to’xtatish, nafas olish to’xtab qolgan va yurak faoliyati buzilganda, sun’iy nafas berish yoki yurakni o’qalashni boshlash va boshqa sh.o’.);
• atrofdagilarni yordamga chaqirish;
• hodisa yuz bergan joyda jarohatlangan shaxs uchun xavf soluvchi omillar bo’lmasa va uning holati qoniqarli darajada bo’lsa, unda birinchi tibbiy yordamgacha uni ko’zg’atmaslik;
• jarohatlangan shaxs hushidan ketganda tashlab ketmaslik;
15.1-rasm. Jarohatlanganlarga birinchi yordam ko’rsatishdan oldin xavf manbalarini o’rganish va ularni bartaraf qilish
15. 2 Jarohatlanganlarga yordam ko’rsatish usullari
Qon oqqanda birinchi yordam ko’rsatish. Arteriyadan oqadigan qon och qizil rangli,
kuchli qon oqimi bosim ostida beto’xtov otilib turadi. Bunda birinchi navbatda tomirni barmoqlar
bilan qattiq bosib, suyakka siqish kerak. Bog’lam qo’yishda quyidagi ishlarni bajarish lozim:
• teriga bir necha qavat qilib tahlangan doka (dastro’mol) qo’yish;
• bog’lamni qon to’xtaguncha tortish;
• bog’lam ostiga bog’lamni qo’yilgan vaqtini 24 soatlik vaqt ko’rsatkichi bilan varaqasini qo’yish (masalan, 17 soat 35 daqiqa).
189
15.2-rasm. Qon oqqanda arteriyalarning va tizza bukishidan siqib qo’yiladigan joylari:
1-tirsakka oid; 2-nurli; 3-yelkaga oid; 4-o’mrov-osti; 5-o’ng uyquga oid; 6-kurak; 7-chakkaga oid;
8-chap uyquga oid; 9-birinchi qo’l ostidagi; 10-o’ng songa oid; 11-chap songa oid;12-orqa katta
songa oid; 13-oyoq kafti
15.3-rasm. Oyoq va qo’llardan qon oqqanda, qo’l yoki jgut qo’yish bilan to’xtatish. 15.4-rasm. Qorinning ustki qismi va bo’shlig’idagi a’zolarning joylashuvi
1-jigar; 2-oshqozon; 3-yo’g’on ichak; 4-kichik ichaklar
1-o’pka; 2-buyrak usti bezlari; 3-Jigar; 4-buyrak; 5- peshob oquvchi; 6-kichik ichaklar; 7-yo’g’on ichak; 8- taloq
190
Do'stlaringiz bilan baham: |