Ishlab chiqarish ob’ektlarining barqaror ishlashiga ta’sir qiluvchi omillar
Favqulodda vaziyatlar qishloq xo’jalik ob’ektlarining ishiga tinchlik davridagiga nisbatan ancha jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi, va barcha qishloq xo’jalik korxonalariga ta’sir ko’rsatuvchi
omillar guro’higa quyidagilar kiradi:
Tuproq unumdorligi. Yer qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi. Uning sifati, unumdorligi, oziq-ovqat, yem-xashak va texnik ekinlarning hosildorligiga bevosita ta’sir qiladi. Tuproq unumdorligi uning tipiga, mexanik hamda kimyoviy tarkibiga ham bog’liqdir.
175
Ob-havo va iqlim sharoiti. Iqlim sharoiti ekinlarning hosildorligiga va chorvachilikning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har qanday ekinning yaxshi rivojlanishi uchun ma’lum miqdorda issiqlik, quyosh nuri, tuproq namligi va oziq moddalar etarli darajada bo’lishi zarur. Sug’orish holati. Respublikamizning ayrim hududlarida tuproqdagi ortiqcha namlikni yo’qotishga harakat qilinsa, aksincha, ba’zi hududlarda esa tuproqda nam to’plash maqsadida yerlar
sug’oriladi. Biroq Favqulodda vaziyat holatda sug’orish ishlari, suv inshootlari izdan chiqishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlarda bevosita aloqador bo’lmagan omillarga erkaklarning favqulodda vaziyatda xizmatga chaqirilish munosabati bilan mehnat vositalarining, texnikaning qisqarishi, qishloq xo’jaligiga pestitsidlar, fungitsidlar, mineral o’g’itlar, yonilg’i-moylash materiallari, biologik preparatlar, texnika uchun ehtiyot qismlar va boshqalarni etkazib berish kamayib ketishi
kabi ishlar kiradi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligining qator sohalarida (paxtachilik, sholikorlik, chorvachilik) elektr energiyasi bilan ta’minlanishining kamayishi yaqqol namoyon bo’ladi.
Temir
yo’l xizmatida qishloq xo’jaligi uchun zarur yuklarni tashishi qiyinlashadi. Mineral o’g’itlar, pestitsidlar, texnikalar ishlab chiqaradigan bir necha korxonalar ishlab chiqarish faoliyatinn to’xtatishi mumkin. Odamlar, texnika, yonilg’i-moylash (benzin, kerosin va hokazo) materiallarining etishmasligi sababli yem-xashak etishtirishda juda qiyin sharoit vujudga keladi. Ishlab chiqarish ob’ektlarining barqarorligiga yalpi qirg’in qurolining ta’siri bilan bog’liq bo’lgan omillar sifatida odamlar, o’simliklar, hayvonlar jiddiy zarar ko’rganini aytib o’tish mumkin.
Bu omillar esa qishloq xo’jaligi izdan chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Dushman tomonidan bakteriologik va ximiyoviy qurollar qo’llanilganda vaziyat yanada murakkablashadi. Mana shu omillarning hammasini qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarining urush holatidagi turg’unligini aniqlashda va tekshirilayotganda hisobga olish maqsadga muvoqdir.
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining favqulodda vaziyat holatdagi barqarorligi to’g’risida, ularni hisoblash usullari maxsus tavsiyanomalarda bayon etilgan.
Favqulodda vaziyatlarda qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarining barqarorligini ta’minlash uchun eng asosiysi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini boshqarishni to’g’ri yo’lga qo’yishga alohida e’tibor berish lozim.
Odamlarni, jumladan, ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchi-xizmatchilarni yalpi qirg’in qurolidan himoya qilishni tashkil qilmasdan turib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining barqaror
ishlashini ta’minlash mumkin emas. Shuning uchun ham fuqaro muhofazasining tadbirlariga va rejalashtirishga katta barqarorlik masalalariga alohida e’tibor berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |