Yer ko’chishi – surilma. Respublikamizning tog’li, tog’ oldi, daryo bo’ylari hududlarida
yashaydigan aholi va xalq xo’jaligi ob’ektlariga katta xavf tabiiy ofatlardan biri yer ko’chishi - surilmadir.
Turli ilmiy va ilmiy - ommabop adabiyotlarda yer ko’chishi alohida yer yuzasida sodir bo’ladigan jarayonlar toifasiga kirsada, lekin ular yer ichki harakatlari, xususan zilzilalar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi.
Dunyo bo’yicha sodir bo’layotgan yirik ko’chkilarni tahlil qilib, sababini o’rganar ekanmiz, ularning aksariyat qismi zilziladan so’ng yoki zilzila bilan parallel hosil bo’lishiga amin bo’lamiz.
Respublikamiz hududlarida sodir bo’layotgan yer ko’chkilarining asosiy sababi gidrometeorologik sharoit bilan bog’liqdir. Shuning uchun bu jarayon mavsumiy xususiyatga ega,
ya’ni atmosfera yog’inlari qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik yer ko’chishi xavfi yuqori bo’ladi.
Yer ko’chishi - yer yuzasi bo’lagining yonbag’ir bo’yicha gravitatsion kuch ta’sirida surilishi, siljishiga aytiladi.
Markaziy Osiyo hududlaridagi yer ko’chishi turli shakllari va ko’lami bilan ajralib turadi.
Ular less qatlamlarida tarqalgan bo’lib, yer ostiga shimilayotgan atmosfera yoginlari ma’lum chuqurlikkacha borib, suv o’tkazmas qatlamda ularning umumiy oqimi yonbag’ir bo’yicha bo’ladi.
Hosil bo’lgan yuzaga siljish yuzasi deyiladi. Siljish yuzasi ustida turgan yer massasiga gravitatsion
(tortish) kuchi ta’sir qilishi oqibatida yonbag’irda tik qoya hosil qilib uzilish paydo bo’ladi va uzilgan bo’lak pastga siljiy boshlaydi. Harakatdagi jinslarning xajmi bir necha o’n mln.m3 larda bo’ladi.
Yer ko’chishi yonbag’rning qiyaligiga, tog’ jinsi tarkibiga, atmosfera yog’inlari miqdoriga bog’liq holda rivojlanadi. Yonbag’ir qiyaligi qanchalik katta bo’lsa, ko’chkining tezligi shunchalik
katta bo’ladi. Ko’p holatlarda ko’chki ekzogen jarayonlardan sel, jarlanish, cho’kish hodisalari bilan
uyg’unlashib ketadi.
Yer ko’chkilari O’zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral vositalari davlat qo’mitasi tasarrufidagi "O’zbekgidrogeologiya" ishlab chiqarish birlashmasi tadqiqotchilari tomonidan o’rganilib kelinmoqda. Markaziy Osiyo hududlarida tarqalgan ko’chkilarda iqlim sharoiti bilan uzviy bog’liq bo’lishini kuzatishimiz mumkin. Masalan, 1954, 1958, 1969, 1978, 1989 va 1998 yillarda atmosfera yog’inlari me’yordan yuqori bo’lgani uchun ko’chki jarayonlari ham ko’p bo’lgan. Respublikamiz hududlarida ko’chki jarayoni tarqalgan eng ko’p ko’chki maydonlari Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona, Samarqand va Namangan viloyatlari hududlariga
to’g’ri keladi.
Sel -suvning mexanik faoliyatidan yuzaga keladigan murakkab jarayon bo’lib, turli omillarning (iqlim, gidrologik, geomorfologik, geologik va b.) o’zaro ta’siri natijasida vujudga
keladi. Uning tarqalishida mahalliy sharoit alohida o’rin egallaydi. Sel vujudga keladigan yoki sodir
bo’lish ehtimoli yuqori bo’lgan joylarni sel o’chog’i deb yuritiladi. Sel o’chog’i paydo bo’lishining
asosiy ko’rsatkichi gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog’ishi va muzliklarning qisqa muddatda kuchli erishi oqibatida daryo o’zanlaridagi suv miqdori keskin 170
ko’payib ketadi. Natijada suv bilan aralashgan qum, shagal, dag’al bo’lakli jinslar oqimi paydo bo’lishi natijasida maydonning quyi qismlarida katta kuchga ega bo’lib ko’pgina qo’poruvchilik ishlarini amalga oshiradi. Shu sababga ko’ra sellar ikki guro’hga bo’linadi: glyatsial- muzlik va qorlarning tez erishi va jalali - ko’p miqdorda yomg’ir yog’ishi natijasida paydo bo’ladi. Ularni
paydo bo’lishida joyning geomorfologik tuzilishi va cho’kindi jinslar miqdori ham alohida o’rin egallaydi.
Respublikamizning tog’ oldi hududlari va unga tutash tekisliklarida ko’p yomg’ir yogishi natijasida paydo bo’ladigan sellar keng tarqalgan. Yirik qor va muzlik qatlamlari tarqalgan tog’li
hududda esa glyatsial turi ko’proq uchraydi. Sel oqimlari harakat xususiyati bo’yicha turbulent
va
Do'stlaringiz bilan baham: |