tizimida grey (Gr) qabul qilingan. 1 Gr-1 Dj/kg.
Yutilgan miqdorning tizimsiz birlngi bo’lib rad (1 rad-100 erg/g=10-2Dj/kg) hisoblanadi. Ekspozitsion miqdorning quvvatini o’lchash birligi qilib 1 kg ga Amper qabul qilingai (A/kg). Tizimsiz birlik-1 sek da rentgen R/s; R/s = 2,58*10-4 A/kg.
Zararlangan ob’ekt yuzasidan 1 m uzoqlikda o’lchangan miqdor quvvati radiatsiya darajsasi deb ataladi. Fuqaro muhofazasi tizimida dalada foydalaniladigan asboblar rentgen soatlarda (R/s)
yoki millirentgen soatda (mR/s) berilgan. Agar radiatsiya darajasi o’z vaqtida o’zgarmasa, radiatsiya darajasi kattaligi nurlanish davom etish vaqtiga ko’paytirilsa nurlanish miqdorini beradi.
Radiatsion sharoitga baho berishda radoaktiv bulut harakatining tezligi va yo’nalishlari; radoaktiv zaharlanish hudud- larining chegaralari; evakuatsiya marshrutlaridagi fuqaro muhofazasi
kuchlari tez harakatlanadigan marshrutlardagi va qutqarish ishlari o’tkazilishi kerak bo’lgan xalq
xo’jaligi ob’ektlaridagi radiatsiya darajasi; ishchilar, xizmatchilar fuqaro muhofazasi tuzilmalarining va boshqa aholining bo’lishi ko’zda tutaladi.
Radiatsion va kimyoviy razvedka asboblari
Joylarda radiatsiya darajasini aniqlashda DP–5A tipidagi asboblardan foydalaniladi.
Ob’ekt tomonidan qabul qilingan nurlanish miqdori DP –22, DP – 24, ID–1 dozimetrik jamlanma asboblari bilan o’lchanadi. Asboblarning ishlash printsipi havoda tarqalgan radioaktiv
nurlarni ionlash qobiliyatiga asoslangan.
Bu asbob qabul qiluvchi, ko’paytiruvchi, o’lchovchi qurilmalar va uni ishlashni ta’minlovchi energiya ta’minlash manbalaridan iborat.
11.6-rasm. DP –5 Dozimetrik asbobining umuiy tuzilishi
1-zond; 2–tutashtiruvchi kabel; 3–asbob shkalasi; 4–kichik diapozonlar; 5–shkalani yorituvchi tumbler; 6–«Rejim» ruchkasi (rejimni yo’lga solib turuvchi potensiometr); 7–
«Sbros» ko’rsatishni tezda uchiradigan tugmacha; 8–telefonlar.
DP–5A, DP–5V, DP–5B joylardagi radioaktiv holatni, chiqayotgan nurlarni aniqlash
uchun mo’ljallangan. Bu asbob - 40°S dan + 50°S gacha haroratda va 65% nisbiy namlik bo’lganda
ishlashi mumkin. 1
2
3
4
5
6
7
164
11.7-rasm. DP – 22V va DP –24 asbobi
1 – Qalamchali dozimetrlar jamlanmasi; 2 – zaryadlovchi qurilma; 3- DKP-50 dozimetr qalamcha.
Asbob zondini suvga 50 sm chuqurlikka tushurib ishlatish mumkin. Uning og’irligi qo’shimcha uskunasiz 2,8 kg keladi. Asbob bilan 0,05 mr/s - 200 r/s gacha bo’lgan nurlarni
o’lchash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |