Hayvonlarning harakatini cheklash. Chorva mollari harakatini cheklovchi usul va
uslublar juda ko’p. Ularning harakati no’xta va arqon bilan to’xtatiladi. Hozirda veterinariya amaliyotida hayvonlar harakatini cheklashda har xil bexush qiluvchi vositalardan foydalaniladi. Bularning hammasi hayvonlarga xizmat ko’rsatish va davolash ishlarini qulay va xavfsiz o’tkazilishini ta’minlaydi.
Yirik shoxli mol veterinar mutaxassis oldiga no’xta solib yoki shoxi va burun atrofi yoki bo’yin va burun atrofidan bog’lab olib kelinadi. Hayvonlarga xizmat ko’rsatish vaqtida ular
xarakatini shoxidan cheklash mumkin, ya’ni hayvon bo’ynining chap yoki o’ng tomonida turgan holda, ikki qo’l bilan shoxlarining uchlarini bo’sh qoldirmay ushlanadi. Bo’yniga yaqin qo’l tirsagi
bilan bo’yniga bosiladi hamda hayvonning yelka va kurak atrofiga, odam butun og’irligini tashlab
bosadi.
6.42-rasm. Yirik shoxli asov mollarga xizmat ko’rsatishda xavfsizlikni ta’minlash usullari
109
Xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning mehnatini yengillashtirish maqsadida, hayvonlarning
harakati burun qaychilari yordamida cheklanadi. Bir odam hayvonni shoxidan ushlaydi, ikkinchisi
esa molning burniga burun kaychisini siqib o’rnatadi.
Qo’y va echkilarga ommaviy veterinariya xizmatlarini ko’rsatish yoki bonitirovka o’tkazishda ularni xonalardan chiqish vaqtida darvoza oldida ushlanadi. Ayrim hollarda
vaqtinchalik qo’ralar tashkil qilinadi. Qo’y va echkilarni yo’naltiruvchi yo’lakka (ajratash uzunligi
6-8 m, eni 0,6-0,7 m) kiritib yuboriladi. Ish uchun shu yerni o’zida uzunligi 1-1,5 m, eni 0,6-0,7 m,
balandligi 0,7-0,8 m bo’lgan stol va ikkita qo’zg’aluvchi zina o’rnatiladi. Bir zinadan qo’ylar stolga
chiqadi, ishchilar ularni ushlab turadilar, zootexnik yoki veterinar tekshiruvidan keyin ikkinchi zina
orqali stoldan tushadilar.
6.43-rasm. Echki va qo’ylarni harakatini cheklash usullari
Echki va qo’ylar yotgan holda oyoqlari juft qilib bog’lanadi, so’ng kerakli holda yoniga yoki orqasiga yotqiziladi. Taka va qo’chqorlarni (boshidan) mahkam ushlash kerak, aks holda ular shoxi
va peshonasi bilan qattiq zarba berishlari mumkin. 6.44-rasm. Otlarni harakatini cheklash usullari 110
Otlarni tekshiruvdan o’tkazishga no’xta yoki qayish yugan olib kirgan holda harakatini to’xtatuvchi vositalardan foydalanadilar.
Otlar tishlashi va tepishi mumkin. Orqa sonlari bilan uradigan otlar o’ta xavfli hisoblanadi. Shuning uchun otlar oldiga xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan yaqinlashib bo’lmaydi. Agar otlar yaylovda o’tlab yurgan bo’lsa, ularni o’ziga jalb qilish uchun chaqirish kerak. Otlarni oldiga
to’g’ri kelish yaxshi emas, ularning yelka tomonidan birmuncha qiyalab bormoq lozim. Orqa soni va oyoqlari bilan uradigan otlarni qochirishda harakatini cheklovchi vosita VD konstruktsiyasidan foydalanib qochirish shlemi kiygiziladi
Cho’chqalarning harakati kataklarda bo’sh holda, cho’chqa bolalarini esa maxsus kataklarda cheklanadi. Ommaviy veterinariya chora-tadbirlarini ko’rishda yoki cho’chqalarni saralashda, ularni maxsus ajratish xonalarida guro’h-guro’h qilib cheklash usuli ishlatiladi. Cho’chqalarni harakatdan cheklash ularni har xil usullar yoki sun’iy og’riqlarni hosil qilish bilan amalga oshiriladi. Zarur paytda cho’chqalar yiqitiladi. Birmuncha xavfsiz usullardan: Korshunov, Andreyev, Xaake va Peregudov yiqitish usullaridir.
a) b) c) d)
6.45-rasm. Cho’chqalar harakatini cheklash usullari
a-tepa jag’ qisich orqali; b-burama yordamida; c-ustun yonida;
d-sirpanchiq halqa bilan tepa jag’idan blokdan o’tkazib cheklash.
Hayvonni bo’shatish uchun o’ng qo’lni bir tortish bilan uchi bo’sh turgan tasma tuguni
ochiladi va navbati bilan oldingi tugun, keyin yo’l qayishi yechiladi. Agar ot bir vaqtni o’zida oldi
va orqa oyoqlari bilan ursa, bo’ysundiradigan no’xta ishlatiladi .
Teri ostiga ma’lum miqdorda og’riqni qoldiruvchi moddani yuborish (ditilin preparatini) bilan umuman harakatdan to’xtatiladi.
Ditilin hayvonni nafas olishiga ta’sir qilmaydi, 4-6 min. inyeksiyadan so’ng skelet
muskullari bo’shashishiga va hayvonni harakatsizlanishiga olib keladi. Ditilin teri ostiga 1 kg tirik
vazni hisobidan yuboriladi. Vaqtinchalik harakatsizlantiruvchi bu preparat xayvonlarga faqat
mutaxassisning ruxsati bilan qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |