Payvandlash ishlarini amalga oshirishdagi xavfsizlik choralari. Qishloq xo’jaligi mashinalariga xizmat ko’rsatishda elektr yoyli payvandlash dastgohlaridan ham keng foydalanadilar. Bu turdagi ishlarni bajarishdagi jarohatlar asosan ishlovchilarni amaliy va nazariy
malakasizligi sababli vujudga keladi. Elektr payvandlash ishlarini amalga oshirishdagi xavfsizlik
talablari ГОСТ 12.3.003-75 da ko’rsatib o’tilgan. 103
6.36-rasm.Temirchilik ishlaridagi xavfsizlik choralari 6.37-rasm. Payvandlash ishlaridagi xavfsizlik choralari 104
Payvandlash ishlarini amalga oshirish uchun faqat maxsus o’quv va malakaga ega bo’lgan, meditsina ko’rigidan o’tgan va kamida har 3 oyda bir marotaba xavfsizlik bo’yicha yo’riqnoma olgan shaxslarga ruxsat etiladi. Payvandlash ishlari amalga oshiriladigan xona maydoni 3m2dan
kam bo’lmasligi, himoya ekranlari yoki devorlar hamda oyoq osti pollari yonmaydigan materiallardan bo’lishi, mexanik shamollatish imkoniyatlari mavjudligi talab qilinadi. Ochiq havoda
uskunalar va agregatlar ustida payvandlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, agregatlar yonuvchi
materiallardan tozalanishi va yerga ulanishi talab qilinadi. Yomg’ir va qor yog’ayotgan paytda elektr payvandlash ishlari qatiyan man etiladi.
Yonilg’i va shunga o’xshash tsisternalarni ichki yuzasida payvandlash ishlarini amalga oshirishdan oldin, ularni ichki yuzasi 10…12% issiq kaustik soda yoki trinatriyfosfat eritmasi bilan
yuvilishi kerak.
Gazli payvandlash uskunalarida xavf asosan atsetilin va kislorod gazlarining portlanuvchanligi hisobidan vujudga keladi. Ushbu xavflarni oldini olish uchun uskunaning germetikligini ta’minlash va ularda ishlatiladigan maxsus rezinali shlangalar ulanganda ham uzunligi 20m dan oshmasligi va payvandlash paytida kislorod va asetilin ballonlari ish joyidan
kamida 5m uzoqlikda joylashishi kerak. Atsetilin ballonlarining saqlashda va foydalanishda ta’sir
ko’rsatuvchi harorat 30oS dan oshishi portlashga olib keladi.
Qishloq xo’jaligi ta’mirlash korxonalarida ba’zi bir detallarni tayyorlash, ularni oldin termik ishlov berishni va chiniqtirishni talab qiladi. Metallarga termik ishlov berishda xavfsizlik talablari
ГОСТ 12.3.004-75 da keltirilgan. Albbata bu ishlarni faqatgina maxsus malakaga ega bo’lgan mutaxassis amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Ta’mirlangan qishloq xo’jaligi texnikalarini bo’yashda ham alohida xavfsizlik tadbirlari
talab etiladi, chunki bo’yoqlar ham zaharli moddalar jumlasiga kiradi. Bo’yoqlar qaysi moddalardan
tashkil topganligiga ko’ra yonadigan, portlaydigan va qattiq zaharli bo’yoqlarga bo’linadi.
Bo’yoq
erituvchi moddalar agar bug’ga aylansa kishi zaharlanib, qon quyiladi, organizmda modda almashuv jarayoni sustlashadi va u oq qon kasaliga chalinishi mumkin.
6.38-rasm. Bo’yoqchilik ishlaridagi xavfsizlikni ta’minlash choralari
Bo’yoqchilikda benzol, dixloretan, metilli spirt, to’rt xlorli uglerod va uch xlorli etil kabi eritmalardan foydalanish man etiladi. Eritmalar va bo’yoqchilik materiallari bilan ishlayotganda,
ulardan ajralib chiqayotgan bug’lar yonmasligi va portlamasligini ta’minlash uchun, bunday joylarda ochiq holdagi issiq, yorug’ beradigan manbalarni o’rnatmaslik kerak. Bo’yoqchilik ustaxonalari ichida havo zararsizligi va portlanuvchanligini kamaytirish maqsadida ventilyator o’rnatish va ishlovchilarni har bir soatda 10 daqiqadan toza havoda tanaffus qilishlariga sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. 105
Aliflardan foydalanilganda, ustaxona ichida kislorod miqdorini kamayishiga olib keladi.
Bunday holda binoning ichida ventilyatsiya bo’lmasa baxtsiz hodisa kelib chiqishi mumkin.
Ba’zi
bo’yoqlarning tarkibida simob, qo’rg’oshin mavjud bo’lib, bunday bo’yoqlar hayot uchun xavflidir.
Umuman barcha bo’yoqchilik ishlarida, eski bo’yoqlarni ko’chirishdan tortib to yangi bo’yoq bilan
ishlashgacha albatta maxsus kiyimlar, respiratorlar, qo’lqoplar, ko’zoynaklar, pastalardan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |