Хфх лек Хосилбеков


Tabiiy ofatlardan himoyalanish tadbirlari



Download 263,9 Kb.
bet155/179
Sana26.02.2022
Hajmi263,9 Kb.
#468577
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruzalar matni

Tabiiy ofatlardan himoyalanish tadbirlari


Turar joy maskanlari tabiiy sharoiti, jinslarning fizik-kimyoviy xususiyati, binolarning
loyixa chizmalari qatiy hisob-kitoblar asosida chuqur o’rganib chiqilgandan so’ng qurilishga ruxsat
beriladi.
Umumiy yashash binolari va uy-joylardan foydalanish qoidalarini, uy taqsimotidan oldin har bir yashovchining yoshini va ijtimoiy saviyasini inobatga olgan holda tushuntirish ishlariga jalb qilib, o’zbilarmonchilik bilan ish yuritishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Ko’p qavatli binolarning o’ziga yarasha xususiyati, seysmik belbog’lari, xavfsiz burchaklari qayerda joylashganligi to’g’risidagi eslatmalarni har bir xonadon soxibiga etkazish zarur. Tabiiy ofatlar to’g’risida, xususan, zilzila xaqida respublikamiz barcha aholisi elementar tushunchaga ega bo’lishi va quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda qo’shimcha quyidagilarni bilish zarur:

  • uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari;

  • uy tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar;

-noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko’rsatish tashkilotlarining telefon
raqamlari;
uy jihozlari, kitob javonlari, osma asboblarni mahkamligini nazorat qilish;

  • maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida qanday harakat qilishlari tartiblarini uqtirish;

-ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kabi xavfsizlik choralarini bilishlari shart. Buning uchun mahalla-guzarlarda, ishxona-maktablarda, radio-televideniyeda ommabop shaklda suhbatlar tashkillashtirilsa, qisqa metrajli filmlar, fojialarni aks ettirilgan lavhalar berib
borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Zilzila sodir bo’lganda tebranish bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha davom etishi mumkin. Tebranishni sezgan vaqtingizda sekin - asta xavfsiz joyga harakat qilishingiz lozim, asosiy
xavf binodagi osma anjomlardandir. Binoda bo’lsangiz xavfsiz joylardan: eshik oldilari, devorning
ichki burchaklari, seysmik belbog’ ostilaridan birortasini egallang, boshqalarni ham shunday qilishga chaqiring. Deraza va chayqaluvchi og’ir buyumlardan uzoqroqda turing, hech vaqt yuqori
qavatdagi binodan chiqib ketishni o’ylamang. Aksincha tebranish o’tib ketguncha bino ichidan panox qidiring. Kerak bo’lganda tebranish tugagandan so’ng binoni tark eting. Ko’p qavatli uyda
tursangiz liftdan foydalanmang. Zinapoyadan foydalanishda qo’pol harakat qilmang, boshqalarni
172
ham tinchlantiring.
Seysmik bardoshi kam bo’lgan, g’ishtli va xavfli binolarda bo’lsangiz, albatta tashqariga zudlik bilan chiqing. Bunda elektr tarmoqlari, buyumlar harakatidan ogoh bo’ling. Ochiq joyda bo’lsangiz binolarga, elektr tarmoqlariga yaqin turmang. Transportda bo’lsangiz ochiq joyda to’xtating, tebranish o’tib ketguncha kuting. Tebranish qaytarilgudek bo’lsa, xayron bo’lmang.
Odatda birinchi zarbadan so’ng qayta zarbalar bo’lishi muqarrar. Ular xatto bir necha kunlargacha
davom etadi. Ayrim holatda qayta tebranishlar ham bino va inshootlarga katta zarar etkazadi.
Eng
muhimi, turli ofat sodir bo’lganda asabingizni buzmang, osoyishtalik va xotirjamlik bilan ish tuting.
Bu zilzila sodir bo’lganda qanday harakat qilishning asosiy qoidalari edi.
Ko’chkilarning halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958 yilda O’zbekistonda ularni maxsus kuzatadigan muhandis - geologik Davlat xizmati tashkil etilgan.
Yonbag’irlar maxsus temir-beton sinchlar yordamida yoki sun’iy o’rmonlashtirish ishlari
bilan mustahkamlanadi. Har bir tadbirda tabiatdagi manbalarning buzilishiga olib kelmaslik yo’llari
e’tiborga olinishi shart. Bu borada AQSh, Yaponiya, Hindiston, Kanada va bir qancha mamlakatlar
tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati Vatanimiz hududi bo’yicha 7 hududiy kuzatuv stantsiyasiga, 21 postlarga ega. Ularning kuzatuv maydonlarida 8 mingdan ortiq xo’jalik ob’ekti,
144 sog’lomlashtirish kompleksi, 170 avtoyo’l maydoni, 20 dan ortiq tog’ - kon sanoati va gidrotexnik inshootlari mavjud.
Aholi va hududlarni toshqin, sellardan muhofaza qilishning birinchi talabi daryo, soy
o’zanlari atrofini mustahkamlashdan iborat. Har bir aholi yashaydigan joylarda ma’lum xavfsizlik
choralarini, aholini o’z vaqtida ogohlantirish, yashash sharoitida tahdid soluvchi har qanday tabiiy
ofat to’g’risida tushuntirish ishlari bilan bir qatorda tabiiy ofatlarning sababi, tarqalishi to’g’risida
ma’lumot berib, sodir bo’lgan taqdirda qanday harakatlar olib borish to’g’risida tushuntirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.
Sel xavfi bor joylardagi aholi o’n daqiqa mobaynida, ko’pi bilan 1-2 soat ichida ogohlantirilishi kerak. Sel va boshqa joylarda ehtimoli yuqori bo’lgan xavflar to’g’risidagi
ma’lumotga aholining hamma tabaqasi ega bo’lishi shart. Xususan, sel xavfi bo’lishiga me’yoridan
ortiq jala quyishi yoki mavsumga xos bo’lmagan haroratning birdan ko’tarilishi sababchi bo’ladi.
Sodir bo’lgan sel to’g’risida, aholi yashash joylariga yaqinlashishidan quyidagi ko’rsatkichlar dalolat beradi. Daryo va soy suvlarining oshib ketishi, ularning yuqori qismida barcha shovqinlarni
qamrab oluvchi kuchli gumburlash, oqimdagi yirik toshlarni bir-biriga urilishi natijasida vahimali
larza paydo bo’ladi.
Sel oqimlariga oldindan tayyorlanishning samarali usullaridan biri aholining barcha
tabaqalari bilan agrotexnik, gidrotexnik obodonlashtirish majmuasiga kiruvchi bir qancha tashkiliy -
xo’jalik tadbirlarini amalga oshirishdan iboratdir. Bundan tashqari sel xavfi bor joylardagi daryo
o’zanlari, suv omborlari, kanallar qirg’oqlarini mustahkamlash zarur, bunday inshootlar bo’lmagan
joylarda sel oqimi tuzoqlari, oqimni aholiga zarari tegmaydigan joylarga yo’naltiruvchi tarmoqlarni
qurish lozim.
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3 - 5 soat davom etadi. Sel xavfi bor joylarda bo’lgan tumanlarda yirik masshtabdagi, ayniqsa kichik xo’jaliklarda 1:5000 va 1:10000 masshtabdagi xaritalar bo’lishi kerak. Topografik xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini olish,
bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqish va aholini xamma
tabaqalari o’rtasida targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yish zarur.
Toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo’yish kerak. Toshqinning hosil bo’lish xususiyatiga ko’ra ehtiyot choralari-ya’ni oziq - ovqat, ichimlik suvi, kiyim - kechak va boshqa maishiy - xo’jalik zaxiralariga ega bo’lish, ularni suv bosmaydigan joylarda saqlash, shaxsiy xujjatlar, zarur mol- mulk bilan evakuatsiya qilishga tayyor bo’lishi zarur.
Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo’lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka qarab yurish, bino sharoitida bo’lsangiz yuqori qavatlarga ko’tarilish, tomlarga chiqib olish tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan mobodo, suv ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan xotirjamlik bilan ustki va oyoq 173
kiyimlarni yechish, suv oqimi bo’ylab birorta balandroq yoki mustahkam asosga ega bo’lgan predmetni tanlash, suv bilan birga harakat qilayotgan buyumlardan o’zingizni ehtiyot qilish choralarini ko’rishingiz lozim.
Zaruratga ko’ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz holatga keltirishni, yerto’lalarda oziq -ovqat zaxirasi mavjud bo’lgan taqdirda, ularni quruq bo’lgan
joylarga, suv bosib zarar etkazmaydigan joylarga olib qo’ygan ma’qul. Nazorat uchun savollar.

  1. Tabiiy sabablar tufayli vujudga keladigan ofatlar turlarini aytib bering.

  2. Respublikamizda uchrab turadigan xavfli halokat va jarayonlari deganda nimani tushunasiz?

  3. Zilzila deganda nimani tushunasiz va u qanday ko’rinishda paydo bo’ladi?

  4. Respublikamizda va boshqa mamlakatlarda sodir bo’lgan zilzila oqibalari to’g’risida nimani bilasiz?

  5. Zilzilani kuchi qanday aniqlanadi?

  6. Rixter shkalasi nima va undan nima maqsadlarda foydalaniladi?

  7. Yer ko’chish nima va qayerlarda sodir bo’ladi?

  8. Sel nima va qanday vujudga keladi?

  9. Toshqin qachon va qaysi kuchlar negizida sodir bo’ladi?

  10. Tuproq yemirilish nima, uning oqibatlari va uni oldini olish chora tadbirlari deganda nimani tushunasiz?

  11. Tabiiy ofatlardan kishilar, moddiy boyliklar va atrof muhitni muhofazasi deganda nimani tushunasiz?

174


Download 263,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish