modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar
Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ish joylariga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa organlar tomonidan yuborilgan, o’n 14
sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish beruvchi ishga qabul qilishi shart. Belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga qabul qilishni rad etish taqiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
O’n sakkiz yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tgandan keyingina ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular o’n sakkiz yoshga to’lgunlariga qadar har yili majburiy tarzda tibbiy ko’rikdan o’tkazib turilishi kerak.
(239-moddaga O’zbekiston Respublikasining 29.08.1998y. 681-1-son, 29.08.1998
y. 681-1-son Qonunlariga muvofiq o’zgartishlar kiritilgan). (Ozbekiston respublikasi MK). modda. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning mehnathuquqlari
O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqda bo’ladilar, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ular uchun mehnat to’grisidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan qo’shimcha imtiyozlardan foydalanadilar. (Ozbekiston respublikasi MK). Mehanat kodeksiga binoan, 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun bir ish haftasidagi
ish soati 36 soat, 15 - 16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartirilgan (242- modda). 18 yoshga to’lmagan
o’smirlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish mumkin emas (245- modda). 16-18 yoshdagi o’smirlar uchun tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi o’g’il bolalar
uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan ortiq bo’lmasligi kerak. O’smirlar uchun uzluksiz tashiydigan
va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg dan ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o’smirlar uchun
esa me’yor 2 martagacha kamaytiriladi (SQ va M 0052-96).
O’smirlar doimiy ishga 16 yoshdan qabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim hollarda 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsdan yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim
maktablari, hunar-texnika bilim yurti va o’rta maxsus o’quv yurti o’quvchilarini 14 yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan o’smirlarning voya va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni, o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi.