Hepar 1500 gr og‘irlikka ega bo‘lgan eng katta bez hisoblanadi. Qorin bo‘shlig‘ining o‘ng qovurg‘a osti sohasida joylashgan. Jigarda ishlab chiqilgan o‘t o‘n ikki barmoq ichakka tushadi
Jigar – hepar
Jigar - hepar 1500 gr og‘irlikka ega bo‘lgan eng katta bez hisoblanadi. Qorin bo‘shlig‘ining o‘ng qovurg‘a osti sohasida joylashgan. Jigarda ishlab chiqilgan o‘t o‘n ikki barmoq ichakka tushadi. Jigar baryer (to‘siq)lik vazifasini bajaradi: oqsil parchalanishi natijasida hosil boklgan zaharli moddalar ichakda so‘rilsa, qon orqali jigarga kelib zararsizlantiriladi. Jigar uglevod va yog‘ almashinuvida ishtirok etadi.
Jigaming ikki yuzasi bo‘lib, diafragmaga tegib turganligi sababli facies diaphragmatica deyilsa, ostki yuzasi a’zolarga tegib turganligi uchun facies visceralis deyiladi. Diafragma yuzasida quyidagi qismlar tafovut etiladi:
1) pars superior - ustki qismi. Bu sohada yurakning izidan hosil bo‘lgan hosila - impres- sio cardiaca ko‘rinadi;
2) pars anterior - oldingi qismi;
3) pars dextra - o‘ng qismi;
4) pars posterior- orqa qismi;
5) area nuda - qorin pardadan tashqari maydoncha (o‘ralmagan sohasi). Bu maydonchada pastki kavak - vena joylashadigan egat (sulcus venae cavae), vena boylami joylashadigan tirqish (fissura ligamenti venosi) hamda venoz boylami (lig. venosum) ko‘rinadi.
Diafragma bilan jigar orasidagi o‘roqsi- mon boylam - lig. falciforme hepatis jigarni ikki bo‘lakka ajratib turadi. 0 ‘ng bo‘lak - lobus hepatis dexter, chap bo‘lak - lobus hepatis sinister. 0ng bo‘lak, o‘z navbatida, oldingi sohada joylashgan lobus quadratus hamda orqa sohada joylashgan lobus caudatus qismlariga bo‘linadi. Bu sohalar visseral yuzada ko‘rinadi.
Jigarda o ‘roqsimon boylamdan tashqari, diafragma yuzadagi tojsimon boylam - lig. Corona rium hepatis, uning uchburchaksimon qirralari - ligg. triangulare dextrum et sinistrum mavjud. Jigarning oldingi yuzasida esa, kindik sohasi bilan birlashadigan yumaloq boylam - lig. teres hepatis joylashgan.
Jigaming a’zolarga qaragan yuzasidan o‘ng buyrak bilan birlashadigan lig. hepatorenale; m e’daning kichik egriligiga lig. hepatogastricum va o‘n ikki barmoq ichakka lig. Hepatoduodenale boylamlari yo‘naladi.
Jigarning ostki yuzasida o‘t qopchasi - vesica fellea joylashadigan chuqurcha - fossa vesicae fellea, orqa sohasida esa ostki kavak vena joylashadigan egat - sulcus venae cavae boMadi. Jigarning ostki yuzasida jigar darvozasi - porta hepatis joylashgan. Bu darvozadan jigar arte- riyasi - a. hepatica, darvoza venasi - v. portae, umumiy o‘t yoMi - ductus hepaticus communis, nerv va limfa tomirlari oMadi. Qorin parda jigarni niezoperitoneal holatda o‘rab olgan. Uning tashqi tarafidagi parda - tunica serosa va uning ostidagi qavati tela subserosa deyiladi. Jigar tashqi tarafdan fibroz parda - tunica fibrosa bilan o‘ralgan boMadi. Bu parda jigar darvozasi sohasida a’zoning ichkarisiga yo‘nalib, jigarni boMaklar, segmentlar va boMakchalarga ajratadi. Jigar boMakchalari - lobuli hepatis tashqi tarafdan boMakchalararo qon tom irlar- v.a.interlobularis bilan o‘ralib turadi. Bo‘lakcha markazida esa markaziy vena - v.centralis joylashgan. BoMakchalararo qon tomirlar va markaziy vena orasida jigar hujayralari joylashadi. Jigar darvozasidan a. hepatica propria va darvoza venasi - v. portae lar jigar ichiga yo‘naladi. Jigar ichida qon tomirlar maydaroq tomirlarga parchalanib, oxirgi boMinish natijasida hosil bo‘lgan qon tomirlar boMakchalar orasida joylashadi va a. v. interlobularis deb ataladi. 0 ‘z navbatida, bu qon tomirlar boMakchalar atrofida joylashadigan yakuniy tomirlar - a.v.ceptalis ga parchalanadi. Bu qon tomirlardan boMakchalar ichiga sinusoid tomirlari yoknaladi. 0 ‘z navbatida, sinusoidlar markaziy venaga yigMlib quyiladi. Shunday qilib, sinusoid-kapillar qon tomirlari boMakcha atrofidagi vena tomirlari va boMakcha markazidagi vena tomirlari orasida joylashadi. Natijada, sinusoid- kapillar tomirlar ikki vena orasida boMadi va bunday qon aylanishiga ajoyib venoz to‘ri deyiladi.