Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


O`SIMLIKLARNI MIKROKLANAL KO`PAYTIRISH USULI



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   414
Bog'liq
Туплам

 
O`SIMLIKLARNI MIKROKLANAL KO`PAYTIRISH USULI 
Muhamadova D., Xamidov S., Tojiboyeva Z. 
Farg‘ona davlat universiteti
Fan taraqqiyotining keng ko`lamlar bilan rivojlanishi, aholi sonining jadal suratlar bilan o`sib 
borayotganligi, kurrayi zaminimizdagi xo`jalik maqsadida qo`llaniladigan unumdor yerlar 
maydonining kamayib borishi biologiya va bir qator boshqa fanlar oldida turli xildagi hal etilishi zarur 
bo`lgan muammolarni paydo qilmoqda. 
Xususan bular ichida eng asosiylaridan: aholi sonining keskin o`sib borishi sababli oziq – 
ovqatga bo`lgan ehtiyojini oshishiga olib kelmoqda. Hozirgi vaqtda biologiya fan soxasi tarmoqlaridan 
biotexnologiya yo`nalishi orqali ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hujayra va to`qimalar kulturasi 
soxasida erishilgan yutuqlar vegetativ ko`paytirishning yangidan yangi usullarni yaratish imkoniyatni 
berdi. 
Hozirgi paytga kelib fandagi yutuqlar va yangiliklar bilan bir qatorda biotexnologiyada ham 
yangi usullar va yo`nalishlar paydo bo`lmoqda. Bunga misol 
in vitro
usuli bo`lib, bunda apikal 
meristemalarni o`stirish usulidan foydalaniladi.Birinchi martda klonal mikroko`paytirish usulini 50-
yillarda fransuz olimi J. Morel foydalanib orxideya o`simligidan regenrant o`simlik oladi. Mikroklonal 
ko`paytirish yoki in vitro sharoitida klonal mikro ko`paytirish – bu o`simliklarni probirkada maxsus 
sharoitda ko`paytirish usuli hisoblanadi. Bundagi o`ziga xos yutuqlar: 


242 
* Genetik jihatdan bir xil bo`lgan ekish materiallarini olish imkoniyatning mavjudligi; 
* Yetishtirish uchun mo`jallangan har qanday o`simlikni virus yoki bakteriyalardan holi qilish 
mumkinligi; 
* Ko`paytirish jarayonida ekish materiallarini yuqori koeffitsientda olish xususiyat (Nina 
barglidaraxtlaruchun10
4
dan o`t o`simliklaruchun 10
6
gacha ); 
*Seleksiya jarayonlari uchun sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish imkoni 
mavjudligi; 
* O`simliklarni yuvenil davridan yetuklik davriga o`tishini jarayonini tezlashtirish; 
*An‘anaviy yoki klassik usulda ko`payishi qiyin bo`lgan o`simliklarni ko`paytirish
* Yilning har qanday paytida ish jarayonini yoki tekshirish ishlarini olib borish. 
O`simliklarni klonal mikro ko`paytirishning asosiy ikki usuli mavjud bo`lib, bular quydagilar : 
1-usuli: O`simlikda mavjud meristemalarni rivojlanishini faollashtirish yo`li bilan; 
2-usuli: Ekplantida adventiv kurtaklarning paydo bo`lishni induksiyalash yordamida amalga 
oshiriladi.
Mikroklonal ko`paytirish o`z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: 
1.
Donor (ehtiyoj uchun mos bo`lgan o`simlik) o`simlikni tanlash , kurtaklarni ajratish va yaxshi 
o`sadigan steril kurtaklarni ajratib olish. 
2.
Hususiy mikro ko`paytirish ,klonlarni maksimal miqdoriga erishish. 
3.
Poyalarni bosqichma bosqich tuproq sharoitiga moslashtirish yo`li bilan ildiz xosil qilishga 
erishish. 
4.
O`simliklarni issiqxona sharoitiga moslashtirish va shundan so`ng ularni dala sharoitiga 
ekishga tayyorlash. 
O‘simlilarni mikroklonal ko‘paytirishda asosiy e‘tibor fitogarmonlar hisoblanadi. O‘simliklarda 
sintezlanuvchi uning butun organlari bo‘ylab tashiluvchi va ozgina miqdori o‘simliklarning bo‘yiga 
o‘sishiga yoki shakllanishiga sintezlangan joyidan yoki masofadan turib ta‘sir etuvchi va shu bilan 
birga uning rivojilanish muvozanatini boshqaruvchi moddalar fitogormonlar. Fitogormonlar oqsil bilan 
birlashadi va bevosita retseptor gormon birikmasi ko‘rinishida yoki qator oraliq reaksiyalar orqali 
qarshilik qiluvchi repressor–oqsillar bilan birlashadi natijasida repressorlar bilan DNK molekulasi 
orasidagi o‘zaro bog‘liqligi buziladi va ozod bo‘lgan ma‘lumotlar o‘qilishini va ularga taaluqli oqsil 
fermentlar biosintezini amalga oshiradi. 
Fitogormonlarning bunday ajoyib avtonom xususiyat ham biotexnologiyada aynan kallus 
to‘qimani rivojlantirishda juda ahamiyatli ommillardan biri hisoblanadi. Kallus to‘qima morfogenezida 
eng kuchli ta‘sir etuvchi omil bu ozuqa mihiti hisoblanadi. Ozuqa muhitiga kiruvchi asosiy 
fitogormonlar bu auksinlar va sitokininlardir.
Auksinlar - hujayra darajasida ta‘sir etib hujayraning cho‘zilishini, bo‘linishi va 
differensiyalanishini, meva rivojlanishini, unib chiqishni amalga oshirib DNK replikatsiyasi uchun 
zarur bo‘lgan sharoitni yaratadi. Auksin sifatida 2.4 - dixlorfenooksirka kislota, I. S. K - indilol 3 – 
sirka kislotasi ,N. S. K - naftalin sirka kislotasi ishlatiladi. Agarda kallus to‘qima rivojlanishida 
auksinlardan nisbatan ko‘p qo‘llanilsa ildizning o‘sishi tezlashadi.Shuni alohida aytib o‘tish kerakki 
kallusli to‘qimalar kulturasidan hosil bo‘lgan ildizdan butun o‘simlik hosil bo‘lmaydi, poyali 
orgonogenezda dastlab novda hosil bo‘ladi va ko‘proq auksinlar saqlanga ozuqa muhitlariga ko‘chirib 
o‘tkazilgandan keyin, o‘zidan ildiz chiqaradi va butun osimlik hosil bo‘ladi. 
Sitokininlar–hujayra bo‘linishini tezlashtiradi, ildiz hosil bo‘lishini to‘tatib, kurtaklar paydo 
bo‘linishi tezlashtiradi to‘qima hujayralarni pastki yoki yuqori harorat, suv tanqisligi sho‘rlanish, 
pestidsidlarning fitotaksinlik ta‘sirlariga chidamliligini ta‘minlab beradi. Sitokininlar sifatida asosan 
zeatin, kinetin, benzilaminopurinlardan foydalaniladi. Kallus to‘qima rivojlantirishda asosan 
sitikininlar ildiz o‘sishi va hujayra bo‘linishi, o‘sishi unib chiqishni boshqaradi, qarishni to‘xtatish. 
Kallus to‘qima o‘sishida sitoninlar miqdori ko‘paytirilganda poya organa genezi boshlanishi 
jadallashadi. 
Auksin va sitokininlar bir - birlarining nisbatiga qarab yoki tabaqasizlanishi va kallusli 
rivajlanishiga o‘tish yoki tabaqalanish va kallusli toqimalarni nafaqat o‘sishini bashqarish balki 
organlar farqlanishiga olib keladi .Fitogormonlar o‘simlikni o‘sishini boshqarishda tabiiy vosita 
hisoblanadi. Zaharli ta‘siri kam samarali tor doirada ta‘sirga ega preparatlarni sintez qilib, kallus 
to‘qima kulturasuda biotexnologiyada keng doirada qo‘llanilib kelinmoqda 


243 
Mikroklonal ko`paytirish usuli o`simliklarni vegetative kopaytirishning yangi istiqbolli usuli 
bo`lib, genetik jixatdan bir xil tuzilishga ega bo`lgan sog`lomlashtirilgan viruslardan xoli bo`lgan ekish 
materiallarni olish, ko`paytirishning yuqori koeffitsientiga erishish, seleksiya jarayonlari uchun 
ajratilgan muddatni sezlilarli darajada qisqartirish imkonini beradi bundan tashqari hal xo`jaligi uchun 
zarur bo`lgan lekin klasik usularda ko`paymaydigan yoxud qiyin ko`payadigan o`simliklarni yuqori 
sifat darajasida ko`paytirish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib mikroklonal ko‘paytirish usuli bilan 
turli qiyinchiliklarga qaramasdan 40 oilaga tegishli 200 dan ortiq o‘simlik turi ko‘paytirilmoqda. 
Xususan kashtan, eman, qarag‘ay, archa va sekvoya. O‘zbekiston hududida b.f.d.professor Alisher 
Turayev boshchiligida uzumning turli navlari ustida 
in vitro
sharoitida turli ishlar olib borilmoqda. 
Ushbu mikroklonal ko‘paytirish usulining rivojlanishi oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga 
yordam bo‘ladi.

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish