Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet50/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.



3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.

  1. Cho‘l tuproqlari. 2. Sur tusli qo 'ng‘ir tuproqlar va taqir va taqirli tuproqlar

3.Bo‘z tuproqlar . 4. Tog‘-o‘rmon-dasht tuproqlari

Yangi darsning bayoni.

O‘rta Osiyoda tarqalgan tuproqlarni hosil bo‘lishiga va ularning unumdorlik darajasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lib o‘rganamiz: 1) cho‘l tuproqlari; 2) bo‘z tuproqlar; 3) tog‘- o‘rmon - dasht tuproqlari; 4) baland tog‘ tuproqlari.Cho‘l tuproqlari. O‘rta Osiyoning cho‘l zonasi Turon tekisligini egallagan bo‘lib, u shimolda qo‘ng‘ir tuproqli chalacho‘l zonasi bilan, janub va sharq tomonda esa Kopetdog‘, Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘larining bo‘z tuproqli etaklari bilan chegaralanadi.Cho‘l zonasida, asosan, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar, taqir va taqirli tuproqlar, cho‘l, qumli tuproqlar va o‘tloq-allyuvial tuproqlar tarqalgan.Sur tusli qo 'ng‘ir tuproqlar qadimgi qoldiq qirlar va tog‘ etaklaridagi toshloq yerlarda paydo bo‘lgan. Bu tuproqlar tarkibida shag‘al va toshlar ko‘p. Tuproq hosil qiluvchi ona jins uncha qalin emas (1-2 m), tuproq tagida shag‘al qatlamlari joylashgan.Tuproqning yuza qatlamida 0,2 - 0,3 foiz chirindi bor. Chirindili qatlamning qalinligi 25 - 35 sm. Tuproqda azot kam, ammo fosfor ko‘p. Karbonat esa 5 - 7 foizga boradi. Bu tuproqlar, odatda, 20 - 30 sm chuqurlikdan boshlab sulfat va xlorid tuzlari bi-lan sho‘rlangan.Sur-qo‘ng‘ir tuproqlar unumdorligi past bo‘ladi. Suv chiqarib loyqa yotqizish, sho‘rini yuvish, o‘g‘itlash bilan tuproq unumdorligi oshiriladi.Taqir va taqirli tuproqlar qadimgi allyuvial tekisliklarda, ayniqsa, daryolarning delta tekisliklarida, tog‘larning etaklaridagi qiya tekisliklarda tarqalgan.O‘simlik o‘smaydigan, yorilib ketadigan zich, qatqaloqli yalang tekis joylar taqirlar deyiladi. Taqir vaqt-vaqti bilan yog‘in, sel suvlari bosib turadigan pastlik yerlarda vujudga keladi. Taqirda chirindi juda oz (0,3 - 0,7 foiz) bo‘ladi. Chirindili qat-lamning qalinligi 15 -25 sm keladi, tarkibida azot kam.Taqirli tuproqlar qadimgi daryo vodiylarida, qurib qolgan eski deltalarda, daryo qayirlarida, Ustyurtda, Qoraqum, Qizilqumdagi past tog‘lar va qirlarning etaklarida ko‘p uchraydi. Bunday tuproqlar Qarshi cho‘lida, Janubiy Turkmanistonda va Amudaryo deltasida katta maydonlarni egallaydi.Taqirli tuproqlar tarkibida chirindining ko‘pligi (0,7 - 1,2 foiz) hamda chirindi qatlamining qalinroq (50 sm gacha) bo‘lishi bilan taqirlardan farq qiladi. Ularning ostki qatlami yer-osti suvining tarkibi va joylashishiga qarab birmuncha sho‘rlangan bo‘ladi. Taqirli tuproqlar sug‘orilganda taqirdagi kabi qalin qatqaloq hosil qilmaydi.Cho‘llarning qumli tuproqlari cho‘llarning qumlar bilan qoplangan tekisliklarida, qum tepalarida tarqalgan. To‘zima qumlarda o‘simliklar o‘smaganligidan tuproq ham bo‘lmaydi. O‘simliklar bilan mustahkamlangan qumlarda alohida qumli cho‘l tuprog‘i vujudga keladi. O‘simliklar hayotida qumlarning suvni yaxshi o‘tkazishi katta ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘klamda efemer va yozda buta o‘simliklar o‘sishiga yordam beradi.Qumli tuproqlarda chirindi va ozuqa moddalar kam, biroq tegishli agrotexnika tadbirlarini qo‘llash orqali bu tuproqlarning unumdorligini oshirish mumkin.O‘tloq-allyuvial tuproqlar Amudaryo, Sirdaryo, Ili kabi yirik daryolarning deltalarida katta maydonlarni ishg‘ol etadi. Bu maydonlar qadimdan sug‘orilib, dehqonchilik qilib kelinayotganligidan yerosti suvi yuzada (1 - 2 m) joylashgan, shu bilan birga, tuprog‘i ham ko‘pincha sho‘rlangandir. Bu tuproqlarda chirindi miqdori 1- 1,5 foizni tashkil etadi. Chirindili qatlamning qalinligi 1- 2 m gacha yetadi. O‘tloq-allyuvial tuproqlar ancha unumdor bo‘lsada, tez sho‘rlanadi. Bo‘z tuproqlar Tyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdog‘ tizma tog‘lari etaklarida va tog‘ etagidagi qiyaliklarda hosil bo‘lgan. Bu xil tuproqlar tog‘ etaklarida dengiz sathidan 250 - 300 m dan shimolda 1000 - 1100 m gacha, janubda 1400 - 1500 m gacha bo‘lgan ba-landliklarda tarqalgan.    Bo‘z tuproqlar mintaqasida yoz issiq bo‘ladi. Tog‘ga ko‘tarilgan sari harorat biroz pasayadi. Yog‘in ham cho‘ldagidan ko‘proq: bir yilda tog‘ning quyi qismida 200 - 300 mm dan yuqori qismida 300 - 500 mm gacha yog‘in tushadi. Bo‘z tuproqlar mineral tarkibining asosiy qismini lyoss jinslar tashkil etadi.   Yuqoriga ko‘tarilgan sari tuproq tarkibidagi chirindi miqdori oshib borib, tuproq unumdor bo‘la boradi. Masalan, och bo‘z tuproqlarda chirindi 1,0 - 1,5 foiz bo‘lsa, oddiy bo‘z tuproqlarda u 1,5 - 2,5 foizga boradi, to‘q bo‘z tuproqlarda esa 2,5 - 4,0 foizgacha yetadi. O‘rta Osiyo o‘lkasining asosiy sug‘oriladigan dehqonchilik yerlari mana shu bo‘z tuproqlar mintaqasida joylashgan.     Yog‘inlarning, asosan, qish va bahorda yog‘ishi tuproqda ancha miqdorda nam to‘planishiga sabab bo‘ladi. Bahor oylarida harorat tez ko‘tarilib borganda ana shu namlikdan ekinlar, birinchi galda g‘alla ekinlari unumli foydalanib, yozgi qurg‘oqchilik boshlangunga qadar pishib yetiladi.Tog‘-o‘rmon-dasht tuproqlari 1100-1400 m dan 2500-2600 m gacha balandlikda joylashgan. Daraxtsiz yerlarda eng ko‘p tarqalgan tuproqlar qora tuproqsimon tog‘-dasht tuproqlaridir. Bunday tuproqlarda chirindi juda ko‘p (4 - 6 foiz), sho‘rlanish bo‘lmaydi, vegetatsiya davri mobaynida yer yuzasi qalin o‘t o‘simliklari bilan qoplanib yotadi.Yog‘in-sochin va tuproqda nam ko‘p bo‘ladigan tog‘ 1400 - 1600 m dan boshlab 2500 - 2600 m gacha tog‘ o‘rmonlari (archazorlar, yong‘oqzorlar, mevali bog‘lar) mintaqasi joylashgan, ularning tuproqlari, asosan, jigarrang tog‘- o‘rmon qo‘ng‘ir tup-roqlardan iborat. Bu tuproqlar eng unumdor tuproqlar hisoblanadi. Odatda, bu tuproqlar mevali daraxt o‘simliklari, tokzorlar bilan band bo‘ladi.


Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish