Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob
Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Chirchiq-Ohangaron tabiiy-geografik o‘lkasi respublikamizning shimoli-sharqiy qismida, Sirdaryo bilan G‘arbiy Tyanshan tog‘lari oralig‘ida joylashgan.O‘lkaning shimoli-g‘arbiy qismi Qozog‘iston orasidagi chegaraga to‘g‘ri kelib, Qorjantog‘ bilan Ugam tizmalaridan o‘tadi. Sharqiy chekkasidagi Qirg‘iziston bilan chegara Talas, Piskom va Chotqol tog‘lari orqali o‘tadi. Qurama tizmasi o‘lkani Farg‘ona vodiysidan ajratib turadi. Janubi-g‘arbiy chegarasi Sirdaryo bo‘ylab o‘tadi. Tabiiy-geografik o‘lka G‘arbiy Tyanshan tog‘larining bir qismini hamda Chirchiq va Ohangaron vodiylarini, shuningdek, Dalvarzin cho‘lini o‘z ichiga oladi. Bu tabiiy-geografik o‘lkaning yer yuzasi ancha murakkab bo‘lib, shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga, Sirdaryoga tomon asta-sekin pasayib boradi. Chirchiq-Ohangaron vodiysidagi tog‘lar paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralari jinslaridan tarkib topgan. Tog‘larda granit, paleozoy ohaktoshlari, qumtosh va slaneslar, tog‘ etaklari va daryo vodiylarida paleogen, neogen va antropogen davrlarining shag‘al, qum va gil qatlamlari keng tarqalgan. O‘lka yer yuzasining tarkib topishi paleozoy erasidan boshlangan. Tog‘lari dastlab kaledon, keyin gersin burmalanishida ko‘tarilgan, so‘ngra tashqi kuchlar ta'sirida yemirilgan. Chirchiq va Ohangaron daryo vodiylarini mezozoy erasida dengiz qoplagan.Chotqol-Ohangaron o‘lkasining hozirgi relyefining vujudga kelishida antropogen davrida sodir bo‘lgan jarayonlar, xususan, neotektonik jarayonlarning ahamiyati katta. Neotektonik jarayon hozir ham davom etmoqda. Zilzilalar natijasida daryo qayirlari-ning o‘zgarib turishi buning yorqin ifodasidir.Chirchiq-Ohangaron rayoni relyefi jihatidan G‘arbiy Tyanshanning bir qismi. Ular Talas Olatog‘idan janubi-g‘arbga qarab panjasimon yo‘nalishga ega bo‘lib, bir-biridan daryo vodiylari orqali ajralib turadi Ularning eng muhimlari Qorjantog‘, Ugam, Piskom, Ko‘ksuv, Chandalash, Chotqol tizmalari hisoblanadi.Chirchiq-Ohangaron rayonining eng g‘arbida Ugam tizmasi joylashib, Talas Olatog‘idan Manas cho‘qqisi (4488 m) yaqinidan janubi-g‘arbga qarab davom etadi. Uning eng baland Sayram cho‘qqisi 4238 m. Ugam tizmasining janubi-g‘arbida Qorjantog‘ joylashgan. Undagi Mingbuloq cho‘qqisining balandligi 2834 m. Ugam va Qorjantog‘larning shimoli-g‘arbiy yonbag‘irlari yotiq va keng, janubi-sharqiy yonbag‘irlari tik va qisqa.Ugam tog‘ining sharqida unga parallel holda Piskom tizmasi joylashgan. Uning eng baland cho‘qqisi Beshtar 4299 m. Piskom tog‘ining janubi-sharqida, Chotqol daryosi bilan Ko‘ksuv daryosi orasida Ko‘ksuv tog‘i joylashgan. Piskom tog‘ining janubi-sharqida Chotqol tizmasi joylashgan. Chotqol tizmasidan shimoli-g‘arbga qarab Kichik Chimyon va Katta Chimyon (3309 m) tog‘lari, janubi-g‘arbga qarab esa Qurama tog‘i ajralib chiqadi. Uning eng baland Boboyiyob cho‘qqisi 3768 metrga yetadi. Qurama tog‘ining Kamchik dovonidan Farg‘ona vodiysiga tunnel orqali avtomobil yo‘li o‘tkazilgan.Chotqol tog‘i bilan Qurama tog‘i orasida Ohangaron platosi va daryosi joylashgan. Qurama tog‘i bilan Sirdaryo oralig‘ini Dalvarzin cho‘li egallagan.O‘zbekistonning Ga'rbiy Tyanshandan ajralib chiqqan tog‘ tizmalaridan Chirchiq va Ohangaron daryolari suv to‘playdi. Bu yerda shu nom bilan ataluvchi vodiylar joylashgan.Chirchiq-Ohangaron vodiysi xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Ohangaron vodiysida mis, oltin, volfram, qo‘rg‘oshin kabi ma'dan konlari mavjud. Ohangaron vodiysi va Qarjantog‘ etaklarida aluminiy xomashyosi alunit topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |