Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati



Download 8,02 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi8,02 Kb.
#772331
Bog'liq
Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati-hozir.org


Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati

Hayvonlarning biosferadagi ahamiyati

Reja


  • Biosferada hayvonot olami

  • Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati.

  • Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati.

Hayvonlar yerning – hayot qobig’i, biosferaning asosiy komponentlaridan bo`lib, tabiiy resurslar orasida alohida o`rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Biosferadagi o`ziga xos tabiiy muvozanat ko`p jihatdan o`simlik va hayvonlarning biologik rang-barangligini saqlashi bilan boliqdir.


Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo`lib, tabiatda modda va energiya almashinuvida ular muhim rol o`ynaydi. Hayvonlar o`simliklar bilan uzviy aloqada bo`lib turadi. Hayvonlar biosferaning eng asosiy qismi bo`lib, o`simliklar bilan birgalikda geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyasida katta rol o`ynaydi. Hayvonlar organik moddalardan quyosh energiyasi ta`sirida o`simliklar vujudga keltirgan tayyor organik mahsulotlarni iste`mol qiladi. Bir-birlari va o`simliklardan oziqlangan hayvonlar biologik hamda sayyoramiz modda almashinuvida aktiv qatnashadi.
Dengizda bir va ko`p hujayrali hayvonlarning qattiq chianoqlaridan chiqindi jinslar (bo`r, ohaktosh) vujudga keladi. Marjon poliplarning faoliyati natijasida okeanning sayyoz, iliq suvli katta hududlarida asosan tropik kengliklarida marjon orollari paydo bo`lgan. Hayvonlarning (yumaloq chuvalchanglar, tuproq chuvalchanglari, chumolilar, qo`nizlar, sut emuizuvchilarning ayrim turlari) nurash prosessida va ayniqsa tuproq hosil bo`lishda ahamiyati katta. Ayrim hayvonlar (ko`pchilik hasharotlar, ayrim qushlar va ko`rshapalak) o`simliklarni changlatadi, ba`zi hayvonlar, qushlar o`simlik urularini tarqatadi. Hayvonlar hayoti o`simliklar hayoti bilan chambarchas bolangan bo`lib, hayvonlar sonining o`zgarishi bilan o`simliklar bilan o`simliklar soni ham o`zgaradi.
Zaharli ilonlarni yaqin vaqtlargacha ko`plab ushlanar va o`ldirib yuborilar edi. Masalan: Hindistonning Ragnogari rayonida qabul punktlariga yiliga o`rtacha 225000 dona, narxi oshirilgandan keyin esa sakkiz kun ichida 115000 dona ilon o`ligi topshirilgan. Ilonlarni qirib yuborilgan joylarda sichqon va boshqa kemiruvchi hayvonlar juda tez ko`payib ketdi, natijada alla hosili kamaydi, kishilar o`rtasida o`lat, tuleremiya, sariq kasali kupaydi. Ilon zahrining medisinadan keyin katta ahamiyatini va ilonlarning tabiatdagi ayrim zararli hayvonlarni qirishdagi rolini hisobga olib, ilonlar endilikda davlat nazorati ostida muhofaza qilinmoqda. Hozirda yirtqich hayvonlarni butunlay yo`qolib ketishiga chek qo`yilmoqda, kamayib qolganlarini maxsus joylarda ko`paytirish choralari ko`rilmoqda. Masalan: bo`rilar va qiriylarni qirib yuborishga chek qo`yildi. Baliq xo`jaligida cho`rtan baliqlarini qirib yuborish ham noto`ri ekanligi aniqlandi.
Ko`pchilik sut emizuvchilar, ayniqsa hasharotxo`rlar va qo`lqanotlilar hamda ayrim yirtqich hayvonlar o`rmondagi zararkunanda hasharotlarni ko`plab kiradi. Masalan: bo`rsiq bir so`tkada 500 tagacha may qo`nizining lichinkasini eydi.
Demak, har qanday hayvon turi inson uchun bevosita yoki bilvosita ahamiyatga ega bo`lganligi uchun ularni qirib yuborishga chek qo`yish kerak.
Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti. Hayvonlar Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. Ularni barcha qit`alar va orollarda, suv havzalarida va tuproqda uchratish mumkin. Hayvonlar juda xilma-xilligi bilan boshqa organizmlardan ajralib turadi. Agar Yer yiizida 500 mingga yaqin o`simlik turi ma`lum bo`lsa, hayvonlar turi 2,5 mln ga yetadi.
Hayvonlar ham boshqa tirik organizmlar singari oziqlanadi, nafas oladi, o`sadi va ko`payadi. Ularning hayoti uchun ham oziq moddalar, havo, muayyan harorat va namlik zarur. Hayvonlar hayot kechiradigan joyning tuprog`i, namligi, harorati, yorug`ligi, o`simliklari, hayvonlari, ya`ni tirik va notirik tabiatning barcha tarkibiy qismlari yashash muhitini hosil qiladi. Hayvonlarning tuzilishi, xatti-harakati va hayot kechirish xususiyatlari tashqi muhitning muayyan sharoitiga moslashgan. Masalan, suvda hayot kechiruvchi sutemizuvchi hayvonlar tanasining suyri shaklda bo`lishi, oyoqlarining eshkakka aylanganligi, terisidagi yunglarning kalta va silliq bo`lishi bilan quruqlikda yashovchi hayvonlardan farq qiladi.
Hayvonlar sharoitning muayyan chegarada o`zgarishiga moslashgan holda yashaydi. Masalan, oq ayiq shimoliy kengliklardagi qadimiy muzliklarda yashab, dengiz hayvonlarini ovlaydi; qo`ng`ir ayiq esa o`rta kengliklardagi o`rmonlarda yashab, asosan o`simliklar bilan oziqlanadi. Baqa suvda yoki suv bo`yida; qurbaqa esa suvdan uzoqroqda, salqin joylarda hayot kechiradi. Sharoit qulay bo`lgan joylarda hayvonlar ham ko`proq uchraydi, aksincha sharoit noqulay bo`lganida ular kam uchraydi yoki uchramaydi. Shunday qilib, quruqlikda, suv havzalarida va boshqa joylarda muhit sharoitining bir xilda bo`lmasligi tufayli hayvonlar ham bir tekis tarqalmaydi.
Hayvonlar orasida inson salomatligiga, chorva mollari va ekinlarga zarar yetkazadigan turlari ham ko`p uchraydi. Ular ekinlarni yeb, hosildorlikni kamaytiradi; oziq-ovqat mahsulotlari, jun, teri, yog`och hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlar, kiyim-kechak va buyumlarai buzib katta ziyon yetkazadi. Bir qancha hayvonlar odam, chorva mollari va uy hayvonlari organizmida parazitlik qilib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Qon so`ruvchi hasharotlar va kanalar odam va hayvonlarga tinchlik bermaydi. Burga, bit va chivin kabi hasharotlar o`lat, terlama va bezgak kabi kasalliklarni odamlar o`rtasida tarqatadi. Parazit hayvonlar odam­larga qadimdan ma`lum bo`lgan. Atoqli vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (980—1037) o`zining ,,Tib qonunlari" asarida kasallik paydo qiladigan hayvonlardan saqlanish to`g`risida yozib qoldirgan.
Keyingi yillarda qishloq xo`jalik mahsulotlari yetishtirishni ko`paytirish uchun tabiiy o`tloqlar va o`rmonzorlar buzilib ekin-zorlarga aylantirildi, ko`plab sug`orish inshootlari va gidrostan-siyalar qurildi. Bu ishlar hayvonlar yashash muhitining yomonlashuviga yoki butunlay buzilishiga sabab bo`ldi. Inson faoliyati tufayii yowoyi hayvonlar soni keskin kamayib, ayrim turlari esa butunlay yo`qolib ketmoqda. Bir qancha hayvonlar qimmatbaho terisi yoki mazali go`shti uchun vahshiyona qirib yuborildi. Bu hoi hayvonlar va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilishni talab etadi. Bunday tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun hayvonlarning tuzilishi, tarqalishi va hayoti to`g`risida bilimlarga ega bo`lish zarur.
Hayvonlar klassifikatsiyasi. O`zaro o`xshashligi va qon-qarindoshligiga binoan hayvonlar bir qancha katta va kichik guruhlarga ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi. O`simliklar singari hayvonlar klassiflkatsiyasida ham eng kichik guruh tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi o`xshash bo`ladi. Bir turga mansub bo`lgan hayvonlar tabiatda muayyan maydonda tarqalgan bo`lib; o`zaro erkin chatisha oladi va ularning nasli serpusht bo`ladi. Har xil turga mansub bo`lgan hayvonlar, aksincha, o`zaro chatishol-maydi yoki chatishganda ham ularning nasli pushtsiz bo`ladi.

O`zaro yaqin turlar urug`ga, urug`lar oilaga, oilalar turkum-ga, turkumlar sinflarga, sinflar esa tiplarga birlashtiriladi.Shunday qilib, hayvonlarning asosiy sistematik guruhlari tur, urug`, oila, turkum, sinf va tipdan iborat. Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va ko`p hujayralilarga; umurtqa pog`onasining rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratiladi. Bir hujayralilar bir necha tipdan, ko`p hujayralilar 15 ga yaqin tipdan, umurtqasizlar 20 ga yaqin va umutrqalilar esa faqat bitta tipdan iborat.


E’tiboringiz uchun rahmat!!!



http://hozir.org
Download 8,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish