Hayvonlar morfologiyasi


Katta va kichik qon aylanish doiralari haqida tushuncha



Download 14,33 Mb.
bet57/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   268
Bog'liq
morfologiya

Katta va kichik qon aylanish doiralari haqida tushuncha.
Qon tomirlari sisetma buzilsa, organizmda kuchli patologik o‘zgarish ro‘y beradi, masalan, tananing biror qismiga qon yetarli bormasligi natijasida shu joy ivishib qoladi, teri sezuvchanligini yo‘qotadi va har xil sanchiq paydo bo‘ladi. yurak kasallansa, butun organizm zaiflashadi, tez charchaydi, kuchsizlanadi, tez – tez oladi, tananing ba’zi joylari shishadi va hokazo. Tana bo‘ylab harakatlanadigan qon ikkita – katta va kichik doira bo‘ylab aylanadi, buni birinchi marta ingliz olimi Garvey 1638 yilda aniqlagan. Katta qon aylanish doirasi qoni yurakning chap qorinchasidan aorta orqali chiqib, butun organizmga tarqaladi va moddalar almashinuvi prosessini hosil qilgandan keyin vena kapillyarlariga aylanadi, keyin oldingi va keyingi kovak venalarni hosil qilib, o‘ng yurak oldi bo‘lmasiga quyiladi.
Kichik qon aylanish doirasi qoni yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi orqali o‘pkaga kelib, karbonat angidriddan tozalanadi va kislorodga boyib, o‘pka venalari orqali yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Organizmda katta va kichik qon aylanish boiralaridan tashqari, qopqa vena sistemasi ham bo‘ladi. bu qon yo‘li orqali butun qonning 4/5 qismi, masalan, jigardan soatiga 100 l gacha qon o‘tadi. Arteriya qon tomirlarining devori qalin va kuchli, vena qon tomirlarining devori esa yupqa va yo‘li keng bo‘ladi. qon tomirlari sistemasining eng muhim qismi yurak bo‘lib, uning tinmay ishlashi natijasida qon doimo harakatlanib turadi.
Yurakning tuzilishi va topagrafiyasi
Yurak – cor s. kardia konus shaklidagi organ bo‘lib, ko‘krak qafasida III – VI – VII qovurg‘alar ro‘parasida o‘pkalar oralig‘ida joylshadi. Yurakning ko‘p qismi umurtqa pog‘onasining chap tomonida bo‘ladi. yurak quyidagicha tuzilgan, uning asosiy - basis cordis, uchki qismi - apex cordis, o‘ng va chap yuzalari - facies dextra et sinistra oldingi hamda keyingi chetlari - margo caudalis et cranilis bo‘ladi. yurak to‘rt kamerali bo‘lib, ularning ikkitasi – o‘ng va chap yurak oldi bo‘lmalari yurakning asosida joylashadi. Bo‘lmalarning pastki tomonida esa o‘ng va chap yurak qorinchalari bo‘ladi. yurak bo‘lmalari qorinchalardan ko‘ndalang ariqcha - sulcus coronorius orqali ajralib turadi. Bundan tashqari, o‘ng va chap yuzalarida uzunasiga joylashgan ariqchalar - sulcus longitudinales sinistra et dextra bor. Bu ariqchalarda yurakka qon beruvchi toj arteriya va vena qon tomirlari joylashadi. Yurak asosining old qismidan ikkita katta arteriya qon tomiri chiqadi. Ularning biri o‘pka arteriyasi - a. pulmonalis yurakning o‘ng qorinchasidan chiqib, o‘pkaga boradi. Ikkinchisi juda kuchli va katta aorta - (aortae) bo‘lib, yurakning chap qorinchasidan chiqadi va butun organizmni arterial qon bilan ta’minlaydi. Arteriya tomirlaridan bir oz o‘ngroq tomonda yurakning o‘ng quloqchasi - auricula dexta, chap tomonida esa chap quloqchasi - auricula sinistra joylashadi. Har ikkala yurak oldi quloqchasi bir – biridan to‘sqich - septum arteriorum orqali ajraladi. Quloqchalar yurak oldi bo‘lmasiga ochiladi. Yurakning o‘ng bo‘lmasi - atrium dextrum ga oldingi va keyingi kovak venalar - vena cava cranialis et caudalis kelib quyiladi. Ularning kelib quyilgan joyi oldingi kovak vena teshigi - ostium venae cava cranialis, kengaygan joyi vena sinusi - sinus venosum deyiladi. Vena sinusi bilan yurak oldi bo‘lmasining o‘rtasida chegaralovchi ariqcha - sulcus terminolis bor. Har ikkala kovak venaning yurak bo‘lmasiga tushadigan joyida muskuldan iborat valiksimon do‘nglik bo‘lib, u venalararo do‘nglik yoki laver do‘ngligi - tuberculum intervenosum s. Loweri deyiladi, bu do‘nglik har ikkala venadan kelayotgan qonning bir – biriga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Orqa tomon kovak venasi qo‘shiladigan joy yaqinida katta venaning qo‘shilish teshigi - ostium venae cordis magnus bor. Bu joy toj sinusi - sinus coronarius deb ham ataladi.
Embrion yurak bo‘lmalarining to‘sqichida oval teshik - fora men ovalis bo‘ladi. bu teshik bola tug‘ilgan vaqtda yopiladi, ba’zilarida esa umrbod saqlanib qoladi. Yurak bo‘lmalari va quloqchasining ichki yuzasi bir qancha to‘rsimon – valiksimon muskullar bilan qoplangan, ular taroqsimon muskul - mm. Pectinati deyiladi. Yurak oldi bo‘lmalari o‘z qorinchalari bilan atrioventrikulyar teshiklarga birlashadi. O‘ng bo‘lma birlashadigan teshik - ostium atrioventriculare dexter, chap bo‘lma birlashadigan teshik esa ostium atrioventriculare venosum sinistrum deyiladi. Yurak qorinchalari o‘ng va chap qorinchalarga bo‘linadi va bajaradigan ishiga qarab har xil bo‘ladi.
O‘ng qorincha - ventriculus cordis dexter devori anchagina yupqa, bosimi past bo‘ladi. Chap qorincha - ventriculus cordis sinister ning devori esa ancha qalin, chunki aortaga qon juda katta bosim bilan chiqadi. Yurak qorinchalari o‘rtasidan to‘sqich - septum inter ventriculum ajratib turadi. Qorinchalarining ichki yuzasida muskul to‘siqlar - trabeculae corncae va yurakning ko‘ndalang muskullari - mm. Transversi codis pay tasmachalar shaklida joylashadi. Chap qorinchadan aorta chiqib, aorta teshigi - ostium aorticum s. arteriosum, o‘ng qorinchadan o‘pka arteriyasi chiqib, o‘pka arteriya teshigi - ostium arteriosum pulmonales ni hosil qiladi. Yurakdan o‘tadigan qon normal holda oqishi uchun qopqoq (klapan) apparatlari xizmat qiladi. Yurakning o‘ng bo‘lmasi bilan o‘ng qorinchasi o‘rtasida artioventrikulyar yoki uch qopqoqli klapan - valvula tricuspidalis bo‘lib, u 6-10 tagacha tor - chordea tendineae bilan ushlanib turadi. Bu torlar yurakning ichki yuzasidagi so‘rg‘ichsimon muskul - mm. Papillaris bo‘rtikchalariga ulanib turadi. Yurak qorinchalaridan chiqadigan arteriyasi va aorta qon tomirlarining chiqish joyida uchtadan yarim oy shaklidagi qopqoqli klapanlar - valvula semilunaris bor. Bu klapanlarning bittasi o‘pka arteriyasida orqa tomonda, ikkitasi oldingi tomonda, aorta qon tomirida esa bittasi old tomonda, ikkitasi orqa tomonda joylashadi. Klapanlar xaltacha - sinus arteriosus hosil qilib, arteriya tomon ochiladi. Klapanlarning erkin chetida klapan tuguni - nodulus valvulae bo‘ladi, o‘pka arteriyasi chiqadigan klapanda - noduli valvularum semilunarium tuguni uchraydi. Yarim oy shaklidagi klapanlarning ahamiyati juda katta, ular qonni arteriyaga haydaydi va qaytib arteriyaga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yurak devori uch qavatdan tuzilgan, ichki qavati endokard -endocardium, o‘rta qavati miokard - myocardium va tashqi qavati epikard - epicardium deyiladi.
Endokard qavati yupqa biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, uningustki yuzasi endoteliy bilan qoplangan. Yurakning muskul qavati juda kuchli ko‘ndalang targ‘il muskul to‘qimalaridan tuzilgan, uning tolalari bir – biriga o‘ralgan holda bo‘ladi. yurak quloqchalarida muskul to‘qimalari aniq ikki qavat bo‘lib joylashadi. Muskul tolalari vena qon tomirlari atrofida aylanib, sfinkter hosil qiladi. Yurakning o‘ng va chap qorinchalari devoridagi muskul tolalari juda murakkab, bir qancha qavat hosil qilib, tolalari ham har tomonlama, masalan, yuza va ichki qavati qiyshiq bo‘lib, uzunasiga tashqi va ichki qavati sakkiz raqamiga o‘xshash, eng chuqur qavati ham yuqoridagi singari joylashadi.
Muskul qavatlari shunday joylashishi sababli, yurak qisqarganda bo‘shliqni batamom siqib, qonni otib chiqaradi.

Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish