Axborot manbaalari
www. Ziyo.net.uz.
www.veterinariva meditsinasi.uz
www.sea(a),mail.net21 .ru
www.veterinarv®,actavis.ru
7.
|
Samarqand veterinariya meditsinasi nstitute tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
|
8.
|
Fan/modul uchun mas’ullar:
N.B.Dilmurodov – SamVMl, “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi mudiri, veterinariya fanlari doktori, professor
G‘.X.Eshmatov – SamVMl, “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiya va patologik anatomiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi
|
4.2.ISHCHI FAN DASTURI
Fan Sillabusi
Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali
Fan to‘g‘risida ma’lumot
Fan shifri: HM 1105
Fan nomi: Hayvonlar morfologiyasi
Semestr/ yil: 1semestr/2021-2022 o‘quv yili
Kafedra: Umumiy veterinariya meditsinasi
Soatlar/ kreditlar: 5,0 ECTS (60 auditoriya soati, 90 soat mustaqil ta’lim)
Ма’ruza
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Laboratoriya mashg‘ulotlari
|
Mustaqil ta’lim
|
Jami
|
20
|
20
|
20
|
90
|
150
|
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: dars jadvaliga asosan
Fan uchun mas’ul kafedra: Umumiy veterinariya meditsinasi
Instruktor to‘g‘risida ma’lumot: Babashev A.
Kafedra joylashgan joyi: SamVMITF, 1-o‘quv binosi, 311-xona
Telefon: +99890-587-45-58 ish telefoni; mobil: +99891-985-25-47
E.mail. babashovalixon25@mail.ru Ish vaqti: Uchrashuvga ko‘ra
I. Fanni o‘qitishdan maqsad - “Hayvonlar morfologiyasi” Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga hayvon organizmini tashkil qiluvchi to‘qimalar, organlarning morfologik tuzilishi hamda sog‘lom hayvonlar organlarining shakli, rangi va topografiyasi to‘g‘risida chuqur bilim berishdan iborat.
II. Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, hayvon organizmining organlarini anatomik tuzilishini o‘rganish, hayvonlar organizmning biologik xususiyatlariga organ va tizimlarning o‘zaro aloqadorligini ochib berish, hayvonlar organizmini uning yoshi, zoti, turi va yashash sharoitiga qarab o‘rganish, individual hamda tarixiy taraqqiyot jarayonidagi o‘zgarishlar, organlarning joylashish joyini (topografiyasi) hayvon gavdasini (o‘lik hayvonda) kesib aniqlash, ichki organlarning rangi, shakli va joylishishini morfologik uslublar yordamida o‘rganish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
III. Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
hayvon organizmining umumiy tuzilishini, hayvonot dunyosining xilma – xilligini, hujayra, to‘qima, organ, tizim va organizmning bir butunligi, hayvon tanasi qismlari, bo‘limlari va bo‘shliqlarini, hayvon organlarining tashqi va ichki tuzilishi, shakli, rangi, topografiyasini, ixtiyoriy harakat organlarining tuzilishi va topografiyasini, skelet, bo‘g‘imlar, muskullar, arteriya tomirlari va asab tolalarini preparovka qilish, teri qoplama tizimi va uning hosila organlarining tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
ichki organlar tizimining tuzilishini hamda ulardan anatomik preparatlar tayyorlashni, yurak-qon tomirlar tizimining tuzilishini, limfa aylanish tizimining tuzilishini, asab tizimi organlarining tuzilishini, sezgi organlarining tuzilishini, anatomik asbob-uskunalar bilan ishlashni bilishi va ulardan foydalana olishi, ichki organlarning hayvon tanasida joylashgan joyini aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
hayvonlar va parrandalar organlarining solishtirma anatomik tuzilishi, topografiyasini aniqlash hamda ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, rivojlanish qonuniyatlari bo‘yicha xulosa qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |