Hayvonlar morfologiyasi


Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari



Download 14,33 Mb.
bet133/268
Sana15.07.2022
Hajmi14,33 Mb.
#802236
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   268
Bog'liq
morfologiya

1.3 Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari


Mavzu: Mikroskoplar bilan tanishish, ishlatish usullari va mi
krotexnika qoidalari.
Reja:
1. Mikroskop bilan tanishish va uning turlari.
2.Mikroskopni ishlatish usullari.
3.Gistologik preparat tayyorlash texnikasi.
Darsning maqsadi:
1.Mikrotexnika (gistologik kesmalarni bo‘yash, glitserinli preparatlar tayyorlash va ularni o‘rganish);
2. Selloidinli kesmalarni gematoksilin-eozin bilan bo‘yash va bir marta foydalanish uchun preparatlar tayyorlash;
3. Tayyorlangan gistopreparatlarni mikroskopiya qilish, chizish va belgilash. Hujayra va to‘qimalarning bazofil hamda eozinofil (atsidofil) strukturalari bilan tanishish;
Ko‘rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar:
Mikrotom, mikroskop, gematoksilin,eozinofil bo‘yoqlari
Mashg‘ulotning o‘tkazilish tartibi:

  1. Mikroskopni tuzilishini va qismlarini o‘rganish

-Mikroskop bilan ishlash texnikasini o‘rganish.
-Mikrotexnika qoidalari bilan tanishish
-Gistopreparat tayyorlashni o‘rganish
Darsning mazmuni: Mikroskop bilan ishlash qoidalari
Morfologiya kursini o‘rganishda mikroskop doimiy ish quroli bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun eng avvalo, mikroskopning tuzilishi va u bilan ishlash qoidalarini bilishimiz kerak.
Mikroskop o‘rganilayotgan ob’ektlarni kuchli darajada kattalashtirib beradi. Mikroskopda uning mexanik va yorituvchi (optik) qismlarini birlashtirib turuvchi taglik va optik linzalar farq qilinadi. Hozirgi paytda kafedramizda MBI-6 va “Biolam-S” mikroskoplari mavjud (1-rasm).
Mikroskop bilan ishlashni o‘rganib boshlagandayoq ma’lum tartib-qoidalarga amal qilishga odatlanish lozim.
Mikroskopiyaga kirishishdan oldin yoritgich oynani (oynani botiq tomoni turishi kerak) va revolverni (kichik ob’ektiv - 8x turishini; revolver kertikka kelganligini) tekshirish lozim. Undan keyin quyidagilarga amal qilinadi:
1. Mikroskopni ishlash uchun qulay holatda stolga o‘rinatiladi. Kichik ob’ektiv (8x) va yoritgich oynaning botiq tomoni yordamida yorug‘lik topilib, ko‘rish maydoni bir tekis yoritiladi;
2. Preparatning qoplagich oynasini yuqori tomonga qilib mikroskop stolchasidagi teshikka to‘g‘ri keladigan holatda o‘rnatiladi;
3. Kremalera (makrovint) yordamida kichik ob’ektivning fokusi topiladi. Preparatni sinchiklab qarab chiqib, batafsil o‘rganish uchun yaroqli joyini tanlanadi va uni ko‘rish maydonining markaziga o‘rnashtiriladi;
4. Ko‘zlar toliqmasligi uchun mikroskop okulyariga chap ko‘z bilan qaraladi, o‘ng ko‘z yordamida daftarga rasm solinadi;
5. Katta ob’ektiv (40x) ga o‘tish uchun fokusni o‘zgartirmasdan, revolverni burab, kuchli ob’ektiv (40x) ni ish holatiga keltiriladi. Agar har ikkala - katta (40x) va kichik (8x) ob’ektiv mikroskopning o‘ziniki bo‘lsa, ya’ni almashtirilmagan bo‘lsa - preparatning tasviri hosil bo‘ladi. So‘ngra mikrovint yordamida preparatning aniq tasviri hosil qilinadi. Biror sabab bilan preparatning tasviri hosil bo‘lmasa, unda o‘qituvchiga murojaat qilinadi;
6. Preparat kuchli ob’ektivlar bilan o‘rganilayotganda mikrovintni doimiy ravishda ikkala tomonga 0,25-0,5 marta burash kerak. Mikroskopda ishlay boshlagan dastlabki paytlardanoq, kuchli ob’ektivda mikrovintdan foydalanishga odatlanish lozim;
7. Mikroskop stolchasining diagonal vintlaridan faqat katta ob’ektivda ishlayotganda preparatning kerakli qismlarini ko‘rish maydonining markaziga ko‘chirish uchun foydalaniladi;
8. Mikroskopning optik qismlari (yoritgich oyna, kondensor-yoritgich, ob’ektiv va okulyar linzalari)ni faqat toza va Yumshoq materiya (flanel) bilan artish mumkin;
9. O‘qituvchining nazoratisiz mikroskopning turli qismlarini burab olish va remont qilish mumkin emas;
10. Mikroskopda ishni tugatgach, preparat olinadi va mikroskop ish holatidan chiqariladi;
11. Mikroskop bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilayotganda, u vertikal holatda tutiladi.





Download 14,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish