--Ko‘rish bo‘rtiklari - thalami optici oraliq miyaning eng katta qismi bo‘lib, bevosita dumsimon yadroning orqa tomonida joylashadi. Dumsimon yadrodan chegaralovchi yo‘l - stria terminalis orqali ajralib turadi. Orqa tomonida miyaning to‘rt tepachasi yotadi. Ko‘ndalang yo‘lning ro‘prasida yon tomonga aylanib o‘tgan yon tirsaksimon tana - corpus geniculatium laterale opticum bor. U yuqoridan sekin tekislanib, pastki qismi ko‘rish yo‘li - tractus opticus ga aylanadi. Uning davomi, o‘ngi va chapi bir – biri bilan qo‘shilib, ko‘rish nerv kesishmalari - chiasma opticus ni hosil qiladi. Bu kesishmalardan ikkinchi juft ko‘rish nervi - nervus opticus kelib chiqadi.9
Uchinchi miya qorinchasi - ventriculus tertius halqa shaklidagi kanaldir. Uning ichiga ko‘rish bo‘rtigining oraliq miya massasi - massa intermedia o‘sib kiradi.
Uchinchi miya qorinchas orqa tomondan silviev suv yo‘li bilan qo‘shiladi. Suv yo‘liga qo‘shilishi joyida ko‘ndalang tolalar tutamining orqa tomon bog‘lami - commissura caudalis bo‘lib, u oldingi tepachalarni ko‘rish bo‘rtigi bilan bog‘laydi. Uchinchi miya qorinchasi yon qorinchalar bilan ham bog‘langan. Uchinchi miya qorinchasi ichida qon tomirlari jildi - tela chorioidea ventriculis tertii bo‘ladi. Qon tomirlari jildining o‘rta qismi uchinchi miya qorinchasining qon tomirlari chigali - plexus chorioideus ventriculi tertii ni hosil qilib, yon qorinchalarga o‘tadi va ularda ham qon tomirlari chigali hosil bo‘ladi.
Epifiz - epiphysis ichki sekretsiya bezi bo‘lib, u oraliq miyada yarim sharlarning orqa oraliq qismidagi to‘rt tepacha ustida joylashadi. Bu bez ham ko‘rish bo‘rtigiga qo‘shilib turadi. Epifizning asosida chuqurcha shaklidagi qavariq tana - recussus suprapinealis bo‘ladi. Kulrang do‘nglik - tuber cinereum da kichik do‘nglik bo‘lib, u ko‘rish nerv kesishmasining orqa qismida joylashadi. Bu do‘nglikning markaziy qismida voronka jiyagi - recessus infundibuli bo‘lib, uning chetlari voronka infundibuli hosil qilib, gipofiz beziga birlashib turadi.
Gipofiz - hypophysis ham ichki sekretsiya bezi bo‘lib, miyaning qattiq pardasiga o‘ralgan holda turk egari chuqurchasiga joylashadi.
So‘rg‘ichsimon tana - corpus mammillare kichik yapaloq organ bo‘lib, kularng do‘nglikning orqa qismida joylashadi. Unda kulrang modda yadrosi bor. Itlarda u juft bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |