Suyakning tabiiy xossalari. Suyaklar juda mustahkam bo‘lib, odamning 1 mm2 suyagi 9,25 – 12,41 kg yuk ko‘tara oladi. Son suyagi esa 5607 kg yuk qo‘yilganda sinishi mumkin. Suyaklarning tabiiy xossalari ularning ximiviy tarkibiga, hayvonlarning yoshi, jinsi va turiga, suyaklarning tuzilish holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Suyaklarning rivojlanishi - ontogenezi. Skeletdagi ko‘pgina suyaklar (tana suyaklari, oyoq va kalla suyagining asosiylari) tog‘aydan rivojlanadi. Bunday suyaklar almashinuvchi yoki ikkilamchi suyaklar deyiladi. Qolgan suyaklar (peshana, burun, yuz va barmoq suyaklari) parda davridan birdaniga suyak davriga o‘tadi. Bunday suyaklar birlamchi yoki qoplovchi suyaklar deyiladi.
Suyaklar embriologik davrining boshlarida biriktiruvchi to‘qimadan – mezenximadan hosil bo‘ladi. Suyak aniq nuqtalardan hosil bo‘la boshlaydi. Suyak hosil bo‘lish protsessi ikki xil boradi. Ba’zi suyaklarda tog‘ayning suyakka aylanishi ichki tomondan boshlanadi, bunga enxondral suyaklanish - inchondrium deyiladi. Agar tog‘ayning suyakka aylanishi tashqaridan ichkariga qarab davom etsa, perixondral suyaklanish - perichondrium deyiladi. Hosil bo‘lgan tog‘ay plastinkalarga sekin – asta mineral tuzlar qo‘shilib, suyak holatiga o‘ta boradi.
Suyakdagi emiruvchi hujayralar (osteoblastlar) tog‘ay to‘qimalarini emirib, bo‘shliq hosil qiladi. Osteoblastlar esa ko‘payib, suyak hujayralariga aylanadi, natijada xovonlar shaklidagi qattiq tolali suyak plastinkalari hosil bo‘ladi. Suyak plastinkalari tez o‘sib, qalinlasha boshlaydi. Bunda ularning o‘rta qismi suyaklashib, bosh qismlari tog‘ay bilan qoplanadi, bu qismlar keyinroq suyakka aylanadi. Suyaklardagi bir qancha pay va muskullar birlashadigan o‘simtalar enxondral suyaklashishdan boshlanadi, bunday o‘simtalar apofiz – apophysis deyiladi. Katta suyaklar ham ich tomondan suyaklashadi. Suyak bo‘shliqlarining ichidagi xovonlar oralig‘ida qolgan mezenxima hisobiga to‘rsimon to‘qimalar hosil bo‘ladi: a) suyak iligining asosi; b) suyak bo‘shlig‘ining ichki pardasi; v) qizil va oq qon elementlari paydo bo‘ladi. Keyinchalik to‘rsimon to‘qimalar o‘sib, yog‘ga aylanadi. Qoplovchi suyaklar juda oddiy yo‘l bilan suyaklashadi, ular biriktiruvchi to‘qimalardan suyakka aylanadi.
Umurtqa tanasi har qaysi bo‘limda har xil bo‘ladi. Umurtqa teshigi -foramen vertebrae bo‘lib, umurtqa kanali - canalis vertebralis hosil qiladi, unda orqa miya - medulla spinalis joylashadi. Umurtqa teshigining ustki tomoni yoyga o‘xshash bo‘lib, u umurtqa yoyi - arcus vertebrae deyiladi. Qon va nerv tomirlari o‘tishi uchun har ikkala umurtqa orasida teshik - foramen intervertebrale bo‘ladi.
Umurtqalarning oldi va orqa tomonida kesiklar - insisura vertebralis cranialis et caudalie bor, ular qo‘shilib, teshik hosil qiladi.
Umurtqalar bir – biri bilan birlashishi uchun ularning oldi va orqa tomonida juft bo‘g‘im o‘simtalari - processus articularius cranialis et candalis bo‘ladi. Umurtqalarning yon tomonida juft ko‘ndalang o‘simtalar - processus transversi bo‘lib, ular qovurg‘alarning birikishi uchun xizmat qiladi. Bel umurtqalarida qovurg‘asimon o‘simtalar bilan qo‘shilib, yonbosh qovurg‘asimon o‘simtasini - processus costotransversarii hosil qiladi. Umurtqalarning ustki qismida elka o‘simtasi - processus spinalis bo‘ladi. YOnbosh o‘simtasining ustida muskullar birlashishi uchun xizmat qiladigan so‘rg‘ichsimon o‘simta - processus mammillaris bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |