Jinsiy a'zo – penis - murakkab tuzilgan bo‘lib, urug‘donda tayyorlangan jinsiy hujayrani urg‘ochi hayvonlar jinsiy organiga kiritish va siydik chiqarish uchun xizmat qiladi. Jinsiy a'zo bir juft oyoqchasi bo‘lib, oyoqchalar birlashib, negizi - radix penis ni hosil qiladi. Negiz baquvvat, ko‘tarib turuvchi qisqa ikkita pay – lig. suspensoria bilan quymich suyagi choqiga birlashib turadi. Jinsiy a'zoni negizi, tanasi va boshi bo‘ladi.
Jinsiy a'zoni tanasi– corpus penis - o‘rtasidan o‘ng va chap qismlarga bo‘linadi, boshi – glans penis jinsiy a'zoning eng oldingi qismi hisoblanadi. Jinsiy a'zoni boshi har xil hayvonlarda har xil bo‘ladi, kavsh qaytaruvchilarda kichik bo‘lib, siydik – jinsiy kanali o‘simtasi – processus uretrae bilan tugaydi. Jinsiy a'zoni teri xalta burmasi – praeputseum jinsiy a'zoni ustki tomonidan o‘rab turgan teri ichki va tashqi qavatlardan iborat. Bu jinsiy a'zoni himoya qiladi. Tashqi qavati – lamina cutanae bilan ichki qavati – lamina vescirales orasida teri xalta bo‘shlig‘i – cavum praeputi bo‘lib, unda xaltani qo‘llab turuvchi suyuqlik – stegma to‘planadi. Teri xalta bo‘shlig‘iga xalta teshigi – ostium praeputiale ochiladi. Jinsiy a'zo boshini diametri ayg‘irlarda 12 – 15 sm ga etadi. Itlarning jinsiy a'zosida suyagi – os penis bo‘ladi. Uni uzunligi 8 – 10 sm gacha bo‘ladi.
Jinsiy a’zo tos suyagining qov gumbazidan (bo‘rtig‘idan) boshlanib, oraliq sohasi va orqa oyoqlar orasidan kranioventral yo‘nalishda o‘tadi. Uretra penis o‘rtasida joylashgan bo‘lib, kavernoz erektil to‘qima (kavernoz tana, kovak penis) bilan o‘ralgan. Kavernoz tana proksimal ya’ni jinsiy a’zoning piyozchasimon – kovak muskulga va jinsiy a’zoning boshchasiga qarab yo‘g‘onlashadi. Jinsiy a’zoning ikkita erektil oyoqchalari qov suyagi gumbaziga maxkamlanib, penis negizini hosil qiladi. Uretra shu oyoqchalar orasida o‘tadi. Kavernoz erektil to‘qima biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, kovaklar ichi endoteliy bilan qoplangan
Jinsiy a’zoning distal qismi qorin devorining ventral sohasida jun bilan qoplangan teri burmasining (preputsiy) ichida joylashadi. Preputsiyning ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan bo‘lib, uning tarkibida smegma ishlab chiqaradigan bezlar joylashadi. Qovushish paytida preputsiy orqaga siljiydi va penis boshchasini ochadi. Erkak mushuklarning preputsiyi itlarnikiga o‘xshaydi, ammo uning teshigi orqa chiqaruv teshikdan pastroqda ochiladi.
Preputsiya – praeputium teri burmasi bo‘lib, parietal va visseral varaqlardan tuzilgan. Preputsiya buqalarda uzun (35 – 40 sm) va tor (3 sm gacha). Preputsiya teshigi kindikdan 4 – 5 sm orqada joylashadi. U tashqi tomondan uzun junlar bilan o‘ralgan. Preputsiyaning parietal varaqchasi ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan va unda naysimon bezchalar bo‘ladi; visseral varaqchasi pushti rangda, bezchalar bo‘lmaydi. Limfa tugunchalari preputsiyaning orqa qismida joylashadi. Buqalar preputsiyasida uning oldingi qismini old va orqa tomonga tortuvchi ikkita juft – oldingi va orqa muskullar bo‘ladi. Preputsiyaning oldingi muskullari – mm.praeputiales craniales qorinni teri osti muskulidan boshlanadi va preputsiya teshigining yaqiniga birikadi. Ular preputsiyani oldinga tortadi. Preputsiyaning orqa muskullari – mm.praeputiales caudales chotdan boshlanadi preputsiya xaltachasining oldingi qismigacha cho‘ziladi. Ular preputsiyani orqaga tortadi.
A-buqa, B-taka, V qo‘chqorlarning jinsiy azosi. 1-jinsiy a’zoboshidagi siydik-jinsiy kanal o‘simtasi. 2-boshning bo‘yini. 3-boshning qalpog‘i. 4-chap yuzasidagi do‘nglik. 5-boshning aylanasi. 6-teri xaltasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |