Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
93 
http://ziyonet.uz/ 
Gʻayr bu ne’matdin oʻlub roʻzador.
Ushbu sifat yoʻqki, sahar to ba shorn,
Qoʻy saharu shomnikim, bardavom.
Xomis anga qiblagʻa solib qadam,
Boʻlmoq erur zoyiri Baytil-Haram.
Boʻyla saodatqa alarkim yetib,
Bodiyani ikki sifat qat’ etib.
Biri bukim, ulki boʻlub mustafid,
Ya’ni oʻlub johu tamavvul mumid.
Boʻlsa yoʻl amniyati voqi’ anga,
Orizae boʻlmasa moni’ anga.
Barcha yoʻl asbobi muxayyo qilib,
Hamraxi mushfiq dagʻi paydo qilib,
Farzligʻin oʻziga jazm aylagay,
Farz adosin qila azm aylagay.
Lek ikinchi buki, ahli fano,
Kim oʻziga faqrni bilgay gʻino.
Doʻst tushub xotiri vayronigʻa,
Shavqu talab oʻt solibon jonigʻa,
Hoʻy chekib, yoʻlgʻa tushub pil kibi,
Ishq oʻtidin telbaragon el kibi.
Ming yigʻoch ar urgʻusidur gomini,
Bogʻlabon avval qadam exromini.
Ne anga zodu ne anga rohila,
Ne anga markab, ne anga qofila.
Dasht anga gulshanu nasrin - tikan,
Yoʻliki yonida mugʻilon chaman.
Harne samum anda esib rangi ol,
Borcha gulu lola uchurgʻon sharxol.


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
94 
http://ziyonet.uz/ 
Boʻyla samum ichra yetib ul salint,
Oʻylaki gulzor arosinda nasim.
Ul chaman ashjori mugʻilon boʻlub,
Anda quyun sarvi xiromon boʻlub.
Haq anga rahmatni dalil aylabon,
Shu’lani gulzori Xalil aylabon.
Toki ani yetkurubon ul dalil,
Uygachakim, qoʻydi binosin Xalil.
Tavfida ul sidqu safo kelturub,
Borcha sharoitni bajo kelturub.
Doʻst uyida chu boʻlub mehmon,
Harne kerak xozir etib mizbon.
Balki bu mehrnonni oʻzi kelturub,
Yevigacha hamrax oʻlub yetkurub.
Muncha saodatqa etib sarfaroz,
Kimsani bu yoʻlda fanovu niyoz.
Foni oʻlub kimki niyoz ayladi,
Tengri ani koshifi roz ayladi.
Forigʻ etar bodiya qat’ ahli mol.
Ahli fano qat’ida bor oʻzga xol.
Ne topib ul ne’matu nozi bila,
Oncha topib yuz bu niyozi bila.
XXV 
Ibrohim Adhamning Ka’bagʻa namoz bila borgʻoni va Robiai Adviyagʻa Ka’baning 
niyoz bila kelgoni 
Qildi chu Adham xalafi tarki joh,
Toji fano boshigʻa qoʻydi Iloh.
Berdi fano yeliga mulku xasham,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish