Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
63 
http://ziyonet.uz/ 
Vasvasa hushini zabun ayladi.
Kim bu gulistonkim erur bir jahon,
Balki jahone gul ichida nihon.
Butmak oʻzi xud emas imkon anga,
Gar bu emas kirn esa dehqon anga.
Soldi nixodigʻa bu hayrat xurush,
Kim dedi ul hayrat ichinda surush
Kim, nedurur hayrati befoyida,
Sanga bu hayrat ila ne foyida.
Sirri haqiqatdin oʻlub bahravar,
Ayla basirat koʻzi birla nazar.
Dur kibi yetgach qulogʻigʻa bu soʻz,
Nuri hidoyat bila ochti chu koʻz
Foxtadin qumriyu bulbulgacha,
Balki shajar yafrogʻidin gulgacha,
Barchasi qayyumigʻa zokir edi,
Har bir aning shukrigʻa shokir edi.
Gar yel, agar suv boʻlubon nagʻmasoz,
Soni’ ila har biriga oʻzga roz.
Chekti bu hayrat bila oʻtluq xurush,
Kim bori goʻyo edilar, ul - xamush
Soldi dimogʻigʻa bu xomushluq .
Ox buxori bila behushluq.
Soqiy, yetubdur yana jismimgʻa tob,
Yuzuma ur, boda suyidin gulob.
To topibon hush takallum tuzay,
Soʻz chamani ichra navo koʻrguzay.
XIX - Ikkinchi Hayrat 


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
64 
http://ziyonet.uz/ 
Ul humoyunbol qushning malak olami gulistonidin malakut olami shabistonigʻa havo 
qilib, ul rafi’ manozilning sham’ va mashoilin zabona tilidin «Vazkurisma rabbika va 
tabattal ilayhi tabtilo» hukmi bila xoliqi asliy zikriga zokir erkanin ma’lum qilib, 
hayratdin bir olamdin yana bir olamgʻa borgʻoni va bu hayrat yana ani bexudluqqa 
solgʻoni 
Turki Xoʻtan topti chu zebo jamol,
Mushkfishon boʻldi nasimi shamol.
Urdi nafas nafliai anbar nasim,
Yopti varaq safhai abharshamim.
Toʻkdi jahon gulbuni bargi suman,
Ochti falak bogʻchasi nastaran.
Lu’bati Chin chehra nihon ayladi,
Zulfin ochib mushkfishon ayladi.
Royihadin ayladi bu suda mushk,
Anjumi shabgard dimogʻini xushk.
Oʻylaki ul yubs chu ta’sir etib,
Chekratibon koʻzlari uyqu ketib.
Pardagi oʻldi egin ichra karak,
Uchti ochib pardalarin shabparak.
Bumki azmi falak oʻldi anga,
Doiradin oy dafak oʻldi anga.
Koʻk oʻlang atrofida har guna vard,
Anjum ila doirai lojuvard.
Bu kechakim yuz taab oʻldi anga,
Bir-biridin bul’ajab oʻldi anga.
Aylar edi charxi musha’bidshior,
Har nafase oʻzga tilism oshkor.
Koʻk bu musha’bidning oʻlub chodari,
Axtar oʻlub lu’bati siminbari.
Hay’ati tuloniy ila Kaxkashon,



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish