11.
O’zingiz bilan o’zingiz gaplashing
Ko’p yillar oldin advokat bo’lishimga qaramasdan ozgina bo’lsa ham ichki xotirjamlik
uchun Jeyms Allen tomonidan yozilgan “As a man Thinketh” asarini o’qib yurardim.
Asar insonning kuchli onggi real hayotimizga ta’sir qilib, osonlikcha katta umid, yorqin
kelajakni yaratishi haqida bahs-munozaralar olib borgan. Bundan tashqari, kitobda
kunlik ishlatiladigan so’z va tilning ta’siri, uning yorqin fikrlarni yaratishi borasida ham
aytib o’tiladi.
Tez orada men yana ham dono g’oyalarga to’la va o’zini psixologik tarzda o’zida umid
uyg’otuvchi kitoblarni o’qishni boshladim. O’qiganim sari, biz muloqot jarayonida (xoh
boshqalar bilan, xoh o’zimiz bilan) ishlatadigan so’z va tilning hayotimiz
yaxshilanishida qanchalik muhim o’rni bor ekanligini anglab boraverdim. Keyinchahlik
bu bilimlarim bilan har birimiz har kuni, har soatda, har daqiqada foydalanadigan
shaxsiy dialoglarimga alohida e’tibor qaratadigan bo’ldim. O’zim bilan
gaplashayotganimda ishlatayotgan gaplarim ma’nosini yana ham yaxshilashga o’zimga
va’da berdim. Shunday qilishim uchun, besh ming yillar oldin qadimgi donishmadlar
tomonidan shakllantrilgan strategiyani qo’llay boshladim. Natijada, bu - hayotimni har
tomonlama o’zgartirdi.
Bu usul juda ham oddiy. Faqatgina kuni bilan, turli xil vaqtlarda o’ylab takrorlab
yurishingiz uchun biror so’zni-gapni tanlashdan iborat bo’ladi. Uni siz shunday
takrorlashingiz kerakki, sizning hayolingizning asosiy qismi bo’lsin, sizni qayta
o’zgartira olsin. Agar bu ichki xotirjamlikka aloqador bo’lib, tinchlik izlayotgan
bo’lsangiz, sizning iborangiz (gapingiz) – “Men juda ham baxtiyorman. Sababi, men
muloyim va sokin odamman”,- kabi bo’ladi. Agar siz o’zingizda ko’proq ishonch
bo’lishini xohlasangiz, u holda gaplaringiz quyidagicha bo’ladi: ”Men juda ham
baxtiyorman. Sababi, men butunlay o’zimga ishonaman va men jasurman”. Agar
sizning istagingiz biror moddiy jihatga bog’liq bo’lsa, siz:”Men juda ham baxtiyorman.
Sababi, pul va imkoniyatlar hayotimga oqib kelyapdi”,- deb takrorlang.
Sehrli so’zlaringizni nafasingiz ostida sekingina har ishga qatnaganingizda, biror
narsani kutganingizda, idish-tovoqlar yuvayotganingizda takrorlang. Zero, bu -
samarasiz vaqtingizni kuchli hayotiy rivojlanishlar sari yetaklaydigan vaqt bilan
to’ldiradi. O’zingizning sehrli so’zlaringizni kuniga kamida ikki yuz martadan va shuni
kamida ikki hafta davomida takrorlashga harakat qiling. Natija – siz ichki xotirjamlik,
yorqin kelajak, va maqsadlaringiz yo’lida oladigan ilk qadamlaringizdan juda aniq
ko’rinadi. Hazrat Inoyat Xon aytganlaridek: “So’zlar dur-u gavharlarga qaraganda
qalbni nur bilan yoritadi”.
15
Do'stlaringiz bilan baham: |