Milliy о‘yinlar bolalarning kuch va qobiliyatlarini о‘stiradi, ularni hayotga tayyorlaydi. Xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari kabi milliy harakatli о‘yinlar xam uzoq tarix osha bizgacha yetib kelgan. Milliy о‘yinlar orqali bolaning nutqi о‘sadi, aqliy qobliyati rivojlanadi, jismonan epchil va baquvvat bо‘lib о‘sishi ta’minlanadi. О‘zbek milliy о‘yinlari bolalarni imonli, e’tiqodli, aqliy barkamol, sog‘lom qilib tarbiyalashda yordam beradi.
Sport о‘yinlari – bularga voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi.
Sport о‘yinlarida, eng avvalo, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi, shuning uchun faqat sodda, biroz harakat texnikasi qoidalari, о‘yinni tashkil etishning haqiqiy elementlari tanlanadi. Shu tufayli о‘yin omillari katta kishilarda bо‘lganidek, jismoniy va asabiy zо‘riqish uyg‘otmaydi. Ayni paytda ular bolalarda maqsadga intilish, о‘rtoqlik va ma’suliyat hissi hamda sportga muhabbatni tarbiyalaydi.
Ularda bolalar musobaqasi, о‘yin estafetasi elementlari mavjud. Sport о‘yinlari harakatli о‘yinlarni uyushgan holda о‘ynaydigan va harakatli о‘yinni mustaqil tashkil etadigan bо‘lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport о‘yinlari harakatli о‘yinlardagidan kо‘proq о‘zini tuta bilishni, uyushqoqlikni, kuzatuvchanlik muayyan harakat texnikasini, harakatning tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi. Agar harakatli о‘yinlarda bolalar ijodiy tashabbus kо‘rsatgan holda turli harakatlardan foydalansalar, sport о‘yinlarida harakatlarning bir qadar chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur о‘yinning о‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi bilan belgilanadi.
Sport о‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, о‘yin muddati vaqti chegaralangan bо‘ladi. О‘yinlarni о‘tkazish shartlari maxsus tayyorlangan joyni, belgilangan maydonchani, tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi.
Oddiyharakatli о‘yinlarni о‘zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Biroq variantlar faqat о‘yinni rang-baranglashtirish bolalarning unga nisbatan qiziqishini saqlab turish uchungina emas, balki pedagogik vazifalar-harakatlarini takomillashtirish, birmuncha murakkab о‘yin harakatlari, qoidalarini bajarishga о‘yin vaziyati sharoitining о‘zgarishi uchun kerak bо‘ladigan jismoniy sifatlarini tarbiyalash uchun ham zarurdir. Ular bolalardan muayyan aqliy va jismoniy kuchni va, shu bilan birga, о‘yinga nisbatan ortib boruvchi qiziqishni talab qiladi.
Masalan, «Qopqon» о‘yinining bir necha varianti mavjud bо‘lib,tо‘p bilan о‘ynaladigan «Qopqon» о‘yini, «Oyoqni yerdan uzib о‘ynaladigan «Qopqon о‘yini» shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |