Hayotiy faoliyat bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir



Download 10,39 Kb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi10,39 Kb.
#914073
  1   2
Bog'liq
Hayotiy faoliyat bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, tur-fayllar.org


Hayotiy faoliyat bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir

Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush tarzidir.

Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning kelib chiqishini bartaraf qilishdir.

Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Odamzot har doim o‘zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Ma’lumki baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar ko‘riladi.

Hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy ofatlardan, falokat va halokatlardan insonlarning hayot faoliyatini saqlash eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir. Aynan mana shu muammolar echimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani o‘rganadi.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi. Hayot faoliyati xavfsizligi fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat. «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e’tiborida “inson- tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi.

Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari bo‘limida fanning asosiy tushunchalari, ularning mazmuni, xavfsizlikni ta’minlash usul va vositlari, inson faoliyatining turlari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi, ularga qo‘yiladigan talablar hamda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari mavzulari muhokama etilgan.


Fuqaro muhofazasi bo‘limida: Favqulodda vaziyatlar, ularning sababchi omillari, xususiyatlari va oqibatlari, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni, moddiy boyliklarini, ob’ektlarni himoya qilish usullari va himoyalovchi vositalardan foydalana bilish qoidalariga o‘rgatish, shikastlangan o‘choqlarda qutqaruv va birinchi tiklov ishlarini o‘tkazish va boshqa muhim vazifalar muhokama etilgan. Bu bo‘limda keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga oid qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirligining yo‘riqnomalari asos qilib olingan.
Yong‘in xavfsizligi bo‘limida, yong‘in, uning sababchi omillari va salbiy oqibatlari, yonish jarayoni, uning fazalari, yong‘in xavfiga bardoshli bino, inshootlar va qurilish materiallarining turlari. yong‘inni so‘ndiruvchi vositalar, ularning xususiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masalalar muhokama etilgan. Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi» Qonuni asos qilib olingan.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida fuqarolarni ishlab chiqarish xavflaridan hamda hayotiy faoliyatining boshqa jabhalarida yuz beradigan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulotda vaziyatlardan oladigan jarohatlarida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoida va usullarini, yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan tibbiyot vositalarini o‘rgatadi. Shu sababdan har bir fuqaro birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish muolajalarini bilishi zarur hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari – harbiy davrda ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi.
Fuqaro muhofazasining vazifasi quydagilardan iborat:
1. Aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayorlash.
2. Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va
doimiy shay holatda saqlab turish.
3. Halq hojaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan
tadbirlar kompleksini otkazish. 4. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
5. Fuqoro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash.
6. Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlari otkazish.
7. Aholini harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash.
8. Radiatsiyaviy, kimyoviy biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish.
9. qutqaruv va boshqa kechiktirib bolmaydigan ishlarni otkazish.
10. harbiy davrlarda ham zarar korgan hududlarda jamoat tartibini yolga qoyish va saqlab turish.
11. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni
amalga oshirish.
Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib, zararlangan hududlarda, ob’ektlarda mo’tadil hayot faoliyatini yaratib bolmaydi. Bu ishlarni davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun halq yordamida amalga oshiriladi.
1. Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning nohush oqibatiga yol qoymaslik yoki uni maksimal darjada pasaytirish boyicha kompleks tadbirlardir. Aholini himoyalashning yuqori samarasi ishlatilayotgan barcha vosita va usullar tola ishlatilganda va xavfsizlikni ta’minlash printsiplari tolaligicha anglab etilgan taqdirdagina bolishi mumkin.
Shunday qilib, fuqoralar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqoralarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqoralarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish,ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil
ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi. Zero, yuzida umimiy qirg’in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan, shu bilan birga tabiiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarni bolishligi muqarrar bolganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi. Fuqaro mudofasi faqatgina urush
sharoitida fuqorolarni mudofasini taminlab qolmasdan odamzod hayotida urishdan kam bolmagan talofatlarga olib keluvchi tabiiy ofatlardan saqlanish chora-tadbirlari bilan ham shug’illanganki bu ikkinchi masala hozirgi zamon sharoitida muhim ahamiyat kashf etmoqda.
Favqulodda vaziyat ro’y berganda aholini muhofaza qilishning usul va yo’llari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali aholini o’z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etishda aloqa vositalaridan foydalaniladi. Bu ishlarni amalga oshirilishini taminlovchi va bajaruvchi tizim bu- O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning aloqa vositalari va xabarlash bo’limidir.
Shu jumladan barqarorlikka:
- bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni zararlantiruvchi omillarini tasir etishini etiborga olib tashkilotlar tomonidan tuzilgan aloqa tizimini tashkil etish;
- aloqa uzellari qismlarini himoya inshootlariga joylashtirish;
- turli aloqa vositalarini birgalikda qo’llash;
- aloqani zaxira kuch va vositalarini tuzish, ularni to’g’ri joylashtirish va o’z vaqtida qo’llash bilan erishiladi.
Oldindan bashorat qilinayotgan va ro’y bergan favqulodda vaziyatlar to’g’risida ulardan aholini muhofaza qilishning usul va yo’llari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali aholini o’z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etish jarayonida ularning xarakatchanligi va o’z vaqtida uzatilishi, xamda uzatilayotgan axborotlarning ishonchliligi asosiy omil xisoblanadi. Shulardan kelib chiqqan xolda xarakatchanlikka:
- aloqa tizimini yoyish va qismla rini yig’ish vaqtini kamaytirish;
- aloqa kuch va vositalarini to’g’ri joylashtirish va zaxiralaridan to’g’ri foydalanish;
- aloqa kanallari, kuchlari va vositalari bilan tezlikda xarakat kilish;
- aloqa tizimini tezlik va barqaror boshqarish bilan erishiladi.
Аloqa tizimini o’z vaqtidaligi:
- aloqa tarmoqlarini boshqaruv punktlarida avvaldan o’rnatib qo’yish va aloqa tizimini ishga tayyorlab qo’yish bo’yicha tashkiliy va muxandislik texnik tadbirlarini o’tkazish;
- tezkor va barqaror boshqarish;
- o’zaro gaplashish va ko’rsatuv olib borish bo’yicha qabul qilingan qoidalarga rioya qilish;
- uzatilayotgan axborotlar hajmini kamaytirish, farmoyish va xabarlarni bir qolipga solish;
- aloqa tarmoqlarida tezkor-texnik xizmatni aniq tashkil qilish va axborotlar xarakatini qattiq nazoratga olib borish nazarda tutiladi.

Xulosa: Men ushbu taqdimot ishini yozish jarayonida mavzularga oid ko’nikmalarni shakllantirdim. Men o’ylaymanki kelgusi hayotimda ushbu ko’nikmalar menga kerak bo’lgan holatlarda qanday harakatlanish haqida yetarli ma’lumotlar oldim.


Download 10,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish