Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va


Reja: O‘zbekiston 1925-1941 yillarda



Download 0,69 Mb.
bet44/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Reja:

  1. O‘zbekiston 1925-1941 yillarda

  2. O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945 yillar).

  3. O‘zbekiston 1946-1985 yillarda.

  4. O‘zbekiston mustaqillik yo‘lida (1985-1991 yillar).

XX asrning 20-yillariboshlariga kelganda o’lka hayoti,yerli aholining maishiy turmush tarzi nochor ahvolda edi. Birinchi jahon urushining og’ir asoratlari, yangi sovet tuzumini o’rnatishda bolshevik hukmdorlarning mahalliy aholiga nisbatan qo’llagan zo’rlik, bedodlik siyosati har qadamda ko’zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, son-sanoqsiz ekin maydonlari payhon bo’lib ketgandi. Eng yomoni, o’lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi.


Buning ustiga sovet rejimi tomonidan ishlab chiqilib, hayotga zo’rlik va zudlik bilan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi va u bilan uyg’unlashgan harbiy kommunizm siyosati o’lka xalqlari hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo’ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, tashabbusi, mustaqilligini qafiyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda bu yerdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yana ham murakkablashib borishiga sabab bo’ldi.
Vaziyat sovet hokimiyati yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib qo’ydi. Modomiki, sovet hokimiyati butun mamlakatdagi vaziyatni o’z tasarrufiga olib, nisbatan tinch xo’jalik yuritish pallasiga kirgan ekan, bunda iqtisodiy siyosatning davr talabiga javob beradigan yangi yo’nalishlarini ishlab chiqishi hayotiy zaruriyat bo’lib qolgandi. Bu vazifalar 1921-yiI mart oyida bo’lib o’tgan RKP(b) X s'ezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (YaIS) da o’z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo’g’inlari oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig’i oilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, xizmat ko’rsatish va mayda hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish mexanizmlaridan foydalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat bo’ldi.
Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko’p millatli o’lka bo’lib, yangi iqtisodiy siyosatga o’tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP(b) va sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar.
Bundan tashqari, sovet hukumati o’lkada birinchi navbatda o’zi uchun zarur, bo’lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e'tiborni qaratdi. Yordam ko’rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi. Buning ustiga o’lkada ahvol og’ir bo’lishiga qaramasdan 1921 -yil kuzida bu yerdan Moskva va boshqa shaharlarga 300 ming puddan ko’proq g’alla mahsulotlari olib ketildi. Shunga qaramay, o’lka mehnatkashlari fidokorona mehnat qildilar. Ularning, biroz bo’lsa-da, hayotga ishonchi uyg’ona boshladi. Chunki, sovet hokimiyati cheklangan holda bo’lsa-da, o’lkada xususiy mulkchilik va xususiy tadbirkorlikka erkinlik bergan edi.
Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo’jalik hisobiga o’tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo’lsada jonlanishiga olib keldi. Mayda va O’rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlar va ularning birlashmalari tadbirkorlarga ijaraga berildi, o’lkada yangi sanoat korxonalari, temir yo’llar qurildi. Xilkovo sement zavodi, Farg’ona pillakashlik fabrikasi, Qizilqiya, Xilkovo temir yo’l shoxobchalari shular jumlasidandir. Bu hol asta-sekinlik bilan o’lkada yangi iqtisodiy siyosat yo’lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo’jalik artellariga birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliylashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa, 20-yillarning oxirlariga kelib Ittifoqning, shu jumladan, O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma'muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kuchayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o’z mazmuni va mohiyatini tobora yo’qota bordi.
Azaldan sun'iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati maskani hisoblangan hamda aholisining mutloq ko’pchiligi qishloq xo’jaligida band bo’lgan Turkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o’lka aholisining anchagina qismi yersiz edi. Bir parcha yerga muhtoj bo’lganlar boylar, yirik zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan nochor hayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga chor Rossiyasi bosqinidan so’ng ko’plab serhosil, unumdor yerlar Rossiyadan ko’chirib kelingan kelgindi rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. Chorizmning Turkiston qishlog’idagi bu zo’ravonlik, mustamlakachilik siyosati yersiz, batrak dehqonlarning ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois ham mahalliy yerli aholi yangi sovet hokimiyatining “Yer-dehqonlarga” degan balandparvoz va'dalari, da'vatlariga umid bog’lab, uning yer to’g’risidagi dekretining amalga oshuviga ko’z tikib kelayotgandi. Darhaqiqat, sovet hokimiyatining 1917-yil 25-oktabrda qabul qilgan “Yer to’g’risida”gi dekretida butun mamlakatda kambag’al, batrak, yersiz dehqonlarni yer bilan ta'minlash, yirik yer-mulklarni musodara qilish va undan so’ng milliylashtirish vazifalari e'lon qilingan edi.
Turkiston Sovetlarining XI s'ezdida (1920-yil sentabr) o’lkada yer-suv islohoti masalasi ko’rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko’ra aholining boy qismi qo’lidagi katta yerlarni musodara qilish, ovrupalik kelgindi aholi bilan yerli xalqlar o’rtasida yer-suv masalasida vujudga kelgan tengsizlik muno-sabatlariga barham berish, mehnatkash aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Yer ishlari xalq komissarligi rejasiga ko’ra tortib olingan yerlar kam yerli va yersiz mahalliy batrak va dehqonlarga bo’lib beriiishi aytilgandi. Bu jarayon kelgindi va mahalliy boy xo’jaliklarga ma'muriy choralar va tazyiq o’tkazish yo’li bilan olib borildi. Bu xil tadbirlarga batrak-dehqonlar ommasi ham keng jalb etildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag’al qismini birlashtiruvchi “Qo’shchi” uyushmalari tuzila boshladi. “Qo’shchi” uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, yer-suv islohotini o’tkazishda partiyaga katta yordam ko’rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-yil davomida tuzilgan “Qo’shchi” uyushmalari 160 ming a'zolarni birlashtirgan edi. 1921-yil dekabrida Toshkentda “Qo’shchi” uyushmalarining birinchi respublika qurultoyi bo’lib o’tdi. Qurultoy qarorida, jumladan, “bu uyushmalar mehnatkashlar ommasini sovetlar yordamida xo’jalik qurilishiga tortish vositasidir” – deb uqtirilgan edi.
Xulosa qilib aytganda, yer-suv islohotining birinchi bosqichi yakunida dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish uchun zamin yaratildi. Endilikda mehnatkash xalqni bir-dan-bir yagona yo’l - jamoa xo’jaliklariga majburan birlashish masalasi ko’ndalang bo’lib turardi. Ammo, bu aslida oddiy xalqni aldashdan boshqa narsa emas edi. Chunki, yer dehqonga berilmadi, balki bir mulk shaklidan, ikkinchi mulk shakliga aylantirildi xolos. Gap shundaki, garchi yerga xususiy mulkchilik tugatilgan bo’lsa-da, u jamoa (amalda davlat) mulki bo’lib qoldi.
O'zbekistonning asosiy paxtakor viloyat va turnanlarida yerning katta qismi yangi iqtisodiy siyosat asosida xo’jalik yuritayotgan o’rtahol dehqonlar qo’lida to’plangan edi. Ular respublikada yetishtirilayotgan paxta, g’alla va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarining asosiy qismini yetkazib berar edi. Kambag’al dehqonlar esa yerni ulardan ijaraga olib ishlashardi. O’zbekiston Kompartiyasining II s'ezdida (1925-yil noyabr) bu hol feodal munosabatlarning qoldig’i deb baholandi va xususiy mulkchilik munosabatlari sotsialistik iqtisodiyot ta'siriga bo’ysundirilishi kerakligi ta'kidlandi. Shundan so’ng O’ZKP(b) Markaziy Qo’mitasi Ijroiya byurosida, viloyat, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarida yer-suv islohotining ikkinchi bosqichini o’tkazish masalasi bir necha bor muhokama qilindi va uning nihoyatda dolzarbligiga e'tibor qaratildi. Joylarda yer-mulklarni qaytadan ro’yxatdan o’tkazish boshlab yuborildi. Bu ish birinchi navbatda asosiy dehqonchilik muzofotlari hisoblangan Toshkent, Farg’ona, Samarqand viloyatlarida boshlandi. Yer-suv islohotining mazmuni dastavval quyidagi muammolarni hal etishga qaratildi:
1. Qishloqda ishlab chiqaruvchi kuchlami yanada rivojlantirishga bo’lgan barcha to’siqlarni olib tashlash.
2. Yer va suv manbalarini tezroq milliylashtirish.
3. Mehnat qilmay boshqalar hisobiga yashaydigan-larning yerlarini tortib olish.
4. Yangi tashkil etilayotgan xo’jaliklarga yordam berish va hokazo.
Bu aslida qishloqda yangi iqtisodiy siyosatdan chekinish edi. Shuning uchun ham mahalliy rahbarlar yer-suv islohoti jarayoniga o’ziga xos tarzda baho berdilar. Masalan, O’zbekiston SSR Yer ishlari xalq komissari Inomjon Xidiraliyev va boshqa mas'ul xodimlar O’ZKP(b) Markaziy Qo’mitasi va O’rta Osiyo byurosiga ariza bilan murojaat qilib, yer-suv islohoti mahalliy xalqning xohish-irodasiga, turmush tarziga zid, deb islohotga oshkora e'tiroz bildirdilar. Biroq ular Markaz vakillari qudrati oldida yakkalanib qoldilar.
1925-yil dekabrida bo’lgan O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining Favqulodda sessiyasi “Yer va suvni milliylashtirish to’g’risida” dekret qabul qildi.
2. O’zbekistonda sanoatlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko’p narsaga umid bog’lagandilar. Eng asosiysi, ular bu o’lkada ko’plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo’li bilan uning bitmas-tuganmas boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon mahalliy ishchi kuchidan foydalanish va oxir oqibatda Markaz uchun ko’proq foyda undirib olishni ko’zlaganlar.
Ularning nazarida bu narsa O’zbekistonda sotsializm qurish yo’lida hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qtlishi kerak edi. So’ngra sanoatlashtirish jarayoni O’zbekiston-ning Markaz ta'sirida batamom qolib ketishi uchun qulay imkoniyatlar yaratardi. Gap shundaki, zamonaviy sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish va ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun g’oyatda katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bu jarayon juda ko’p miqdordagi moliyaviy resurslar, pul mablag’lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-texnika salohiyati, ko’p sonli yuqori ma'lumotli muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va hokazo omillar bilan bog’liq edi.
O’zbekistonda bunyod etilgan sanoat korxonalarining ko’pchiligi xom ashyo yoki yarim mahsulot turlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan edi. Ularni boshqa hududlardagi korxonalarda tayyor mahsulotlarga aylantirar edi. Bu esa Ittifoq hukumati xazinasiga mo’may valyuta daromadlarining kelib tushishini taxmin etardi. Markaz amri bilan respublikaning xom ashyo, tabiiy resurslari ayovsiz ekspluatatsiya qilingani holda uning o'ziga xos iqtisodiy manfaatdorligi hech qanday nazar-pisand qilinmasdi. Yana shunisi ajablanarliki, O’zbekistonda qurilgan sanoat korxonalarining asosiy qismi uning bevosita tasarrufida boimay, ular toiig’icha Ittifoq ixtiyoriga bo’ysunardi
Respublikada industrlashtirishning yana bir xarakterli tomoni shundaki, bu jarayon davomida malakali ishchi kuchi yetishmaganiigidan RSFSR hududidan bu yerga juda ko’plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar sinfi saflari to’ldirilib boriidi. Jumladan, 1926-yildan to 1940-yilga qadar O’zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10% dan ortiqroqqa ko’paydi. SSSRning markaziy tumanlaridan aholining sun'iy tarzda ommaviy olib kelinishi ko’p jihatdan xalq xo’jalik- mulohazalari bilan emas, balki ko’proq siyosiy mulohazalar taqozosi bilan amalga oshirilgan edi. Agar joylarda o’zining malakali ishchi kadrlarini keng miqyosda tayyorlash tashkil etilganda edi, bu hol ancha oqilona va ijobiy bo’lishi va eng muhimi ko’plab mahalliy navqiron yoshlarni foydali ishga jalb etish hamda ularni yaxshi ishchi kadrlar qilib tarbiyalashga sezilarli ta'sir ko’rsatishi shubhasiz edi. Biroq sovet tuzumi davrida siyosat va mafkuraning iqtisodiyotdan ustun qo’yilib kelinishi bu masala bobida ham o’z salbiy ta'sirini ko’rsatmasdan qolmagandi. Negaki, totalitar tuzum sharoitida barcha aholi tabaqalarida bo’lgani singari respublikaning ishchi va xizmatchilariga nisbatan ham g’oyaviy va ma'muriy tazyiq ko’rsatib borishga alohida urg’u berilgan edi. Shuningdek, bu tuzum mutasaddilari aholining moddiy, ma'naviy manfaati, shaxsiy qiziqishi, tashabbuskorligi masaialariga mumkin qadar panja ortidan qarar, bularni ikkinchi darajali ish deb hisoblardi.
Shunday qilib, sanoatlashtirish yillarida partiya va sovet hukumatining so’zi bilan amaliy ishi o’rtasida yakdillik va uyg’unlik bo’lmadi. Sotsializmning kapita-iizmdan afzalligi, ustuvorligi, mehnatkashlar turmush farovonligini tubdan yaxshilash, ularning hayoti mazmun-mohiyatini chuqur o’zgartirish to’g’risidagi g’oyalar amaliyotda puch bo’lib chiqdi. Xalq ommasining o’n yillar davomida to’kkan peshona teri, amalga oshirgan tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fidokorhgi unga yengillik, baxtu farovonlik keltirmadi. Buning aksicha xalqning mehnat jasorati va bunyodkorlik faoliyati samarasi 30-yillarga kelib mamlakatda bo’y ko’rsatgan “kazarma sotsializmi” o’pqonini to’ldirishga, uning g’arazli manfaatlarini qondirishga xizmat qildi. Bu esa tariximizning fojeali sahifasi bo’lib totalitar tizimning SSSR hududida qaror topib, chuqur ildiz otib borishiga asosiy sababbo’ldi. 
3. 1929-yil tarixga qora belgi ostidagi “buyuk burulish yili” deb nom olgan yil bo`lib kirib keldi. Bu dehqonlar sinfini ijtimoiy qatlam va mehnatkash omma sifatida maqsadli yo`q qilishning boshlang`ich davri edi. Bunda “quloqlar” va “boylar” toifasiga asosan yangi iqtisodiy siyosat sharoitida o`z xo`jaliklarini oyoqqa turg`azib olgan o`rtahol dehqonlar kiritildi. Chunki birmuncha badavlatroq qatlamlar oldingi yillarda tugatilgan edi.
1929-yilning yozida “quloqlar” ni jamoa xo`jaliklariga (kolxoz) kiritilishini ta`qiqlovchi qaror qabul qilinadi. O`sha yilning 7-noyabrida “xalqlar otasi” Stalinning matbuotda bosilib chiqqan “Buyuk burulish yili” nomli maqolasi hamda 27-dekabrda qishloq xo`jalik xodimlarining ilmiy konferensiyasida so`zlagan nutqi quloqlarni sinf sifatida tugatish va jadal jamoalashtirish siyosatini boshlab berdi.
Yoppasiga jamoalashtirish bu boy va o`rtahol dehqonlarga tegishli ishlab chiqarish vositalari, mollar, uy-joy, qishloq xo`jalik mahsulotlari va urug` zaxiralarini tortib olish hisobiga kolxozlar tuzish degani edi. Ommaviy jamoalshtirish g`oyasi, umuman olganda, “Lenincha kooperativ reja” da o`z ifodasini topgan bo`lib unda dehqonlarni bosqichma - bosqich kooperatsiyalash yo`li taklif qilingan edi, u dehqonlarning eng oddiy shakllar orqali yuqori va murakkab shakl bo`lgan jamoa xo`jaliklariga birlashuvini nazarda tutardi.
1929-yilning kuzidan e`tiboran sovet davlati kooperativlashtirishning xilma-xil shakllarini tugatish, mavjud bo`lgan bir qancha kooperativ tizimlarini davlatlashtirish yo`liga o`tdi. Kooperatsiyani barcha turlari va sohalari bo`yicha rivojlantirish siyosatini yoppasiga jamoalashtirish yo`li bilan almashtirdi. Bu yo`l esa ixtiyoriylik prinsplari asosida emas, balki “yuqoridan belgilash” yo`li bilan amalga oshiriladi. O`zbekistonda jamoalashtirish O`z KP MK ning 1930-yil fevralda qabul qilingan “Kollektivlashtirish va quloq xo`jaliklarini tugatish” to`g`risidagi qarori e`lon qilingandan so`ng boshlab yuborildi. O`rta Osiyo, jumladan, O`zbekistonning sovet davri tarixidagi yaxshi o`rganilmagan mavzulardan biri jamoalashtirish va u bilan bog`liq quloqlashtirish, surgun qilish davri tarixi masalasidir. Zo`rlik bilan, kuch bilan o`tkazilgan jamoalashtirish jarayoni qanday kechgan bo`lsa, shundayligicha ochib berish va qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarning ayanchli, fojeali ahvoli, taqdirini tadqiq etish hozirgi O`rta Osiyo tarixshunosligida dolzarb muammolardan biridir.
Komfirqa va sovetlar hukmronligi davrida “quloq”, “mushtumzo`r”, “qishloq burjuaziyasi”, “aksilinqilobchilar”, “xalq dushmanlari”, “sotsializm dushmanlari”, “kolxoz dushmanlari”, “yot unsurlar”, “kapitalistik unsurlar”, “eng so`nggi ekspulatatorlar” kabi nomlar atalib kelingan milliy qishloq aholisining haqiqiy tarixini yaratish imkoni bo`lmadi va bu mavzu ommadan sir saqlanib kelindi.
Stalinning 1929-yil 7-noyabrida bosilib chiqqan “Buyuk burulish yili” nomli maqolasi jadal jamoalashtirishni “nazariy” jihatdan asoslab berdi. Unda, keng qishloq ommasi kolxozlarga kirish uchun yetildi, deb yozilgan edi. VKP (b) MQ ning 1929-yilgi noyabr plenumi “dohiy ” fikrini partiya direktivasiga aylantirdi. Plenum jamoalashtirish sur`atlarini haddan tashqari kuchaytirish, unga ommaviy tus berishdan iborat aniq vazifani qo`ydi. 1929-yil 27-dekabrda agrar markschilar konfrensiyasida so`zga chiqqan Stalin “yoppasiga jamoalashtirish asosida quloqlarni sinf sifatida tugatish” shiorini e`lon qildi.
Hokimiyat organlari “dohiy”ning ko`rsatmasini bajarish uchun jadal jamoalshtirishning boshida turib asosan zo`ravonlik usullariga e`tiborni kuchaytirdilar. Qishloqda an`anaviy iqtisodiy munosabatlarni yoppasiga buzish avj oldirildi. Davlat qishloq mehnatkashlariga qancha va nima ekishni, yetishtirilgan mahsulotni qanday narx bilan topshirishni aytib turadigan bo`ldi. Qishloq aholisining badavlat qatlamlariga qarshi mislsiz quvg`inlar uyushtirildi, qishloqda aholini zo`rlik bilan kolxozlarga kiritish boshlandi. Agrar siyosatdagi yangi yo`l O`zbekistonda og`ir oqibatlarni keltirib chiqardi. VKP (b) MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi “Jamoalashtirish sur`atlari va davlatning kolxoz qurilishiga yordam ko`rsatish choralari to`g`risida” gi qarorining dastlabki taхririda O’zbekiston SSSR hududida jamoalashtirishni ikkinchi besh yillik mobaynida tugallash mo`ljallangan bo`lishiga qaramay, bu harakat ertaroq tugallanishi mumkin degan fikrni o`rtaga tashladi. Shuni ham aytib o`tish joizki, respublikamizning ayrim rahbarlari (xususan, F. Xo`jayev va A. Akromov) valyuntaristik usullarga qarshi turishga intildilar va raqamlarga va muddatiga tuzatish kiritish fikrini bildirdilar. Biroq ularning takliflariga umuman e`tibor berilmagan. Natijada VKP (b) MQ O`rta Osiyo byurosining qarori bilan 1932-yilning boshlariga kelib dehqon xo`jaliklarining 68% ni kolxozlarga birlashtirish rejasi qabul qilindi. Jamoalashtirishni sun`iy tezlashtirish va bu borada “sotsialistik musobaqa” ning kim o`zdi “poygasini” avj oldirishda VKP (b)MQ ning 1930-yil 5-yanvardagi “Jamoalashtirish sur’ati va kolxoz qurilishida davlat yordami berish tadbirlari to`g`risida” gi qarori hal qiluvchi o`rin tutdi.
Mazkur qarorda sobiq SSSR hududi uch guruh rayonlarga bo`lindi va qaysi hudud qachon jamoalashtirishni tugallashi rejalashtirildi va u jamoalashtirishni 1933-yil bahorida tugallashi kerak edi. Yoppasiga jamoalashtirishga rahbarlik qilish uchun respublika va viloyat shtablari tuzildi. Hamma joyda ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari harakatga keltirildi. Qishloq aholisini kolxozlarga “g`ayratlantirish” uchun ishchilar sinfi ham jalb qilindi. VKP (b) MQ 1929-yil noyabr plenumi qarori bilan “yakka xo`jalik” qishloqlariga kamida 25 ming ishchini yuborish taklif etildi, ular joylarda “agrar inqilobni avj oldirishni ta`minlashlari” lozim edi. Xususan, O`zbekistonga Rossiyaning markaziy rayonlaridan 437 ishchi yuborildi.
Ular bilan birgalikda mahalliy ishchilar sinfi o`z saflaridan 263 kishini jalb qildi. “Yigirma besh mingchi” ishchilar partiya tashkilotlariga kolxozlar tuzishda yordam ko`rsatdilar, kambag`al faollarni “quloqlar”ga qarshi birlashtirdilar, qishloq xo`jaligi va mahalliy sharoit haqida umuman tasavvurga ega bo`lmasada, “yigirma besh mingchi” ishchilar yangi tashkil etilgan qishloq xo`jalik artellariga boshchilik qildilar. Oqibatda, shoshma-shosharlik bilan dastlab tashkil qilingan kolxozlarning ko`pchiligi ishni eplay olmay tarqalib ketdi. Jamoa xo`jaliklariga birlashtirish uchun dehqon xo`jaliklariga bevosita hujum qilish amaliy jihatdan buzg`unchilik harakatiga aylanib ketdi. Raqamlar ortidan quvish boshlandi. Sovet davlatining hamma joyida bo`lgani kabi O`zbekistondagi jamoalashtirish ham “harbiy kommunizm” yillarida sinovdan o`tgan kompaniyabozlik, “hujum va tazyiq” usullari bilan amalga oshirildi. Dehqonlar zo`rlik bilan kolxozlarga kirishga majbur edilar. Qarshilik ko`rsatganlar ijtimoiy mansubligidan qat`iy nazar “quloq qilindi”. Ko`pincha qishloqlarning aholisini bu yerdan ko`chirib yuboramiz, oziq-ovqat ta`minotidan, suvdan mahrum etamiz, deb qo`rqitib kolxozlarga yozilishga majbur qildilar. Shunday hollar ham bo`lar ediki, kolxozlarni tashkil etish u yoki bu qishloqdagi deyarli dehqon xo`jaliklarining kolxozga kirish-kirmaslik istagidan qat`i nazar sun`iy ravishda varaqa to`ldirishdan iborat bo`lardi. Kolxozlar tuzilishi uch shaklda olib boriladigan bo`ldi. Birinchisi qishloq xo`jalik ishlab chiqarish shirkati bo`lib, unda butun qishloq xo`jalik inventarlari, ot-ulov, tortuv kuchlari va yerni birgalashib ishlovchilar umumlashtirilgan. Ikkinchisi qishloq xo`jaligi arteli bo`lib bunda barcha ishlab chiqarish vositalari, yer va butun ishlab chiqarish jarayoni umumlashtirilgan. Uchinchisi qishloq xo`jalik kommunasi bo`lib, u ijtimoiy ishlab chiqarish va dala taqsimotdan iborat bo`lgan. Dala ishlari boshlangunga qadar kolxozlar tuzish masalasi bilan bog`liq barcha tadbirlar tuzilajak kolxozlar hududlarida amalga oshirilishi kerak edi. VKP (b) Markaziy Komiteti O`rta Osiyo byurosi 1930-yil 28-yanvarda quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog`liq tadbirlar to`g`risida qaror qabul qiladi. Qarorda kolxozchilik harakati ko`p jihatdan qishloq xo`jaligini tez sur`atlar bilan tehnikaviy (traktorlarni, murakkab qishloq xo`jalik mashinalarini joriy etish) jihatdan qayta qurollantirishga asoslanishi, dehqonlarning ommaviy harakati asosida bir qator rayonlarda yoppasiga jamoalashtirish uchun qulay shart-sharoit yetildi, degan g`oya ham qayd etildi. O`rta Osiyo byurosi Markazning ko`rsatmasiga xilof ravishda jamoalashtirish uchun yuqoridan majburan, buyruqbozlik bilan yuzaga keltirilgan “ommaviy harakat” degan aqida asosida yoppasiga jamoalshtirish rayonlarini ham aniqlab berdi. Unga ko`ra bunday rayonlar O`zbekiston bo`yicha yangi Buhoro, Sariosiyo, Konimex, Shahrihon, Asaka, Marhamat, Jalolquduq, Chust, Buvayda, Bag`dod, Rishton, Quva, Yangiyo`l, Pskent, Mirzacho`l, Oqdaryo, Pastdarg`om, Yangiqo`rg`on, Turkmaniston bo`yicha Qiziloyoq, Karki, Farob, Sayat, Denov, Kaaxka, Semenik, Seraxs, Qirg`isizton bo`yicha Bozorqo`rg`on, Arovonbura, Priozerniy, Beloved, Rikov, Kalinin, Tojikiston bo`yicha Saroyqoratog`, Kabodiyon, Parkar, Orol, Cheptura rayonlari edi. O`rta Osiyo byurosi bu rayonlarni mustahkamlash uchun milliy kompartiyalar Markazkomlari zimmasiga yoppasiga jamoalshtiriladigan rayonlarda partiyaviy rahbarlikni kuchaytirsh vazifasini qo`ydi. 1930-yil 28-yanvardagi qarorning VI bo`limda quloqlarni sinf sifatida tugatish uchun amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan. Bu ishni amalga oshirishda batrak va kambag`allar keng ommasi bevosita ishtirok etishlari, juda faol bo`lishlari lozimligi ko`rsatilgan. Kolxozchilik harakati va quloqlarni sinf sifatida tugatish sari olib borilayotgan partiya va sovet hukumatining bunday siyosati quloq unsurlarning dushmanlki, qo`poruvchilik faoliyatini avj oldirishlari e`tiborga olinib, holatning oldini olish uchun respublikalar hukumatlari qarorlari qabul qilib quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari ko`rsatilgan: 1) quloqlarning ishlatilmay yotgan yerlarini tortib olib, kolxozlar yoki kambag`allarga berish; 2) jonli va jonsiz inventarlarni hisobga olib inventar egasiga ularni saqlash mas`uliyatini yuklash; 3) joriy ekish mavsumidan boshlab tugatilmagan quloq xo`jaliklarining jonli va jonsiz qishloq xo`jalik inventarlaridan kolxoz yoki kambag`allar dalalarida hashar yo`li bilan foydalanishga erishish, yagona qishloq xo`jaligi solig`i bo`yicha quloq xo`jaliklariga tehnikaviy ekinlar uchun berilayotgan barcha imtiyozlarni bekor qilish va boshqalar.
Joriy ekish mavsumida jamoalashtirish 70-75% bajarilgan rayonlar yoppasiga jamoalashtirish rayonlari deb hisoblangan.
Yoppasiga jamoalashtirish va quloqlarni sinf sifatida tugatishni mislsiz avj oldirish qishloq kambag`al-batraklar qatlami faolligining nihoyatda yuksalishiga olib kelishi mumkin deb hisoblab O`rta Osiyo byurosi mahalliy partiya tashkilotlariga bundan foydalanib qishloqdagi kambag’al-batraklarning eng yaxshi vakillarini partiyaga yollashni maslahat beradi. Ayollar ommasini ham bu ishga keng miqyosda jalb etish qarorda ko`rsatildi. Qishloq sovetlari, partiya yacheykalari va kolxozlar tarkibida xotin-qizlar salmog`ini muttasil oshirib borish vazifa qilib qo`yildi. Jamoalashtirish va quloqlarni tugatish ishida komsomol tashkilotlarining ham o`rni va ro`li o`sha qarorda ko`rsatib berildi. Jamoalashtirishning “jadal sur`atlari” natijasida respublika bo`yicha 1930-yil martda dehqon xo`jaliklarining 47% jamoalashtirildi, holbuki, 1929-yil 10-dekabrga qadar kolxozlar dehqon xo`jaliklarining bor - yo’g’i 34% ni qamrab olgan edi, xolos. Shu bilan birga ishlab chiqarish vositalarini umumiylashtirish masalasidagi noaniqlik tufayli yakka xo`jalikdan birdaniga jamoa xo`jaligining oliy shakli bo`lgan kommunalarga sakrab o`tish hollari sodir bo`ldi. Kommunalar tashkil etilgan joylarda darhol turar-joylarni, mayda hayvonlarni, parrandalarni va hokazolarni umumlashtirish ko`zda tutilgan edi. Qishloq xo`jalik artellarini tashkil etish vaqtida ham joylarda chorva mollari va parrandalarni umumiylashtirishga intilish sodir bo`ldi. Shunday qilib jamoalashtirish dehqonlarga zo`ravonlik qilish yo`li bilan amalga oshirildi. Badavlat xo`jaliklarning mol-mulkini to`liq musodara qilish “boy quloqlar” oilalarini o`zga yurtlarga surgun qilish ommaviy qonunsizliklar asosida amalga oshirildi.
Jadal jamoalashtirishga, quloq qilishga o`rtahol qatlamlarga shubha bilan qarashga, qishloq aholisining boshqa qatlamlari insoniy huquqlarining poymol etilishiga qaratilgan yo`l qishloqda siyosiy vaziyat keskin tus olishiga sabab bo`ldi. Qishloq aholisi o`rtasidagi bu ijtimoiy norozilik qudratli portlashni keltirib chiqardi. 1930-yil 15-iyunda Iskavot qishloq soveti hududidan qo`llarida ketmon, bolta ko`targan 2 ming kishilik qishloq odamlari yo`lga chiqib tuman markazida shikoyat bilan yurish qildilar. Bir necha batraklar yarador bo`ldi, 20 dan ortiq xotin-qizlar hibsga olindi. Bu hildagi chiqishlar Farg`ona, Bag`dod tumanlarida, Oyimda, Chustda, Xatirchida ham ro`y berdi. Kolxozlarga qarshi chiqish hollari OGPU ning ma`lumotlariga qaraganda, respublikada bu davrda 240 marta sodir bo`lgan. Umuman olganda, SSSR bo`yicha 1930-yil martining o`rtalariga kelib 2 mingdan ortiq qurolli chiqishlar qayd etilgan.
Moskvaning tazyiqi bilan 1931-yilning bahoridan e`tiboran O`zbekistonda yoppasiga jamoalashgan tumanlar tashkil etish tajribasi qayta tiklandi. Ittifoqning g`allakor tumanlarini jamoalashtirish sur`atlari bo`yicha “quvib yetish va o`zib ketish” shiori yana ilgari surildi. Bu vazifani ta`minlash ilgari ishlab chiqilgan amalga oshirildi. Natijada, agar 1930-yil iyunda respublikada 6124 ta kolxoz mavjud bo`lib, ularga jalb qilingan dehqon xo`jaliklarining 27,1% ni tashkil etgan bo`lsa, yilning oxiriga borib, u 37,7% ga, 1931-yilning mayida 56,7 % ga yetdi. 1 dekabrda esa 68,2 % bo`ldi.
Shuningdek jamoalashtirishni jadallashtirishning “iqtisodiy” usullaridan o`ziga xos tarzda foydalanildi. Ma`muriy tazyiq, oshkora zo`ravonlik, qishloq mehnatkashlarini kolxozlarga “haydash” ning iqtisodiy terror usullari rasmiy belgilangan kolxoz qurilishi rejalarini sezilarli ravishda oshirib bajarish imkonini berdi. 1932-yilning oxirlariga kelib umuman respublikada ijtimoiy sektor barcha dehqon honadonlarining 81,7% ni birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo`jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etildi. Shunday qilib, kolxoz qurilishi sur`atlarini sun`iy ravishda avj oldirish, kolxozlarni “sotsialistik asosda mustahkamlash”, ko`p sonli odamlarning qurbon bo`lishiga, ularning begunoh qoni to`kilishiga sabab bo`ldi. Oqibatda respublikada faqat bir xil shakldagi kolxoz tuzumi qaror topdi.
Yakka dehqon xo`jaliklarining to`la-to`kis tugatilishi va kolxozlar yirik umumlashgan ishlab chiqarishning yagona shakli sifatida qaror topishi sovet hokimyatining “kolxozlardan oldingi qishloq” ni sotsialistik o`zgartirish borasidagi siyosatning tantanasi, deb baholanadi. Aslida esa sovet davlatining bu siyosati qishloqdagi bozor munosabatlarining barbod bo`lishiga, mulkchilikning xilma-xil shakllari tugatilishga, oxir oqibatda agrar ishlab chiqarishning izdan chiqishiga olib keldi. Umuman jamoalashtirish o`zbek qishlog`i tarixiy rivojlanishning sog`lom jarayonlariga to`sqinlik qildi. U dehqonlarning davlat tomonidan asoratga solinishiga olib keldi. Kolxozlarga zo`rlik bilan haydab kirilgan dehqonlar barcha asosiy fuqarolik huquqlaridan va avvalo ko`chib yurish erkinligi, kasb faoliyatini tanlash huquqlaridan mahrum qilindilar. “Baxtli kolxozchilar” “badavlat turmush” dan qochib ketishlaridan hafvsirab, Stalin ularning pasportlarini olib qo`yishni buyurdi.
Kolxozchilarning kolxozdan ko`ngilli ravishda chiqishlari ta`qiqlandi. Ularning noroziligini bosish uchun 1932-yil 7-avgustdagi farmon bilan kimda - kim dehqonlarni kolzozlardan chiqarishga “majbur” qilar ekan, 5 yildan 10 yilgacha muddat bilan “konsentratsion lagerlar” ga tashlanishga hukm qilinadi, deb ko`rsatma berdi. Jamoalashtirish qishloq xo`jaligiga juda og`ir zarar bo`lib tushdi. Respublikada ocharchilik boshlandi (1933-yil). G`alla yetishtirish keskin qisqardi. Chorvachilikka haddan tashqari zarar yetdi. Bu siyosat yomon, xunik, fojeali oqibatlarga olib keldi. “Uning ijtimoiy oqibati shu bo`ldiki, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi va qishloq infrastrukturasidagi kattadan-katta mablag` boshqa sohaga behuda sarflandi, qishloqda Stalincha diktaturaning ijtimoiy bazasi mustahkamlandi. Dehqonlar o`z mulki va mehnati natijalaridan begonalashdi, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy rag`batlari tugatildi, qishloqda malakali ishchi kuchi taqchil bo`lib qoldi”.
Jamoalashtirish to`s-to`palonlari paxtachilikka ham ta`sir ko`rsatdi, paxta yakka hokimligining yalpi ommalashuviga olib keldi. 1930-yilning bahoridan boshlab sredaz EKOSO respublika hukumatidan yoppasiga jamoalashgan tumanlarda “to`rtdan uch qismga chigit ekish” ni talab qildi.
Respublika rahbariyati imkoni boricha yalpi paxtachilikni avj oldirishdan iborat halokatli jarayonni to`htatib qolishga urunib ko`rdi. Ular paxta bilan bir qatorda g`alla ekish, sabzavot yetishtirish, chorvachilikni yuksaltirish uchun mustahkam yem-hashak bazasini yaratish kabi oqilona takliflarni qo`ydi. Biroq Kremldagi siyosiy rahbariyat “joylar” dan bo`lgan takliflarga quloq solishni istamadi. Stalin paxta mustaqilligiga erishish shiori ostida respublikamizni paxta yakkahokimligiga faollik bilan majbur etdi. Uning tazyiqi bilan 1933-yildayoq paxta respublika tayyorlab beradigan mahsulotlarni umumiy hajmining 81,5% ni tashkil etdi. 1937-yilga kelib bu ko`rsatkich 93,4 % ga yetdi. Shuningdek 30 yillarda sovxozlar qurilishi ham tez sur`atlar bilan amalga oshirildi. U ko`p jihatdan “SSR ning paxta mustaqilligini qo`lga kiritish” vazifalarini ta`minlashga bo`ysundirilgan edi. 1940-yilga kelib sovxozlarning umumiy soni respublikada 85 taga yetdi. Biroq ularning kolxozlar singari jadallik bilan qurilishi qishloq xo`jaligi taraqqiyotini tezlashtirishga yordam berolmadi. Sovxozlar siyosiy rahbariyat “orzu qolhanidek” samarali agrar ishlab chiqarish namunasi bo`la olmadi. “Jamoalashtirish” natijasida majburan tashkil qilingan “kolxoz-sovxoz tuzumi” yerdan foydalanishning yaroqsiz shakli bo`lib, oxir-oqibatda agrar ishlab chiqarishni tanazzulga olib kelishiga, olib keldi. Davlatning qishloqdagi azaliy an`anaviy xo`jalik aloqalari tizimiga yoppasiga aralashuvi, qishloq xo`jaligi uchun mutlaqo zararli bo`lgan sotsialistik munosabatlarni majburan tiqishtirilishi mustaqil rivojlanishning ichki imkoniyatlarini barbod qildi, qishloq mehnatkashlarining ongi esa buzilib bordi. Dehqonlar yerga va ishlab chiqarishga egalik tuyg`usini, ming yillardan buyon singib ketgan mehnatsevarlik fazilatlarini yo`qotib bordilar, ulardagi mehnatga, kasb mahoratiga bo`lgan mehr-muhabbat sovib bordi. Bu buzulish jarayonlarining ta`siri xali-hanuz barham topgan emas.
Garchi partiya Markazqo’mining 1930-yil 5-yanvardagi qaroriga binoan O’zbekistonda dehqon xo’jaliklarini yoppasiga jamoalashtirish ishlarini 1933-yil boshlariga qadar tugallash muddati belgilangan bo’lsa-da, mahalliy rahbarlar uni muddatidan avval bajarish uchun shiddat ko’rsatdilar. Buni quyidagi raqamlar ko’rsatkichida ham yaqqol ko’rish mumkin. Agar 1930-yil iyunida respublikada 6124 ta kolxoz tuzilgan, ularga jalb qilinganlar dehqon xo’jaliklarining 27,1 foizini tashkil etgan bo’lsa, shu yilning oxiriga borib 37 foizga, 1931-yil dekabrida esa 68,2 foizga yetdi. Bu davrga kelib paxtachilik tumanlarida jamoalashtirish asosan tugallangan, ularning ekin maydonlari 1929-yildagi 530 ming gektardan 1932-yilga kelib 928 ming gektarga ko’paygan edi. Shu tariqa, “SSSRning paxta mustaqilligini ta'minlash”da O’zbekiston o’z salmoqli ulushini qo’shib bormoqda edi. Masalan, 1935-yilda O'zbekistonda 1 mln. tonna paxta tayyorlangan bolsa, bu ko’rsatkich 1939-yilda 1,5 mln. tonnani, 1941-yilga kelib esa 165620 tonnani tashkil etdi. Bu SSSR bo’yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyodrog’ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respublika qishloq xo’jaligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o’rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933-yilda paxta mahsuloti respublika yetishtirib tayyorlab beradigan qishloq xo’jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 1937-yilga kelib bu raqam ko’rsatkichi 93,4 foizga yetdi. Qishloqni jamoalashtirish jarayoni ham o’zining yakunlovchi pallasiga kirib bordi. Chunonchi, 1937-yilda dehqon xo’jaliklarining jamoalashtirish darajasi 95 foizga yetgan bo’lsa, 1939-yilda u 99,2 foizni tashkil etdi.
Sovet mustamlakachilari O`zbekistonda 20-yillar oxiri va 30-yillar boshlarida keng ko`lamda jamoalashtirish va quloqlashtirish siyosatni olib bordilar. Lekin bu siyosatga sovetlar davrida xolisona baho berilmadi. O`rta Osiyoda shu jumladan O`zbekistonda o`tkazilgan “quloqlashtirish” kompaniyasi yaqin-yaqingacha tarixiy adabiyotlarda sovet davlat tuzumiming, jamolashtirish siyosatining qishloq rayonlardagi ulkan g`alabasi tarzida talqin etib kelindi. Binobarin, shu g`ayriinsoniy kompaniyaning qurboni bo`lgan kishilar va ularning farzandlariga yaqin-yaqingacha yot unsurlari sifatida qoralabularning insoniy haq-huquqlari payhon etib kelindi.
Ammo XX asrning so`nggi yillarida, ayniqsa, SSSR ning davlat sifatida halokatga uchrashi bilan sovet davri tarixining qayta o`rganilishi va shu davrda ro`y bergan siyosiy-ijtimoiy voqealarning qayta baholanishi natijasida “quloqlashtirsh” sovet davlati amalga oshirgan eng sharmandali kompaniyalardan biri ekanligi ma`lum bo`ldi.
O’zbekistonning sovetlar davri tarixidagi deyarli mutlaqo o`rganilmagan mavzulardan biri “quloqlar” bilan bog`liq bo`lib, u qatag`on etilib surgun qilingan dehqonlarimizning ayanchli hayoti, taqdiridir. Sovetlar davrida bu mavzu o’rganish uchun man etilgan edi. Quloqlar “qishloq burjuaziyasi”, “aksilinqilobchilar”, “xalq dushmanlari”, “sotsializm dushmanlari”, “kolxoz dushmanlari” degan nomlar bilan atalib kelindi.
Tariximizning yana shu achinarli, alamli sahifasini yoritish hozirgi davrda tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Zero prezidentimiz Islom Karimov so`zi bilan aytganda, o`sha mustabid sovetlar tuzumi “qattol zamon” taqozosi bilan o`z davrida biri “qizil askar”, biri “bosmachi”, biri “quloq”, biri “komisar” yana biri “mushtumzo`r” yana qay biri “yo`qsil” deb guruhlarga ajratib tashlandi. “Bo`lib tashlab hukmronlik qilish” uchun eng makkor usullar ishga solinib, bir millat vakillarini bir-biriga qayrash, adovat va nizo urug`ini sochish amalga oshirildi. “Shu bois, -deb ko`rsatadi yo`lboshchimiz ota-bobolarimizga ana shunday ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz, balki ularning hayotini, ular yashagan davr mohiyatini to`g`ri tushunishga harakat qilishimiz lozim”.
Jamoalashtirish va quloq qilish uning fojeali oqibatlarining eng birinchi aybdori mustabid sovet tuzumi, Komfirqa, qolaversa ularning arboblaridir. Qishloq, dehqon taqdirining fojeali, dahshatli yakun topishining bosh “qahramonlari” ayni o`sha arboblar edi. Dehqonlarga qilingan bu tajovuz “bolshevizm” ning ajdodlaridan ekan, uning ildizi ham Komfirqa va uning shtabiga borib taqaladi. Ayni shu joydan turib millionlab dehqonlar taqdirini hal etish boshqarildi. Qishloq fojeasining yuzaga kelishida “dohiy Lenin” g`oyalari dasturilamal ahamiyatga ega bo`lib nazariy-siyosiy reja yo`lini o`tadi. “Quloqlar”ga birinchi bo`lib o`t ochgan ham Leninning o`zi bo`ldi. Lenin ishchilarning dasturi va siyosati “quloqlarni yanchib tashlash” dan iborat deb bildi. Lenindan keyingi ikkinchi siyosiy shaxs Trotskiy edi. “Quloq” tushunchasi 20-yillar davomida asta-sekin kengaya bordi, avval boshda kim batraklarni o`zi yollab olgan, yani yollanma mehnatdan foydalangan bo`lsa, u quloq hisoblandi. Keyinchalik esa, barcha o`ziga to`q dehqonlarni quloq deb hisoblash keng tus oldi. “Quloqlar” ni sinf sifatida tugatish sari mudhish siyosat 1929-yilning 7-noyabrida “Pravda” gazetasida Stalinning “Buyuk burulish yili” maqolasi e`lon qilingach amalga oshirila boshlandi. O`sha vaqtda “dohiy” ning o`ng qo`li hisoblangan Molatov quloqlarni kolxozga kiritish yoki kiritmaslik masalasida o`z fikrlarini bildirdi. U har qanday holatda ham kolxozda bo`lmasligi kerak, chunki u bu ishni nafaqat izdan chiqaradi, hatto uni barbod etadi. Quloq hali qo`lga olinmagan eng xavfli dushmandir, - deb aytadi. Quloqni har jihatdan aksilinqilobiy zararkuranda deb bilgan Molatov quloqqa qarshi beayov jang ochish kerak deb chiqdi. Stalin, Lenin nomini niqob etib, dehqonlarni sotsialistik geneotsid qilish uchun yangi iqtisodiy siyosatni yig`ishtirib qo`ydi. Uning o`rniga “buyuk burulish yili” dan Stalin shaxsiga sig`inish ham avj oldi.
21-dekabrda mamlakat Stalinning 50-yilligini nishonladi. Shunda Stalin birinchi bor “buyuk dohiy, inqilob tashkilotchisi, qizil armiya bunyodkori, oq gvardiyachilar va interventlarni tor-mor etgan ulug` sarkarda, proletariat dohiysi besh yillik ulug` strategi” tarzida ta`riflandi. 27-dekabrdagi markscha agrarshunoslar konfrensiyasi Stalin boshchiligida yangi inqilob boshlanganligini ma`lum etdi. Shu kuni Stalin yangi iqtisodiy siyosat tugab, yangi era boshlanganini e`lon qildi. Bir vaqtning o`zida kolxozlar tuzish va quloqlarni tugatishdan iborat ikki jarayon yuz berib, u ko`plab iplar bilan o`zaro bog`lanib ketdi. “Quloqlarni tugatish” jamolashtirish uchun moddiy baza bo`ldi. 1929-yil oxiridan 1930-yil o`rtalarigacha 320 mingdan ziyod quloq xo`jaliklari tugatildi. Ularning 175 mln so`m qimmatga ega bo`lgan mulki, buyumlari kolxozlarning bo`linmas fondiga topshirildi. Shu mablag` batrak va kambag`allarning kolxozga kirishlari uchun badal sifatida rasmiylashtirildi va u kolxozlar bo`linmas mulkining 34% ni tashkil qildi. “Quloqlar” ni tugatish oqibatida qishloq eng tadbirkor, epchil, o`ziga to`q, mustaqil ish ko`ruvchi, xo`jalik yurutuvchi dehqonlardan maxrum bo`ldi. Qishloqda jamolashtirishga qarshilik ko`rsatgan qishloq aholisining ruhi tushib ketdi. Ayniqsa, “quloq” qilinib Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Qozog`iston va O`zbekistonning cho`l-dasht tumanlariga badarg`a qilinganlar va ularning ayanchli, fojeali taqdiri dehqonlarda kolxozga kirmaslik ana shunday yomon oqibatlarga olib kelishiga ishonch hosil qildi, natijada ular qo`rqib kolxozga kirish hayotiy zaruratga, jon saqlab qolish kafolatiga aylandi. Ustiga-ustak, dehqonlarni kolxozga zo`rma-zo`raki haydab kiritish uchun qishloqqa komunistlar, 25 mingchilar safarbar etildi. Kolxozlar tuzish sun`iy tarzda tezlashdi. 1928-yil 1- iyulda kolxozlarda 1,7 % dehqonlar bo`lsa, bu raqam 1929-yil noyabrida 7,6% ni, 1930-yil martida 58 % ni tashkil etdi. Ma`lumki, O’zbekiston dehqonchiligida paxtachilik yuqori mavqega ega bo`lgan asosiy tarmoq hisoblangan. Shu bois, bu yerda dehqonlar, hatto kambag`al dehqon ham yollanma mehnatdan foydalangan va yetishtirilgan hosilning bir qismini sotib tirikchilik o`tkazgan. Bunday milliy o`ziga xos xususiyat quloq qilish siyosatini o`tkazish chog`ida inobatga olinmadi, markazda neki bo`lsa, shuni ko`r-ko`rona tadbiq qilish amalga oshirildi. Jamoalashtirish, quloqlarni sinf sifatida tugatish siyosati amalga oshirilgan vaqtda kommunistlar yo`l qo`ygan jiddiy hatolardan biri ularning diniy omilga e’tibor bermasligi, hatto diniy hissiyotlar, qarashlarga qarshi hujum olib borgani bo`ldi. Dindorligi, hudojo`yligi, islomshunosligi, taqvodorligi uchun, totalitar rejimdan noroziligi uchun ko`plab begunoh kishilar sun`iy ravishda quloq qilindilar. Shaxsiy adovatlar uchun ham o`ch olish quloq qilish siyosatini qurol va qalqon qilib olgandi.
Kambag`al dehqonlar, mayda kosib - hunarmandlar quloq bo`lib qolmasligi uchun o`z ho`jaliklari faoliyatini kengaytirish o`rniga qisqartirdi va kamaytirdilar. Dindorlar esa uydagi noyob qo`lyozma va kitoblarni kuydirishga, ariqda oqizishga, qabristonlarga ko`mib, turli yo`llar bilan o`zlarining ruhoniy emasligini isbotlab, quloq bo`lmaslik yo`llarini axtarishga majbur bo`lgandilar. Quloq qilish siyosati mudhish siyosat bo`lib, jamoalashtirish bilan bir vaqtda bu siyosat bilan qo`shib olib borildi. Bu siyosat boshdan oxirigacha zo`ravonlik, jabr-zulm holatida olib borildi. Quloqni aniqlash, uni ijtimoiy jihatdan asoslash, zo`rma-zo`rakichilik, shoshma-shosharlik asosida o`tkazildi. Bu hatto quloq qilish kopmaniyasi ishtirokchilari ham e`tirof etganlar. Masalan, Yangiyo`l tuman moliya bo`limi mudiri Xaritonov shunday axborot bergan: “Kechasi meni chaqirishib quloqlarni tugatishga borishimni aytishdi. Guvohnoma berishdi, nima va qanday qilish haqida biror narsa aytishmadi”. O`sh, Zangiota qishlog`i bo`yicha 42 ta xo`jalik tugatildi, jumladan qishloq xo`jalik solig`i bor-yo`g`i 158 so`m bo`lgan dehqon Abdulla Qozoqboyev, 238 so`m solig`i bo`lgan Ashraf Ibrohimov, 214 so`m solig`i bo`lgan Mulla Tosho`jayev, 93 so`m solig`i bo`lgan Usmonxo`jayevlar xo`jaliklari ham tugatilgan, o`rta hol va kambag`al xo`jaliklari miqdori haqida aniq ma`lumotlar bo`lmagan. Shuningdek, tugatilgan quloq xo`jaliklari miqdori to`g`risida ma`lumotlar ham yo`q. Ularning ozroq qismi tugatilishdan saqlanib qolganlar.
Ko`p hollarda o`rtahol dehqonlar ro`yhatga olinib quloq qilindilar. Ro`yhatni moliya bo`limlari tuzganlar. 1930-yil 10-noyabrda Toshqishloq qishloq sovetidan Tojiboy Isomberdiyev, Katta Aravon qishlog`idan Rahmatqul Isamatullayev, Qorg’ova qishlog`idan Boqiboy Toshmatov, Bekobod qishlog`idan Saidakbar Sulaymonqulov, Toshqishloq qishloq sovetidan Saidakbar Hasanboyev, Pishqaron qishloq sovetidan Hamraqul Bozorboyevlar ayni o`sha o`rtahol dehqonlar ro`yxati bo`yicha quloq qilinganlar. 1930-yil 30-noyabrda Qo`qon tumani va shahri bo`yicha 246 kishi quloq qilngan. Quloq qilinganlar har birining daromadi pul hisobida ko`rsatildi, ularni quloq deb atash uchun mezon qilib olingan. Har bir quloq qilinganning daromad puli eng oziniki 210 so`m, eng ko`piniki 4503 so`mgacha bo`lgan. Ular hunarmandchilikda bir hodimi bo`lgani uchun, 1919-yilda 2 ta quroli bo`lgani uchun, 1929-yili 310 kun yollanma mehnatdan foydalangani uchun, imomlik qilgani uchun, 2 ta tegirmoni va 1 qaroli bo`lgani uchun, 1929-1930 yillarda qassoblik qilgani uchun, qo`y sotgani uchun, kerosin sotgani uchun, savdogarlik qilgani uchun, qandolatchilik qilgani uchun, hayvon sotish bilan shug`ullangani uchun, shayx bo`lgani uchun, savdogarligi va binoni ijaraga bergani uchun, dallollik qilgani uchun, makarka sotgani uchun, choyxonachi bo`lgani uchun, o’tin sotgani uchun, eshonligi uchun quloq qilinganlar. Shu 246 kishidan aksariyat ko`pchiligi quloq, chorikor, mardikorga ega bo`lgani uchun, imomlik qilgani uchun (23 kishi), shayxligi uchun (17 kishi), mayda savdo bilan mashg`ul bo`lgani uchun quloq qilinganlar. Ularning ro`yhati qishloq sovetida kambag`allar faollari yig`inida tasdiqlangan va bunda tuman soliq komissiyasi qatnashgan. Quloq qilish chog`ida ko`proq o`ziga to`q dehqonlar ro`yhatga olingan. Har bir quloq xo`jaligi uchun hisob varaqasi ochilib, paxta punkti bilan shartnoma tuzilib, unga muvofiq paxta yetishtirib, davlatga topshirilgan. Bolsheviklar bosh bo`lgan sovetlarning dehqonlarga, umuman xalqqa qarshi yangi dahshatli hamlasi, tajovuzi VKB (b) MK siyosiy byurosining “Yalpi jamoalashtirish tumanlarida quloq xo`jaliklarini tugatish to`g`risida” gi mudhish qaroridan so`ng yanada kuchaydi. Qarorda quloq sifatida hibsga olinib, badarg`a qilinadigan kishilar mamlakat umumiy dehqon ho`jaliklarining 5 % dan oshmasligi ko`rsatilganiga qaramay, amalda 15-20 % xo`jalik quloq qilindi. Quloq qilish jamoalashtirish ishlariga aksariyat chalasavod, yuqoridan berilgan topshiriqqa yetmaydigan, qishloq xo`jaligi arteli Nizomini bilmaydigan, saviyasi past kishilar rahbarlik qilishdi. Oqibatda zo`ravonlik, zug`um, o`ch olish, o`rtahol, hatto kambag`al dehqonlarni quloqlar ro`yhatiga tikib yuborish hollari ko`p bo`ldi. Yuqorining ko`rsatmasiga muvofiq quloqlashtirish, jamoalashtirishning natijasi bo`lishi, ya`ni avval ixtiyoriy ravishda kolxoz tuzish, keyin quloqlarni sinf sifatida tugatish ishlari amalga oshirilishi kerak edi. Bu masala qishloq sovetlari qoshidagi kambag`al-batraklar kengashida muhokama qilindi. Joyda esa aksincha avval dehqonlar quloq qilindi keyin kolxozlar tuzildi. Odamlarga agar kolxozga kirmasang hibsga oilinib, quloq qilinib, badarg`a qilinasan, yer-suvdan g`alladan, sanoat mollaridan, saylash va saylanish huquqidan mahrum qilinasan kabi do`q -qo`rqituvlar bilan jamoalashtirish o`tkazildi. Stalin va uning atrofidagilar kolxoz qurilishini tezlashtirish to`g`risida ko`rsatma beradilar. Jamoalashtirish va quloqlashtirishni sun`iy tezlashtirish maqsadida VKB(b) MK 1930-yil 5-yanvarda “Jamoalashtirish sur`ati va kolxoz qurilishiga davlat yordami berish tadbirlari to`g`risida” qaror qabul qildi. Qarorning VI bo’limida quloqlarni sinf sifatida tugatish uchun amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, quloq - boy ekspulatator unsurlarni yer mehnat qurollari va ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilish vazifa qilib qo`yildi, qarorga binoan quloqlarni sinf sifatida tugatish quyidagi tadbirlar orqali amalga oshiriladigan bo`ldi. Birinchidan, barcha quloq xo`jaliklari, yakka soliq to`lovchilar, ekspulatatorlar xo`jalik belgisi bo`yicha saylov huquqidan mahrum qilinganlar tugatilishi ko`zda tutildi. Ikkinchidan, quloqlardan sug`orma yerlari, hovli-joyi, dalalardagi dov-daraxtlari, ishchi hayvonlari, oziq-ovqat murakkab qishloq xo`jalik inventari, qayta ishlovchi ishlab chiqarish korxonalari tortib olinib, kolxozlarning bo`linmas fondiga berilishi berilishi, chorikorlik bilan bog`liq barcha bitimlar, qarz majburiyatlari bekor qilinishi ham ko`zda tutilgan. Uchinchidan, chek yerlardan va ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilingan xo`jaliklari yoppasiga jamoalashtirish rayonlaridan, ko`chirib yuborilishi, kolxozlashtirishga qarshi faol kurash olib boruvchi ashaddiy quloqlar jinoiy javobgarlikka tortiladigan bo`ldi. Tugatilgan quloq xo`jaliklarga yerdan foydalanish huquqi berilgan bo`lsada, ularning yollanma mehnatdan foydalanishi mutlaqo man qilib qo`yilishi ham ko`rsatilgan.
1930-yilda O`zbekistonda 750 ming dehqon xo`jaligi bo`lib, shundan 40 minggi (qariyb 6%) quloq sifatida hibsga olinib sud qilingan yoki Ukraina va Shimoliy Kavkazga, Orta Osiyoning yangi o`zlashtirilgan cho`l tumanlariga badarg`a etilgan.
VKP (b) Markaziy Komiteti siyosiy Byurosining 1930-yil 20-fevraldagi “Jamoalashtirish va iqtisodiy jihatdan orqada qolgan milliy rayonlarda quloqlarga qarshi kurash to`g`risida” gi mahfiy qarorida jamoalashtirish, kolxozlashtirish va quloq qilish jarayonida O`rta Osiyodan 400 dan ko`p bo`lmagan miqdorda oilalarni surgun qilish, 1930-yil 15-martga qadar O`rta Osiyodan 1500, jumladan, Ozbekistondan 1000 kishini birinchi toifali faol quloqlar sifatida konslagerga qamoqqa olish kerak ekanligi ko`rsatildi. Qarangki, o`sh mudhish, mash`um qaror chiqqandan so`ng bir oy o`tar - o`tmas O’zbekistondagi rahbarlar, ayniqsa, GPU chilar markazning ana shu topshirig`ini ortig`i bilan qoyilmaqom qilib bajarib, bu haqda 1930-yil 19-martda Moskvaga shoshilinch hisobot yuborgan. Unda O`zbekiston bo`yicha jami 1195 kishi boy quloq sifatida qamoqqa olingani aytilgan.
Jamoalashtirish va “quloq” qilish avjiga mingan paytlarda bu mudhish siyosatga qarshilik bildirgan, kolxozga kirishni istamagan ko`plab insonlar jazo organlari tomonidan asossiz otuvga, konslagerlar, qamoqxonalarga hukm qilingan. Bu vaqtda OGPU ning O`rta Osiyodagi vakillari, mintaqa respublikalari, okrug rayonlaridagi OGPU organlari qoshida tuzilgan noqoniniy “uchlik” lar dehqonlarni qatag`on qilish borasida mislsiz dahshatli ishlarni amalga oshirdilar. OGPU ning O`rta Osiyodagi vakili L. N. Bel`skiy (rais), OGPU vakolatli vakilligi o`rinbosari U. A. Karustkiy, OGPU harbiy okrug qo`shinlari boshlig’i Bobkevich a`zoligidagi “uchlik” tomonidan OGPU ning O`zbekistondagi organlari ustidan nazorat olib boruvchi prokuror Sarichev ishtirokida minglab hukmlarga imzo chekilgan. Vaqti-vaqti bilan bu jazo organlari va ularning “uchlik” lari tarkiblari o`zgarib turgan. Hukmlarni imzolaganlarning o`zlari ham vaqti kelib qatag`on qilingan. SSSR Markaziy Ijroiya Komitetining 1927-yil 9 iyuldagi 17-63 sonli qarori ostida 1930-1933-yillar mobaynida OGPU ning O`rta Osiyo doimiy vakilligi huzuridagi “uchlik” ning qarorlari bilan ko`pdan - ko`p yurtdoshlar har xil ayblar bilan otuvga, konslagerlarda, mehnat tuzatish lagerida, maxsus posyolkalarda jazoni o`tash uchun hukm etilganlar.
1931-yilning avgustidagi quloqqa tortish va surgun qilish operatsiyasi natijasida O`rta Osiyodan 6 ming, jumladan, O`zbekistondan 3795 ta xo`jalik (17839 kishi) Ukraina va Shimoliy Kavkazga surgun qilingan. Biroq ularning O`zbekistonning qaysi viloyatlaridan surgun etilgani ma`lum emasdi.
O`zKompartiya Markazqo`mi 1931-yil 15-sentabrda “Yoppasiga jamoalashtirish rayonlarida quloqlarni sinf sifatida tugatish bilan bog`liq tadbirlar o`tkazish to`g`risida”gi yo`riqnomani tasdiqlab, uni joylarga mahfiy tamg`a bilan yo`lladi. Yo`riqnoma “Umimiy ko`rsatmalar”, “ O`zbekiston SSSR dan tashqarida surgun qilish tartibi”, “O`zbekiston hududidagi quloq posyolkalariga surgun qilish tartibi”, “Rayon hududi bo`yicha quloqlarni surgun qilish tartibi va tarkibi”, “Buyumlarni konsifikatsiya qilish tartiblari” kabi qismlardan iborat bo`lgan. Unga ko`ra “Quloqlashtirish” uch toifaga bo`lib amalga oshirildi. Birinchi toifaga mansub kishilar sovetlar va jamoa xo`jaliklariga qarshi yig`inlarning qatnashchilari bo`lib, ularning o`zlari qamoqqa olinishi, oilalari esa olis joylarga badarg`a etilishi zarur edi. Ikkinchi toifani tashkil etgan yirik “mushtum” zo`rlar va jamoalashtirishga qarshi faollik ko`rsatgan oilalari bilan olis joylarga jo`natilishi rejalashtirilgan edi. Nihoyat, “mushtumzo`rlar” ning qolgan qismi uchinchi toifani vujudga keltirgan bo`lib, ular yashash joylariga yaqin manzillarga ko`chirilishi lozim edi. Bol`sheviklar uchinchi toifadagi “mushtumzo`r” larni ikkinchi toifaga o`tkaza boshladilar.
1931-yil oktabrdan “mushtimzo`rlar” ga mansub xo`jaliklarni yo`qotishning yangi to’lqini boshlandi. “Quloq” larning asosiy qismi 1931-yil badarg`a etildi. Ularning bir qismi 1932-yilda ko`chirildi. O`rta Osiyo byurosi 1932-yil yanvaridagi Farg`ona vodiysi paxtakor rayonlarida 1000 xo`jalikni ixtiyoriylik tamoyili asosida Tojikiston SSSR ga ko`chirishga qaror qiladi. 1932-yil mayida esa ommaviy ravishda quloqqa tortish ularni ko`chirish operatsiyasi o`tkazildi. Buning natijasida respublikaning 54 ta rayonlaridan 4865 ta xo`jalik (22505 kishi) ya`ni 6877 nafar erkak, 5086 nafari ayol, 9055 nafar bola qatag`on etilgan.
1932-yilda o`tkazilgan “tozalash” kompaniyasi jarayonida respublika kolxozlaridan 3550 “quloq” haydab chiqarildi, ulardan 306 nafari kolxozlarning raislari, 756 nafari boshqaruv a`zolari, 425 nafari boshqaruv kotiblari edi.
VKP (b) MK va SSSR XKS 1933-yil 8-mayda “Dehqonlarni ommaviy ko`chirishni to`htatish, qamoqqa olish va qamoqxona joylarini kamaytirrish to`g`risida” mahfiy direktiv yo`riqnoma qabul qildi. Bu hujjat matbuot uchun man etilgan edi. O`sha yo`riqnomada mamlakatning 14 mintaqasidan 12 ming xo`jalik surgun qilinishi ko`rsatilgan. Jumladan, O`rta Osiyodan 500 xo`jalik surgun qilinishi kerak edi. O`sha ko`rsatma asosida O`rta Osiyoda quloq qilish surgun etish 1933-yilda ham davom etdi. SSSR XKS 1934-yil 23-aprelda “Quloq qilingan xo`jaliklar uchun davlatga qishloq xo`jalik mahsulotlarini majburiy ravishda topshirish normalari to`g`risida” qaror qabul qiladi. Unga ko`ra yashirin daromadlar, kapitallar va mulklari bo`lmagan quloq qilingan xo`jaliklar ham yakka xo`jaliklar kabi davlatga majburiy ravishda qishloq xo`jalik mahsulotlarini belgilangan normalar bo`yicha topshirishlari shart qilib qo`yiladi va bu xo`jaliklar hech qanday imtiyozlarga ega emasligi ham ko`rsatiladi. Sovetlar tomonidan 1933-1937-yillarda ham ko`plab dehqonlar quloq tamg`asi bilan qatag`on qilingan. Sovet tuzumi davridagi lenincha-stalincha siyosiy qatag`on aholining barcha qatlamlarini, turli kasb egalarini, ijtimoiy guruhlarni, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, ruhoniylar, yoshlar, qariyalarni, erkak va ayollarni o`z domiga tortgan edi. SSSR ichki ishlar xalq komissarligining 1937-yil 30-iyuldagi 00447 sonli buyrug`i asosida 1937-yil 10-avgustdan 1938-yil 1-yanvarigacha O`zbekiston SSR bo`yicha sobiq quloqlardan 5924 kishi, jinoyatchilardan 1679 kishi, boshqa “antisovet unsurlar” dan 3097 kishi, jami 10700 kishi hibsga olinib, ularning barchasi qamoq jazosiga hukm etilgan. Otishga mahkum qilinganlarning 1376 nafari sobiq quloqlar, 952 nafari jinoyatchilar va 1285 nafari boshqa “antisovet unsurlar” hisoblangan. Ular orasida O`zbekiston SSSR hududida surgun muddatini o`tayotgan mehnat ko`chkindilari ham bor edi. Quloqlar surgundagi mehnat ko`chkindilarining sohasidagi yutuqlari, ular yashash sharoitlarining yaxshilanishi GULAG mehnat qishloqlari bo`limi xodimlarini tashvishga solgan. Natijada mehnat ko`chkindilarining bir qismi xo`jalik jihatidan quloq xo`jaligi darajasiga o`sib chiqmoqda, degan ma`lumotlar yuqoriga yetkazilib, turilgan. 1937-1938 yillardagi qatag`on NKVD ning yirik xodimlarini ham o`z domiga tortdi, mehnat ko`chkindilarni boyib ketishinining asosiy aybdorlari qilib o`sha xodimlar ko`rsatildi. Bu davrda davlat tononidan yangitdan quloqlarni yuzaga keltirish siyosati olib borildi. Pirovardida mehnat surgunidagilar ham qatag`on obyekti bo`lib qoldi. O`zbekiston mehnat posyolkalaridagi ko`chkindilardan 1935-1936-yillarda 101 kishi, 1937-1938- yillarda 156 kishi qatag`on etildi. 1937-yilda 14758 mehnat ko`chkindisidan 46 kishi (0,31%), 1938-yilda 14271 mehnat ko`chkindisidan 110 kishi (0,77%) surgun qilindi. Ikkinchi jahon urushi davrida ham mehnat posyolkalaridagi ko`chkindilarning ma`lum qismi turli xil bo’hton, ma’lomatlat, noto’g`ri ma`lumot, to`qima ayblar asosida qatag`onga uchradi. Shu tariqa 1941-1942- yillarda Ozbekiston hududidagi mehnat posyolkalarida 283 kishi sobiq “bosmachi”, 279 kishi esa sovetlarga qarshi va aksilinqilobchi shaxslar sifatida NKVD ning operativ ro`yxatiga olingan va qatag`on domiga tortilgan. Ommaviy jamoalashtirish jarayonida O’zbekiston bo’yicha 60 mingdan ortiqroq kishi quloqlarga mansublikda ayblanib qatag’on qilindi. Shunday qilib, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” masalasi uzil-kesil hal qilindi.
Quloq surgunidagilarga nisbatan urushdan keyin ham turli ko`rinishda qatag`on siyosati qo`llanildi. Bu jarayon 1955-yilgacha davom etdi. Ular 50-yillarning o`rtalarida ozod bo`lganlaridan so`nggina qatag`on balosidan qutilishdi.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi azal-azaldan suniy sug’orish tizimiga asoslanib kelganligidan bu sohani rivojlantirib borish asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Respublikaning asosiy ekin turi hisoblangan paxtachilikni o’stirish ham ko’p jihatdan shunga bogiiq edi. Bu esa olka hududlarida sug’orish inshootlari, chunonchi, kanallar, kollektorlar, suv havzalari, suv omborlarini ko’plab barpo etishni taqozo etardi.
Bu ishlar O’zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj oldirib yuborildi. Urushgacha bo’lgan davrda respublikada Darg’om, Narpay, Savay, Dalvarzin, Log’on, Katta Farg’ona kanallari, Kattaqo’rg’on suv ombori kabi ko’plab suv inshootlari qurildi. Chirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi. 1929-1933-yillarda bu sohaga 234,9 mln. rubl sarflandi.
1939-yilda O’zbekiston KP(b) Markaziy Qo’mitasi va respublika hukumati hashar yo’li bilan Katta Farg’ona kanalini qurish to’g’risida qaror qabul qildi. O’sha yilning 1 avgustidan 160 ming kolxozchi kanal qurilishini boshlab yubordi. Ularning 70 mingdan ziyodrog’ini yoshlar taslikil etardi. Uzunligi 270 kilometr bo’lgan bu kanal asosan qo’l mehnati bilan 45 kun ichida qurildi. Unda 46 ta yirik, 274 ta kichik gidrotexnik inshootlar, 5 ta temir yo’l va 40 ta avtomobil ko’priklari barpo etildi. Holbuki, bunday kanalni barpo etish uchun chorizm davrida 6-8 yil, sovet davrida esa 6-8 oy kerak bo’ladi, deyilgan edi. Amalda esa u xalq qudrati, azmu qarori bilan atigi 1,5 oyda bunyod etildi. Bu o’zbek xalqiga xos bo’lgan hashar usulidagi shonli, fidokor mehnatning samaralari edi.
Hatto Markaz matbuotining bosh organi – “Pravda”ning 1939-yil 13-dekabrdagi bosh maqolasida shunday satrlar bitilgan edi: “Shu yilning yoz faslida uzoq Farg’onada qilingan ish, o’n rainglab o’zbek va tojik kolxozchilarining bir yarim oy mobaynida kanal qaziganligi butun xalqni juda quvontirdi. Ijodkor xalq, yaratuvchi xalq farg’onalik kolxozchilarning tajribasida... rnehnatdagi shunday bir yangilikni ko’rib oldiki, bu vangilik kelajak sari qilinayotgan harakat sur'atlarini jadallashtiradi”.
Katta Farg’ona kanah Farg’ona vodiysining asosiy qon tomiri bo’lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar bo’z, cho’lli yerlar o’zlashtirilib, 500 ming gektar yerni suv bilan ta'minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg’ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to’g’oni, Qoraqalpog’istonda Qizketgan kanali, sig’imi 1 mln. kub metr bo’lgan Kattaqo’rg’on suv ombori va ko’plab boshqa suv inshootlari barpo etildi hamda foydalanishga topshirildi. Buning natijasida 1937-1940-yillarda respublikada sug’oriladigan yer maydonlari qo’shimcha ravishda 200 ming gektarga ko’paydi. Respublikada yangi paxtachilik tumanlari va ko’plab jamoa xo’jaliklari tashkil etildi. Ulaming ekin maydonlarining hosildorligi yil sayin ortib bordi.
Shunday qilib, sovet hokimiyati va kommunistik partiya qishloqda jamoalashtirish siyosatini olib borishda qishloq ahliga nisbatan nechog’lik zulm va zug’um o’tkazmasin hamda ne-ne og’ir sinovlarga duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning shiddatu azmu qarorini so’ndira olmadi, o’zbek xalqi fidoyilik bilanmehnatqildi. 
4. Stalincha ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ko’zga ko’rinmas ming xil qizil iplar bilan O'zbekistonni o’z domiga kiritib, uning amaidagi rasmiy mustaqilligini ham yo’qqa chiqargan edi. Uning mahalliy mahalliy rahbariyati respublikaning iqtisodiy, xo’jalik, madaniy-ma’naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni mustaqil tarzda hal etishga haqli, huquqli emas edi.
Buning yorqin ifodasini sovet mafkurachilari tomonidan to’qib chiqarilgan va o’zbek milliy kadrlari sha'nini bulg’ashga qaratilgan “18 lar guruhi”, “inog’omovchilik”, “qosimovchilik” degan siyosiy ishlar misolida ko’rish mumkin. Mazkur guruhlar faoliyatiga oid tarixiy huijatlarni ko’zdan kechirib, tahlil etarkanmiz, bu insonlar xatti-harakatida, faoliyatida ularni ayblashga bois bo’ladi-gan hech bir asosli ashyo-dalillar bo’lmaganligiga to’la amin bo’lamiz. Ularning yagona “gunohi”- bu o’z millati dardi, tashvishi va manfaatini ko’zlab, ayrim muhim muammolarni ko’targanligi va ularni hal etishga yuqori-ning e'tiborini jalb etganligi xolos.
Xo’sh, “18 lar guruhi” tarkibi kimlardan iborat bo’lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday gunoh qilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan tashkil topgan bu guruh (I. Xidiraliyev, M. Saidjonov, U. Ashurov, R. Rahimboboyev, R. Rafiqov va b.)ga tirkalgan asossiz aybga, uyushtirilgan tuhmatu bo’htonga ko’ra, go’yo uning a'zolari ko’p masalalarda noto’g’ri yo’l tutganlar. Aslida esa ular hukmron Markazning ulug’ davlatchilik va shovinistik siyosatiga, milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo’liga qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilib chiqqandilar. Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralandi va uning a'zolari o’z lavozimlaridan olinib, turli partiyaviy jazolarga giriftor etildilar.
“Inog’omovchilik” guruhi to’g’risida gap borganda ham unga qo’yilgan barcha ayblarning to’liq tarzda to’qib chiqarilganligi ayon bo’ladi. Ma'lumki, Rahim Inog’omov O’ZKP(b) MQ Matbuot bo’limi mudiri va O'zSSR Maorif xalq komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan.
“Qosimovchilik” guruhi ham 1929-1930-yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag’on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma bo’lgan.
O'zSSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlab kelgan Sa'dulla Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari deb topilgan N.Alimov, B.Sharipov kabi 7 kishi 1929-yilning ikkinchi yarmida qamoqqa olinadilar. Ularning atayin to’qib chiqarilgan “ayblov ishi”ga siyosiy tus beriladi. Bunga ko’ra, ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog’laganlikda ayblandilar. 
Mustabid tuzum hukmdorlari va ular gumashtalarining yeng shimarib qilgan “sa'y-harakatlari” natijasida 1937 – 1938-yillarda go’yo O’zbekistonda bir qator yirik aksi inqilobiy tuzilmalar borligi to’qib chiqarildi.
Bular: respublika rahbarlari A.Ikromov va F.Xo’jayev boshchiligidagi “Burjua-millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi”, Abdurauf Qoriyev rahbar bo’lgan “Musulmon ruhoniylarning millatchi-isyonchilar tashkiloti”, “Aksilinqilobiy o’ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi”, “Buxoro va Turkiston baxt-saodati” nomli aksilinqilobiy tashkilot, I.Ortiqov 
boshliq “Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”, “lngliz josuslik rezidenturasi”, “Yapon” josuslik-qo’poruvchilik rezidenturash va boshqalar edi. Eng so’nggi ma'lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o’rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublika hududida butunlay bo’lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksil-inqilobiy tashkilotlar qatag’onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari va jazo organlari tomonidan atayin to’qib chiqarilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh, aybsiz insonlar shafqatsiz jazolangan, aziz umrlari xazon bo’lgan.
Ular yurtimizda iymoni but, qalbi, dili jonajon Vatan, ona zamin mehri bilan limmo-lim to’la, vijdonli, diyonatli ziyolilarni topib, jazolashdan o’zgacha zavq olardilar. Shuning uchun Markazning o’tkir shamshiri va po’lat qalqoni hisoblangan Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU), Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) kabi jazo organlari va ularning jallodlari uchun ilg’or, taraqqiyparvar ziyolilarni hibsga olish, ularning faoliyati uchun yo’q ayblarni to’qib chiqarish, uydirmalarni “yasash” hech gap emasdi. Qatag’onlik davrida tuzilgan “uchlik” har qanday vallomat, pokdomon zotni ham bir lahzada “gunohi azim”ga g’arq qilib, uni og’ir jazoga mahkum eta olardi. Eng achinarlisi shuki, o’z elini jonu dildan sevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror madaniyatiga murojaat qilib undan asar bitgan, buyuk ajdodlar nomini tilga olgan vatanparvar ijodkorlar, ilm-fan ahli birinchilar qatorida qatli omga duchor bo’ldi. Masalan, butun hayotini, barakali ijodini millat baxt-saodati, yurt istiqboli uchun bag’ishlagan Munavvar Qori Abdurashidxonov mana shu davrda avj olgan sovetlar ig’vosi va bo’htonining aybsiz qurboni bo’ldi
O’z zamonasining qomusiy bilim sohibi Said Rizo Alizoda qalamiga mansub bo’lgan yetuk asarlar uning hayotlik davridayoq dunyoga mashhur bo’lgan. Faqat 1923 – 1934-yillar davomida Lahor shahrida olimning 10 dan ziyod asari, shu jumladan, yirik “Axborot” kitobi chop etilgan. Uning 1919-yildan boshlab nashr etila borgan “Inqilob shu'lasi” haftalik jurnali faqat Turkiston o’lkasi xalqlari o’rtasida mashhur bo’lib qolmay, balki shu bilan birga qo’shni Eron, Turkiya, Afg’oniston, Hindiston mamlakatlariga ham keng tarqalgan. Shunday inson ham 30-yillar qatag’onligi domiga uchrab, Vladimir turmasida azob tortib, olamdan bevaqt ko’z yumib ketdi. Qatag’onlik ajal mashinasi aqli raso, oq-qorani yaxshi biladigan, sog’lom fikrlaydigan hech bir insonni ayab o’tirmasdi. 60 yoshli mo’ysafid Xudoyberdi Devonovning 1938-yilda mutlaqo asossiz ayb bilan oliy jazoga mahkum qilinib, otib yuborilganligi faktini qanday izohlash mumkin. Bu tinib-tinchimas inson o’zbeklardan chiqqan dastlabki fotograf va kinomatograf sifatida butun umri davomida halolu pok xizmat qilib kelgan. Uning turli yillarda tasvirga olgan rang-barang suratlari, kinoxronikalari xalqimizning katta ma'naviy mulki hisoblangan. Qarangki, 1936-yilda “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati tomonidan moddiy rag’batlantirish maqsadida taqdim etilgan “Leyka” fotoapparati uning boshiga balo bo’ldi. Negaki, qatag’on posbonlarining taxminicha, bu apparat go’yo X. Devonovga “xalq dushmani” deb topilgan Fayzulla Xo’jayev tomonidan berilgan. Binobarin, bu shaxs F.Xo’jayevning “dumi” deb ko’rsatilib, uni otuvga hukm qilganlar.
XX asrning 20 – 40-yillarda Cho'lpon, Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Otajon Hoshim, Abdulla Alvoniy, Elbek, Rafiq Mo'min singari bir-biridan iste'dodli adiblar ma'rifat targ'ibotchilarini ham qatag'on to'lqini o'ziga tortdi. Shuningdek, o'zbek romanchilarining otasi Abdulla Qodiriy, talantli yozuvchi Oybek, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Sayid Ahmad, Shukurullo «Xalq dushmani» deb e'lon qilindi. Ularning asarlari man qilinib o'zlari qamoqqa olinib stalincha lagerlarga jo'natildi.
Bundan tashqari chet elda bo'lib kelgan bir qancha ziyolilarimiz Sattor Jabbor, Solih Muhammad, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova va boshqalar ham asossiz qatag'on siyosatining qurboni bo'ldilar. Ularning ko'plari shu siyosatdan bezib, chet ellarda Vatandan yiroqda qolib ketdilar. Inson taqdiri bilan bu qadar o’ynashish, uni chuqur surishtirmay eng og’ir jazoga mahkum etish - bu totalitar tuzum qonunbuzarligi va qonxo’rligining tipik namunasidir.
Bu insonlar kommunistik siyosat va mafkura yolg’onlariga ishonib, porloq kelajakka umid bog’lab, jonlarini jabborga berib, ter to’kib mehnat qilsalar, o’zlarini sotsializm ishiga bag’ishlasalar-da, biroq buning evaziga undan beadad zulm-sitam ko’rsalar! Respublikada sanoatlashtirish, qishloqda jamoalashtirish, quloqlashtirish yoxud madaniy inqilobni amalga oshirish jarayonida yuz bergan jiddiy xatolar, buzilish va chekinishlardan qattiq aziyat chekkan aholi tabaqalarini hokimiyat organlari ommaviy tarzda quvg’in va ta'qib qilishganligi va turli xil jazolarga tortganligi ham buning asosli isbotidir. Buning oqibatida XX asr boshidan 40-yillarigacha 450 ming vatandoshimizga nisbatan Jinoiy ish ochilganligi, ularning hayoti ostin-ustun bo’lib ketganligi faktdi.r
Yana 30-yillar voqealariga qaytar ekanmiz, bunda shu narsa kishini benihoya ajablantiradiki, u davrda insonni qoralash, uning peshonasiga xalq dushmani tamg’asini bosish tuzum zolimlari uchun xuddi xamirdan qil sug’urganday gap bo’lgan. Hatto shunday hollarga duch kelindiki, respublikalardagi masalan, Xorazm viloyatining Gurlan tumanidagi Begovul qishlog’ida ilmli, yaxshi fazilatlar bilan elda hurmat qozongan, ayollarni o’qitib, savodli qilgan tabarruk onaxon Bibijon Ismoilova bo’lgan. Bu 80 yoshli inson diniy kitob o’qishda ayblanib, qamoqqa olingan. Momo qiynoqlar oqibatida qamoqda olamdan o’tgan. Holbuki, u kishining uyiga qora quzg’unlar bostirib kirgan paytda Bibijon momo hamisha o’qib yuradigan “Axloqi Muhsinin” (Yaxshi xulqlar) kitobini o’qib o’tirar va bu asar go’zal insoniy fazilatlar ta'rifidan hikoya qilardi. U davrda nohaq ayblanib, mushtipar momo singari fojeali qismatga duchor bo’lganlar ko’plab topilardi. Bunday noxush hollardan sarosimaga tushgan, zada bolgan odamlar avvalgidek kitobxonlik qihsh nan tursin, hatto eski kitoblarni qo’lga olishdan hadiksirardilar.
Shunday qilib, mustabid sovet rejimining qatag’onlari respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli fojealar, beadad yo’qotishlar, mahrumliklar bilan to’lib-toshgan davr bo’ldi. U millionlab odamlarning taqdir-qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o’z bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug’ kunlar kelishiga intiqib, kurashib yashadi, u qatliomning har qanday shiddatiga dosh berib, o’z asriy qadriyatlari udumlari, rasm-rusumlari, imon-e'tiqodiga sodiq qola bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil harakatlanishda davom etdi.
5. 20-yillar boshlariga kelib O’zbekiston hududida madaniy qurilishning eng dolzarb vazifalaridan sanalgan sovet ta'lim tizimini shakllantirish ishlari faol boshlab yuborildi. Sovetlar O’zbekistonda yangi ta'lim tizimini yaratishga yo’l tutar ekan, bundan ko’zlagan asosiy maqsadlari o’lkada xalq ta'limi bo’g’inlarini ravnaq top-tirish, yalpisiga xalq savodxonligiga erishish, ilm-ma'rifat chashmalaridan hammani to’la bahramand etish emas, balki eng avvalo, yurt farzandlari ongiga, shuuriga kommunistik g’oyalar va ideallarni chuqur singdirish va shu yo’l bilan o’zlariga quloq qoqmay xizmat qiladigan “mo’min-qobil” avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish edi. Sovetlar avval boshda 0'zbekistondagi murakkab vaziyatni, mahalliy xalq kayfiyati va ruhiyatini, uning o’ziga xos milliy an'analari, islomiy qadriyatlarini bir qadar hisobga olib, bu yerda eski va jadid usulidagi maktablar yoki madrasalaming ham bir vaqtning o’zida faoliyat yuritishiga monelik ko’rsatmadi. Buning orqasida bu o’quv dargohlari navqiron avlodga ta'lim berish, ulug’ bobokalonlar merosi va sharqona odob, axloq ruhida tarbiyalashda o’z ulushini qo’shib bordi. Lekin sovet arboblari va mafkurachilarining bu vaqtinchalik taktikasi uzoqqa bormadi.
Sovet hukumati mahalliy avom xalq ishonchini qozonish, eng avvalo, kambag’allar, yo’qsillar farzandlarini o’qitish, ularni savodli, bilimli qilish uchun o’zining dasturiy maqsadiga javob beradigan sovetcha ta'limni rivojlantirishga asosiy e'tibor berdi. 20-yillarda O’zbekiston hayotidan muhim o’rin olgan birinchi va ikkinchi bosqich maktablari shunday ta'lim berishga mo’ljallangan bilim dargohlari edi. Masalan, 1921-yilda Turkistonda 165645 o’quvchisi bo’lgan 1965 ta 1-bosqich (boshlang’ich) va 6500 o’quvchisi bo’lgan 58 ta 2-bosqich (o’rta) sovet maktablari faoliyat ko’rsatgandi.
1920-yil 17-sentabrda Turkiston ASSR hukumati o’lkada 8 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan kishilarni o’qitish va savodxon qilish to’g’risida dekret qabul qildi. Bundan ko’zda tutilgan maqsad mahalliy xalqni tobora sovetlar siyosati va mafkurasi ta'siriga olish, uning yangi tuzumga xayrixohligini kuchaytirish edi. Shulami hisobga ollb respublikaning turli hududlarida son-sanoqsiz savodsizlikni tugatish kurslari tashkil etilib faoliyat ko’rsatdi. Ularga turli yoshdagi kishilar, erkaklar va ayollar jalb qilinib, o’z savodlarini chiqardilar. Jumladan, 1928 – 1932-yillarda O’zbekistonda jami 700 ming nafar kishi savodsizlik kurslarini tugatgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1933 – 1937-yillarda 1,4 mln. kishini tashkil qildi.
30-yillarga kelib respublikada malakali o’qituvchi kadrlar tayyorlaydigan ko’plab pedagogika institutlari va O’rta maxsus pedagogik bilim yurtlari tashkil qilindi. Bu esa xalq ta'limi tizimi faoliyatini ancha yaxshilashga turtki berdi. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo’lsak, 1928/29 o’quv yilida respublikamizda o’qituvchilar soni 5,5 ming kishiga teng bo’lgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1932/33 o’quv yilida 19 ming kishini, 1941-yilda esa 42 ming kishini tashkil etdi. Garchand bu raqamlar xalq ta'limi tizimida yuz berib borgan muayyan ijobiy o’zgarishlarni ko’rsatsada, biroq bu sohada xuddi shu davrlarda ko’plab jiddiy xato, nuqsonlar, yo’qotishlar sodir etilganligidan ko’z yumib bo’lmaydi.
Sovet hukumati ta'lim tizimini, yangi avlod tarbiyasini to’liq ravishda o’z izmiga bo’ysundirish maqsadida arab alfavitiga asoslangan eski o’zbek yozuvini ham tubdan isloh qilishga kirishdi. Shu maqsadda 1929-yilda arab imlosi asosidagi o’zbek yozuvi tugatilib, undan lotin grafikasiga o’tildi. Bundan ko’p vaqt o’tar-o’tmasdan, 1940-yilga kelib sovetlarning birdan-bir yagona orzusi bo’lgan kirillitsa – rus alfaviti negiziga qurilgan yozuvga o’tildi. Birgina o’zbek yozuvini o’zgartirish borasida qo’llanilgan bunday xatti-harakatlar respublika xalq ta'limining keyingi taqdiri, istiqboli uchun salbiy oqibatlar keltirib chiqardi. Eng achinarlisi, buning natijasida necha asrlar davomida xalq dahosi, buyuk bobokalonlarimiz aql-zakovati tomonidan yaratilgan bebaho ma'naviy manbalar, asarlar, risolalarni o’rganish musnkul muammoga aylanib qoldi. Negaki, ular arab yozuvida bitilgan edida!
Ular tomonidan tayyorlanib nashr etilgan milliy ruhdagi ko’plab o’quv adabiyotlari ham ayni shu yillarda taqiqlab qo’yildi. Yana shuni aytish joizki, shu davrda ommaviy tarzda “sovet ta'limi”ni olib, turli maktab va savodsizlik kurslarini bitirib, zo’rg’a savodini chiqarib endigina hayotga qadam qo’yganlar “ishonchli shaxslar” sifatida topilib, mafkuraviy saralash asosida o’z vazifalaridan chetlatilgan tajribali, bilimdon, professional ziyolilar o’rnini egallab borganlar.
Xullas, sovetlar O’zbekistonda o’z ta'lim siyosatini yuritar ekanlar, bunda birinchi navbatda uning sinfiy mohiyatiga e'tibor berdilar. Binobarin, ular rahnamoligida shakllantirilib, rivojlantirilib borilgan xalq ta'limi tizimi va uning barcha bo’g’inu yo’nalishlari ham shu ruh va mazmun bilan sug’orilgan edi.
Sovetlarning xalq ta'limi oliy va o’rta maxsus sohasida yuritgan siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri, bu oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimini shakllantirish hamda rivojlantirish edi. Har qanday tuzumda bo’lgani singari, sovet hokimiyati ham yangi tuzum g’oyalari va ideallari ruhida tarbiyalangan, unga sadoqat bilan xizmat qdadigan ko’plab yuqori malakali, o’qimishli, ziyoli kadrlarga o’tkir ehtiyoj sezardi.1920-yil sentabrida Toshkentda tashkil etilgan Turkiston Davlat universiteti shu maqsadga yo’naltirilgan edi. Keyinchalik O’rta Osiyo universiteti maqoraini olgan bu oliygoh o’lkada oliy ta'limni rivojlantirish, yuqori mutaxassis kadrlar tayyorlash o’chog’i bo’ldi. Biroq bu o’quv dargohi professor-o’qituvchilarining mutloq tarkibi yevropalik millat vakillaridan tashkil topganligidan, undagi o’qitish tizimi birinchi kundanoq faqat rus tilida olib borildi. Bu esa mahalliy millat yoshlari uchun unga kirib talim olishda jiddiy qiyinchiliklar tug’dirardi. Shuning uchun ham universitet talabalari safida ularning salmog’i juda ozchilikni tashkil etardi. Jumladan, 1923/24-o’quv yilida O’rta Osiyo Davlat universitetida ta'lim olayotgan 2047 nafar talabadan faqat 51 nafari mahalhy millat yoshlari edi, xolos. 1924/25-o’quv yilida bu universitetda 2440 talaba va ishchilar fakultetida 889 yoshlar ta'lim oldi. Keyinroq 30-yillar boshlariga kelib bu bosh oliy o’quv yurti negizida respublikamizda juda ko’plab turli xil yo’nalishlardagi institutlar tashkil etildi va faoliyat ko’rsata boshladi. O’rta Osiyo politexnika (hozirgi Texnika universiteti), Moliya-iqtisod, Tibbiyot, Qishloq xo’jalik, To’qimachilik institutlari, Samarqand Davlat universiteti va boshqalar shular jumlasidandir.
Ayni paytda mahalliy aholi yoshlari orasidan maxsus tanlab olinib, partiya, sovet va xo’jalik organlarida ishlash, sotsialistik qurilish jabhalarida aktiv faoliyat ko’rsatishga da'vat etilgan rahbariy kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratildi. Negaki, hukmron partiyaning “oltin fondi” hisoblangan bunday kardlarni ko’plab tarbiyalab voyaga yetkazish O’zbekiston sovetlar siyosatini to’laqonli o’tkazishda muhim kafolat bo’lib xizmat qilardi-da. Shu maqsadlarni ko’zda tutib 1923-yilda Turkiston kommunistik universiteti ochildi. Unda o’lkaning bo’lg’usi sovet kadrlari “markscha-lenincna” talimot negizlarini qunt bilan egallab bordilar. Shuningdek, bu davrda Turkistonda 2 ta markaziy, 5 ta viloyat va 5 ta uyezd partiya sovet maktablari faoliyat ko’rsatmoqda edi. Ularda o’qiyotgan 1312 nafar tinglovchining 10 foizini xotin-qizlar tashkil etardi.
Moskvadagi Sharq mehnatkashlari kommunistik universitetida esa 1923-yilda 77 nafar turkistonlik yoshlar ta'lim oldi. Ulardan o’zbeklar 24, turkmanlar 24, qozoq-qirg’izlar 29 kishi edi. Shu bilan birlikda oliy va o’rta maxsus ta'lim tizimi oldida ham hali ko’plab jiddiy muammolar ko’ndalang bo’lib turardi. Oliy ta'lim tizimidagi o’qish jarayoni asosan rus tilida olib borilardi. Maxsus o’quv qo’llanmalari, darsliklar, boshqa o’quv-uslubiy jihozlar milliylik, yurtning o’ziga xoslik jihatlaridan nihoyatda uzoq bo’lib, ular asosan Markazdan tayyorlab yuborilardi. Mahalliy professor-o’qituvchilar tarkibi nihoyatda kam bo’lganligi bois ko’pchilik fanlar va predmetlarning o’qitilishi asosan yevropalik olimlar tasarrufida edi. Buning ustiga 30-yillarda avjiga mingan stalincha qatag’onlik shamshiri ko’proq milliy kadrlar boshida sindiki, bundan respublika ta'lim tizimining barcha bo’g’inlari katta ziyon-zahmat chekdi, ancha mahrum-liklarga duchor bo’ldi.
Garchand O’zbekistonning sovetlar hukmronligi davri ilm-fani ahvoli, uning o’sishi, o’zgarishi ko’plab murakkab, ziddiyatli jarayonlar silsilasida kechgan bo’lsada, biroq bu hol bir qator o’z xususiyatlari va asosli omillariga egadir. Avvalo, ilm-fanga, ma'rifatga intilish millatimizga xos azaliy ota meros an'anadir. Jahonga tengi yo’q allomalarni bergan xalq har qanday og’ir, mushkul vaziyatlarda ham ilm mash'alini qo’lda mahkam tutib, uni rivojlantirishga intilib kelgan. Binobarin, sovetlar davri, qatag’onlik yillari ham bundan mustasno emas, albatta. Shu bois sovetlarning madaniy qurilishi doirasida bo’lsa ham respublikaning ilmiy salo-hiyati o’sish va rivojlanishda davom etdi.
1940-yil 9-yanvarda O’zbekiston XKS (hukumati) huzuridagi Fan qo’mitasi negizida SSSR FAning O’zbekiston filiali ta'sis etildi. O’sha kezlarda uning tarkibida 75 ta ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari mavjud edi. Ular 3024 nafar ilmiy xodimlarni o’z safiga o’zlashtirgandi. Bularning 109 nafari fan doktorlari, 510 nafari fan nomzodlari edilar.
1927-yil 8-mart kuni bolgan ko’plab mitinglarda minglab xotin-qizlar paranjilarini tashlashdi. Bularning orasida kommunistlarning ham xotinlari bor edi. Lekin, ular ertasiga yana paranjini yopinishga majbur qilindi.
Shunga qaramay “Hujum” harakati dastlab ancha sezilarli yutuqlarga erishib bordi. 1927-yil bahoriga keiib 100 ming ayol paranji tashladi. Ming-minglab ayollar korxonalarga, qishloq, tuman kengashlariga, sud tizimiga ishga tortildi. Ular orasidan ko’plab traktorchilar, brigadirlar, kolxoz raislari, klub va kutubxona mudirlari tayyorlandi. Jumladan, 1927 – 1929-yillarda sudlarning xalq maslahatchilari orasida o’zbek ayollari 563 kishiga yetdi. 1926-yilda birgina Toshkent va Farg’ona viloyatlari “Qo’shchi” uyushmalarining 4900 ayol a'zolari bor edi. 1927-yil davomida 7169 ayol kasaba uyushmalariga a'zo bolib kirdi. 5916 ayol matlubot kooperatsiyalariga a'zo boldi, 2343 xotin-qizlar davlat organlariga saylandi.
1927 – 1928-yillarda “Hujum” harakati yanada keng quloch yozdi. Xotin-qizlarni savodsizlikni tugatish kurslariga jalb etish, ularning farzandlari uchun yasli va bog’chalar ochish tadbirlari ko’paydi. Paranji tashlagan ayollar uchun 32 ta savodsizlikni tugatish maktablari tashkil qilindi.
Biroq bu sohadagi ishlar partiya organlari tomonidan bo’rttirib ko’rsatildi. Amalda esa bu jarayon ko’p hollarda joylarda to’xtab qoldi. Bu borada qollanilgan zo’rlash, majburlash yo’li va usullari o’zining salbiy natijalarini bermasdan qolmadi. Natijada hatto 10-15 yashar qizlarni ham erga berib yuborish hollari ro’y berdi.
Joylarda xotin-qizlarni oldirish hollari ko’plab ro’y berdi. 1927 – 1928-yillarda 2,5 mingdan ortiq faol ayollar yovuz kuchlar qurboni boidi.
“Hujum” harakatining o’sib borishi davomida 1937-yilga kelib 273637 nafar o’zbek xotin-qizlari savodsizlikni tugatish kurslarini muvaffaqiyatli bitirdilar. Ayol ishchilar va xizmatchilar soni 1940-yilda 232 ming kishiga yetdi. Bu esa butun respublikadagi ishchilarning 40,7 foiziga teng edi. Ular tikuvchilikda 82,3, qandolatchilikda 65,5, to’qimachilikda 8 foizni tashkil etardi.
Shu bilan birlikda bu mavsumiy harakat ko’pgina sal-biy oqibatlarning yuz berishiga ham sabab bo’ldi. Bu jarayonni o’tkazishda yo’l qo’yilgan jiddiy xato va kamchiliklar, xalqning asriy udumlari, o’zbek ayollariga xos sharqona odob, axloq tamoyillarining buzilishi, bu nozik sohada odamlarning or-nomusini mensimaslik hollari real hayotda ko’plab fojeali voqealarni keltirib chiqardi.
Eng achinarhsi shuki, “Hujum” harakatida faol ishtirok etib, unda tashabbuskor bo’lgan, butun borlig’ini, ongli hayoti, faohyatini sotsializm ishiga, partiyaning yolg’on, soxta g’oyalarining chinligiga ishongan qanchalab ilg’or xotin-qizlar keyinchalik stalincha qatag’onlik qurboni bo’ldilar. Bunga o’zbek xotin-qizlari ozodligi kurashining otashin namoyandalari – Tojixon Shodiyeva, Sobira Xoldorova, Xosiyat Tillaxonova, Maryam Sultonmurodova, Xayriniso Majidxonova singarilarning fojeali va tahlikali kechgan nochor qismatlari to’la misol bo’la oladi.
Odamlar ongiga kommunistik g’oyalarni singdirishdan iborat maqsadga erishishda joylarda “Xudosizlar jamiyatlari” tuzilib, ular orqali diniy e'tiqod va tasavvurlarga qarshi, uning pokdomon peshvolariga qarshi hujumkor ateistik kurash, tashviqot va targ’ibot avj oldirildi. Buning oqibatida yurtning ilg’or ziyolilari bo’lgan qancha-qanchalab ruhoniylar, eshonu mullalar, ulamoyu fuzalolar ayovsiz ta'qibu quvg’inlarga duchor etildi yoxud qirg’in qilindi. Ularning ko’plari jonlarini hovuchlab, oila, bola-chaqasi bilan ne azobu uqubatlarni boshdan kechirib, uzoq xorijiy yurtlarga bosh olib ketish-ga majbur bo’ldilar.
O’zbek xalqining ko’plab yurtparvar ziyolilari fidoyilik namunalarini ko’rsatib, barcha qiyinchiliklarga bardosh berib respublikaning madaniy hayotida faol qat-nashdilar.
1937-yilda Moskvada o’tkazilgan birinchi o’zbek san'ati va adabiyoti dekadasi xalqimiz madaniyatining yorqin ko’rigi bo’ldi. Unda “Gulsara”, “Layli va Majnun” operalari, “Farhod va Shirin” musiqali dramasi va boshqa sahna asarlari katta mahorat bilan namoyish etildi.
30-yillarda O’zbekistonda yangidan kino san'ati shakllanib bordi. Uning yorqin ifodasi sifatida shu davr-da yaratilib ekranlarga chiqarilgan “Asal”, “Qasam”, “Ravot qashqirlari”, “Azamat” singari filmlarni tilga olib o’tish joizdir. Bu davrda o’zbek adabiyoti ham jiddiy hayotiy sinovlar jarayonini boshdan kechirdi. O’zining boy tarixiy an'analariga ega bo’lgan bu adabiyot xalq ruhining ko’zgusi sifatida uning ma'naviy hayotini tashkil qilishda, zamon muammolarini idrok etish hamda hal etishda o’z hissasini qo’shib bordi. Sovetlar insonlarning ongi, shuuriga ta'sir etish, ularni ma'nan va ruhan tarbiyalashda adabiyot va san'atning o’rni va roh beqiyosligini hisobga olib, uni yangi sotsialistik qurilish xizmatiga faol jalb etishga intildilar. Ularning nazarida adabiyot kuchli mafkuraviy qurol sifatida yangi tuzumni mustahkamlashga xizmat qllishi, millionlar ommasini shunga da'vat etmog’i kerak edi. VKP(b) MKning 1925-yil 18-iyunda qabul qilgan “Partiyaning adabiyot sohasidagi siyosati to'g’risidaр nomli qarorida shu ruh, g’oya aks ettirilgan. 
2. Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston xalq xo’jaligining tinch qurilishga o’tishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan bo’lsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki o’rtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi.
Urushdan so’ng fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga katta hissa qushgan O’zbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xo’jaligini tinch qurulish yo’liga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi.
Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron bo’lgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham g’arb davlatlari bilan xamkorlik qilish zarurligini ko’rsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qo’rg’on” bilan ajratib mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahqum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilg’or tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. O’zbekiston urushdan keyingi yillarda o’z xalqining arzon kuchidan, boy xom ashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga bo’ysundirilgan respublika iqtisodietini urushdan oldingi darajaga etkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda o’zbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatligi va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi.
Iqtisodiyot oldiga qo’yilgan eng muhim vazifalar O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946-yil avgusgida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946 – 1950-yillarga mo’ljallangach rejada belgilandi. Bunga ko’ra, xalq xo’jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 ming so’m kapital mablag’ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari respublika iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e`tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va o’rta hajmdagi elektrostantsiyalar, shu jumladan 300 ming kv. soat kuchga ega bo’lgan Farhod suv elektr stantsiyasi ishga tushirildi. Bu stantsiya sobiq ittifoqda uchinchi o’rinda bo’lib, urushgacha O’zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr kuvvatiga teng quvvat beradigan bo’ldi. Bir yillik rejada paxtaning yalpi hajmini 1, 2 mln. t. ga yetkazishga qaror qilindi. Qisqa davr oralig’ida 20 – 30-yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa, ikkinchi jahon urushi davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan O’zbekiston xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirish yo’lida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko’paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko’p edi. Sanoatning xalq xo’jaligidagi salmog’i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo’zsuv-2 elektrostantsiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
O’zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya`ni o’lkani xom ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo’ysundirildi. Sovet hukumatining 1946-yil 2-fevraldagi O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi qarori O’zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo’ldi.
Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xo’jaligida ayniqsa, paxtachilikda qiyinchilik bilan o’tdi. O’zbekistonda paxtachilikni rivojlantirish to’g’risida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan o’nlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947 – 1948-yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949 yiddan boshlab ahvol birmuncha o’zgardi. 1950-yili 2 mln. 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 tsentnerga yetdi. 1950-yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so’m, ya`ni avvalgidan ikki baravar ko’p haq to’landi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida g’alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga etmadi.
Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba`zi ijtimoiy masalalarga ham e`tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o’tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik iste`mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug’dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx-navo xali ancha yuqori edi. 1950-yili O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarli ikki barobar qimmat edi.
Keng iste`mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan bo’ldi natijada respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi.
Respublika aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq axolisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o’rtacha 20 so’mni tashkil qilgan holda, bu ko’rsatkich ishchilarda 64 so’m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo’jalikni tiklash va rivojlantirishning’ asosiy og’irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O’zining bog’ va mevalari bilan mashhur bo’lgan O’zbekiston aholisi haddan tashqari ko’p olinadigan soliq tufayli bog’laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko’ra mol boqib foyda ko’rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo’jaliklari foydasiga olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda shaxsiy xo’jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi. Bunday zo’ravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, o’tkinchi holat deb tushuntirildi.
50 – 60-yillarda qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish va shu asosda paxta va g’alla yetishtirishni ko’paytirish choralari ko’rildi. O’zbekistonda uch yil ichida (1953 – 1955-yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956-yili Mirzacho’lning o’zida sug’oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi.
Shu yillarda Markaziy Farg’onani o’zlashtirish munosabati bilan Katta Farg’ona kanali qayta ta`mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog’i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho’l magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1960-yili respublikada sug’oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o’g’itlardan foydalanishga katta e`tibor qaratildi. Respublikada 1951-yilda 0,9 mln. tonna mineral o’g’it ishlatilgan bo’lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G’o’za barglarini to’kish va zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan o’ta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va boshqa) dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish aholi sog’ligiga ta`sir qildi.
Dunyo bo’yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr. dan, AQSh da 800 gr. dan to’g’ri kelgan bo’lsa, respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 1989-yil 25 – 45 kg. dan to’g’ri keladi. Respublika bo’yicha bo’lsa, bu har bir kishiga 7-8 kg. ni tashkil etdi.
Paxta xom ashyosi yetishtirish 1946 – 1985-yillarda 5,5 baravar ko’paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966 – 1986-yillar mobaynida O’zbekiston qishloq xo’jaligiga 45 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, shundan 17,1 mlrd. so’mi sug’orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga yer o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan yerlarda yangi sovxozlar 160 tani tashkil etgan bo’lsa, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln. tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.
Qishloq xo’jaligining ekstensiv yo’ldan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sug’orish texnologiyasiga qo’pol aralashuvi og’ir ekologik va boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
1985-yilga keliboq respublikada 900 ta sug’orish tarmog’i, 92 ming gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd. m3 hajmda suv to’playdigan 23 ta suv omborlari mavjud edi. 70 – 80-yillarda suvning tabiiy muvozanatining buzilishi yer, suv, hattoki, havoning zaharlanishiga olib keldi.
Mavjud suv zaxirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning o’zlashtirilishi, tog’ yonbag’irlariga ekin ekilishi, o’rmonlarning shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va ko’l suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Orol dengizi yaqin o’tmishda dunyodagi eng katta ko’llardan hisoblanib, baliqchilik, ovchilik, transport sohasi yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Biroq bir avlod umri davomida bu dengiz quridi. Bir mustabid tuzum rahbariyatining respublikadagi paxta yakkahokimligi siyosati, ma`muriy buyruqbozlikka asoslangan sovetcha iqtisodiyot Orol atrofida favqulodda halokatli ekologik xatarni keltirib chiqardi.
Orol dengizining qurishi 1960 – 1970-yillarda yiliga 18 sm, 1971 – 1980- yillarda 53 sm, 1981 – 1985-yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa 87 sm. ga yetdi. 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz hajmi 3 baravar qisqardi, dengiz o’z qirg’og’ida 75-80, ba`zi joylarda 100 km ga chekindi. 1980-yillarning boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to’xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi.
Sanoat va qishloq xo’jaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush ahvolida deyarli o’zgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas, balki umuman olganda mehnat sharoiti eng og’ir bo’lgan o’zbek paxtakorlarining turmush darajasi achinarli ahvolda bo’ldi.
O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari «sotsializm uzil-kesil g’alaba qilgan» davrda aholining jon boshiga hisoblaganda quyidagicha edi: go’sht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28, sabzavot va poliz mahsulotlari 66 kilogrammdan go’g’ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining iste`mol darajasi bu o’rta xisobdan ko’ra yana ham achinarli edi.
Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo’jaligining boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, g’alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan noto’g’ri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug’oriladigan yerlarda tomorqa hajmi 25 sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu ko’rsatkich joylardagi rahbarlarning o’zboshimchalig’i bilan 10 sotihgacha, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq aholisining turmush darajasini g’oyat og’ir qilib qo’ydi.
1990-yil boshiga kelib respublikada 9 mln. yoki respublika aholisining 45 foizi jon boshiga hisoblaganda oyiga 75 so’mdan kamroq daromadga ega edi. Bu esa kun kechirish uchun zarur bo’lgan eng past darajadagidan ham kamdir. 80-yillarda kundalik hayotda hammaga kerak bo’lgan mebel garnituri, xolodil’nik, sifatli changyutkich topish muammoga aylanib qoldi.
Sovet davlati dasturlarida asosiy mablag’lar va vositalar g’arbiy hududlarga yo’naltirilgan bo’lib, Sharqdagi hududlar, jumladan, O’zbekiston o’z mablag’larigagina tayana olardi. Buning ustiga yuqoridan tiqishtirilgan baynalmilallik tamoyiliga ko’ra O’zbekiston xo’jalikni tiklashdagi, aholini oziq-ovqat va iste'mol mollari bilan ta'minlashdagi tanqisliklarga, malakali ishchi va mutaxassislar yetishmasligiga qaramay, g’arbiy viloyatlarga har jihatdan yordam berishga majbur qilinar edi. O’zbekiston aloqachilari Dnepropetrovsk viloyatiga 300 mutaxassis, Toshkent temir yo’lchilari g’arbdagi temir yo’llarda ishlash uchun 230 kishi yubordiiar. O’zbeikiston, Qozog’iston, Turkmaniston respublikalari, Rossiyaning sharqiy viloyatlari, Chuvashiston, Tatariston va Boshqirdiston avtonom respublikalari, Ukrainaga 5000 traktor, 300 avtomashina, 500 traktor, piug va ko’p miqdorda boshqa qishloq xo’jalik mashinalari yetkazib berdilar. Donbass shaxtalarini qayta tiklashga O’zbekiston nasoslar, kompressorlar, ko’targich kranlar, elektr kabellari va boshqa uskunalar yubordi. Markazning O’zbekistonni asosiy paxta bazasi sifatida qoldirishdan iborat yo’li qat'iy edi. Shu bois urushdan keyin respublikadagi mashinasozlik zavodlari qurol-aslaha va boshqa harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishdan qishloq xo’jalik mashinalari ishlab chiqarishga moslab qayta jihozlandi. “Tashselmash”, “O’zbekselmash”, “Krasniy dvigatel”, “Pod'yomnik” va boshqa mashinasozlik zavodlari pax-tachilik hamda irrigatsiya qurilishi uchun mashinalar, tirkama uskunalar, kultivatorlar, o’g’itlagichlar, chigit seyalkalari, g’o’zapoya yuluvchi, ko’sak teruvchi mashinalar, ekskvatorlar, buldozerlar ishlab chiqarishga moslashtirildi. Kimyo sanoati korxonalari mineral o’g’itlar ishlab chiqarishga moslab qayta qurildi. Yengil va oziq-ovqat sanoati xalq iste'mol buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirdi.
O’zbekiston rahbariyati Markaz tomonidan real imkoniyatlardan kelib chiqmagan, texnika vositalari va moliyaviy resurslar tanqisligiga qaramay oshirib belgilangan ko’rsatkichlarni e'tirof etishga majbur bo’ldi va respublikada amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilab chiqdi. Bu vazifalar respublika Oliy Kengashining 1946-yil avgustida tasdiqlangan “O’zbekiston SSR xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirishning 1946 – 1950-yillarga mo’ljallangan 5 yillik rejalari to’g’risidagi qonun”da o’z ifodasini topgan. Rejada respublikada sanoat mahsulotlarini 52 foizga ko’paytirish ko’zda tutilgan edi. Paxtachilikni, xususan, paxta yig’im terimini kompleks mexanizatsiyalashni tugallash kabi noreal vazifalar qo’yilgan edi. O’zini hamma narsalarni qilishga qodir deb hisoblovchi partokratiyaning kabinetlarida o’tirib belgilangan bu ko’rsatkichlarga erishib bo’lmasligi ko’rinib turardi, amalda ham shunday bo’ldi, rejalar bajarilmay qoldi.
Yengil sanoat o’sib bordi. Farg’ona va Qo’qonda yangi to’qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip yigirish fabrikalari qurilib ishga tushirildi. 1941-yilda 107 mln. metr ip gazlama ishlab chiqarilgan bo’lsa 1945-yilda 85 mln. metr, 1950-yilda 161 mln. metr ip gazlama tayyorlandi. 1950-yilda 552 rning ustki kiyim, 8427 ming ichki kiyim, choyshab, yostiq jildi kabi trikotaj buyumlari ishlab chiqarildi. 
Transport tarmoqlari va yuk tashish ancha kengaydi. O’zbekistonning Xorazm viloyati, Turkmaniston va Qoraqalpog’iston hududlarini bog’lovchi Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’l magistralining qurilishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Toshkentda 29 km uzunlikdagi dastlabki trolleybus yo’li ishga tushirildi. 1950-yilda 2070 km uzunlikdagi temir yo’l, 28,7 ming km uzunlikdagi avtomobil yo’llari, 814 ta pochta, telegraf va telefon korxonalari aholiga xizmat ko’rsatdi.
Sanoat korxonalarini malakali ishchilar va mutaxassislar bilan ta'minlash choralari ko’rildi. Ishchilar tayyorlash hunar maktablari, fabrika zavod ta'limi tarmoqlari, temir yo’l bilim yurtlari, shuningdek, korxona va muassasalarning o’zlarida tashkil etilgan kurslar orqali amalga oshirildi.
Respublika dehqonlari qishloq xo’jaligini, ayniqsa paxtachilikni tiklashga va rivojlantirishga katta kuch sarfladilar. Bu sohadagi majburiy ko’rsatmalar SSSR XKS va VKP(b) MQning 1945-yil 15-iyuldagi “O’zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g'risidaрgi va SSSR XKSning 1946-yil 2-fevraldagi “1946 – 1953-yillarda O’zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to’g'risida”gi ketma-ket qabul qilingan qarorlarida belgilab berilgan edi. Tub aholi manfaatlariga mos bo’lmagan, paxta monokulturasini yanada kuchaytirishga qaratilgan bu qarorlarni O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1945-yil sentabrida bo’lgan XIII plenumi muhokama qilib, Markaz ko’rsatmalarini o’ziga dasturulamal deb hisobladi va ularni bajarish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqildi. Qishloq xo’jaligida paxta ekiladigan maydonlarni yildan-yilga ko’paytirish asosiy vazifa bo’lib qoldi. Paxta va beda almashlab ekish uchun ajratiladigan sug’oriladigan maydonlarni 1945-yildagi 947 ming gektardan 1947-yilda 1287 ming gektarga, 1953-yilda 1500 ming gektarga yetkazish belgilangan edi. Ayni paytda g’alla, qand lavlagi, poliz va sabzavot ekiladigan maydonlar qisqarib bordi.
O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirish uchun mablag’larning katta qismi paxtachilikka ajratildi va uning bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parki ancha ko’paydi, kolxozlarga texnik xizmatni ko’rsatuvchi MTSlar soni 245 taga yetdi, ulardagi traktorlar soni 1950-yilda 29,5 mingtani, paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkil etdi. Respublika qishloq xo’jaligining yuk avtomobillar parki 1950-yilda 7934 ta yuk avtomobillari va avtotsisternalarni tashkil etdi.
1950-yil avgustida bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning VI plenumi qarorlari asosida kolxozlar yiriklashtirildi. O’zbekiston SSRdagi 1777 ta mayda kolxoz o’rniga 1950-yil avgustida 752 ta yirik kolxoz vujudga keldi.
Sovxozlar, kolxozlar, MTSlarni rahbar xodimlar va mutaxassislar bilan mustahkamlash choralari ko’rildi. 1947-yilda Toshkentda va Samarqandda ochilgan ikki yillik kurslar kolxoz raislari va brigadirlarni tayyorlab berib turdi. Samarqand qishloq xo’jaligi institutida MTS direktorlari va tuman qishloq xo’jalik bo’limlari mudirlarining malakasini oshirish 1 yillik kurslari ishlab turdi. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jahgini mexanizat-siyalash muhandislari instituti qoshida MTSlarning katta mexaniklari malakasini oshirish bir yillik kurslari ochildi. 1947-yilning kuzida Toshkentda agronomlar tayyorlaydigan uch yillik maktab tashkil etildi. Bu o’quv tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jalik oliy va O’rta maxsus o’quv yurtlari, kolxoz, sovxoz, MTSlarni malakali rahbar va mutaxassislar bilan ta'minlashda ijobiy rol o’ynadi. MTS direktorlari orasida oiiy va O’rta ma'lu-motlilari 1944-yilda 36 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1949-yilda 57,9 foizga yetdi.
Respublika dehqonlari g’alla yetishtirish, bog’dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish sohasida ham ter to’kib mehnat qildilar. Ammo 1950-yilda ham bug’doy, arpa, guruch, kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirish urushdan oldingi darajadan ancha past bo’ldi. Masalan, 1940-yilda 280,1 ming tonna, urush yillarida bundan ham ko’proq bug’doy yetishtirilgan bo’lsa, 1950-yilda atigi 200,7 ming tonna bug’doy tayyorlandi. Buning asosiy sababi bunday mahsulotlarni yetishtirish uchun sug’oriladigan ekin may-donlarining qisqartirilishi, bu sohaga yetarli moliyaviy va texnika vositalarining ajratilmasligi edi.
Urushdan keyingi yillarda maktab yoshidagi barcha bolalarni maktablarga to’la jalb qilish tadbirlari amalga oshirildi. Urush yillarida harbiy muassasalarga berilgan maktab binolari xalq maorift organlariga qaytarib berildi. Ular qayta ta'mirlanib bolalarga talim-tarbiya berish ishlari yo’lga qo’yildi. 1950-yilda 37 oliy o’quv yurtida 40 ming talaba o’qidi, bu 1940-yilga nisbatan ikki baravardan ko’p edi.
Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq boshlangan qishloq aholisini yerdan mahrum qilish jarayoni urushdan keyin ham davom etdi. 1946-yil sentabrida VKP(b) MQ va SSSR hukumatining “Kolxozlarda qishloq xo’jalik ustavining buzilishini tugatish choralari to’g’risida” qarori e'lon qilindi. Qishloq xo’jaligi bilan aloqasi bo’lmagan 1300 ta tashkilotga yordamchi xo’jalik sifatida berib qo’yilgan 6 ming gektar yerni kolxozlarga qaytarish, kolxozlardagi boshqaruv apparati shtatidan 51 ming kishini qisqartirish kabi ijobiy ishlar bilan birga jiddiy xatoliklarga, adolatsizlikka yo’l qo’yildi. Kolxozlar manfaatlarini himoya qilish bayrog’i ostida respublika qishloqlarida istiqomat qilayotgan 50 ming kolxozchi oilasi qo’lidagi tomorqa yerlaridan 25 ming gektari ustavda belgilanganidan “ortiqcha” deb tortib olindi. Kolxoz hududida yashagan, ammo unga a'zo boimagan 20 ming xo’jalikning go’yo “qonunga xilof” ravishda egallagan 2,5 ming gektar yerlari ham tortib olindi. Qishloq aholisini yerdan mahrum etish jarayoni 50-yillarda ham davom etdi. Bu tadbirlar turmushi nochor bolgan qishloq aholisining ahvolini yanada og’irlashtirdi. Bunday adolatsizlikka hech kim qarshi chiqa olmadi. Qishloq xo’jalik artelining odamlardan so’ramasdan tuzilgan nizomini o’zgartirishni, nizom qoidalarini qishloq aholisining manfaatlariga moslashtirishni respublika rahbariyati ham, qishloq aholisining o’zi ham ko’tarib chiqa olmadi
50 – 80-yillarda 7-Shahirixon GESi, ikkita Namangan GESlari, ikkita Bo’zsuv GESlari, Chorvoq GESi, Xo’jakent GESi qurilib ishga tushirildi. O’zbek va tojik xalqlari birgalikda Tojikiston hududida O’rta Osiyoda eng yirik Qayroqqum GESini, Xisrav GESini qurib ishga tushirdilar. Gaz bilan ishlaydigan Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo, 2-Angren GRESlari qurilib ishga tushirildi.
1985-yiIda O’zbekiston elektrostansiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln. kilovatdan ortdi. Shu yili 47,9 milliard kilovatt soat, ya'ni 1940-yilga nisbatan 100 baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko’p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgich liniyalari qurilishi kengaydi. Respublikaning barcha elektr stansiyalari O’zbekiston yagona energosistemasiga ulandi. Shuningdek, O’zbe-kiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarining yirik elektr stansiyalari Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada sanoat, qurilish, transport, qishloq xo’jaligini elektriashtirish ancha kengaydi, xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash yaxshilandi.
Qishloq xo’jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo’jaliklarni elektr energiyasi bilan ta'minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari, mineral o’g’itlar yetkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985-yilda kolxoz va sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinalari va boshqa turdagi texnika vositalari bor edi.
Paxta monokulturasi Respublika qishloq xo’jaligida paxta monokultura sifatida rivojlantirildi. 1950-yilda 1,1 mln. gektar yerga g’o’za ekilgan bo’lsa, 1985-yilda qariyb 2 mln. gektar yerga g’o’za ekildi. Paxta xom ashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4 mln. tonnaga yetdi. Hosildorlik har gektar hisobiga 20,1 sentnerdan 27,0 sentnerga ko’tarildi.
Markaziy hokimiyat Ittifoq mehnat taqsimotida, yagona xalq xo’jaligi kompleksida O’zbekistonning asosiy o’rni paxtachilik ekanligini qafiy belgilab qo’ygan edi. O’zbekistonga og’ir vazifa - SSSRning xalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta'minlash vazifasi yuklatilgan edi. Mana shu boisdan paxta O’zbekistonda monokulturaga, ya'ni hukmron tarmoqqa aylandi. 1985-ilda respublika paxta maydonlari barcha ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallar edi. Andijon, Farg’ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida esa uning salmog’i 70-75 foizga yetardi.
Paxta og’ir va mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilardi, dehqonlar ter to’kib ishlardi, biroq mehnatiga yarasha haq olmasdilar. Negaki, birinchidan, paxta xom ashyosiga kam xaq to’lanar edi, ikkinchidan, paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar tayyorlash asosan boshqa mintaqalarda amalga oshirilardi, daromadning ko’p qismini tayyor mahsulotlar tayyorlovchilar olardi, xom-ashyo yetishtiruvchilar nochor ahvolda qolaverdi.
O’zbekiston qishloq xo’jahgida makkajo’xori, bug’doy ham yetishtirilardi. 1970-yillarda barcha viloyatlarda 18 ta ixtisoslashgan makkajo’xorichilik sovxozlari tashkil etildi va makkajo’xori yetishtirish sezilarli darajada ko’paydi.
Biroq 80-yillarning o’rtalarida bu tarmoqqa e'tibor kamaydi, makkajo’xori ekishga ajratilgan ekin maydonlari keskin kamaytirildi. Natijada, makkajo’xori yetishtirish pasayib, 1985-yilda atigi 443,1 ming tonnaga tushib qoldi. Sersuv va jazirama issiq bo’ladigan joylarda sholi yetishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq, Ohangaron, Sirdaryo bo’ylarida ekilardi. O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Ministrlar Kengashi 1978-yil noyabrida sholi yetishtirishni yanada ko’paytirish to’g’risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq Amudaryoning quyi qismida - Qoraqalpog’iston ASSR va Xorazm viloyatida ancha yerlar o’zlashtirildi va ixtisoslashtirilgan maxsus sholikorlik sovxozlari tashkil etildi. Birgina Qoraqalpog’istonda sholikorlikka ixtisoslashtirilgan sovxozlar soni 19 taga yetdi. 1960-yilda Qoraqalpog’istonda 3,6 ming tonna sholi tayyorlangan bo’lsa, 1983 yilda 332,3 ming tonna sholi tayyorlandi. Sholi yetishtiriladigan asosiy hududlardan ikkinchisi Xorazm viloyatidir. 1960-yilda Xorazm viloyatida 13,6 ming tonna sholi yetishtirilgan bo’lsa, 1985-yilda 117,9 ming tonna sholi tayyorlandi. Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham sholi yetishtirish ancha ko’paydi. 1985-yilda respublika bo’yicha 482,9 ming tonna sholi tayyorlandi, bu 1970-yilga nisbatan 2,6 marta ko’p edi.
Respublikada bug’doy, arpa yetishtirish imkoniyatlari katta, ammo bu imkoniyatdan foydalanilmadi, bug’doy ekish uchun sug’oriladigan yer ajrattlmadi.
Keyingi yillarda sitrus mevalar yetishtirish rivojlandi. Xalq seleksioneri Zayniddin Faxriddinov Toshkent viloyatida katta limonariya yaratdi. Termiz tumanida barpo etilgan “Navro’z” limonariyasining maydoni 50 gektarga yetdi. Aholining limonga bo’lgan ehtiyojining katta qismi respublikada yetishtirilgan limon bilan qoplanadigan bo’ldi.
1961-yilda respublikada 116,5 ming gektar mevazor, 46,4 ming gektar uzumzorlar bo’lgan bo’lsa, 1985-yilda ularning maydoni ancha kengayib mevazor bog’lar 206,1 ming gektarni, uzumzorlar 133,4 ming gektarni tashkil etdi. Shu yillarda meva yetishtirish 152,2 ming tonnadan 633,0 ming tonnaga, uzum tayyorlash 223,6 ming ton-nadan 635,6 tonnaga ko’tarildi.
Barcha viloyatlarda, ayniqsa yirik shaharlar atrofida kartoshka, sabzavot yetishtirish yolga qo’yildi.
70-yillarning ikkinchi yarmida davlat va kolxozlar mablag’lari hisobiga 45 ming sigir boqiladigan sutchilik komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go’shtchilik komplekslari va ochiq maydonda 190 ming bosh qoramol boqiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan komplekslar qurildi. 1985-yilda xo’jaliklar 4,1 mln. bosh qoramol, shu jumladan, 1,6 million sigirlarni boqib mahsulotlar yetishtirdi. 1982-yilda chorvachilik, cho’chqachilik va sutchilik komplekslari soni 82 taga yetdi.
60 – 70-yillarda parhez parranda go’shti, tuxum ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik parrandachilik komplekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish, ko’'paytirish, tuxum va go’sht yetishtirish ishlari mexanizatsiyalashtirildi. 1985-yilda respublikada 33,5 mln. tovuqlardan qariyb ikki mlrd. dona tuxum olindi, bu 1960-yildagiga nisbatan to’rt marta ortiq edi. 
O’zbekistonda sobiq Ittifoq bo’yicha yetishtirilgan pillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi. 1985-yilda xo’jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilgan pilla 32,2 ming tonnaga yetdi. Shuningdek, yihga o’rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi. Amudaryo, Sirdaryo va Orol dengizi qirg’oqlarida andatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitildi va mo’ynalar tayyorlandi. Baliqchilik xo’jaliklari 1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar.
O'zbekistonda yirik gaz industriyasi bunyod etildi. Gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yirik gaz konlarining izlab topilishi va o’zlashtirilishi bilan bog’liq ravishda yuksalib bordi. 50-yillarning ikkinchi yarmida “O’zbekneftegazrazvedka” tresti amalga oshirgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida 1956-yili gaz zahiralari 500 milliard kubometrga teng bo’lgan, foy-dalanishga eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O’rtabuloq, Qultak, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Sariatosh, Qorovulbozor neft va gaz konlari topildi.
O’zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko’plab boy tabiiy gaz konlarining topilishi va o’zlashtirila boshlanishidan behad xursand bo’ldilar. Har bir oila o’z xonadonida “zangori yoqilg’i”dan foydalanishni orzu qilardi. Ammo o’zbek xalqi respublikamiz hududida topilgan gaz konlariga xo’jayin emas edi, ularning xo’jayini uzoqda - Moskvada edi. O’zbekiston gazidan qanday foydalanishni Markaziy hokimiyat kabinetlarida o’tirganlar belgilardi. Markaziy hokimiyat O’zbekiston gazidan Uraldagi, SSSRning Yevropa qismidagi shahar va posyolkalarni, korxona va xonadonlami gazlashtirishda foydalanishga kirishdi.
Respublikamizda mo'1-ko'l bo’lgan gaz, neft, oltin-gugurt, ozokrit, osh tuzi, ohak, grafit, rangli metallurgiya chiqindilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan hosil bo’ladigan chiqindilar kimyo sanoati uchun boy xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Kimyo sanoatida minerai o’g’it ishlab chiqarish yetakchi o’rinda turar edi. Shu maqsadda 50-yillarda Samarqand superfosfat zavodi, 1962-yilda Farg’ona azot o’g’iti zavodi, 1965-yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969-yilda Olmaliq kimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 70-yillarda Olmaliq va Samarqand zavodlarida mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar bunyod etildi. 1985-yilda respublika kimyo korxonalarida 7,8 mln. tonna mineral o’g’itlar ishlab chiqarildi, bu 1960-yildagidan 7 marta, 1950-yildagiga nisbatan 15 marta ortiq edi. Respublika qishloq xo’jaligi mineral o’g’itlar bilan ta'minlandi va boshqa respublika, viloyatlarga o’g’itlar chiqarildi.
Rangli metallurgiya respublika sanoatining yetakchi tarmog’i hisoblanadi. 50-yillarda Olmaliq - Angren tog’ sanoati rayonida mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni topildi, ularni o’zlashtirish jarayonida yirik Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bunyod etildi.
Respublikada 50 ga yaqin simob va surma konlari, Angrenda zahirasi 10 milliard tonnaga yaqin bo’lgan kaolin, gili koni topildi, ularni o’zlashtiruvchi korxonalar qurildi.
O’zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg’ona vodiysidagi daryo o’zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin tarkibli kvars tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog’ boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi. “O’zbekoltin” birlashmasi tuzilgach, uning tarkibida Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi.
Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog’ini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo’jaligi zavodi (Tashselmash) qishloq xo’jaligi mashinasozligining bosh korxonasi hisoblanardi. “Tashselmash” zavodida 1960-yilda 3184 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1985-yilda 9425 ta ana shunday mashina tayyorlandi. Bu mashinalar Markaziy hokimiyat tomonidan ittifoqdosh respublikalarga, shuningdek, Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya va boshqa 38 ta xorijiy mamlakatlarga eksport qilinardi. Toshkent qishioq xo’jalik mashinasozlik zavodining Sirdaryo, Chirchiq va Asaka shaharlarida filiallari qurilib, ularda paxta terish mashinalarining turli qismlarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
50-yillarda qishloq xo’jalik mashinalari uchun reduktorlar, bir qator traktor moslamalari ishlab chiqaruvchi zavod qurildi. Bu zavodga 1963-yili O’zbekiston traktor yig’uv zavodi, 1971-yildan esa Toshkent qishloq xo’jalik mashinasozligi agregat zavodi nomi berildi.
Respublika qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashda O’zbekiston qisliloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi muhim o’rinni egallaydi. 1948-yildan beri “O’zbekselmash” nomi bilan yuritilib kelayotgan bu zavod o’rish mashinalari, diskli baranalar, charxlash stanoklari, nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigit ekish mashinalari ishlab chiqaradi. 1960-yilda ko’sak chuvish mashinasi, 1965-yilda yerga to’kilgan paxtani teradigan, g’o’zapoya yuladigan mashinalar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
1976-yilda O’zbekiston qishloq xo’jalik mashinasozligi ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashmaga “Ozbekselmash” zavodi, Toshkent kimyo qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi hamda Paxtakor qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi biriktirildi. Birlashma korxonalarida turli modifikatsiyadagi chigit ekish seyalkalari, paxta podborshchiklari, changlagich-purkagichlar, ko’sak chuvish mashinalari, g’o’zapoya yuladigan mashinalar, ehtiyot qismlar va xalq iste'mol mollari ishlab chiqarish tashkil etildi. Birlashma mahsulotlari ittifoqdosh respublikalar hamda Hindiston, Eron, Afg’oniston, Gretsiya kabi 28 ta xorijiy mamlakatga eksport qilinar edi.
Paxtaga ishlov berish vositalari ishlab chiqaruvchi Chirchiq qishloq xo’jalik mashinasozligi zavodi ham kengaytirildi. Mazkur zavodda kultivatorlar, o’g’itlash mexanizmlari, ariq-zovur qazish mashinalari va boshqa 47 xil qishloq xo’jalik texnika vositalari tayyorlash ta'rninlanardi.
Paxtachilik kompleksi bilan bog’liq bo’lgan mashinasozlikning yana bir yo’nalishi paxta tozalash sanoati va to’qimachilik mashinalari ishlab chiqarishdir. Bu tarmoqning yetakchi korxonalari 50 – 60-yillarda qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi, Andijon “Kommunar” zavodi va boshqalar hisoblanardi. Ularda paxta tozalash mashinalari, linterlar, paxta toylarini qabul qilish, saqlash, xillashning ko’p mehnat talab qiladigan jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari, quritish-tozalash asboblari, yuk tashish mashinalari ishlab chiqarilar edi.
To’qimachilik sanoati tarmog’ida 1946-yildan beri to’qimachilik mashinalari ishlab chiqarilib kelayotgan Toshkent to’qimachilik mashinasozligi zavodi yetakchi o’rinni egallaydi. Zavod 1948 – 1966-yillarda to’qimachalik mashinalarining 48 ta yangi turini ishlab O’zbekistonda turli xil qurilish materiallari - sement, shifer, asbotsement quvurlar, pardozlash plitalari, issiqni saqlaydigan (termoizolyatsion), gidroizolyatsion materiallari, keramika quvurlari va boshqalar ishlab chiqarish yoiga qo’yildi. Angren uysozlik buyumlari zavodida emallangan cho’yan vannalari, rakavinalar, cho’yan kanalizatsiya quvurlari, Angren keramika buyumlari kombinatida quvurlar, Xovosda sopol quvurlar ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida alibaster, ganch, ohak, cherepitsa, chiy, qamish, plitalar ishlab chiqarish yolga qo’yilgan.
Respublikada 80-yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, ko’pchiligi quritish tozalash sexlariga ega boigan 490 paxta punktlari ishladi. G’ijduvon, Buxoro, Namangan, Juma kabi yirik paxta tozalash zavodlarining har biri yiliga 100 ming tonna paxtani qayta ishlardi. Yiliga respublikada 1,5 million tonna paxta tolasi yetishtirib berilardi.
Respublika to’qimachilik sanoati yetishtirilgan paxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilishi va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 70 – 80-yillarning boshlarida respublika to’qimachilik sanoatining yirik korxonalari - Buxoro to’qimacmiik kombinati (1973), Andijon ip-gazlama kombinati (1979), Nukus ip-gazlama kombinati (1983)ning Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, Qo’rg’ontepa, Marhamat, Yangiqo’rg’on, Beshariq, Rishton, Vobkent, G’ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg’ona to’qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960-yildagi 234,7 million metrdan 1985-yilda 395,7 million metrga ko’paydi.
Respublikada go’sht kombinatlari 1960-yilda 97,4 ming tonna go’sht, 18 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lsa, 1985-yilda 232,3 ming tonna go’sht, 54 ming tonna kolbasa mahsulotlari yetishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985-yilda 554 ming tonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming tonna mol yog’i yetishtirilgan.
Respublikada qandolat sanoati ham birmuncha o’sdi. 50-yillarda Namangan va Buxoro shaharlarida konditer-makaron fabrikalari, 1964-yilda Yangiyo’l konditer fabrikasi ishga tushirildi. Yigirmanchi yillarda qurilgan Toshkent “O’rtoq” konditer fabrikasi 1965-yilda tubdan rekonstruksiya qilindi. 1968-yilda Yangiyo’l drojji (achitqi) zavodi qurildi. 1985-yilda qandolat sanoati tarmog’iga qarashli 60 ga yaqin zavod va sexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
50 – 80-yillarda temir yo’l trasnporti ancha rivojlandi. 50-yillarda uzunligi 627 km bo’lgan Chorjo’y- Qo’ng’irot temir yo’li qurildi va Quyi Amudaryo shahar va tumanlari O’zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan temir yo’l orqali bog’landi. 1962-yilda qurilgan uzunligi 280 km bo’lgan Navoiy-Uchquduq temir yo’l yangi topilgan konlarni sanoat markazi bilan bog ladi.
Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi cho’llarida yangi yerlarni o’zlashtirish bilan bog’liq ravishda 1962-yilda Jizzax - Mehnat (133 km), 1970-yilda Samarqand-Qarshi (144 km) temir yo’llari qurildi va yangi tashkil etilgan xo’jaliklar respublika markazi va sanoat markazlari bilan qisqa masofada tutashtirildi. 1974-yilda Termiz - Qo’rg’ontepa (218 km), 1975-yilda Taxiatosh-Nukus (13 km) temir yo’llari qurilib ishga tushirildi va Qoraqalpog’iston poytaxti respublikaning temir yo’l tarmog’i bilan bog’landi.1985-yilda respublikada 4166 ta pochta, telegraf va telefon aloqasi korxonalari ishladi. Radio eshittirish tarmoqlari kengaydi. 1956-yil 5-noyabrda O’zbekistonda birinchi marta Toshkent televizion markazi ishlay boshladi. 60-yillarning oxirlarigacha Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyati ham televizion ko’rsatuvlar bilan ta'minlandi. 1977-yil'da Samarqand va Andijonga Toshkent televideniesining ikki programmasini rangli tasvirda uzatishga erishildi.
Yangi yerlarni o’zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ulaming xo’jalik binolari, aholi yashaydigan pasyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi.
1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo’lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi.
1953 – 1963-yillarda Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4 ming gektar yer o’zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi. Jizzax cho’lida 70 ming gektardan ko’proq yangi yerlar o’zlashtirildi. O'zlashtirilgan yerlarda Mirzacho’l (1967), Do’stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi.
Cho’l-sahrolarni o’zlashtirish borasidagi dabdabali tadbirlar, paxta monokulturasining kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo’ylab sug’orish tizimlarini jadal suratda qurish ishlari Orol fojeasini keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning sohillari 60-80 km ga chekindi, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq kolga aylanib qoldi. Dengizning suv qochgan 4 mln. gektardan ortiqroq tubi qumli, sho’rhok sahroga aylandi. Undan kuchli shamol bo’ron orqali ko’tarilgan tuz, chang-to’zonlar, atrof-muhitni yemirmoqda, odamlar sogiig’ini yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulyoz, qorin tifi, kamqonlik, siydik yollari va jigar toshi, qon bosimi va boshqa kasalliklar ko’paydi. Bolalar va xotin-qizlar olimi ko’payishi kuzatildi.
Respublika iqtisodiyotida, butun SSSRda bo’lganidek, inqirozli vaziyat belgilari vujudga kela boshladi. Rasmiy malumotlarga binoan, milliy daromadning o’rtacha yillik o’sishi pasayib, 1960 – 1965-yilardagi 7,8 foizdan, 1981 – 1985-yillarda 3,3 foizga tushib qoldi. Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sof daromadning o’sish sur'ati 1965 – 1985-yillarda yetti marotabaga kamaydi.
Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning intensiv usullariga o’tish, moddiy xom-ashyo va energetika boyliklaridan foydalanish sohasida juda katta xatoliklarga yo’l qo’yildi. Moddiy boyliklami saqlash o’rniga ulardan ayovsiz foydalanishga yo’l tutildi, mehnat unumdorligi pasayib ketdi. Iqtisodiyotdagi inqiroziy holatlar ijtimoiy sohaga ham o’z ta'sirini o’tkazmay qolmadi. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag’lar taqsimlashning qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qonun-qoidasining ustun bo’lishi ijtimoiy adolatsizlikning avj olishiga olib keldi. Ijtimoiy tanglik, millatlararo munosabatning keskinlashuvi ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo’rlik va boshqa shu kabi illatlarning keng yoyilishida o’z ifodasini topdi.
Noxush holatlar sog’liqni saqlash hamda xalq maorifi sohalarini ham qamrab oldi. Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag’ tobora kamayib bordi. Bu esa ana shu sohalar moddiytexnik bazasining eskirishiga, talimning va aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifatining yomonlashuviga olib keldi. Mamlakatda bolalar bog’chalari, maktablar, teatr va kino uchun binolar yetishmasligi ham odatdagi holga aylandi.
Noxush holatlar milliy munosabatlarni ham chetlab o’tmadi. Bu sohadagi muammolar tobora ko’p to’planib boraverdi. Vazirlik va boshqarmalarning xodimlari har doim ham milliy shart-sharoitlarni va urf-odatlarni, ekologik vaziyatni hisobga olib ish yuritish zarurligini e'tiborga olavermadi. Bir qancha joylarda ortiqcha ishchi kuchlari paydo bo’la boshladi. Birgina Farg’ona vodiysining o’zida 200 ming yigit va qiz ishsiz edi.
2. 50-yillarda sanoat va qurilish, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tarqoqlikning respublika iqtisodining kompleks rivojlanishiga to’sqinligi yanada kuchaydi. Respublikaning sanoat va qurilish ishlari uchun huquqi va mas`uliyati cheklanganligi sababli 1953-yili uning ixtiyoridagi korxonalar jami sanoat mahsulotlarining 31 foizini ishlab chiqargan bo’lsa, ittifoqqa bo’ysungan korxonalarga 69 foiz to’g’ri keldi. 1956-yilda esa sanoat mahsulotlarining salmog’i atigi 55 foizga ko’tarildi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda xatoga ham yo’l qo’yildi. Xususan, Toshkent va Toshkent viloyatida yirik sanoat korxonalari qurilib, sanoat ishlab chiqarishni joylashtirishda nomutanosiblikni keltirib chiqardi. 1955-yil dekabrda O’zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimiga avval Vazirlar Kengashining raisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi. Uning tashabbusi bilan Markaz qaramog’ida yuzlab sanoat korxonalari respublika ixtiyoriga o’tkazildi. 1960-yillarda O’zbekiston sanoatida bir qancha o’zgarishlar yuz berdi. 1959 – 1965 yillar 450 dan ziyod sanoat korxonalari (shundan 150 tasi yirik) va sexlar ishga tushirildi. Toshkent (birinchi navbati), Navoiy, Taxiatosh issiqtik elektrostantsiyalari, Gazli gaz koni shular jumlasidandir.
1955-yilda Jarqoq, 1956-yilda Gazli neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1958 – 1960-yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvuri qurilishi bilan respublika sanoat korxonalari, shahar va ayrim qishloqlarni gazlashtirish boshlandi.
Respublika aholisining aksariyat ko’pchiligi tabiiy gazga muhtojligini qondirish va butun iqtisodiy ishlab chiqarishni gazlashtirish asosida qayta qurish mumkin bo’lgan sharoitda chetga tabiiy gazni olib ketish avj oldi. O’zbekiston tabiiy gazi sobiq ittifoqning Yevropa qismi, Ural, Qozog’iston, Tojikiston, Boltiqbo’yi mamlakatlari va boshqa mintaqalarga uzluksiz jo’natib turildi. Vaxolanki, tabiiy gaz yetishtirish respublikada yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1960-yilda 447 mln m3 hajmda tabiiy g’az olingan bo’lsa, 1970-yilga kelib bu miqdor 32 mlrd. m3 ni tashkil qildi.
Farg’ona vodiysida Moyli va Shahrixon, Surxondaryo viloyatida Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neft haydash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950-yilda 1,3 mln. tonnadan oshdi.
Rangli metallurgiya sanoati sohasida Ohangaron, Olmaliq havzasi va Zarafshon tizmasi tog’ konlari o’zlashtirildi.
Mashinasozlikning qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan sohasi 1959 – 1965-yillarda 1952 – 1958-yillarga nisbatan keskin oshib ketdi.
Sobiq SSSRning 50 – 60-yillarida fan-texnika sohasidagi erishgan yutuqlarida O’zbekistonning qo’shgan hissasi katta bo’ldi. Mahalliy aholining mashaqqatli mehnati hisobiga yetishtirilgan qimmatbaho mahsulotlari sovet mamlakatining iqtisodiy va harbiy kuch-qudratini oshirishga bo’ysundirildi. Urushdan avvalgi yillarda ham Farg’ona vodiysida uranning’ bir necha manbalari ochilgan bo’lib, urushdan keyin barcha uran konlari ittifoq ixtiyoriga o’tkazilgan edi. 1948-yil yanvaridan O’rta Osiyodagi uran qidirish tashkilotlari yagona - Krasnogorskiy ekspeditsiyasig’a birlashdi. 1951- yil ana shu “10-korxona”, deb nom olgan tashkilot bazasida Krasnoxolm ekspeditsiyasi tuzilib, ittifoq geologiya vazirligiga bo’ysundirildi. Qizilqumda 50 – 60-yillarda jami 27 kompleks uran konlari ochildi. Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod shaharlarida bir necha yuz kilometrni tashkil etgan temir yo’l, avtomobil yo’llari qurildi.
Urushdan keyingi qiyin sharoitda transport qurilishiga alohida e`tibor berildi. Amudaryoning chap qirg’oqlari bo’ylab 400 km masofaga Chorjo’y-Urganch temir yo’li qurildi. Bu bilan Ashxabod, Samarqand, Dushanba, Toshkent va boshqa shaharlardan tovar, yo’lovchi poyezdlari Rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga yo’l oldi.
1966 – 1970-yillarda sanoatda zo’raki jadallashtirish natijasida yangi (oltin, uran, neft ishlab chiqaruvchi) sohalar rivojlandi. Respublikada kimyo tolasi, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, boshqarishning butkul markazlashtirilishi ko’p o’tmay samara bermay qo’ydi. 70-yillardan boshlab yildan-yilga sanoat va qishloq xo’jalik rejalari bajarilmay qoldi.
70 – 80-yillarning birinchi yarmida xalq xo’jaligining ishchi kadrlarga bo’lgan talabi ilmiy asoslangan tarzda o’rganilmadi. Natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yildi, ba`zi sohalarda keragidan ortiq ishchi kadrlar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotini belgilaydigan tarmoqlarda mahalliy millat vakillaridan ishchi kadrlar tanqisligi sezilib qoldi.
Ikkinchi jahon urushi O’zbekiston aholisining soni va tarkibiga, respublika iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy ta`sir ko’rsatgan. Lekin 1971-yildan 1985-yillarga qadar O’zbekiston xalq xo’jaligida ishchi va xizmatchilar soni 2641,5 mingdan 4833,5 ming nafarga ko’paydi. Biroq bu o’sish sun`iy ravishda, ya`ni respublikamizga tashqaridan ko’plab kishilarni ko’chirib keltirish hisobiga ro’y berdi.
Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina o’sganiga qaramay, respublikamiz bu ko’rsatkich bo’yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida 1979-yilgi ma`lumotga ko’ra 13-o’rinda turar edi. O’zbekiston ishchilar sinfining milliy salmog’i jixatidan orqada qolmoqda edi. Masalan, o’zbeklar 1973 – 1983-yillarda sanoatda 51,1 foizni, qurilishda 46,5, transportda 38,6, aloqada 40,6, kimyo va neft kimyosida 24,9 foizni tashkil qilar edi.
Toshkent shahrida 1985 – 1986-yillarda mehnat resurslari ortiqchaligi 200 ming kishi bo’lishiga qaramay, respublikaga tashqaridan 125 mingga yaqin ishchi va mutaxassislar jalb qilindi.
Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholi soni ortib bordi. Ularning soni 1983-yilda 836 ming nafarni tashkil qildi.
Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida “o’zbek xalqi go’yo ishlashga qodir emasligi” va shu munosabat bilan ko’p yoshlar ishsiz yurganligi haqida asossiz turli mulohazalar keng tarqaldi. Darhaqiqat, respublikamizda 80-yillar oxirida bir necha millionga yaqin ishsizlar bor edi. Biroq buning boisi ularning ishlash ishtiyoqi yo’qligidan emas, balki yuqorida ta`kidlanganidek, asosan Markazning maxsus yo’naltirilgan siyosati tufayli va qolaversa ba`zi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy, bolalar bog’chalari, hunar-texnika bilim yurtlari bilan ta`minlash imkonini etarlicha yarata olmaganidandir. O’n yillar davomida mahalliy yoshlar orasidan ishchi kadrlar tayyorlash bilan astoydil shug’ullanish o’rniga milliy g’urur toptalgan holda Rossiya va Ukrainadan tayyor kadrlar keltirish siyosatini ma`qul ko’rdilar.
Respublika iqtisodiyotining ahvoli jamiyatni boshqarish usullarini qayta ko’rib chiqishni, ularni yangi sharoitga moslashtirishni talab qilsa ham O’zkompartiya, uning qo’o’mitalari, urush davrini ish tajribasini davom ettirib, markazda va joylarda hokimiyatni o’z qo’lida mahkam ushlab, ma`muriy buyruqbozlik tizimini yana ham kuchaytirdi.
Urushdan keyingi yillari partiya va hukumat rahbarligiga nazariy jihatdan kam tayyorlangan, ish tajribasi etarli bo’lmagan xodimlar keldi. Davlatni boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni tashkil qildi. Partiyaga qabul qilishga yuzaki, to’ralarcha yondashuv katijasida qabul qilinganlarning ko’pchiligini ishchi va dehqonlar tashkil qilib, ilg’or ziyolilar, malakali mutaxassislar rahbarlik ishlaridan chetlashtiriddi. O’zbekiston SSR Oliy va mahalliy kengashlariga saylovlar yuzakilashib, oldindan tuzilgan ro’yxat va reja asosida deputatlikka nomzodlar ko’rsatildi.
Saylovchilarning 99,9 foizi ovoz berishda qatnashib, «yakdillik» bilan kommunistlarning vakillariga ovoz berdi. Bu qanchalik haqiqatga to’g’ri keladi, tushunish qiyin emas. Sovetlar faoliyatida yuzakichilik, qog’ozbozlik kuchaydi. Oliy Sovetning, ayniqsa, mahalliy sovetlarning sessiyalari vaqtida chaqirilmasdan undagi masalalar ko’pincha muhokama qilinmay yoki hurfikrliliksiz qabul qilinardi. Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qo’mitalari bajaradigan bo’ldi. Sovetlarga deputat bo’lib saylanganlarning aksariyat qismi jamiyat taraqqiyotining qonunlaridan xabarsiz, umuman hokimiyatni boshqarish masalalari bilan qiziqmaydigan shaxslar edi. Ayniqsa, Oliy Sovetga saylangan deputatlar rus tilida olib borilgan sessiya majlislarada respublika manfaatlarini himoya qiladigan darajada faoliyat ko’rsata olmasdi. Partiya va jamoat tashkilotlarining oliy organlariga a`zo bo’lib saylanganlar, bu tashkiloglarning anjumanlariga delegat bo’lib borganlar orasida ham o’z vazifalarini tushunmaydigan, tushunsa ham uni ro’yobga chiqarishni bilmaydiganlar, loqaydlar ko’pchilikni tashkil qilar edi. Bunday deputatlar va delegatlar ichida respublikamiz nomiga dog’ tushirganlar ham oz bo’lmadi.
Respublika Oliy Kengashining I chaqiriq deputatlaridan 158 nafari, II chaqiriq deputatlaridan esa 167 nafari qayta saylangan. Bular partiya, ma`muriy xo’jalik xodimlari, jamoa xo’jaligi raislari bo’lgan. Bundan ko’rinadiki, ma`muriy buyruqbozlik tizimi davrida deputatlik nomenklatura xodimlariga imtiyoz bo’lib xizmat qilgan. Yillar o’tishi bilan bunday deputatlar ishga to’g’anoq bo’la boshladilar.
Partiya, sovet xodimlarining savodxonlik darajasini ko’tarishga qanchalik urinishmasin deputatlar orasida o’rta va to’liqsiz o’rta ma`lumotlilar soni salmoqli ediki, bu respublika Oliy Kengashi faoliyatiga salbiy ta`sir ko’rsatdi. Ba`zi deputatlar o’rta ma`lumot bilan Oliy Kengashning doimiy qo’mitalari a`zosi ham bo’ldi.
1930-yillarning ikkinchi yarmidan 1959-yilgacha sovetlarga Markazdan kelgan rahbar partiya va sovet xodimlarini saylash yo’lga qo’yildi. IV chaqiriq Oliy Kengashning 294 deputatidan 16 tasi Markaz vakillari edi. Bunday ish yuritish 70-yillarda qaytadan yo’lga qo’yildi.
Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari o’rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga O’zbekiston o’z hissasini qo’shdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958-yili O’zbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini chiqargan bo’lsa, 1970-yil 76 mamlakat bilan savdo aloqalarini o’rnatdi. Chet davlatlarga maxsulot chiqarishda O’zbekiston sobiq ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi o’rinda turdi. Qorako’l teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi to’rt qit`aning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu mahsulotlar O’zbekiston nomidan emas. “SSSRda ishlangan”, degan tamg’a bilan dunyoga tanildi.
Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga, Toshkent kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi “Kinap” zavodi 30 mamlakatga o’z mahsulotini chiqardi. Ko’p yillar davomida paxta tashqi bozorga chiqarilgan asosiy mahsulot bo’lib, 1953-yildan boshlab O’zbekiston paxtasi Amerika Qo’shma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta yetishtiruvchi mamlakatlarning raqobatini yengib, yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi va jami 35 davlatning bozorini egalladi.
3. Ziyolilarni qatag’on qilishning yangi bosqichi - VKP(b) MQning 1946-yil fevrahda qabul qihngan “Zvezda” va “Leningrad” jurnali to’g’risida, “Katta hayot” filmi to’g’risida, V. Muradelining “Buyuk do’stlik” operasi to’g’risidagi qarorlari ijodkor ziyolilarni qatag’on qilishning yangi to’lqinini boshlab berdi. Bu qarorlar O’zbekiston Kompartiyasi organlari uchun ko’plab olimlar, adabiyot va san'at xodimlarini qatag’on qilish uchun mafkuraviy asos bo’lib xizmat qildi. Ularning ko’pchiligi “o’tmishni ideallashtirishda”, “feodal madaniyat oldida qullarcha tiz cho’kishda”, “sovet turmush tarzini buzib ko’rsatishda”, “mihatchilikda” ayblandi.
O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1949-yil 25-iyundagi “O’zbekiston yozuvchilar soyuzining ishi to’g’risida”gi qarorida Abdulla Qahhorning “Qo’shchinor chiroqlari” romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, Hamid G’ulom, M. Shayxzoda, M. Boboyev, A. Qayumov va boshqa yozuvchilar badnom qilindi. “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka” jurnallarining tahririyatlariga bir qator “yaramas” asarlar chop etishga yo’l qo’ygan, degan jiddiy ayblar qo’yildi. 1948 – 1949-yillarda 20 dan ortiq yirik talantli olimlar, yozuvchi va shoirlar qamoqqa olinib, yopiq ravishda so’roq qilinib, millatchilikda ayblanib, 15-25 yilga ozodlikdan mahrum etildi va surgun qilindilar.
1951-yil 10-avgustda respublika matbuotida “Ba'zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy buzg’unliklar to’g’risida” degan maqola e'lon qilindi. Unda Turob To’la, Kamtar Otaboyev, Mirtemir, Sobir Abdulla, Habibiy asarlari kommunistik mafkuraga, xalqlar do’stligiga zid g’oyalarni ilgari suruvchi asarlar sifatida tanqid qilindi, ular millatchilikda ayblandilar.
Shu yil 24-avgustda matbuotda e'lon qilingan “o’zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda” nomli maqolada Oybek, H.Zaripov, H.Yoqubov, I.Sultonov va boshqa adiblar mafkuraviy og’ishlarda qoralandi. M.Shayxzoda, Shukrullo Yusupov, Said Ahmad, G’ulom Alimov (Shuhrat)lar 1951-yilda “sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati”da ayblanib qamoqqa olindilar va keyinchalik 25-yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindilar.
1952-yil fevralida bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning X plenumi ilmiy va ijodiy ziyolilarni quvg’in, ta'qib ostiga olishda yana bir turtki bo’ldi. Plenumda “Respublikada mafkuraviy ishlarning ahvoli va uni yaxshilash choralari to’g’risidaр masala muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi. Plenumda faylasuf V.Zohidovning ilmiy ishlariga burjua-millatchilik xatolari yuklandi, tarfxchi A. Boboxo’jayev va iqtisodchi O. Aminov panturkizmni targ’ib qilishda ayblandi. Ular “siyosiy va ishchanlik sifatlari jihatidan egallab turgan lavozimlariga to’g’ri kelmaydigan shaxslardir” deb hisoblandi va ishdan bo’shatildi. Turob To’la va M. Shayxzodalarning she'r va qo’shiqlari “g’oyasiz va axloqsiz asarlar” deb baholandi. O'zbek xalqining ma'naviy merosi, milliy qadriyatlari yana bir bor oyoqosti qihndi, bu sohada so’z yuritgan ijodkorlar qatag’on qilindi. Tarixiy o’tmish ham, zamonaviy hayot ham kommunistik mafkura, sinfiylik nuqtai nazardan turib qo’pol ravishda buzib baholandi. Natijada ma'naviy hayotga, falsafiy va badiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetdi.
Stalin vafotidan keyin butun SSSRda bo’lganidek, O’zbekistonda ham shaxsga sig’inish oqibatlarini tugatish tadbirlari ko’rildi. Qatag’on qilinganlar ishini qaytadan ko’rib chiqishga kirishildi. Ko’pgina jinoiy ishlar to’qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qamalib, ozodlikdan mahrum etilganligi aniqlandi va ular oqlandi. Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa ko’plab yozuvchi va shoirlar oqlandi. Shukrullo, Shuhrat, Hamid Sulaymon, Maqsud Shayxzoda va boshqa adiblar ham oqlandi. Minglab partiya, sovet, komsomol xodimlari oqlandi. 50-yillarning boshlarida shubha ostiga olingan, har bir qadami nazorat qilinayotgan 60 dan ortiq yirik olimlar, adiblar zimmasidan “millatchi, sovetlarning dushmani” degan yorliqlar olib tashlandi, tuhmatlardan xalos bo’ldi, hayoti saqlanib qolindi. 
4. 50-yillarda maktab qurilish bolalarni maktabga jalb qilish ishlari anchagina kengaydi. Yetti yillik umumiy majburiy ta'lim amalga oshirildi. Biroq xalq ta'limida jiddiy nuqsonlar mayjud edi. Ta'limning mazmuni hayotdan orqada qolganligi yaqqol ko’rinardi. Birinchidan, maktab o’quvchilarining bilim saviyasi past edi. Ikkinchidan, o’n yil o’qib, maktabni tamomlab chiquvchilar birorta kasb-hunarni egallamas, mehnat malakalarini olmas edilar.
1958-yil dekabrida SSSR Oliy Soveti “SSSRdagi maktabning turmush bilan aloqasini mustahkamlash va xalq maorifi tizimini yanada rivojlantirish to’g'risida” qonun qabul qildi. Qonunda o’qitishni turmush bilan bog’lab olib borish, yoshlarni aqliy, ma'naviy, jismoniy maktablar uchun yangi o’quv rejalari, dasturlari va darsliklar yaratildi. Maktablarda ustaxonalar qurildi. Maktab tajriba uchastkalari vujudga keldi. Fizika va matematika fanlarini o’rganish uchun ajratilgan soatlar ko’paytirildi. O’quvchilarga mashinasozlik, sanoat, qurilish va qishloq xo’jaligi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tish yo’lga qo’yildi. 1962-yildayoq umumiy majburiy sakkiz yillik talimga o’tish amalga oshdi. Barcha yetti yillik maktablar sakkiz yillik maktablarga aylantirildi.
Sanoat, qurilish va qishloq xo’jaligida ish bilan band bo’lgan yoshlarga ta'lim berish maqsadida ishlab chiqarishdan ajralmasdan o’qish imkoniyatini beruvchi kechki va sirtqi maktablar tashkil etildi. 1958 – 1965-yillarda 1000 ga vaqin shunday maktablar ochildi, ularda o’qiydigan yoshlar 1965-yilda 134,5 ming klshini tashkil etdijihatdan yetuk qilib shakllantirish, ularga umumiy politexnik bilim berish vazifalari qo’yildi. Ayni shunga o’xshagan qonun 1959-yilda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan ham qabul qilindi. 10 yillik o’rta maktablar 11 yillik maktablarga aylantirildi.
O’rta umumta'lim maktablari 1970-yilda ishlab chiqilgan nizomga muvofiq mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda alohida boshlang’ich (1-3-sinflar), 8 yillik (1-8-sinflar) va o’rta (1-10-sinflar) maktablariga aylantirildi. Ishlab chiqarish ta'limi berish maqsadida maktablararo ishlab chiqarish o’quvkombinatlari tuzildi. Shahar va tumanlarda kasb-hunar bilim yurtlari tashkil etildi. Ko’pchilik maktablarda yoshlarni o’quv mashg’ulotlaridan keyin maktabda olib qolish, ularga ta'lim-tarbiya berish ishlari yo’lga qo’yildi, ya'ni kuni uzaytirilgan maktablar tashkil topdi. Alohida fanlarni chuqur o’rgatuvchi maktablar, shuningdek, aqliy va jismoniy zaif bolalar maktablari vujudga keldi.
70-yillaming o’rtalarida umumiy o’rta ta'limga o’tish yakunlandi. 1965 – 1985-o’quv yillari orasida o’tgan 20 yil davomida barcha turdagi umumtalim maktablari 8716 tadan 9188 taga ko’paydi, o’quvchilar soni esa 3055,8 ming boladan 6519,6 ming bolaga ko’paydi. 1965 – 1985-yillarda respublika maktablarida o’rta ma'lumot olganlar soni 5,7 million kishidan oshdi.
Urushdan keyingi yillarda oliy va o’rta maxsus ta'lim ancha o’sdi. 50-yillarda 3 ta oliy o’quv yurti-Andijon meditsina instituti, Toshkentda elektrotexnik aloqa, Fizkultura institutlari, 60-yillarda yana 8 ta yangi oliy o’quv yurti - Andijon paxtachilik instituti, Farg’ona politexnika instituti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat pedagogika institutlari, Andijon tillar pedagogika instituti, Toshkent rus tili va adabiyoti pedagogika instituti tashkil etildi. 70-yillarda yana 5 ta oliy o’quv yurti - Nukus davlat universiteti, Toshkent avtomobil yo’llar instituti, Pediatriya instituti ochildi. Shuningdek, yangi fakultetlar, viloyatlarda yirik oliy o’quv yurtlarining filiallari ochildi. Yangi mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida fan-texnika taraqqiyoti ta'sirida o’quv rejalari va dasturlari 60 – 70-yillarda uch marta o’zgardi, har safar o’qitiladigan fan-lar yangilari hisobiga ko’payib, o’quv materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil o’qib o’rganishlari uchun vaqt tobora kamayib bordi. Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo’jalik ishlariga jalb etilishi o’quv jarayonlariga salbiy ta'sir ko’rsatdi. O’quv yurtlarida keng tarqalgan foizbozlik, bir necha fanlardan o’zlashtirmaganlarni kursdan kursga shartli ravishda o’tkazish kadrlar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi;
Xalq xo’jaligining mutaxassislarga bo’lgan talabi yaxshi o’rganilmadi, natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatolarga yo’l qo’yildi, ba'zi sohalarda keragidan ortiqcha mutaxassislar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotining hal qiluvchi tarmoqlarida kadrlar tanqisligiga yo’l qo’yildi.
Urush yillarida tashkil etilgan O’zbekiston Fanlar akademiyasi respublikada ilm-fanning markazi bo’lib qoldi. 1946-1990-yillarda ko’plab yangi ilmiy-tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy stansiyalar tashkil etildi. 80-yillarning boshlariga kelib akademiya tarkibida Qoraqalpog’iston ASSR filiali va 35 ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, shu jumladan, 1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi fanning turli sohalarida tadqiqot ishlari olib bordi.
Akademik A. S. Sodiqov g’o’zadan o’stiruvchi moddalar va boshqa preparatlar sintez qildi. H.A.Rahmatullin, U.O.Oripovlar aniq ekish maqsadida chigitni tuksizlantirishning mexanik va ayerokimyoviy usullarini ishlab chiqdilar. Seleksioner olim S.M.Mirahmedov va boshqalar paxtaning ”Toshkent-l”, ”Toshkent-2”, “Toshkent-3”, “Toshkent-4” singari hosildor, tezpishar, tolasi sifatli yangi navlarini yetishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzavot va poliz ekinlarining 50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60 dan ortiq navlari yetishtirildi. Tut, ipak qurtining mahsuldor zotlari yaratildi, uni boshqarishning ilg’or usullari ishlab chiqildi.
O’zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasining rivojlanishi M.T.O’rozboyev, H.A.Rahmatullin, V.Q.Qobulov, H.H.Usmonxo’jayev, G.A.Kojevnikovlar nomi bilan bog’liq. Ular mashina va mexanizmlar nazariyasi bo’yicha ilmiy maktabga asos soldilar. Paxta terish mashinalari unumdorligini oshirish va stabilligi nazariyasi, richagli mexanizmlarni sintez qilishning yangi ilmiy yo’nalishi ishlab chiqildi.
Akademik O.S.Sodiqov va S.Yu.Yunusov yetakchiligidagi kimyogarlar o’simlik moddalari (alkoloidlar, yurak glikozidlari, yog’lar, oqsillar, uglevodlar va boshqalar), tabiiy birikmalar va sintetik moddalar ustida kompleks tadqiqot olib borib, 400 ta dorivor o’simliklar turini o’rgandilar, 300 dan ortiq alkoloidni, jumladan, 164 ta yangilarini aniqladilar. G’o'zadan 80 dan ortiq moddalar ajratib olindi va tekshirildi. O. S. Sodiqov bioorganik kimyo fanining vujudga kelishiga ma'lum hissa qo’shdi. Olim ixtiro qilgan limon va olma kislotalari olish texnologiyasi ko’rgazmalarda oldingi o’rinlarni egallab oltin medalga sazovor bo’ldi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham birmuncha muhim tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, etnograf, antropolog olimlarning izlanishiari natijasida o’zbek xalqining etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixiga oid asarlar yaratildi. O’zbekiston qadimgi davrdan odamlar yashab kelayotgan o’lka ekanligi, ajdodlarimiz bundan 3000 – 2500 yillar ilgari shaharlar bunyod etgan, boy moddiy va ma'naviy madaniyatga ega bo’lgan xalq ekanligi isbotlandi.
50 – 80-yillarda adabiyotda roman va povest janrlari rivojlandi. Urush voqealari, mehnatkashlarning front orqasidagi mehnati Oybekning “Nur qidirib”, Sh. Rashidovning “Qudratli to’lqin”, Shuhratning “Shinelli yillar”, Said Ahmadning “Ufq”, O.Yoqubovning “El boshiga ish tushsa”, H.G’ulomning “Toshkentliklar” romanlarida aks ettirildi.
Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvirlovchi “Oltin vodiydan shabadalar” (Oybek), “Qo’shchinor chiroqlari” va “Sinchalak” A.Qahhor), “G’oliblar” va “Bo’rondan kuchli” (Sh. Rashidov), “Ixlos” (I. Rahim) kabi romanlar va povestlar yaratildi. Yozuvchi Parda Tursunning “O’qituvchi” romani qishloq ziyolilarining faoliyatini ochib berdi.
Pirimqul Qodirovning “Uch ildiz” va “Qora ko’zlar”, O.Yoqubovning “Muqaddas” va “Diyonat”, Mirmuhsinning “Umid” asarlarida yosh zamondoshlarning ma'naviy qiyofasi, hayoti va mehnati o’z ifodasini topdi. Rahmat Fayziyning “Hazrati inson”, O’.Umarbekovning “QiyomatIi qarz”, O’. Hoshimovning “Nur borki, soya bor” romanlarida odob-axloq, tarbiyaviy masalalar mahorat bilan bayon etildi.
O’zbekiston teatr jamoalari 60 – 70-yillarda I.Sultonning “Noma'lum kishi”, S. Azimovning “Qonli sarob”, Oybekning “Qutlug’ qon”, Uyg’unning “Qotil”, A. Qahhorning “Ayajonlarim”, S.Ahmadning “Kelinlar qo’zg’oloni”, O'. Umarbekovning “Shoshma quyosh” va boshqa asarlarini sahnalashtirib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldilar. Bular jumlasiga o’zbek akademik teatri tomonidan sahnalashtirilgan jahon klassikasi shoh asarlari – V. Shekspirning “Qirol Lir”, “Hamlet” dramatik asarlarini ham kiritish mumkin.
60 – 70-yillarda o’zbek kino san'atiga yosh talantli rejissyorlar, aktyorlar kirib keldi. Sh.Abbosov, A.Hamroyev, R.Botirov, E.Eshmuhamedov, H.Ahmarov shular jumlasidandir. Sh.Abbosovning “Mahallada duv-duv gap” (1961), “Sen yetim emassan” (1963), “Toshkent - non shahri” (1970), “Abu Rayhon Beruniy” (1974), A.Hamroyevning “Shiddat” (1971), R.Botirovning “Seni kutamiz, yigit” (1972), E.Eshmuhamedovning “Nafosat” (1967) va “Umid qushi” (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, izlanishlari tasvirlangan. Rejissyor M.Qayumovning “Bahordan bahorgacha” (1963), “Mirzacho’l” (1975), “Paranji” (1977) lentalari Butunittifoq va jahon kinofestivallarida tomoshabinlarga manzur bo’ldi va birinchi yuksak mukofotlarga sazovor bo’ldi.
Shunday qilib, respublika madaniy-manaviy hayotida 1946-1990-yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va O’rta maxsus ta'lim tarmog’i ancha rivojlandi, aholining umumfy savodxonlik darajasi o’sdi, mutaxassislar, ijodiy ziyolilar safi sezilarli darajada kengaydi. Fan, adabiyot, sao’at rivojlandi. Ilmiy, badiiy va musiqa asarlari yaratildi, ma'naviy hayotda iste'dodli yoshlar o’rin oldi.
Sh. Rashidov 1959-yildan e'tiboran to umrining oxirigacha respublikaning birinchi rahbari sifatida – O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasini boshqardi. U qariyb chorak asr davomida respublikaga yetakchilik qildi. Sh. Rashidov faoliyatiga nazar solar ekanmiz, avvalambor, o’sha davrning o’ta murakkabligini, ziddiyatliligini inobatga olish lozim bo’ladi.
Sh. Rashidov rahbarligi davrida O’zbekistonda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Yangiyer va Guliston kabi yirik shaharlar, o’nlab boshqa shahar va tumanlar barpo etildi. Sh. Rashidovning davlat va jamoat arbobi sifatida o’zbek xalqini dunyoga tanitishdagi xizmatlari beqiyosdir. Jahonda “Toshkent ruhi” sifatida 1966-yilda vujudga kelgan mashhur tushuncha Sh.Rashidov nomi bilan bevosita bog’liqdir. Bu Toshkentda tuzilgan xalqaro harakatdir. Sh.Rashidov Osiyo va Afrika yozuvchilari hamkorligi harakatining, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari xalqaro kinofestivalining, Hindiston va Pokiston o’rtasida tinchlik sulhi imzolanishining tashabbuskoridir. U o’zbek nomini ulug’lash uchun uning eng yuksak fazilatlarini namoyon qilishga jonini fido etgan insondir. 
Totalitar tizim sharoitida madaniy-ma`rifiy muassasalardan ommaga g’oyaviy ta`sir o’tkazish maqsadida keng foydalanildi. 1960 yillar respublikada 2.977 klub bo’lsa, 1970-yilda ularning soni 3.441 taga yetdi. Shu yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3.418 tadan 5.822 taga, muzeylar soni 14 tadan 26 taga, kinoqurilmalar soni 2.178 tadan 3.988 taga oshdi. Lekin bularning ko’lchiligi statistik hisobotlarda oshirib ko’rsatilgan bo’lib, aslida o’zlarining bevosita funktsiyalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega bo’lmadi. Ularning moddiy texnika bazasi past darajada bo’lib, moliya bilan etarli ta`minlanmadi. Bu jihatdan O’zbekiston sobiq sovet respublikalari o’rtasida eng quyi pog’onada turdi.
1969-yilda Rossiyada aholining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi to’g’ri kelsa, Belorussiyada 11 ta, O’zbekistonda esa atigi 4 ga edi. Madaniy-ma`rifiy muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablag’ aholi jon boshiga Estoniyada 21,3 so’mni, Armanistonda - 17,9, RSFSRda - 9,7 so’mni tashkil qilsa, O’zbekistonda 4,5 so’mni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950 – 1970-yillarda o’n barobarga ko’paygan bo’lsa-da, lekin ularning ko’pchiligini mafkuraviy targ’ibot uchun zarur bo’lgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi. Olingan kitoblarning 8-10 foizigina respublikada nashr etilgan bo’lib, qolganlari chetdan keltirshshb, ularning aksariyati rus tilida edi. Madaniy-ma`rifiy muassasalar moliyaviy jihatdan davlat nazoratidan chetda qolganligi uchun ko’pincha jamoatchilik asosida qurildi. Masalan: 1961-yili O’zbekiston kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan jamoatchilik asosida 45 madaniyat va texnika universitetlari, 5 ta xalq teatrlari, 1.258 jismoniy tarbiya jamoalari ish olib bordi.
O’zbekistonda ta`lim tizimini yaxshilash uchun o’nlab qarorlar qabul qilinardi. Biroq bu qarorlar milliy maktablarda to’liq bajarilmasdi. Maktablar urushdan keyin ham darsliklar bilan to’liq ta`minlanmadi. Moddiy o’quv bazasi rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi.
O’rta maktab bitiruvchilari orasida erta turmushga berilishi tufayli qizlar kamchilikni tashkil qilar edi. Maorifni rivojlantirishda mahalliy millatlarga past nazar bilan qarash sovet tuzumi siyosatining pinqona faoliyatiga yashiringan edi. Keyingi yillarda ochilgan arxiv ma`lumotlarida sobiq ittifokdagi respublikalarda ongli, madaniyatli, xurfikrli kishilarnigi bo’lishiga yo’l qo’ymaslik haqidagi maxfiy ko’rsatmalar bejiz emas edi.
1946 – 1947-o’quv yilida respublikada 4483 maktab bo’lib, 212.000 o’quvchi o’qigan bo’lsa, 1965 – 1966-o’quv yilida maktablar 9716 ga, o’quvchilar 2.476.000 kishiga yetdi. 1985 yilda oliy o’quv yurtlari soni 42 tani tashkil etdi. Undagi talabalar soni 21.190 dan 168.800 ga ko’paydi. Bu miqdor “mahalliy millat yigit qizlari bilim uchun emas, diplom uchun qiziqsin”, degan aqidaga asoslanganligini ko’rsatadi. Shunday bo’lishiga qaramay o’zbekistonliklarni, xususan o’zbeklarning ilmga chanqoqligi har qanday sun`iy to’siqlarni enga boshladi. O’zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar etishtirilib, fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo’yicha sobiq SSSRda oldingi qatorlarga chiqdi.
1950-yil O’zbekistonda 1760 fan nomzodi 180 fan doktorlari ilmiy ish olib borar edi. 1965-yilda esa, fan nomzodlarining soni 4000 va fan doktori 324 taga yetdi. 50 – 60-yillari respublika Fanlar akademiyasining olimlari, ayniqsa, matematika-mexanika tibbiyot, energetika, qishloq xo’jaligi sohalarida ishlar olib bordilar. Bir qancha ilmiy-tekshirish institutlari travmatologiya va ortopediya, energetika, matematika, onkologiya va radiologiya, O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ve elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar shu yillarda ishga tushirildi. Fanlar akademiyasi qoshida Falsafa va huquq instituti tashkil etilib, Sharqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi.
50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarida atom quvvatidan foydalana boshlandi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent va Samarqand Davlat universitetlari laboratoriyalarida, Fanlar akademiyasining fizika-texnika institutida, politexnika va meditsina institutlarida ishlatildi. Lekin texnika bazasi yetarli bo’lmaganlikdan atom quvvatidan foydalanish doirasi tor bo’ldi. 1956-yil boshlarida Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligiga mo’ljallangan Yadro ilmiy-tadqiqot instituti va barcha qulayliklarga ega bo’lgan shaharcha qurilib, 1958-yili ishga tushirildi. Uning birinchi direktori etib yirik fizik olim, akademik Ubay Orifov tayinlandi.
1951 – 1954-yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod etildi. 80 gektar maydonda, ittifoqda yagona tabiiy sharoitda o’sadigan Toshkent botanika bog’i yaratildi. 1956-yili 5-noyabrda O’rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushirildi. Keyinchalik 1962-yil Urganchda, 1964-yil Nukusda ham televizon markazlar ish boshladi.
O’zbekistonlik olimlarning bir qanchasi, ayniqsa, tabiiy fanlar sohasida o’zlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq ittifoq doirasida, balki jahon miqyosida tan olindi va yuqori darajadagi davlat mukofotlariga sazovor bo’ldilar. O’zbek olimlaridan matematiklar – T.N.Qori-Niyoziy, T.A.Sarimsoqov, S.X.Sirojiddinov, fiziklar – U.O.Oripov, S.A.Azimov, ximiklar – O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, M.I.Nabiyev, geologlar – H.M.Abdullayev, I.H.Hamraboyev, G.A.Mavlonov, biologlar – A.M.Muzaffarov, K.Z.Zokirov, T.Z.Zohidov, texnika sohasida M.T.O’razboyev, X.A.Rahmatullin, X.Fayziyev, jamiyatshunoslik fani sohasida I.M.Mo’minov, H.Sulaymonova, Yo.G’.G’ulomovlar shular jumlasidandir.
Respublika ziyolilari qatorida 125 mingdan ortiq oliy va o’rta maxsus ma`lumotga ega mutaxassislar bo’lib, shulardan 25 miigdan ko’prog’i muhandis va texniklar, 10 ming qishloq xo’jalik mugaxassislari, 24 ming vrachlar va 60 mingdan ortiq o’qituvchilar, yuzdan ortiq yozuvchi, shoir, dramaturglar, rassomlar uyushmasida 105 kishi, kompozitorlar uyushmasida 26 nafar a`zolar bor edi. 1956-yilning oxirlarida respublikada ziyolilarning birinchi qurultoyi bo’lib o’tdi.
Partiyaviy-g’oyaviy tizginga qaramasdan adabiyot va san`at sohasida ko’zga ko’rinarli asarlar yaratildi. G’afur G’ulom, Uyg’un, Zulfiya, Mirtemir, Turob To’la, M. Boboev, Mirmuhsin va boshqalarning tinchlik mavzusiga bagishlangan she`rlari yoruqqa chiqdi. Oybekning “Oltin vodiydan shabadalar”, Parda Tursunning “O’qituvchi”, Asqad Muxtorning “Opa-singillar” romanlari, Abdulla Qahhorning “Shohi so’zana”, “Og’riq tishlar”, B.Rahmonovning “Yurak sirlari” dramalari katta shuhrat qozondi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab siyosiy qatag’onlikdan ozod bo’lgan ijodkorlarning asarlari yuz ko’ra boshladi. Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani, Mirtemirning “Surat” dostoni, Shayxzodaning “Toshkentnoma”si nashrda chiqdi.
60-yillardan adabiyotda yangi avlod paydo bo’ldi. Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O’lmas Umarbekov, Husniddin Sharipov, Ozod Sharafutdinovlar bilan izma-iz yangi ijodiy tafakkurga ega bo’lgan iste`dodli Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Shukur Xolmirzaev O’tkir Hoshimov, Muhammad Ali, Jamol Kamol, Omon Matjon, Rauf Parpi kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi. O’zbek adabiyotining rivojlanishida adabiyotga mafkuraviy ta`sir o’tkazishning quroli sifatida qarab, ijod erkinligi bo’g’ildi va partiyaviy-sinfiy aqidalar tiqishtirildi. 50 – 80-yillarda ahyon-ahyonda bo’lsa ham ozodlikka intiluvchi fikrlar ko’zga chalinardi. Biroq bunga darhol tanqndlar, ma`muriy jazolar to’sig’i qo’yilardi.
80-yillarning o’rtalaridan adabiyot xalq hayotini haqqoniy aks ettirish yo’lida yangicha qadamlar qo’ya boshladi. Badiiy asarlarning mavzui doirasiga Orol fojiasi, o’zbek dehqonining mashaqqatli taqdiri, tabiat, til, madaniyat va tariximizga oid muammolar shiddatliroq kirib keldi. YAngi mazmun ijodda yangicha zamonaviy shakl, xalqona ohanglarga keng yo’l ocha boshladi. 50 – 60-yillarda respublika san`atida, xususan teatr va raqs san`atida ilgari siljishlar yuz berdi. 1947-yili Toshkentda xoreografiya bilim yurti ochildi. 1957-yili mashhur raqqosa M. Turg’unboeva tomonidan «Bahor» o’zbek xalq raqs ansambli, 1958-yili G.Rahimova rahbarligida Xorazm ashula va raqs ansambllari tuzildi. Bu jamoalar o’zbek sahna raqslarini boyitdi. Respublikada teatr san`atining rivojlanishada Samarqand davlat ashula va balet teatrining (1964-yil), Toshkentda “Yosh gvardiya” (1990-yildan Abror Xidoyatov nomidagi) o’zbek drama teatrining ochilishi katga ahamiyatga ega bo’ldi. Musiqa va teatr sohasidagi bu o’zgarishlar bir tomonlama bo’lib, jahon san`ati darajasiga tezroq etib olish uchun o’zbek milliy madaniyatidan uzoq bo’lgan opera, balet, simfonik musiqaga asosiy e`tibor berilib, milliy drama teatrlarimiz e`tibordan chetda qoldi. “Shaklan milliy mazmunan sotsialistik” shiori ostida rivojlangan sovet adabiyoti va san`atining asl maqsadi “baynalmilallashtirish” bo’lib, badiiy asarlarda milliylik yo’qola bordi.
Urushdan keyingi chorak asr mobayiida O’zbekiston sanoati va qishloq xo’jaligi, madaniyati va fani rivojlanishida ma`lum natijalarga erishdi. Lekin bu rivojlanish ziddiyatlar bilan to’la bo’ldi, demokratiyalashtirish yo’lida olib borilgan tadbirlar etarli natijalarni bermadi. Ma`muriy buyruqbozlik tizimi kuchayib borayotgan O’zbekistonda xalqning turmushi, aholiga ko’rsatiladigan maishiy xizmat jihatidan respublika sobiq ittifoqda oxirgi o’rinlarda edi. Ta`lim -tarbiya va sog’liqni saqlash soxasidagi balandparvoz kursatkichlar sotsialistik tizimning tashviqot-targ’iboti uchun foydalanildi. Umuman olganda, jamiyatning inqiroz tomon yo’l tutishi kuchaya bordi.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tizimida partiyaning yakka hukmronligi kuchayib bordi. Siyosiy qatagonlikiing yangi bosqichi boshlandi. Agar 30-yillarda qatag’onlikni ichki ishlar xalq komissarlari (NKVD) olib borgan bo’lsa, endilikda bu mudhish ishlarni kommunistik partiyaning markaziy komiteti va uning quyi tashkilotlari bajardi. 1949-yilning martida chaqirilgan O’zbekiston kommunistlarining X s’ezdi respublika mehnatkashlarini kommunistik ruxda tarbiyalash, milliy qadriyatlarga, “diniy xurofot”ga qarshi kurashni kuchaytirish vazifalarini qo’ydi. Bu bilan jamiyatda sotsialistik mafkuraning vayronkorlik roli yana ham kuchaytirildi.
1949 – 1952-yillarda ko’pgina mashhur o’zbek ijodiy ziyolilari asossiz ravishda ayblanib, qatag’on qilindi. O’zkompartiyaning 1949-yil 25-iyundagi byuro majlisida bir guruh yozuvchilar millatchilikda, eski feodal madaniyati oldida bosh egish, o’tmishni ideallashtirishda ayblandi. Oybek, Abdulla Qahxor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda kabi o’zbek yozuvchilari badnom qilindi. 1951-yili avgustda bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar “millatchilar”, deb matbuotda nohaq tanqid qilindi, “buzg’unchilikda” ayblandi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo, Shuxrat, Said Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Xurshid, Chustiy, G’ayratiy va boshqalar Yozuvchilar uyushmasidan haydaldi. Buni eshitgan G’.G’ulom kuyinib “Tokaygacha o’zbekning aqli kirganda boshini chopib tashlaydilar”, degan edi.
1951-yil aprelida O’zkompartiya byuro majlisi “Musiqa san`atiniig ahvoli va uni yanada yaxshilashning choralari to’g’risida”gi masalani muhokama qildi.
Majlisda san`at ishlari bo’yicha boshqarma ko’p yillar davomida “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Tohir va Zuhra” kabi afsonaviy mazmunda opera, balet va musiqali dramatik spektakllarni yaratib zararli ishlarni amalga oshiryapti, deb qayd etildi. Majlis qarorida janr repertuarlari va radio eshittirish programmalarini qayta ko’rib chiqish tavsiya etildi. Mazkur spektakllar sahnadan olib tashlandi. Qatag’onliklar to’lqini bu bilan to’xtab qolmadi. 1983 yildan boshlab sobiq KPSS Markaziy qo’mitasi rahbarligida O’zbekistonda navbatdagi oshkora qatag’onga yo’l ochildi. “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi”, “Sharqiy front” deb atalgan mash`um siyosat niqobi ostida minglab begunox kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Moskva yuborgan generallar, prokurorlar, tergovchilar istagan odamlarni hibsga olishardi.
Mash`um nomlar bilan atalgan kampaniyavozlik davrida yo’l quyilgan xatolar, poraxo’rlik, qo’shib yozish, mansabni suiste`mol qilish kabi illatlar ochib tashlandi. Biroq bu nuqsonlar sobiq ittifoqqa, mavjud chirigan tuzumga, qolaversa, Markazga ham tegishli edi.
Markaziy matbuotning ba`zi bir mualliflari Kavkaz, O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlarining yuziga qora chaplashga harakat qila boshladilar. Bu hududlarda yashagan millatlar o’z vaqtida mavjud jinoiy guruxlar faoliyatiga qarshi kurashganlar. Ular sotsialistik qonunchilikni buzilayotgani haqida Moskvaga arz qilishgan, biroq ularning o’zlari, ya`ni “suvni loyqalatuvchilar” quvg’inga uchraganlar!
1983-yilning oxirida respublikada juda og’ir vaziyat vujudga kelgan edi. Birinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish niqobi ostida sobiq markazdan ketma-ket turli tergov guruhlari tashlandi. Respublikamizdagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan kadrlar kela boshladi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti raisining’ birinchi o’rinbosari Ogarok, Oliy Kengash Prezidiumi raisining o’rinbosari etib Romanovskiylar tayinlandi, Toshkent shahrining taqdiri Satinga topshirildi. Respublika prokurori etib Buturlin, uning o’rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenko tayinlandi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo’lib, ular respublikadagi xukmronlikni to’la qo’lga olgan edilar. “Paxta ishi” va “O’zbeklar ishi”, deb yuzsizlarcha nomlangan tergovlar boshlanib ketdi. Gdlyan guruhi o’zbekistonliklarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yubordi. Ularning zo’ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladi.
1989-yilgacha bu ishlar bo’yicha 4,5 mingdan ko’proq kishi sudlandi. O’sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig’i jazoni o’tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo’natildi. Gdlyan guruhi O’zbekiston hududida cheklanmagan vakolatlarga ega bo’ddi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a`zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy Qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o’z jonlariga qasd qilishgacha borib yetdilar.
O’zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga minglab xatlar jo’natildi. Afsuski, bu xatlar tekshirilmadi, hatto javob yozish ep ko’rilmadi. Aksincha, Gdlyan va uning gumashtalariga ketma-ket unvonlar berildi.
1989-yil 23-iyun kuni respublika rahbarligiga Islom Karimov saylandi. Yangi rahbarning faoliyati O’zbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, toptalgan huquqlarini tiklash kabi olijanob va xayrli ishdan boshlandi, desak yanglishmaymiz.
“Paxta ishlari”ni ko’rib chiqish uchun maxsus komissnya tuzildi. Komissiya ish faoliyatiga 40 ming tomdan iborat ishni ko’rib chiqish topshiriddi. 1990-yilning iyun oyiga kelib, komissiya eng muhim bir xulosaga keldi. 1990-yil 13-iyun kuni Moskva shahriga SSSR Bosh prokurori, SSSR Oliy sudining raisi va SSSR Adliya vaziri nomiga yozilgan xatda komissiya xulosalari batafsil ko’rsatildi. Bu xatda “Paxta ishlari” chuqur tahlil qilinib, sudlanganlarni oqlash masalasi qo’yilgan edi. Biroq yuqoridagi tashkilotlar ko’mak o’rniga tazyiqni kuchaytirdilar. Respublika rahbarining qat’iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Komissiya ikki yildan ko’proq vaqt orasida 40 ming tomlik ishni ko’rib chikdi. 3,5 mingdan ko’proq kishi oqlandi. Qolganlarning jazo muddatlari kamaytirilib, bir qismi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan avf etildi.
Paxta komissiyasi faoliyatining eng muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, paxta ishlari bo’yicha sudlanganlarning ko’pchiligi hayotligida oqlandi, yuzlari yorug’ bo’ldi, toptalgan huquqlari tiklandi, o’z ish joylariga qaytishdi, musodara qilingan mulki qaytarilib, boshqa yetkazilgan moddiy zararlar qoplandi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, respublika rahbariyatining qat`iyatli harakati bilan nohaqlik barham topdi. Minglab begunoh fuqarolarning nomlari oqlandi. Iqtisodiyot ekstensiv yo’lda tobora ko’p qo’shimcha mehnat va moddiy resurslarni ishlab chiqarishga jalb etish yo’lida depsinayotgan edi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo’lsada, xo’jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina KPSS Markaziy Qo’mitasining 1985-yil aprelida bo’lgan plenumi noxush tendensiyalar yig’ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e'tirof etdi. Mazkur plenum jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni ko’tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986-yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o’zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to’la idrok etilmagan edi.
Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm “afzallik”laridan foydalanib jamiyatni “qayta qurish”ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog’lar edi. Ammo ular mamlakatni sosializmning o’zi, totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini e'tirof qilishni xohlamasdilar. 1987-yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo’jalik mexanizmini isloh qilish yo’lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy sistemaga urilib barbod bo’ldi.
80-yillarning oxirlarida siyosiy sistemani isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligim cheklashga, davlat va xo’jalik organlarini Kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to’la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo’ldi. Ammo, bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib qolayotgan edi. Ma'muriy-buyniqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo’rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi. Buyruqbozlik-boshqaruv usuli, sansalorlik, qog’ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar. Huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. 
Sovet rahbariyati mamlakatni tanglikdan, inqirozdan chiqish uchun ma'muriy-buyruqbozlik tizimini, hamma resurslarni markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish asosida boshqarish va taqsimlash yo’lidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish kerakligini o’z vaqtida payqamadi, buni juda kech tushundi. 1990-yilga kelganda bozor iqtisodiyotiga o’tish zaruriyati anglandi, dasturlar tuzildi, qarorlar qabul qilindi. Biroq, vaqt boy berilgan edi. Iqtisodiyot batamom barbod bo’lgan, moliyaviy va narx-navo tizimi izdan chiqqan, boshqaruv mexanizmi falaj bo’lib qolgan edi. SSSR ich-ichidan zil ketib, tanazzulga, parokandalikka yuz tutgan edi.
O’zbekiston Kompartiyasi MQda Moskva vakillari Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O’sha yillarda tez-tez bo’lib turadigan plenumlar va yig’ilishlar O’zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan “kadrlar to’dasi”ning boshliqlari - Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari nazorati ostiga olingan edi. O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi I.Usmonxo’jayev ham ular oldida ojizu harakatsiz edi. O’ZKP Markaziy Qo’mitasida O’zbekistonda “o’zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to’qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O'zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo’ldi. Guruh a'zolari hech kim bilan hisoblashib o’tirmay odamlami qamash bilan shug’ullandi. Oddiy dehqondan tortib O’zbekiston Kompartiyasi MQ kotiblari va hukumat a'zolarigacha bo’lgan xodim-larni qamash uchun birovlardan zo’rlab yozdirib olingan bir parcha qog’ozning o’zi kifoya edi. O’zbekistonda qonunchiiik buzildi, o’zboshimchalik va qatag’onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to’kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlami qiynab, boshqalar ustidan to’qilgan aybnomalarni ulaming qo’li bilan qaytadan yozdirib olardi va bu “aybnoma” tobora ko’p begunoh odamlarni qamashga asos bo’lib xizmat qilardi.
Butun SSSRda bo’lganidek, O’zbekistonda ham kamchiliklar, qo’shib yozishlar, poraxo’rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni o’zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o’lkaning o’ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning qo’llanish doirasi sun'iy tarzda yanada cheklab qo’yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo’yicha to’y qilgan yoki vafot etgan qarindosh-urug’larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi.
Ko’plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar mislsiz aziyat chekdi. Ularning ko’pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og’ishlikda, o’tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo’rttirib ko’rsatishda ayblandilar.
1990-yil boshlarida “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda “Erk” demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi boldi. Qurultoy “Erk” partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi. Biroq “Erk” partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o’tish zaruriyatini, qanday islohotlar o’tkazish kerakligini va uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va psrxologiyasini o’zgartirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o’tish davrini bosib o’tish lozimligini anglab, tushunib yetolmadilar.
Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush hodisalami, xalq dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqning o’zligini anglashga ko’maklashdi.
Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi maium boiib qoldi. Respublikada sanoat korxonalarini, qurilish va transport sohalarini, ko’pgina kolxoz va sovxozlari xo’jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o’tkazish hech qanday samara bermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo’jalikni boshqarish va xo’jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o’tish yuzasidan ko’rilgan tadbirlar ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo’qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to’g’anoq bo’lib qolaverdi. Respublikaning tog’-kon, metallurgiya, mashinasozhk, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo’lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko’rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi.
Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O’sha yillarda, mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko’ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so’m zarur edi. O’zbekistonda aholi jon boshiga hisoblaganda daromadi 75 so’mdan oshmaydigan 8,8 million kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi normal ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi. Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo’q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xonadonlarda sigir, yarmisida qo’y boqilmas edi. Oliy o’quv yurtlari yuqori malakali professor-o’qituvchilar bilan, zamonaviy texnika vositalari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan edi. Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo’l qo’yildi.
5. Afg'on urushi esa davlatning bu siz ham og'ir iqtisodiy va siyosiy ahvoliga qattiq zarba berdi. Butun bir sosialistik tizim chuqur islohotsiz yashashga noqobil ekanligini yaqqol ko'zga tashlandi va shunday islohot 1985-yil aprelda “qayta qurish” nomi bilan boshlandi. Ko'rinishidan yuzlab millatlarni porloq kelajak yo'lida birlashtirgan Ittifoq qayta qurishning birinchi zarbalaridanoq parcha-parcha bo'lib ketdi. Olma-ota, Boku, Tbilisi, Vilnyus shaharlarida bo'lib o'tgan voqealar SSSR ning millatparvarlik siyosatning shunchaki yuzaki ekanligini ko'rsatish bilan birga demokratik jarayonlarning tezlashishiga sabab bo'ldi. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojeali voqealar sodir bo’ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o’z yeridan badarg’a qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog’lab, o’n yillar davomida inoqlashib yashadilar. Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o’rtasida mushtlashish sodir bo’Idi. Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko’rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to’kilishiga olib keldi. 3-iyun kuni kechqurun Toshloq posyolkasida, so’ng Marg’ilon shahrining mesxeti turklari zich yashaydigan qasabasida ur-yiqit, uylarga o’t qo’yish, qotillik, tahqirlash, talonchilik, vahshiylik sodir bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofidagi qishloqlarga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo’l stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Bosh-boshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublikada hukumat komissiyasi tuzildi. 4-iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlari-ning 13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 137 harbiy xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-toroj qilindi.
Farg’ona fojeasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kim edi? O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyunda bo’lgan XIV plenumida Farg’ona fojeasi bilan bog’liq masalalarni o’rganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya axboroti O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 29-iyulda bo’lgan XV plenumi tomonidan ma'qullandi. Farg’ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojeali voqealarga sabab bo’ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o’z vaqtida zarba bermadilar. Farg’ona viloyatida o’n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo’jalik strukturasi izdan chiqqan, tarmoqlar xom ashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko’rilmasdi. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish ishlari buzilgan, poraxo’rlik, xizmat mavqeini suiiste'mol qilish avj olgan edi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar foydalandilar.
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj bo’lgan 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada “Ish bilan ta'minlash” dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda byudjetdan va korxonalar hisobidan 142 mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi.
O’zbekiston siyosiy mustaqilligini qo’lga kiritishga tomon tutilgan yo’l iqtisodiy mustaqillik masalasi bilan qo’shib olib borildi. O’zbekiston rahbariyati xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish yo’lini mustaqil belgilashga kirishdi. “O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllan-tirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Konsepsiyada O’zbekiston xalq xo’jaligini sog’lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari belgilab berildi. Mazkur masala yuzasidan hukumat dasturi 1990-yil oktabrida O’zbekiston Oliy Kengashining IV sessiyasida muhokama qilindi va ma'qullandi. Sessiya respublika hukumatiga “O’zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo’yicha asoslangan takliflar tayyoriashni topshirdi”. Shunday qilib, 80-yillar oxiri va 90-yillar boshida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo’lgan muhim voqealar davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon dadillik bilan amaliy qadamlar tashlaganligini yaqqol ko’rsatadi.  

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish