Reja:
1. Istiqlolchilik harakatining boshlanishi va uning sabablari.
2. Farg’ona vodiysida sovetlarga qarshi qurolli harakat va uning mohiyati.
3. Qurolli qarshilik harakatining butun Turkiston mintaqasiga yoyilishi. Buxoro va Xorazmda sovetlarga qarshi qurolli harakat.
4. Sovetlarga qarshi qurolli kurashning yengilishi va uning sabablari.
Turkistonda “buyuk oktyabr inqilobi”dan keyingi sodir bo`lgan voqealar jarayoni shuni ko`rsatadiki, markaziy sovet hukumati o`lka xalklariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy muxtoriyatni ham ravo ko`rishni istamadi. To`g’ri, bu achchiq haqiqatni dastavval barcha Turkiston xalqlari tushunib etmadi. Buni faqat milliy vatanparvarlar, jadidlar, ayrim rahbar xodimlargina tasavvur qilolgan edilar. Bol'sheviklarning makkorona siyosatiga ishonib, uning tarafdori bo`lgan yoki unga xayrixoh bo`lganlar ham oz emas edi. Ular Turkistonda mavjud bo`lgan zavod va korxonalarda yevropalik ishchilar bilan yonma-yon ishlagan, ularning ta`siriga berilgan mahalliy aholi vakillaridan bo`lgan ishchilar, shaharlarda oilasini boqish uchun sarson bo`lib ish kidirib yurgan ishsizlar (mardikorlar), qishloqlarda yersiz bo`lib, chorikorlik, mardikorlik qilib kun kechirib yurgan kambag’al dehdonlarning bir qismini tashkil qilar edi.
Ozodlik osonlikcha qo`lga kiritilmasligini tushunib yetgan milliy vatanparvarlar qo`lga qurol olib bol'sheviklar rejimiga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. Sovet mustabid tuzumi mafkurasi hukmronligi yillarida ularga “bosmachilar” deb tamg’a osilib, ataylab kamsitilgan edi.
Istiqlolchilik harakati “Turkiston Muxtoriyati hukumatining tor-mor qilinishi bilan boshlanganligi” deyarli barcha tarixchilarning asarlarida e`tirof qilinadi. Aslini olganda, muxtoriyat hukumati ag’darib tashlanmaganida ham yoki bu hukumat hatto mutlaqo bo`lmaganida ham istiqlolchilik harakatining vujudga kelishi tabiiy bir hol edi. Zotan, bu davrda Turkistonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat istiqlolchilik harakatining boshlanishini muqarrar qilib qo`ygan edi. Chunki u Turkistonda istiqlolchilik harakatining boshlanishi uchun muxtoriyatning tor-mor qilinishi bilan birga boshqa bir qator jiddiy sabablar ham mavjud edi.
Birinchidan, 1917-yilda sodir bo`lgan oktyabr to`ntarishi va buning natijasida hokimiyatni qo`lga kiritgan bol'sheviklar tomonidan ilgari surilgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaqo yot tushuncha edi. Mahalliy aholi bu g’oyani avval boshdanoq o`ziga singdira olmadi va unga qarshi turdi.
Ikkinchidan, sovet hukumati o`rnatilgan dastlabki kundanoq hokimiyatni boshqariшга mahalliy xalq vakillari jalb qilinmadi, ularning milliy g’ururi, haq-huquqi inkor qilindi. Turkistonda o`rnatilgan bol'sheviklar tuzumi chor Rossiyasi mustamlakachiligining yangi shakli ekanligi o`sha dastlabki kunlardanoq oshkor bo`lgan edi.
Uchinchidan, yangi tuzum o`rnatilgan kundanoq mahalliy xalqning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlari toptaldi. Qozi sudlovi bekor qilindi, vaqf yerlari tortib olindi, mulkchilikning barcha shakliga chek qo`yildi.
Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi istiklolchilik harakatining butun Farg’ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o`tadi, xolos. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik zulmi ostida ezilib kelgan farg’onaliklar Turkistonda birinchi bo`lib bol'sheviklar rejimiga qarshi qurolli kurashgа otlandilar. Shu tariqa, Turkistonda sovet hokimiyati va bol'shevikcha rejimga qarshi istiqlolchiliк harakati 1918-yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi. Istiqlolchilik harakatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar edi. Turkiston Respublikasi rahbarlaridan birining e`tirof etishicha, istiqlolchilik harakatida “asosan dehqonlar va hunarmandlar qatnashdi”. Ularga shahar aholisining aksariyat qismi: o`ziga to`q badavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba`zi boylar qo`shiddi. Istiqlolchilar safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar - ziyolilar ham ko`pchilikni tashkil qilardi va ular jadidlar orasidan ajralib chiqqan Turkiston munavvarlari va muborizlari edi. Bir so`z bilan aytganda, istiqlolchilar safida xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi.
Turkistonda oktyabr’ to’ntarishidan keyin sodir bo’lgan voqealar jarayoni shuni ko’rsatdiki, bol’sheviklar o’rnatgan sovet rejimi o’lka xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy muhtoriyatni ham ravo ko’rmadi. Mustaqillik osonlikcha qo’lga kiritilmasligini tushunib yetgan milliy vatanparvarlar qo’liga qurol olib bol’sheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi qurolli harakat boshladilar. Biroq sovet rejimi va kommunistik mafkura hukmronligi yillarida ularga “bosmachi” degan nohaq tamg’a bosildi. Bu atama aynan bol’sheviklar tomonidan o’ylab topilgan atama bo’lib, milliy istiqlolchilar o’zlarini bu nom bilan atamaganlar. Bu harakat haqida so’z yuritilgan 1918 – 1919-yillardagi arxiv hujjatlarida ham bosmachi degan so’z uchramaydi. Bu hujjatlarda “qaroqchi”, “shayka” yoki “bosqinchi” degan iboralar ishlatilgan. 1919 yilning o’rtalaridan boshlab ayrim rasmiy hujjatlarda, keyinchalik esa sovet vaqtli matbuotida “bosmachi” iborasini qo’llash boshlangan. “Bosmachi” va “bosmachilik” iboralari milliy ozodlik harakatining mohiyatini pasaytirish uchun milliy shovinistlar tomonidan o’ylab topildi va “banditlik”, “qaroqchilik” so’zlari bilan bir qatorga qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin “bosmachi” yorlig’i yopishtirilgan ota-bobolarimizning muborak nomlari qayta tiklandi va ularning haqitqiy qiyofalari milliy istiqlolchilar sifatida namoyon bo’ldi.
Sovetlarga qarshi qurolli harakat Turkiston muhtoriyati hukumatining tor-mor qilinishi bilan boshlandi. Zotan bu bu davrda Turkisitonda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat boshlanishini muqarrar qilib qo’ygandi. Shu bilan birga bu harakatning boshlanishi uchun muhtoriyatning tor-mor qilinishi bilan birga boshqa bir qator jiddiy sabablar ham bor edi.
Birinchidan, 1917-yilda sodir bo’lgan oktyabr’ to’ntarishi natijasida hokimiyatni qo’lga olgan bol’sheviklar tomonidan ilgari surilgan kommunistik mafkura Turkiston xalqlari uchun mutlaqo yot tushuncha edi. Mahalliy aholi bu g’oyani avval boshdanoq o’ziga singdira olmadi va unga qarshi turdi.
Ikkinchidan, sovet hukumati o’rnatilgan dastlabki davrda hokimiyatni boshqarishga mahalliy xalq vakillari jalb qilinmadi, ularning milliy g’ururi, haq-huquqi inkor qilindi. Turkistonda bol’sheviklar tomonidan o’rnatilgan sovet rejimi chor Rossiyasi mustamlakasiligining yangi shakli ekanligi o’sha dastlabki kunlardanoq oshkor bo’lgan edi.
Uchinchidan, yangi tuzum o’rnatilgan ilk kunlardanoq mahalliy aholining asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlari toptaldi. Shariat asoslari va qozixonalar bekor qilindi, vaqf yerlari tortib olindi, mulkchilikning turli shakllariga chek qo’yildi.
2. Turkiston Muhtoriyati hukumatining tugatilishi bu harakatning butun Farg’ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki vazifasini o’tadi. Rossiya imperiyasining mustamlakasilik zulmi ostida ezilib kelgan farg’onaliklar Turkistonda birinchi bo’lib bol’sheviklar rejitmiga qarshi qurolli kurashga otlandilar. Shu tariqa Turkistonda sovet hokimiyati va bol’shevikcha rejimga qarshi qurolli harakat (istiqlolchilik harakati) 1918-yil fevral’ oyining oxirlarida boshlangan edi.
Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo’lgan. Turkiston respublikasi rahbarlaridan birining e`tirof etishicha, unga asosan dehqonlar va hunarmandlar qatnashgan. Ularga shahar aholisining aksariyat qismi – o’ziga to’q badavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba`zi boylar ham qo’shildi. Harakat qatnashchilari safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar – ziyolilar ham ko’pchilikni tashkil qilar edi va ular jadidlar orasidan yetishib chiqqan Turkiston munavvvarlari edi. Bir so’z bilan aytganda ular safida xalqning barcha tabaqasiga mansub kishilar bor edi.
Dastlabki qurolli guruhlarning tashkil topishi Kichik Ergash (taxminan 1885 –1918) va Katta Ergash (taxminan 1880 – 1921) ning nomlari bilan bog’liq.
Turkiston Muxtoriyati hukumati qo'shiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash qo'rboshi 1918-yil 19 – 21-fevralda Qo'qon shahrida qizil askarlarga qarshi bo'lgan ikki kunlik urush natijasida mag'lubiyatga uchradi, uning 2.000 kishilik armiyasidan omon qolgan ikki yuztacha kishi Kichik Ergash rahbarligida Qo'qon uyezdidagi Bachqir qishlog'iga (Qo'qondan 18 chaqirim shimoli-sharq tomonda) jang bilan chekinishdi. O'zining kindik qoni to'kilgan Bachqir qishlog'ida Kichik Ergash yigitlari bilan qal'a shaklida istehkom qurib, mustahkam o'rnashib oldi. 26-fevral kuni Bachqirga 5 ta qizil gvardiyachilar otryadi va dashnoqlar drujinasi hujum qilishdi. 1918-yil 27-fevralda Qo’qon atrofidagi Bachqir qishlog’ida bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo’lgach, uning o’rniga Katta Ergash Farg’ona vodiysida bol’sheviklar rejimiga qarshi ozodlik bayrog’ini ko’taradi. Qo’qon uyezdidagi harakat’ning dastlabki tayanch nuqtasi Bachqir edi. 1918-yil mart oyining oxiriga kelib Katta Ergashning nomi Farg’ona vodiysi aholisi o’rtasida juda mashhur bo’lib ketadi. Istiqlolchilik harakatining rahbarlari sovet tarixchilari ta'riflaganidek, “johil”, “ilmsiz” kishilar emas edilar. Ularning ko'plari madrasalarni tamomlagan, siyosiy-ma'rifiy jihatdan yetuk shaxslar edilar. Masalan, Katta Ergash - Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining dastlabki taniqli namoyandasi. U Qo'qon yaqinidagi Bachqir qishlog'ida tug'ilgan. Qo’qonning eng mashhur mullalaridan biri bo'lgan, shuning uchun uni Mulla Ergash ham deyishgan. Katta Ergash chor Rossiyasining Turkistonga qilgan bosqinchiligini kechira olmadi, ularga qarshi kurashdi. U Turkiston Muxtoriyatining tarafdori, uning himoyachilaridan biri edi.
Ko'p o'tmay Mulla Ergash qo'rboshi yigitlari safiga Farg'onadagi sovetlar tuzumidan norozi bo'lgan yuzlarcha va minglarcha kishilar kelib qo'shildilar. Markazi Bachqir qishlog'i bo'lgan Qo'qon uyezdi istiqlolchilik harakatining dastlabki tayanch nuqtasi bo'lib qolgan edi. 1918-yil mart oyining oxiriga kelib Katta Ergashning nomi Farg'ona vodiysi aholisi o'rtasida juda mashhur bo'lib ketdi. Sovet ayg'oqchilaridan birining ma'lumotiga ko'ra, “Ergash qo'rboshining musulmon va rus aholisi o'rtasida paydo bo'lishi olqishlarga sazovor bo'ldi, unga eng yuksak tilaklar tilandi hamda uning qiyofasida Andijon va Qo'qonda o'rnashgan sovet qo'shinlaridan, hukumat vakillaridan va har qanday zo'ravonlikdan halos qiluvchi insonni ko'rdilar”. U 1921-yil 19-dekabrda o'z qarorgohi Xonobodda qizil askarlarga qarshi bo'lgan jangda halok bo'lgan.
Marg’ilonda esa militsiyaning sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek Ahmadbek o’g’li Madaminbek (1892 – 1920) kurash boshladi. U o’z oldiga sovet hokimiyatini ag’darish va Farg’ona muhtoriyatini tiklash vazifasini qo’ygan edi. Madaminbek usta siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega bo’lgani hatto bol’shevik rahbariyati tomonidan ham tan olingan edi.
1918-yil mart oyiga kelib Farg'ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ortiq qo'rboshi dastalari faoliyat ko'rsatardi. Madaminbek Skobelev uyezdida, Shermuhammadbek va Nurmuhammadbek Marg'ilon atroflarida, Omon Pahlavon, Qobul, Sotiboldi qozi va Rahmonqul Namangan uyezdida, Parpi qo'rboshi Andijon shahri atrofida, Eshmat qo'rboshi Qo'qonning Buvayda qishlog'ida, Umar-Choli Urganji qishlog'ida, Jonibek qozi O'zgan tomonda, Muhiddinbek Novqatda harakat qilmoqda edi.
1918-yil kuziga kelib uning qo’l ostida har birida 20 tadan 1800 nafargacha yigiti bo’lgan 70 ta qo’rboshi dastalari harakat qilayotgandi. Ulardagi jangchilarning umumiy soni 15 mingga, ba'zi malumotlarga ko’ra 20 mingdan to 24 mingtaga yetardi. Xuddi shu davrda Madaminbekning 5 ming, Shermuhammadbekning 6 ming, Xolxo’janing 3 mingdan ziyod, Parpi qo’rboshining 3,6 ming, Jonibekning 5,7 ming, Muhiddinbekning 4,5 ming jangovar yigitlari ozodlik kurashiga otlangan edilar.
Bu tarqoq holda bo'lgan istiqlolchilik harakatini yagona qo'mondonlikka bo'ysundirish va birgalikda harakat qilish maqsadida “Sho'roi Islom” va “Sho'roi Ulamo” tashkilotlari a'zolarining tashabbusi bilan 1918-yil mart oyining oxirida Bachqir qishlog'ida Farg'onadagi butun qo'rboshilarning birinchi qurultoyi chaqirildi. Unda 40 dan ortiq yirik qo'rboshilar qatnashdi. Farg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining boshlig'i qilib Katta Mulla Ergash saylandi va unga butun musulmon qo'shinlarining Oliy Bosh Qo'mondoni – “Amir al-muslimin” unvoni berildi. Ergash qo'rboshining o'rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbek tayinlandi.
Umuman olganda, Farg'ona vodiysida 1918-yilning o'rtalariga kelib, taxminan yuzga yaqin qo'rboshi o'z dastalari bilan qizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bormoqda edi.
Turkistondagi istiqlolchilik harakatining muhim xususiyati shundaki, bu harakatda maqsadlar, vazifalar qanday bo'lishidan qat'i nazar, boshdan oxirigacha bir ustivor g'oya – Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi yotadi. Istiqlolchilik harakati goh kuchayib, goh pasayib turishi, unda ishtirok etuvchilarning tarkibi o'zgarib borishi va ikkilamchi manfaatlar o'rtada turganligi hamda ob'yektiv va sub'yektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta'sir qilishiga qaramay, harakatning asosiy mohiyati Turkiston mustaqilligi uchun kurash bo'lib qolaverdi.
Sovet hokimiyati organlarining mahalliy aholiga nisbatan yuritgan o’ta millatchilik, shovinistik va bosqinchilik siyosati uni oqibatda bu tuzum dushmaniga aylantirdi va o’z erki, huquqi, ozodligini himoya qilib kurashga chorladi. Farg’ona fronti qo’mondoni M. Frunze ham: “...Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus va yerli ishchi, dehqon ommalarini o’ziga tortish o’rniga mehnatkash xalqni o’zidan uzoqlashtirish uchun qolidan kelgancha harakat qildi. Ishlab chiqarishning natsionalizatsiya qilinishida faqat burjuaziyaning mulki emas, balki o’rta hol dehqonlarniki ham tortib olindi... Bu yerda harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba'zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arzu-dodiga quloq solmadi. Bosmachilik harakati shu asosda vujudga keldi. Bosmachilik - oddiy qaroqchilar emas. Shunda ularni tez yo’q qilish mumkin bo’lardi”, deb e'tirof qilgan edi.
TASSR XKK raisi Q. Otaboyev 1922-yil iyulida Turkiston MIK 4-plenumida so’zlagan nutqida bu harakatni xalq qo’zg’oloni sifatida baholagan edi: “Biz 4 yil davomida bu harakatga hatto to’g’ri baho berishni ham bihnadik, u xalq qo’zg’oloni bolgani holda bosmachilik deb atadik. Bosmachilik mohiyatan talon-chilik degan ma'noni anglatadi, bizning ushbu harakatga bergan noto’g’ri ta'rifimiz masalani hal etishda noto’g’ri yondashuvlarga olib keldi. Va alaloqibat 4 yil davomida biz bu harakatning biron-bir jihatini tugata olmadik”.
Madaminbek 1919-yil 11-martda Farg'ona fronti (1919-yil 23-fevral) qo'shinlari qo'mondoni M.V.Safonov nomiga yo'llagan maktubida istiqlolchilar qanday maqsad yo'lida kurashayotganliklarini, bu harakatning mohiyati va “bosmachi” deb kimni aytish kerakligini yaqqol ko'rsatib, quyidagi so'zlarni yozgan edi: “Gapning lo'ndasini aytsam, bizning xalqimiz o'z turmushida Karl Marks yoki bolsheviklar dasturini qo'llab ko'rish darajasida hali ongi rivojlanmagan... Turkistonda bo'lsa, yana qaytaraman, sizlar qiladigan ish yo'q va bu yerda zo'ravonlik bilan dushmanlar orttirasiz, holos... Siz federasiya tuziladi deb e'lon qildingiz, siz xalqning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini e'lon qildingiz, shunday ekan, nega siz ularni bizga bermaysiz? Yoki biz faqat musulmon bo'lganligimiz uchunmi? Bizga ko'nglimiz tusagancha yashashga imkon bering, mayli, siz e'lon qilgan shiorlarga biz amal qilamiz, bizlarga o'zimiz xohlagandek boshqaruv usulini tanlashga imkon bering, axir biz- musulmonlar ko'pchilikni tashkil qilamiz-ku. Ammo zo'ravonlik qilmang...”. Shuningdek, Madaminbek xatida o'zlarini proletariat himoyachisi va kapitalistlarga qarshi kurashayotgan qilib ko'rsatayotgan qizil armiya jangchilari va komandirlarining xaqiqiy bosqinchilar to'dasiga aylanganliklarini ta'kidlab, “...otryad boshliqlarining bittasidan 20 million so'mlik mol-mulk topilgan, haqiqiy bolshevik-kommunist - bosmachilar to'dasi bizning kambag'al, yarim och musulmonlarimizdan so'nggi ko'rpa va kigizlarini ham tortib olishdi”, deb yozgan edi.
Farg’ona vodiysidagi bu harakat 1919-yil yozining oxiri va kuzida o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi istiqlolchilar safiga Jalolobodda turgan rus krest’yanlari armiyasining qo’shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag’darish uchun real kuch edi. Sentyabr’ oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O’sh shaharlarini egallashdi. Ular 13-sentyabrda eski Marg’ilon shahrini qizil bosqinchilardan ozod qildilar. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik strategik shahar – Andijonni qamal qilishga kirishdilar. Madaminbek boshchiligidagi qo’shinning hujumi Farg’ona vodiysini larzaga keltirdi. 1919-yil 22-oktabrda Pomirning Ergashtom (Irkeshtam) ovulida bo'lgan anjumanda Madaminbek boshchiligida “Farg'ona Muvaqqat Muxtoriyat hukumati” tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 musulmon va 8 rus, hammasi bo'lib 24 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig'i bo'lishi bilan bir qatorda bosh qo'mondon qilib ham tayinlandi.
Oradan sal o'tmay, ya'ni 1919-yil oktabr oyining so'nggi kunlarida Farg'ona vodiysidagi barcha yirik qo'rboshilar Oyim qishloqda to'plandi. Tarixiy hujjatlarning dalolat berishicha, istiqlolchilik harakati tarixida eng yirigi bo'lgan bu qurultoyda, Farg'ona vodiysida harakat kilayotgan 150 tacha qo'rboshi dastalari to'rtta yirik lashkarboshi: Madaminbek, Ergash, Shermuhammadbek, Xolxo'ja Eshon qo'mondonligi ostida birlashtirildi. qurultoyda islom qo'shinlarining Oliy Bosh Qo'mondoni – “Amir al-muslimin” qilib Madaminbek saylandi. Ammo bu birlashuv kutilgan natijani bermadi. Qurultoydan keyinoq Xolxo'ja Eshon bosh qo'mondon Madaminbekka bo'ysunmasligini aytib, mustaqil harakat boshladi. U o'zining ta'sir doirasidagi hududlarda Islom shariati asosida qattiq-qo'llik bilan tartib-qoida o'rnatdi. Bu davrda Madaminbek qo'l ostida 30 mingga yaqin, Shermuhammadbekda 20.000, Ergash qo'rboshida esa 8.000 yigit bo'lib, aynan shu uchta lashkarboshilar vodiydagi jangovar harakatlarni boshqarib turgan edilar.
Biroq, Farg'ona vodiysiga tobora qo'shimcha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o'rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo'liga o'tdi. Farg'ona fronti qo'shinlari (qizil armiya) birinchi bo'lib Katta Ergash qo'rboshini mag'lubiyatga uchratishdi. P.Paramonov boshchiligidagi yig'ma otryad Qo'qondan chiqib 1920-yil 18-yanvarda Ergashning qarorgohi joylashgan Bachqir qishlog'ini egalladi.
Harbiy tashabbus qo'ldan ketganligini, har qadamda qiyonat ta'qib qilayotganini ko'rgan Madaminbek o'z yigitlari hayotini saqlab qolish maqsadida Farg'ona qo'shinlari qo'mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o'qchi diviziyasining boshlig'i Veryovkin-Raxalskiy o'rtasida 1920-yil 6 martda Skobelev (hozirgi Farg'ona) shahrida yarash bitimi imzolandi. Madaminbek bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning o'nlab qo'rboshilari va 3500 yigitlari o'tgan edi.
Sovetlar tarafiga o'tgan Madaminbek qizil askarlarning katta kuchga ega ekanligini, istiqlolchilar bu kuchga bardosh bera olmasliklarini o'sha davrdayoq yaxshi tushungan edi. Kurboshilarga ishonib o'z hayotlarini ozodlikka tikkan yigitlar behuda qurbon bo'lib ketishini istamagan Madaminbek ularning qurolini tashlab, tinch hayotga qaytishga undash uchun sovetlar tomonida turib harakat qildi. Lekin Madaminbekning diplomatik tadbirlari samarasiz tugadi. Sovetlar tomonidan muzokaralar o'tkazish uchun qo'rboshilar orasiga yuborilgan Madaminbek Shermuhammadbekning roziligi bilan Xolxo'ja Eshon tomonidan 1920-yil 14-mayda Qorovul qishlog'ida o'ldirildi.
Kurash bayrog’ini vodiyda Madaminbek o’rniga endi Shermuhammadbek ko’tardi. Vodiydagi qo’rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumanidagi G’oyibota qishlog’ida o’zlarining navbatdagi qurultoyiga to’planib, 1920-yil 3-mayda Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston turk mustaqil islom jumhuriyati yoki qisqa qilib aytganda Turkiston muvaqqat hukumatini tuzdi.
Shermuhammadbek Farg’ona vodiysidagi kurashchilarning Oliy bosh qo’mondoni ham qilib saylandi. Bol’shevik rahbarlarning e`tiroficha, “Madaminbek qo’rboshilar ichida eng kuchlisi bo’lgan bo’lsa, Shermuhammadbek shubhasiz eng xavflisi edi”.
Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg’ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi qo’rboshilarning mazkur davrda bo’lib o’tgan 30 dan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo’ldi. Bu qurultoylarda harakat rahbarlari saylangan, qo’rboshilar yagona qo’mondonlik ostida birlashtirilgan. Ammo bunga har doim ham amal qilinmas edi. Shuningdek, qurultoylarda qo’rboshilar guruhlari harakat qiladigan joylar va ularning ta`sir doirasi belilab olingan. Ba`zi qo’rboshilar oliy bosh qo’mondonga bo’ysunmay, o’zlaricha mustaqil harakat qilganlar. Shuningdek, bu paytdagi beqaror vaziyatdan foydalangan ba`zi kishilar talonchilik guruhlari tuzib xalqni talaganlar.
Turkistondagi bu harakatning g’oyaviy rahnamolari yetarli darajada mavjud bo’lib, ular asosan jadid vpakillari va islom ulamolari edi. Harakatga g’oyaviy rahbarlik qilish uchun jadidlar bilan ulamolar o’rtasida o’zaro raqobat mavjud bo’lgan. Namanganlik Nosirxon to’ra, toshkentlik muftiy Sadriddinxon Maxsum, Turkiston MIK raisining sobiq o’rinbosari To’raqul Jonuzoqov, Ahmad Zaki Validiy va boshqalar bu harakatning g’oyaviy mafkurachilari edilar. Haraktga rahbarlik qilgan islom ulamolari orasida yassaviyliuk va naqshbandiylik tariqatining pirlari ko’p bo’lgan.
Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalaridagi jadidlarning bir qismi bu paytda sovet tashkilotlarida faoliyat ko’rsatishsada milliy mustaqillik to’g’risidagi o’z g’oyalaridan voz kechishmagan edi. 1921-yil avgustda Buxoro shahrida Validiy boshchiligida tuzilgan Turkiston Milliy Birligi tashkiloti butun Turkiston mintaqasidagi bu guruhlarga siyosiy jihatdan rahbvarlik qiluvchi markaz vazifasini bajardi. Bu davrda “Milliy ittihod”, “Milliy istiqlol” tashkilotlari tashkil etilgan bo’lib, ular harakatning keyingi rivojida muhim o’rin tutdi.
Farg’ona vodiysidagi vatanparvarlar qo’shiniga 1923 – 1924-yillarda oldin Islom Polvon, so’ngra Yormat maxsum kabi qo’rboshilar rahbarlik qildilar. Bu paytda qo’rboshilarning kichik-kichik guruhlari jang harakatlarini olib bordilar. Farg’onada ularning soni 1923-yilda 350-400 atrofida edi. Lekin qo’rboshilar kurashning mazkur bosqichida turli sabab va mahalliy shart-sharoitlar sababli doim ham bir-birlari bilan kelishib ish ko’rmadilar.
Vodiyda yoqilgan sovetlarga qarshi harakat mash'alasi keyinchalik Turkistonning boshqa hududlariga ham yoyildi. Sovet hokimiyatining zulmi va zo’ravon-ligiga qarshi kurash Buxoro va Xorazmda, Samarqand viloyatida ham aks-sado berdi. Vatan mehri, ona zamin sadoqatini jismi-diliga jo etgan, uning erki, ozodligini har narsadan muqaddas bilgan ming-minglab yurtdosh ajdodlarimiz hukmron tuzum bedodligi va jabr-sitamiga qarshi ko’tarildilar. Ular yana o’n yillar davomida g’addor rejim kuchlari bilan tengsiz janglarda qatnashib, behisob mahrumliklarga duch kelishlariga qaramay o’z g’oyalariga sodiq qoldilar.
Shermuhammadbek tilidan aytilgan: “Turkiston - turkistonliklar vatanidir, undan boshqa hech kim uning ustidan hukmronlik qilishga haqli emas!” degan jangovar shior uning ming-minglab quroldosh yigitlari uchun harakat dasturi rolini o’taganligi shubhasiz
Lekin bu kurash nechog’lik shiddatli kechmasin u o’z nihoyasiga yetolmadi. Bunga esa ko’plab jiddiy salbiy holatlar va omillar ta'sir etganligi aniqdir. Eng asosiy sabablardan biri - harakat yetakchiligining aholini ulug’vor maqsadlar yo’lida jipslashtirishga qodir bo’lgan yagona milliy g’oyaga ega emasligidir. Qo’rboshilar siyosiy kurashda toblangan ilg’or jadid namoyandalarini ham o’zlaridan chetlashtirgan edilar. Zero, ular qanchalik olijanob maqsadlar, jangovar shiorlar ostida jon fido etmasinlar, biroq ularning harakati yagona kurash dasturi asosida tashkil etilmagan edi. Harakat yetakchilari saflarida chinakam uyushqoqlikning yetishmasligi, joylarda harakat qilgan kuchlar o’zlarining tor hududiy chegaralari bilan o’ralashib qolganligi, ayrim qo’rboshilarning o’z nafsoniyatlariga berilishi, dunyo-qarashi torligi, cheklanganligi, manmanlik kasaliga chalinganligi, bir-birlari bilan kelisholmasligi, o’zboshimcha xatti-harakatlarga intilishi kabi hollar oxir-oqibatda bu kurashning borishiga jiddiy monelik qildi. Buni butun vodiy bo’ylab harakat qilgan uchta yirik yetakchi: Madaminbek, Shermuhammadbek va Katta Ergash boshchiligidagi xalq lashkarlarining to’liq birlasha olmaganligi fakti ham isbot etadi. Negaki, bu xalq dardi, g’ami va tashvishlarini chuqur tushungan rahnamolari o’ta zaruriyat taqozo etgan kezlarda o’zaro ketishmovcniliklarni bir chetga surib, bir-birlari bilan umumiy til topa olmadilar. Goho Madaminbek bilan katta Ergash yoxud Madaminbek bilan Xolxo’ja Eshon o’rtasidagi nizo va ixtilofiar oqibatda ularning har birini fojeali qismatga mahkum etdi.
3. 1920 – 1924-yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoro va Xorazmdagi milliy muholifatning ozodlik kurashlari alohida, o’ziga xos yo’nalish va xususiyatga ega bo’lib, o’ta murakkabligi va ziddiyatliligi bilan Turkiston respublikasidagi sovetlarga qarshi qurolli harakatdan ajralib turadi. Bol’sheviklar qizil armiya yordamida Buxoro amirligi va Xiva xonligini kuch bilan ag’darib, hokimiyatni Buxoroda asosan Yosh buxoroliklardan, Xorazmda esa Yosh xivaliklardan iborat demokratik kuchlar qo’liga berdi. Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalarida yuzaga kelgan qurolli muholifat shu boisdan ham bir yo’la ikki kuchga qarshi, qizil armiya qismlariga va bol’sheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan demokratik kuchlarga qarshi olib borildi. Bu urushning Turkistondagi, xususan Farg’ona vodiysidagi harakatdan farqi ham ana shundadir.
Biroq Buxoro va Xorazmdagi bu kurashga uning mohiyati va yo’nalishi nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, u ham umumiy sovetlarga qarshi harakatning bir ko’rinishi edi. Buxorodagi muholiftchilik harakatining o’ziga xos xususiyati bir guruh qo’rboshilarning Buxoro respublikasi hukumati rahbarlariga yo’llagan maktubida aniq ifodasini topgan edi. Maktubda vatanprarvarlar Buxoroning mustaqilligi uchun kurashayotganliklari, bunday vatanda kommunistlar bo’lmasligi lozimligi, chunki ular xalqni yolg’on va`dalar bilan aldab kelayotganligi aytib o’tilgan edi. Shuning uchun ham Buxorodagi bu harakat qisqa muddat ichida ommaviy tus olib hatto Farg’ona vodiysidagi harakatga nisbatan ham kuchayib bordi. Fayzulla Xo’jayevning ta`kidlashicha, “sharqiy Buxorodagi bosmachilik o’zining strategik mavqei jihatidan qaraganda Farg’ona bosmachilariga nisbatan kuchliroq edi”.
Buxorodagi qo`rboshilar orasida Ibrohimbek Laqay alohida salmoqqa ega edi.
Ibrohimbek (1889 – 1932) – Sharqiy Buxoroda qizil armiya qismlariga qarshi kurashgan istiqlolchilar qo`shinining bosh qo`mondoni. Mulla Muhammad Ibrohimbek 1889-yilda Dushanbe yaqinidagi Ko`ktosh qishlog’ida, o’zbek laqaylari urug’ining esonxo`ja shaxobchasiga mansub amir amaldori Chaqaboy to`qsabo xonadonida tug’ildi. U mahalliy madrasada saboq oladi. Ibrohimbek 1919-yilda Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga Qorovulbegi darajasiga, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan mir devonbegi, to`pchiboshi, lashkarboshi lavozimiga ko`tarilgan. Ibrohimbek 1920-yil sentyabrda amirlik tuzumi ag’darilgach, Sharqiy Buxorodagi qo`rboshi dastalariga rahbarlik qildi, bosqinchi qizil askarlar va sovet tuzumiga qarshi kurash olib bordi. U o’z oldiga buxoro tuprog’ini qizil askarlardan tozalab, sobiq amirlik tuzumini qayta tiklash va saltanatni sobiq amir Said Olimxon (1881 – 1944) qo’liga olib berishni maqsad qilib qo’ygan edi. 1921-yil sentyabrda bo`lgan Buxoro qo`rboshilarining qurultoyida “Islom lashkarboshisi” degan unvonga sazovor bo`ladi. “Ibrohimbek - butun Sharqiy Buxorodagi markaziy siymo”, deb tan olinadi. 1925 – 1926-yillarda u hozirgi Tojikiston va O`zbekistonning tog’lik viloyatlarida kurash olib boradi. 1926-yil 21-iyunda keskin janglardan so`ng Afg’onistan hududiga o`tib ketishga majbur bo`ladi. 1926 – 1929-yillarda Kobul yaqinidagi qal`ai Fotuda sobiq amir Sayd Olimxonning qarorgohida yashaydi. Biroq Ibrohimbek boshchiligidagi buxorolik muhojirlar Afg’onistondagi siyosiy kurashga tortilishadi, Harbiy mojarolarda qatnashishga majbur bo`lishadi (1928 – 1929). Ibrohimbek uzoq tayyorgarlikdan so`ng, 1931-yil 30-martda SSSR chegarasidan o`tib, Tojikiston SSR hududiga kiradi. Bu yerda u qizil askarlarga qarshi jang qiladi. Ibrohimbek 1931-yil 23-iyunda sovet chekistlari tomonidan Bobotog’da qo`lga olinadi va Toshkentga olib kelinadi. U 1932-yil 31-avgustda qatl qilinadi.
Buxoroning markaziy va g’arbiy viloyatlarida ham kurash shiddatli tus oldi. Qisqa muddat davomida Mulla Abduqahhor boshchiligida poytaxt Buxoro tumanlarida lashkar to’plandi va jangovar harakatlar olbi borildi. Shuningdek, Mulla Abduqahhor rahbarligida Buxoro, Karmana va Nurotada o’nlab qo’rboshi guruhlari faoliyat ko’rsatdi. Ma`lumotlarda aytilishicha, G’arbiy Buxoroda uning qo’li ostida 20 ta qo’rboshi birlashgan. O’rmon Polvon, Xayit Amin, Oston Qorovulbegi, Hamro Polvon, Azimxo’ja, Metan Polvon uning eng nufuzli qo’rboshilari bo’lgan. Ular asosan G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan tumanlari va Nurotada o’z faoliyatlarini kuchaytirdilar. Ularning katta armiyasi 1922-yil mart oyining boshida poytaxt Buxoro shahriga yurish qildi. Ular qizil askarlar bilan shahar atrofida bo’lgan ikki kunlik shiddatli janglardan so’ng Buxoro shahrining katta bir qismini egalladilar va bir necha soat mobaynida o’z qo’llarida saqlab turdilar. So’ngra shahar atrofidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohini bosqinchilardan tozaladilar.
Buxorodagi qurolli qarshilik harakatiga qizil armiya katta kuch sarflashga majbur bo’ldi. Moskva, Toshkent, Buxoroda 1923-yil may-iyun’ oylarida o’tkazilgan oliy darajadagi rasmiy anjumanlarda bu masala eng dolzarb muammo sifatida kun tartibida turdi.
Buxorodagi istiqlolchilik harakati qizil armiya va bol’sheviklarning tajovuzkorligi, zo’ravonligi va talonchilikka qarshi qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.
Xorazm respublikasida ham 1920-yil bahoridan boshlab qizil askarlarning misli ko’rilmagan talonchilik va zo’ravonliklariga qarshi harakat boshlandi. Qurolli kurashni turkmanlarning yovmut urug’i boshlig’i qurbon Mamed Sardor – Junaidxon (1857 –1938) boshchiligidagi guruhlar ko’p yillar davomida olib bordi. Uning qo’shini safida o’zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham ko’pchilik edi. Qisqa muddatda Junaidxon o’z qo’shinini 20 ming kishiga yetkazdi. O’zbek dehqonlari va hunarmandlaridan iborat guruhlarga Madraimboy, Sa`dulla bola, Shokir bola, Mavlonbek va boshqalar rahbarlik qildilar. Xususan, ko’xna Urganch, Ilyali, Toshhovuz, Mang’it, Qo’shko’pir, Chimboy, Qo’ng’irot va To’rtko’lda harakat qilgan o’nlab sardorlarning guruhlari qizil askarlarga jiddiy zarbalar berdi. Junaidxon boshchiligidagi armiya hujumga o’tib 1920 yil yozida Ko’xna Urganch, Xo’jayli, Ilyali va Taxtani qayta egalladi, ko’plab qizil askarlarni asir oldi. Junaidxon sovet qo’mondonligiga maxsus maktub yuborib agar qizil armiya Xorazmdan chiqib ketmasa, askarlarni otib tashlashini bildirdi. Biroq sovet qo’mongdonligi Junaidxonning haqli talablarini rad qilgach, u bosqinchilarni otib tashlashga buyurdi.
1923- yil yozida qo’ng’irotda qo’zg’olon ko’tarildi. Bunday ommaviy ko’tarilishlar tez-tez takrorlanib turdi. Qishloq va shaharlarning aholisi sovet hokimiyat’iga qarshi qurolli harakatga xayrixoxlik bildirgan. 1922 – 1923-yillarda Xorazmda olib borilgan jangovar harakatlar qizil armiya qo’mondonligini tang ahvolga solibgina qolmay, balki respublikadagi siyosiy muhitga ham jiddiy ta`sir qildi.
Sovet rejimi 1923-yil oxirida Junaidxon bilan sulx muzokaralarini boshlashga urinib ko’rdi. Biroq Junaidxon o’zining oldingi talabini Ya`ni: 1) Rossiya qo’shinlarini Xorazmdan darhol olib chiqib ketish; 2) shariatga to’la erkinlik berish; 3) barcha sobiq hokimlar va oqsoqollarni yana o’z lavozimlariga tiklash; 4) soliqlar va patentlarni bekor qilishni qat`iy talab qildi. Biroq bu talablarni sovet hukumati rad qilgach, muzokaralar to’htab qoldi.
Bu paytda Junaidxon qo’lida katta kuch to’plangan edi. Bundan tashqari Xorazm respublikasining bir qator rayonlarida sovet rejimiga qarshi dehqonlarning ommaviy qo’zg’olonlari boshlanib ketdi. Qo’zg’olonchilar joylardagi sovet tashkilotlarini tugatib, mamlakat poytaxti Xiva shahri ustiga yurish qildilar. Qoraqumda turgan Junaidxon qo’shini ham shahar tomon harakat qildi. 1924-yil 10-yanvardan boshlab Junaidxonning 15 ming kishilik piyoda va otliq qo’shini Xiva shahrini qamal qilishga kirishdi. 16-yanvarda Xorazm respublikasida harbiy holat joriy qilindi.
Xorazm respublikasida sodir bo’layotgan voqealarning bunday jiddiy tus olishidan tashvishga tushgan RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi 1924-yil 6-yanvarda Junaidxon boshchiligidagi kuchlarga qarshi kurashish uchun E. Berzin (rais), Gorodetskiy, Adinayev va Xidiralievlardan iborat favqulodda komissiya tashkil qildi. Xorazmga zudlik bilan qo’shimcha harbiy kuchlar keltirildi. Natijada Junaidxon qo’shini qariyb bir oy davom etgan qamalni to’xtatib orqaga chekinishga majbur bo’ldi. Katta harbiy kuch to’plagan qizil armiya qo’shinlari muholifatchilarga qarshi hujumga o’tdi. Mart-aprel’ oylarida bo’lgan janglarda Junaidxonning piri bo’lgan Og’ajon eshon va boshqa qator sardorlar asir olindi.
Xorazm voxasidagi qurolli qarshilik harakati ayrim guruhlar tomonidan 1935-yilgacha olib borildi. Harakat Sharqiy Buxoro va Farg’ona vodiysida ham ba`zi uzilishlar bilan shu davrgacha davom etdi. Turkiston mintaqasidagi sovet rejimiga qarshi qurolli harakat tarixiga yakun yasar ekanmiz bu harakatni keng xalq ommasi, birinchi navbatda dehqonlar va hunarmandlar qahr-g’azabi hamda noroziligining yuksak darajada ko’tarilganligi ifodasi deb e`tirof etishimiz mumkin.
O’zbekiston SSR XKS raisi F. Xo’jayev 1927-yilda bu harakatga baho berar ekan, quyidagilarni aytgan edi: “Bosmachilik harakati shiddatli siyosiy, aksilsovet xususiyat kasb etdi va butun O’rta Osiyoning mavjud uch respublikasi – Buxoro, Turkiston va Xorazmdagi dehqon aholisining ommaviy harakatiga aylandi. Harakatning dohiylari faqatgina Ko’rshermat, Ibrohimbeklar bo’lib qolmasdan, balki unga mahalliy milliy ziyolilar, mulla va boylar ham rahbarlik qildilar.” Bu harakatga aloqador bo’lgan umumiy xususiyat – bosqinchi qizil armiyani, bol’sheviklarni vatanimiz hududidan olib chiqib ketish talabi edi. Bu talab butun harakat tomonidan ilgari surildi. Shunday qilib, qizil armiyaning bosqini va mustabid sovet rejimiga qarshi ko’tarilgan qurolli harakat 1936-yilga kelib butun Turkiston mintaqasida tamomila mag’lubiyatga uchradi.
Tengsiz janglarda yuzlab vatanparvar lashkarboshilar istilolchilar safidan yetilib chiqdilar. Ulardan Madaminbek, Shermuhammadbek, Katta va Kichik Ergashlar, Muhiddinbek, Omon polvon, Nurmuhammadbek, Junaidxon, Islom qo'rboshi, Ibrohimbek va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Turkistondagi bu milliy-ozodlik harakati 1936-yilga davom etdi. Son va harbiy-texnik jihatdan ustunlikka ega bo'lgan qizil armiya qo'shinlari g'alabaga erishgan bo'lsalar-da, Turkiston xalqini ozodlik uchun kurash g'oyalarini yo'qqa chiqara olmadi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyingina istiqlol uchun qurbon bo'lgan vatanparvarlarimiz haqidagi asl haqiqat xalqimizga yetkazilmoqda.
Turkiston bolsheviklar tomonidan zabt etilgach, bevosita markaziy hududlarda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga tortildi. Chunonchi, Markaziy hududlarda ro'y bergan ocharchilik tashvishlari turkistonliklar hayotiga hamta'sir etmay qolmadi.
1921 – 1922-yillarda sovet hokimiyatining qo'pol iqtisodiy siyosati tufayli, Rossiyaning Markaziy hududlarida dahshatli ocharchilik yuz berdi. Butun turkistonliklar qatori, namanganliklar ham ochlarga yordam ko'rsatish ishlarida faol qatnashdilar. Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti qoshida ochlarga yordam markaziy qo'mitasi (OYOMQ) tuzildi.
1921-yilning avgust oyi boshlarida Namangan uyezdida ham OYO komissiyasi o'z faoliyatini boshladi. 1921-yilning oktabrida o'tkazilgan haftalik tadbirlari natijasida Namangan shahridagi aholidan 18 mln. rubl pul, shuningdek, bug'doy, un, asal, tuz, sovun, chopon, choy va boshqa narsalar ochlarga yordam tariqasida yig'ilgan. Bundan tashqari, ochlar hisobiga uyushtirilgan shanbalik natijasida 4 mln. 698 ming rubl yig'ilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |