Hayoti. Reja: Movarounnahrda Shayboniylar va



Download 0,69 Mb.
bet10/48
Sana02.04.2023
Hajmi0,69 Mb.
#924169
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Узбекистон тарихи мажмуа 2-кисм

Adabiyotlar

  1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Тошкент.: Ўзбекистон. 2017.

  2. Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012.

  3. Ўзбекистон тарихи. Т.: Университет, 1997.

  4. Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар). T., 2000

  5. Абдурахмон Толе. Абулфайзхон тарихи. Т.: Фан, 1959.

  6. Аҳмад ибн Маҳмуд Бухорий. Тарихи Муллозода / Сўз боши, форс тилидан таржима, изоҳлар муаллифлари Ш.Воҳидов, Б.Аминов. – Т.: Янги аср авлоди. 2009.

  7. Абу Бакр ибн Жафар Наршахий. Бухоро тарихи Т.: Камалак, 1995.

  8. Ахмедов Б.А. Ўзбекистон тарихи манбалари. - T.: Ўқитувчи, 2001.

  9. Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг ҳарбий бошқарви ва қўшин тузилиши (Шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: “Баёз”, 2018.

  10. Мусаев Н.У. Ўрта Осиёда деҳқончилик маданияти ва аграр муносабатлар тарихидан (Тош даври охиридан - XX аср бошларига қадар). – Тошкент: Фан, 2005.

  11. Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий- иқтисодий жараёнлар (Шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: “Тафаккур”, 2018.

  12. Эшов Б.Ж. Ўзбекистон давлатчилиги тарихи. (ўқув қўлланма). – Тошкент: Маърифат, 2009.



17-MAVZU: Buxoro amirligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
REJA:
1. Buxoro amirligining tashkil topishi.
2. Buxoro amirligidagi siyosiy-ijtimoiy hayot.
3. Buxoro amirligidagi iqtisodiy hayot.
3. Amir Nasrulloxon hukmronligi davrida Buxoro amirligida madaniy hayot
4. Said Olimxon hukmronligi davrida Buxoro madrasalari faoliyati. Adabiy muxit.

So’nggi ashtarxoniylardan bo’lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida markaziy hokimiyat zaiflashganligidan foydalangan o’zbek urug’lari turli viloyatlarda hokimiyatga qarshi isyon va g’alayonlar ko’tarishib, o’zlarini mustaqil deb e’lon qila boshladilar. Ular orasida ashtarxoniylar saroyida katta nufuzga ega bo’lgan, mang’it urug’i boshliqlardan biri Muhammad Hakimbiy otaliq (vafoti 1743 y) hamda uning o’g’li Muhammad Rahimbiyning harakatlari ayniqsa keskin edi. Buxoroda bo’lib o’tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron shohi Nodirshoh 1745-yilda Muhammad Rahimbiy rahbarligida Buxoroga katta qo’shin jo’natdi. Muhammad Rahimbiy Buxoroda viziyatni yumshatish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Miyonqol va Shahrisabzdagi qo’zg’olonlar bostirildi. Muhammad Rahimbiy davlat apparati tizimi ishlari va hukumat amaldorlarini almashtirish ishlariga jiddiy kirishdi.


U deyarli barcha yirik davlat mansablariga o’zining yaqin qarindoshlari va maslakdoshlarini qo’yib, ularning yordamiga tayanib poytaxtda o’z mavqeni mustahkamlab oldi. 1746-yilda Nodirshoh o’ldirilgach, oradan ko’p o’tmay Abdulfayzxon ham o’ldirildi. Taxtga o’tirgan Abdulmo’min ham 1748-yilda o’ldirildi. Uning o’rniga nihoyatda yosh bo’lgan Ubaydulla Sulton nomigagina taxtga o’tqazildi. 1753-yilga kelib yirik amaldorlar, ruhoniylar va urug’ oqsoqollarining roziligi bilan Muhammad Rahimxon (1753-1758 yy) taxtga o’tirdi va mang’itlar sulolasi hukmronligini boshlab berdi. Muhammad Rahimxon markazlashgan davlat tizimi tuzish siyosatini olib bordi. U yirik mulkdorlarni davlatni boshqaruv ishlariga aralashtirmay, mustaqil siyosat yurgizdi. Bu hukmdor Miyonqol, Nurota, Urgut, Kobadiyon, Boysun kabi markaziy hokimiyatni tan olmagan viloyatlarga yurishlar qilib, ularni bo’ysundirishga erishdi. Uning davrida Zarafshonning yuqori oqimi, Jizzax, Zomin yana Buxoroga qo’shib olindi. Muhammad Rahimxon qisqa muddat ichida juda katta hududni birlashtirgan mang’itlarning markaziy davlat tizimini barpo etdi. 1758-yilga kelib Toshkent, Qo’qon, Marv, Balx, Qunduzdan elchilar kelib uning hokimiyatini tan olganliklarini bildiradilar.
Muhammad Rahimxon vafotidan so’ng uning balog’atga yetmagan nabirasi Fozilto’ra taxtga o’tqazilib, hokimiyat aslida Muhammad Rahimxonning tog’asi Doniyolbiy otaliq (1750-1785 yy) qo’liga o’tdi. Doniyolbiyning hukmronligi davri markaziy hokimiyatning zaiflashuvi bilan izohlanadi. U taxtga o’tirgan dastabki paytdayoq markazlashagan davlat siyosatiga qarshi g’alayonlar va qo’zg’olonlar ko’tarildi. Miyonqol vohasi, Shahrisabz va Kitob, Sherobod va Boysun, Hisor viloyatlarida katta-katta xalq g’alayonlari va chiqishlar boshlanib ketdi. Dastavval, Hisorga badarg’a qilingan yuz, kenagas, burkut, bahrin, saroy kabi o’zbek urug’larining amirlari bosh ko’tardilar. Ular mang’itlar sulolasini taxtdan ag’darishni rejalashtirgan edilar. Doniyolbiyning amirlarni tinchlashtirish uchun qilgan harakatlari zoe ketdi. Shundan so’ng Doniyolbiy qo’zg’olonlarga qarshi qo’shin jo’natdi va Buxoro shahri aholisining yordami bilan qo’zg’olon bostirildi. Isyonchi amirlarning ko’pchiligi qatl etildi. Oradan ko’p o’tmasdan yuz urug’larining boshlig’i Fozilbiy bosh ko’tardi. Doniyolbiy qiyinchilik bilan bo’lsa-da bu qo’zg’olonni ham bostirdi. Ayniqsa, 1771-yilda Shahrisabz va Xuzorda ko’tarilgan qo’zg’olon davlat asoslarini jiddiy larzaga sodi. Bu qo’zg’olonni ham katta kuch sarflab bostirishga erishgan Doniyolbiy qo’zg’olonchilar rahabarlarini qatl ettirdi. Mamlakatda g’alayonlarning deyarli to’xtovsiz ko’tarilib turishi markaziy hokimiyatning obro’sini, qudratini tushirib yubordi. Mamlkatning iqtisodiy ahvol ham nochor holatga tushib qoldi. Natijada 1784-yilda poytaxt Buxoroda ham qo’zg’olon ko’tarildi. Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsa-da, Doniyolbiy 1785-yilda taxtni o’g’li Shohmurodga topshirishga majbur bo’ldi.
Shohmurod taxtga o’tirganidan so’ng “amir” unvoni bilan hokimiyatni boshqaradi(1785-1800 yy.). U o’z hukmronligi davrida shaharlar taraqqiyoti va obodonchiligiga, irrigatsiya va qishloq xo’jaligi rivojiga alohida ehtibor berdi. Tarixda “Amiri mahsum” (“Gunohsiz amir”) nomi bilan qolgan Shohmurod o’z davrida markaziy hokimiyatni nisbatan mustahkamlashga erishdi. Uning hukumronligi davrida mamlakatni rivojlantirishga yo’naltirilgan to’rtta muhim islohot-moliya, sud, mahmuriy va harbiy islohotlar o’tkazildi. Avvalo 1758-yildan boshlab, amirlikda to’la holatda (aralashmalarsiz) kumushdan iborat bo’lgan kumush tangalar,oldingilaridan o’zining qiymati, sifati va tashqi ko’rinishi bilan farq qiladigan sof tilla tangalar zarb etila boshlandi. U davlat zarbxonalarida aholining o’z shaxsiy jamg’armalaridan olib kelgan kumish va oltindan bir xil o’lchamdagi kumush va tilla tangalarni zarb qilishga keng ruxsat berdi. Amir Shohmurod adliya sohasida o’tkazgan islohoti bilan mamlkatda sud ishlarini olib borishni birmuncha erkinlashtirdi. Manbalarga ko’ra, amirlikdagi sud hayhati ishlarini Shohmurodning bevosita o’zi boshqargan. Sud ishlarini olib borish uchun maxsus sudlov qonunlari majmuasi ishlab chiqilgan bo’lib, barcha viloyat, tuman, beklik qozilari aynan mana shu qonunlar majmuasi asosida ish olib borganlar. Umuman olganda, amir Shohmurod tomonidan o’tkazilgan islohotlar mamlakatdagi markaziy hokmiyatni mustahkamlab, iqtisodiy yuksalishni tahminlagan edi. Shuningdek, soliqlarning taribga solinishi, sud ishlaridagi nohaqliklarga chek qo’yilishi, mahalliy amaldorlar ustidan nazorat o’rnatilishi – savdo-sotiq va hunarmandchilikning, qishloq xo’jaligining yuksalishiga sharoit yaratib bergan edi.
Shohmurod o’zi idora etib turgan markazlashgan davlat tizimini yanada mustahkamlash sohasida ham mahlum ishlarni amalga oshirdi. Uning davrida ham amirlikda bir nechta urug’lar va ayrim viloyatlarning noroziliklari sodir bo’lib turgan edi. Xususan, 1786-yilda Karmana sarhadi aholisi Buxoro amiriga bo’ysunishdan bosh tortdi. Shohmurod Karmana aholisini bo’ysundirish uchun bir necha marta yurish qilishga majbur bo’ldi. Karmanadan so’ng itoat etmay qo’ygan Shahrisabz va Xo’jandga qilingan yurishlar muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar va muvaffaqiyatli harbiy harakatlar natijasida ancha mustahkamlanib olgan Shohmurod qo’shni Afg’onistonga ham harbiy yurishlar uyushtiradi. Xususan, Shohmurod Amudaryoning o’ng qirg’og’idagi ilgarigi Buxoro yerlarini qaytarib olish uchun Afg’on amiri Temurshohga qarshi urushlar olib boradi. Bu urushlardan so’ng Shohmurod va Timurshoh o’rtasida sulh tuzilib, Amudaryo har ikkala davlat o’rtasidagi chegara deb belgilandi. Amir Shohmurod 1800-yilda vafot etganidan so’ng uning o’g’li amir Haydar (1800-1876 yy.) valiahd sifatida taxtga o’tirdi. Otasi davrida Qarshining hokimi bo’lgan amir Haydar oq kigizga o’tqaizilib xon etib ko’tariladi. Ammo, Haydar xon unvonini emas, balki “amir al-mo’minin” unvonini oldi. Manbalarga ko’ra, xutba amir Haydar nomiga o’qilgan bo’lsa-da, tangalar amir Haydar, amir Shohmurod va Doniyolbiy nomlaridan zarb etilgan. Otasining siyosatini davom ettirishga harakat qilgan amir Haydar o’z hukmronligining dastlabki yillarida Buxoro hududining butunligini saqlash, Zarafshonning yuqori oqimi hududlari, Shahrisabz, Miyonqol yerlarini qo’lda saqlab qolish uchun kurashlar olib bordi. O’ratepani vaqtincha o’ziga bo’sundirishga erishdi.
Amir Haydar davrida Xiva xonlari amirlik hududlariga tez-tez talonchilik urushlari qilib turdilar. 1806 yilda amir Haydar butun Buxoro ahlini qurollanishga va Xiva xoni Eltuzarga qarshi kurashishga chaqirdi hamda ularni mag’lubiyatga uchratib, amirlik hududlaridan haydab chiqarishga erishdi. Bu urushlardan so’ng Buxoro bilan Qo’qon o’rtasida urushlar boshlanib ketdi. Qo’qon xoni Olimxon 1807, 1810-yillarda O’ratepaga hujumlar qilib, katta o’ljalarni Qo’qonga olib ketdi. Bunday hujumlar Qo’qon xoni tomonidan Jizzax va Zominga ham uyushtirilib turildi.
Doimiy ravishda olib borilgan urush harakatlari katta xarajatlarni talab etganligi bois, amir Haydar qo’shimcha soliqlar yig’ish haqida farmon berdi. Bu esa mehnatkash aholi ahvolini yanada og’irlashishga va amir Haydar hamda u olib borayotgan siyosatga qarshi chiqishlarga olib keldi. Mana shunday qo’zg’olonlar 1821-1825 yillarda Miyonqol, Samarqand va Urgutda bo’lib o’tdi. Amir Haydar bu qo’zg’olonlarni katta qiyinchiliklar bilan, qo’zg’olonchilarga katta vahdalar berish evaziga bostirishga erishdi. Shahrisabz va Marv vohasi uchun ham Amir Haydar urushlar olib borishga majbur bo’ldi. O’z davrida Amir Haydar qo’shni Afg’on davlati hukmdori Shujoh al-mulk Durroniy bilan do’stlik aloqalarini o’rnatgan bo’lsa-da, Qo’qon va Xiva davlatlari bilan Buxoro davlati o’rtasidagi munosabatlar keskin edi. Manbalarga ko’ra, shunday sharoitda amir Haydar hatto Turkiya sultoni Mahmud II ga yordam so’rab murojaat etgan va uning itoatiga o’tishga tayyor ekanligini ham mahlum qilgan.
Amir Haydar 1826-yilda vafot etganidan so’ng uning ikkita katta o’g’illari amir Husayn (ikki yarim oy) va amir Umar (to’rt oy) qisqa muddat taxtga o’tirib, o’z ukalari Nasrullo tomonidan o’ldiriladilar. Shundan so’ng taxtga amir Haydarning uchinchi o’g’li Nasrullo o’tirdi. Amir Nasrulloning hukmronlik davri (1826-1860 yy.) avvalo, Buxoro amirligidagi siyosiy tarqoqlik, zodagonlarning boshboshdoqliklariga barham berish bilan izohlanadi. Amir Nasrullo hokimiyatni boshqarishda nihoyatda qattiq qo’llik siyosatini olib bordi. O’zining berahmlik siyosati tufayli amir Nasrullo “qassob amir” degan nomga sazovor bo’lgan edi.
Amir Nasrullo markaziy hokimiyatni tan olmaydigan bo’ysunmas mahalliy hokimlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. Bu borada Shahrisabz Buxoroga bo’ysunmay qo’ygan eng yirik mustaqil viloyat hisoblanardi. Shuning uchun ham amirning siyosatidan anrozi bo’lgan ko’plab amaldorlar Shahrisabzga qochib panoh topganlar. Amir Nasrullo 1832-yilda Shahrisabzga qarshi urush boshlab, 32 marta yurishdan so’ng 1552-yilda Shahrisabz va Kitobni bo’ysundirishga erishadi. Amir Nasrullo Qo’qon va Xiva xonlari bilan ham urushlar olib bordi. U 1842-yilda Qo’qonga yurish qilib uni egalladi. Ammo, bu paytda Xiva xoni Olloqulixon Buxoro chegaralariga hujum qilganligini eshitgach, Qo’qonga o’z noibini qoldirib orqaga qaytishga majbur bo’ldi. Amir Nasrullo o’z qo’shinlari bilan Xivaga yurish qilib, Xazoraspni qamal qildi. Ammo, mag’lubiyatga uchrab qaytib ketishga majbur bo’ldi.
Amir Nasrullo o’z hukumronligi davrida O’ratepa va Xo’jand uchun Qo’qon xoni bilan to’xtovsiz urushlar olib bordi. Buning natijasida shaharlar qo’lda-qo’lga o’tib ko’pgina vayronagarchiliklar kelib chiqdi, talon-talojlik avj oldi. Manbalarga ko’ra, Qo’qondan Keshgacha bo’lgan barcha mamlakatlarni bo’ysundirgan amir Nasrullo Buxoroning amaldagi oxirgi mustaqil hukmdori bo’lib qoldi. Amir Nasrullodan so’ng taxtga uning o’g’li amir Muzaffar(1860-1885 yy.)o’tirdi. U mang’itlar sulolasidan bo’lgan to’rtinchi amir bo’lib, uning 25 yillik hukumronlik davrida juda ko’p voqealar sodir bo’ldiki, ulardan eng ayanchlisi – Buxoro amirligining Rossiya imperatori vassaliga aylanishidir.
Amir Muzaffar o’z hukmronligining dastlabki yillarida ulamolarga deyarli ehtibor bermadi, ular bilan biror-bir masala yuzasidan maslahat ham qilmadi. Ammo, 1868-yilda amir ruslardan mag’lubiyatga uchragach, ulamolarga yon berishga majbur bo’ldi. Chunki ulamolar mahalliy aholini ruslarga qarshi kurashishga dahvat etgan edilar. Lekin fursat qo’ldan boy berilgan edi. Ulamolarning xalqni ko’tarishi ham, amirning o’g’li Katta To’ra (Abdumalik), Kitob va Shahrisabz beklarining sahy-harkatlari ham besamar ketdi. Zirabuloq yaqinidagi jangda mag’lubiyatga uchragan amir Muzaffar ruslar tomonidan tuzilgan shartnomaga imzo chekishga majbur bo’ldi. Unga ko’ra amir O’ratepa, Jizzax, Zarafshon vohasi hududlaridan mahrum bo’ldi, rus hukumatiga 125 ming tillo miqdorda tovon to’laydigan bo’ldi hamda Buxoroning Rossiyaga vassalligini tan oldi. Amir Muzaffar hukmronligi davrida amirlik hududlari ancha qisqardi. Bunga avvalo rus bosqini sabab bo’lgan bo’lsa, katta qiyinchilik bilan buyso’ndiriligan Shahrisabz va Kitob bekliklari yana Buxoroga buysunishdan bosh tortdilar. Undan tashqari, ruslarga to’langan katta tovon evaziga amirlik xazinasi bo’shab qoldi. Amir o’z xazinasini to’ldirish uchun qozilar va raislarga aholidan turli xil yig’imlar yig’ishga ruxsat berdi. Chunki bu yig’imlarning katta qismi turli xil sovg’alar va inhomlar tariqasida xazinaga kelib tushardi.
Amir Muzaffar o’g’li Abdulahadni taxt merosxo’ri deb e’lon qildi va o’sha yili uni Rossiya imperatori Aleksand Aleksandorovichning taxtga o’tirish marosimi tantanasiga qatnashish uchun Moskvaga jo’natdi. Podsho Aleksandr III ga Buxoro yulduzi ordeni topshirildi va Abdulahad haqiqiy taxt vorisi sifatida Rossiya tomonidan tasdiqlandi. 1883-yilda esa amir Muzaffar Rossiya imperiyasining I-darajali Muqaddas Anna ordeni bilan taqdirlandi. Arxiv mahlumotlariga qaraganda, bu mukofotni Buxoroga imperiyaning nufuzli amaldorlaridan biri – general-mayor, knyazg’ Vitgenshteyn boshchiligidagi maxsus elchilar guruhi olib kelgan. Amir Muzaffar 1885-yil 31 oktyabrda kasallik tufayli vafot etadi. Uning o’g’li amir Sayyid Abdullahad 1885-1910 yillar Buxoro amirligi taxtini boshqardi. Abdulahad 14 yoshidan boshlab Karmana beki etib tayinlangan. Rus sayyohlarining mahlumotlariga ko’ra u Karmanada juda oddiy kun kechirgan. 1885-yil 4 noyabrda amir Muzaffarni Buxoro arkida oq kigizga o’tirg’izib, taxtga o’tqazish marosimi bo’lib o’tdi.
Amir Abdulahad sayohat qilishni yaxshi ko’rgan. U turli yillarda Moskva, Sankt-Peterburug, Kiev, Odessa, Yekaterinaslov, Boku, Tiflis, Botumi, Sevastopol, Bog’chasaroy kabi shaharlarda bo’lgan. Amir har yili Kavkazda, Qrim yoki Yaltada dam olgan. Uning hukmronligi davrida qiynoqlar, o’lim hukmi va eng dahshatli jazo, Buxorodagi Minorai Kalondan tashlab yuborish man etilgan. Amir Abdulahad davrida amirlikda mis, temir, oltin qazib chiqarish, telefon liniyalari va temir yo’llari qurilishi,savdo faol rivojlantiriladi. Abdulahad amirlikdagi harbiy kuchlarga alohida ehtibor bergan. Yoshlik chog’idayoq bo’lajak amir o’z garnizonida harbiy mashqlar o’tkazib, Karmana qalhasini yaxshi harbiy holatda tutgan.1895 yildan boshlab Buxoro amirligida militsiya xizmati yo’lga qo’yilgan. Keyinchalik ham amir Abdulahad o’z qo’shinini harbiy tayyorgarligini oshirish va zamonaviy qurollantirish uchun ko’pgina ishlarni amalga oshirgan.
Amir Muzaffar 1910-yil 22 dekabrda buyrak kasalidan vafot etgach 1911-yil yanvarda uning ikkinchi o’g’li Sayyid Mir Olim taxtga o’tiradi. Olimxon 1893-1896 yillarda Peterburgda tahlim olgan. Undan so’ng avval Nasaf viloyatiga, keyin esa Karmanaga hokimlik qilgan. 1911-1920 yillar Buxoro taxtini boshqargan amir Olimxon Buxoroda sovet hukumati o’rnatilgach Afg’onistonga chiqib ketdi va 1944-yil Qobulda vafot etdi.
O’rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro amirligi alohida mavqeiga ega bo’lgan, katta hududlarni egallagan davlat edi. Manbalarga ko’ra, XVIII asrning o’rtalariga kelib Buxoro amirligi hududlarida birmuncha o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu davrda Buxoro hukmdorlari o’z tasarruflarida Buxoro shahri va uning atrofidagi Vobkent, G’ijduvon, Qorako’l, Vag’oza tumanlari, Qashqadaryo va Miyonqol vohalarini saqlab qololgan edilar. Xo’jand, Toshkent, Hisor vaqti-vaqti bilan esa G’uzor, Shahrisabz, Nurota, shuningdek Amudaryoning o’ng sohilidagi Balx, Andxay, Maymana, Badaxshon va Shibirg’onlar ham Buxoroga vassal bo’lishiga qaramay unga itoat etmay qo’yganlar. Siyosiy parokandalikning asosiy sababi – so’nggi ashtarxoniylar davridagi o’zaro kurshalar, markazdan qochuvchi kuchlar mavqeining o’sishi edi.
XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, yahni mang’itlar sulolasi hukmronligi o’rnatilgach, Buxoro amirligi yana asta-sekin mustahkamlana boshlaydi. Shu asrning 70-80 yillariga kelib Buxoro amirligining markaziy hududini Samarqand va Buxoro shaharlarini o’z ichiga olgan Zarafshon vohasi tashkil qilar edi. XIX asrning boshlariga kelib Buxoro amirligi hududiga Zarafshon hamda Qashqadaryo vohalaridan tashqari Surhon vohasi, Hisor, Xo’jand, O’ratepa, Panjikent kabi aholi zich joylashgan tumanlar, Janubiy Turkmanistonning katta qismi, jumladan Chorjo’ydan to Murg’ob daryosigacha bo’lgan hududlar kirar edi.
XIX asrning 50-yillarida Buxoro amirligi bir necha viloyatlardan tashkil topgan bo’lib, ulardan Buxoro va Samarqand o’z navbatida tumanlarga bo’lingan edi. Viloyat hukumdorlari hokim deb atalgan. Keyinchalik viloyat o’rniga bekliklar paydo bo’lgach ularning hukmdorlari bek deb atalgan. Yangi mahlumotlarga ko’ra, bu davrda Buxoro amirligida 44 ta beklik mavjud bo’lgan.
Mirzo Badi Devonning “Majmah ul-arqom” asaridagi mahlumotlarga ko’ra, amirlik quyidagi mahmuriy-hududiy bo’laklarga: 100 ming tanobdan iborat sug’oriladigan yer tumanga, 50 ming tanobdan iborat sug’oriladigan yer hazoraga, 25 ming tanob sug’oriladigan yer nimhazoraga, 10-15 ming tanob sug’oriladigan yer obxo’riga, 400 tanob sug’oriladigan yer qariyaga, 300 tanob sug’oriladigan yer mahrazaga (ekinzor) bo’lingan. Bunday tartibda bo’linish bo’yicha xiroj, zakot va boshqa turdagi soliqlarni yig’ish va olish qulay bo’lgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez ko’paya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminan 2,5 mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqanda shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan. Amirlik aholisning katta qismini o’zbeklar tashkil qilgan bo’lib,juda ko’plab o’zbek urug’lari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand, Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog’li tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh, Hisor, Qorategin, Ko’lob, Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabog’ bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida istiqomat qilganlar.
Buxoro amirligining siyosiy tizimi, idora etish tartib-qoidalari, davlat ramzlari, unvon va mansablar haqida ko’pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu tadqiqotlarning tahlillari shuni ko’rsatadiki, mang’itlar hukumronligi davrida davlat tizmida jiddiy o’zgarishlar amalga oshirilmagan. Bu davrda oliy hukumdor garchi amir unvoni bilan hokimiyatni boshqargan bo’lsa-da, Buxoro amirligi ham o’z tizimi, qonun-qoidalari, boshqaruv tartiblari va butun mohiyati bilan, o’rta asrlar Movarounnahrdagi musulmon davlatlari, xususan, shayboniylar va ashtarxoniylar davlat tizmidan deyarli farq qilmagan. Buxoro amiri Sayyid Olimxon o’zining “Buxoro xalqining hasrati tarixi” asarida Buxoro amirligining siyosiy va idoraviy tashkilotlari hamda davlat boshqaruvi haqida mahlumotlar berib, jumladan quyidagilarni yozadi: “Buxoro amirlari hukm yuritishlarida – shariat usul va odatlariga rioya qilar edilar. Buxoroning islom ulamolari amirni payg’ambar xalifasi-o’rinbosari, usul va shariat himoyachisi deb bilar edi. Amirning tirikchiligi butunlay shariatga mos bo’lardi, uni buzish mumkin emas edi. Buxoro xonlari butunlay mang’itlarning o’zbek toifasidan bo’lgan. Buxoro podshohlarini o’zbek odatlariga ko’ra, to’shakcha ustiga tabarrukona o’tqazib, sayyidlar, xo’jalar va mullolar uni yerdan ko’taradilar.
Buxoro mamlakati 28 ta viloyat (bog’ot)ga bo’linar edi. Eng katta viloyatlarga amirning o’zi hokimlarni tayinlar edi. Bu viloyatlarga Nurota, Qorako’l, Boysun, Hisor, Dehnov, Qo’rg’on, Boljuvon, Ko’lob, Qubodiyon, Darvoz, Ro’shon, Samarqand, Miyonqol, Farob, Urmeton va Maschohlar kirar edi. Valiahdga qarashli mulk Qarshi hisoblanar edi.” Buxoro amirligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo’lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat ahmiyatiga molik bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,diniy va boshqa masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh – Arkda ko’rib chiqilgan hamda hal etilgan. Bosh qarorgoh hisoblangan Arkda amir va uning oilasidan tashqari qo’shbegi, shig’ovul, to’pchiboshi, mirzaboshi kabi saroy amaldorlari o’z oilalari va xizmatkorlari bilan yashagan.
Zaruratga qarab mamlakat poytaxtida amir boshchiligida Davlat Kengashi chaqirilib turilgan. An’anaga ko‘ra, lavozimlariga qarab 5 tadan 20 tagacha amaldorlar a’zo bo‘lgan ushbu kengashda mamlakat hayotiga doir eng muhim masalalar ko‘rib chiqilgan. Amirlikning poytaxti Buxoro va uning atrofidagi tumanlar amir tomonidan boshqarilgan. Viloyat beklari nisbatan kichik hududiy bo‘linmalar amlok mulklar hisoblanib, ularning boshqaruvchilari amaldor deb atalgan. Amirlikning ma’muriy tuzilishidagi eng quyi bo‘g‘in qishloq jamoalari bo‘lib, ularni oqsoqollar boshqargan.
Mansablar, unvonlar va amallar. Buxoro amirligidagi eng yuqori unvon va mansablar, avvalo mang‘it urug‘i vakillariga, sayyidlarga, xo‘jalarga hamda ulamolarga berilgan bo‘lib, davlatdagi eng yuqori unvon amir ul-umaro, otaliq, hokim (valiy, bek), qo‘shbegi va devonbegilar bo‘lgan. Davlat amir, amir ul-umaro tomonidan boshqarilib, u amalda va rasman cheklanmagan huquqlarga ega bo‘lgan. Oltin O‘rda davlatida joriy etilgan otaliq unvoni mang‘itlar davriga kelib otaliqqa olingan shaxsning maslahatchisi va ishonchli vakili, harbiy va ma’muriy ishlarda asosiy vakiliga aylandi. Amir Shohmurod davrida otaliqning vakolatlari cheklanib, unga Zarafshon daryosi suvining tasimotini nazorat qilish, Buxoro kanali (rud-i shahr) va dorug‘alik vazifasi yuklanadi.
Bu davrda qo‘shbegi yoki qo‘shbegiyi bolo eng oliy saroy mansabi hisoblanib uning mavqei juda baland bo‘lgan. Amalda bosh vazir vazifasini bajargan bu mansab egasi iqtisodiy,siyosiy va harbiy masalalar bo‘yicha amirning eng yaqin odami bo‘lgan. Saroydagi oliy mansablardan yana biri devonbegi bo‘lib,bu mansabdor vazir vakolatlariga ega bo‘lgan. Devonbegi moliya ishlari, daromad va xarajatlar hamda soliq yig‘ish ustidan to‘la nazorat qilish ishlariga javob bergan.
Amirlikdagi markaziy davlat boshqaruvida Buxoro shahri alohida o‘rin egallagan. Jumladan, Buxoro shahri hokimi amirning birinchi vaziri va boshqa viloyatlar boshqaruvchisi hisoblangan. Shahardagi jamoat tartibini saqlash mirshablarga topshirilgan bo‘lib, ular shahar mirshabboshisiga bo‘ysunishgan. Buxoro shahri mirshabboshisiga boshqa barcha shaharlar mirshabboshilari bo‘ysungan. Mang‘itlar davrida Buxoroda qo‘shbegi, qozikalon, bosh rais va mirshabboshi birgalikda - chor hokim, ya’ni, - to‘rt hokim deb yuritilgan.
Amirlikning boshqaruv tizimida bosh rais alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Ushbu amal yarim diniy, yarim targ‘ibotchi usulida edi. Amirlikda bosh rais odatda eshon rais yoki rais-ush shariat deb atalgan bo‘lib unga barcha mahalliy raislar bo‘ysungan. Bosh rais ularni vaqti-vaqti bilan amir oldida tekshiruvdan o‘tkazib turgan. Eshon rais qozikalondan keyin turadigan amaldor bo‘lib, uning mahkamasiga vaqtincha o‘rinbosarlik qiluvchi xalifa, noib, mulozimlar, mirzalar, miroxo‘rboshi, tergovchi, shahar mirobi kabilar kirgan.
Amir saroyida ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi lavozimlar qatoriga shahar xavfsizligiga javobgar bo‘lgan mirshab va uning qo‘l ostidagilar, suv ta’minotiga javobgar bo‘lgan mirob va uning qo‘l ostida ishlaydiganlar kirgan. Mirshab qo‘l ostida yasovulboshi, devonbegi, mahramboshi, mirzalar, dahboshi, shabgard (kechki qorovul), farroshboshi kabilar bo‘lgan. Mirob tasarrufida esa mahram, mirzalar, bakovullar, miroxo‘rlar, suv tarmoqlari nazoratchilari, mahalla, mavze va qishloq oqsoqollari faoliyat yuritganlar.
Amirning ikkinchi vaziri qo‘shbegiyi poyon, ba’zi manbalarda mir poyon deb atalgan bo‘lib, unga yasovulboshi, miroxo‘rboshi, xazinachi, mirzalar, bakovulboshi, zakotchilar bo‘ysungan. Miri poyon ularni bevosita o‘z nazoratiga olib turgan.
Buxoro amiri huzurida yuqori lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi mansabdorlar ham mavjud bo‘lgan. Amir farmonlarini etkazuvchi parvonachi, amirga doimo hamroh bo‘lib yuruvchi hidoyachi, amir maslahatchisi va xorijiy mehmonlarni kutib oluvchi shig‘ovul, amir osoyishtaligi va tinchligini muhofaza qiluvchi tongotar (tunqator), amirga qaratilgan salom va ta’zimlarni qabul qiluvchi javobgar salom og‘asi, amir dasturxoniga javobgar dasturxonchi, amir safari chog‘ida nomozga chorlovchi imomi jilov, amir safari chog‘ida qonun bilan shug‘ullanuvchi mufti jilov, amir maslahatchilari guruhi jam’og‘a kabilar shular jumlasidan. Amirga bo‘lgan sadoqati va xizmati uchun alohida shaxslar dodhoh,inoq, to‘qsabo,otaliq, eshikog‘asi kabi unvonlarga ega bo‘lganlar.
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida amirlikda eng oliy diniy mansab shayxulislom hisoblangan. Ammo,bu davrda uning vazifalari ancha toraygan edi. XIX asr o‘rtalaridan boshlab shayxulislom o‘rnini qozikalon egallaydi.
Yuqorida eslatilgan amir huzuridagi kengashda din vakillaridan qozikalon, shayxulislom, naqib va rais qatnashgan.
Amir Muzaffar davridan boshlab amirlikdagi barcha huquqiy normalar qozilar tomonidan hal qilingan. Barcha fuqarolik,xo‘jalik va jinoiy ishlar Qur’on asosida ko‘rib chiqilgan hamda jazolar tayinlangan.
Qozilar amir irodasiga ko‘ra qozikalon tomonidan tayinlangan. Shariat bo‘yicha boshqaruv qozilar qo‘lida bo‘lgan. Qozikalon amirlik poytaxtining bosh qozisi bo‘lishi bilan birga, davlatdagi boshqa qozilar boshlig‘i hisoblangan.
Amirlikda rasman uchta diniy unvon – o‘roq, sudur va sadr mavjud bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, madrasani tugatgan shaxs mulla, qozi, rais amallarini egallashi mumkin bo‘lgan. YUqoridagi amallarda bir necha yil ishlaganidan so‘ng shariat huquqlari sohasida to‘plagan bilim va tajribalari asosida bunday shaxslarga dastlab o‘roq, keyin sudr va so‘ngra sadr unvonlari berilgan. Eng oxirgi diniy unvoni bo‘lgan shaxslar qozikalon, muftiy, a’lam, oxun kabi diniy amallarni egallashi mumkin bo‘lgan. Amirlikda harbiylar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va ularning shikoyatlarini shu masalalar bilan shug‘ullanuvchi maxsus amaldor-qozi askar ko‘rib chiqqan. Harbiy jinoyatlar bo‘yicha fatvo tayyorlash muftiy askar zimmasida bo‘lgan. Demak, amirlikdagi harbiylar va fuqarolik ishlari alohida-alohida mahkamalar tomonidan ko‘rib chiqilgan. Amir Nasrullo davrida amirlikda muntazam qo‘shin – sarbozlar qo‘shini tashkil etilgan. Eng yuqori harbiy unvonlar sarkarda, amiri lashkar, dodxoh (qo‘shin boshlig‘i) kabilar bo‘lib, qo‘ronbegi, to‘qsabo, mingboshi kabi oliy toifali harbiy amaldorlar ham faoliyat yuritgan. Bekliklar hududidagi qo‘shinga beklarning o‘zlari rahbarlik qilganlar. Bekning eng yaqin yordamchilari yasovulboshi boshchiligidagi yasovullar bo‘lgan. Qo‘shinda ponsadboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi, miroxo‘r kabi bo‘linma boshliqlari ham bo‘lgan. Ming boshi bayroq(tug‘) ko‘tarib yurish huquqiga ega edi.
Yer egaligi munosabatlari. Dehqonchilik va chorvachilik. O‘rta Osiyoning barcha hududlarida bo‘lgan kabi Buxoro amirligida ham agrar munosabatlar, ya’ni, yerga egalik munosabatlari iqtisodiy hayotning asosini tashkil etgan. Manbalarga ko‘ra amirlikda yer egaligining quyidagi to‘rtta turi: davlatga tegishli yerlar(mulki sultoniy); xususiy yerlar (mulk); diniy muassasalar ixtiyoridagi erlar (vaqf) va qishloq jamoalariga tegishli yerlar mavjud bo‘lgan, Arxiv manbalarida amlok yerlar, amloki sultoniy, podshoh yerlari kabi atamalar bilan atalagan davlat yerlari bilan bir qatorda mulki xirojiy, xiroj yerlari atamasi ham tilga olinadi.
Amir eng katta yer egasi hisoblangan. Davlat yerlarini rasman sotish, hadya etish hamda vaqfga berish taqiqlangan bo‘lsa-da, bunga doimo ham amal qilinmagan. Davlat yerlari bo‘sh yotgan yerlar (qamishzorlar, toshloq, to‘qayzor, tog‘oldi)ni o‘zlashtirish hisobiga ko‘paytirib turilgan. Bunday yerlarni o‘zlashtirgan shaxslar bir necha yil soliqlardan ozod etilib, keyin belgilangan tartibda soliq to‘laganlar.
Undan tashqari davlat(amlok) yerlari hukmdor olidida katta gunoh qilgan yirik yer egallaridan musodara qilingan yerlar hisobiga hamda merosxo‘ri bo‘lmasdan vafot etgan shaxslarning yerlari davlat ixtiyoriga o‘tishi hisobidan ham ko‘paygan. Ayrim manbalarga ko‘ra, davlat yerlaridan doimiy mavjud bo‘lgan yer solig‘i-xiroj olingan bo‘lsa, boshqa manbalarda davlat yerlaridan hosilning katta qismi, ya’ni 40-50 foizi olinganligi qayd etiladi.
Amirlikda mavjud bo‘lgan yana bir yer egalligi shakli mulk(xususiy) yerlar bo‘lib,bu yer egaligi shakli qo‘zg‘almas mulk hisoblangan hamda hech qanday cheklanishlarsiz meros qilib qoldirish mumkin bo‘lgan. Mulk yerlaridan olinadigan soliqlar haqida tadqiqotchilarning turli fikrlari mavjud. Yangi tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mulki xurr yoki mulki xolis ayrim yirik yer egalariga tegishli bo‘lgan yer egaligi shakli hisoblangan. Mulki xurr egasi doimo amaldagi hukmdor tomonidan berilgan yorliqqa ega bo‘lishi shart bo‘lgan va aynan shu yorliq tufayli u yer solig‘idan ozod qilingan.
Amirlikda dehqon ahli foydalanayotgan yerlarga nisbatan mulki xiroj atamasi ishlatilgan. Bunday yerlarga ega bo‘lgan yer egalari o‘z yerlarini erkin sotish, meros qoldirish va hadya qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Bunday yerlardan rasman hosilning uchdan biri miqdorida soliq belgilangan bo‘lsada, amirlikning har biri hududida o‘rnatilgan va belgilangan tartib hamda urf-odatlarga ko‘ra, soliq miqdori hosilning uchdan biridan to beshdan birigacha bo‘lgan.
Soliqlar. Buxoro amirligida eng asosiy soliq bu yerdan olinadigan xiroj solig‘i edi. Bu soliq amlokdor va oqsoqollar ishtirokida hosil pishib etilgan paytda hosilga qarab belgilangan. Hajmi esa hosilning uchdan, to‘rtdan ayrim hollarda beshdan bir qismi ko‘rinishida bo‘lgan.
Dehqonlar amlokdor uchun o‘n botmon yerdan yarim pud kafsan solig‘ini, dorug‘alar uchun kafsani dorug‘a (hosilning kam hajmdagi ma’lum qismi) ham to‘laganlar. Undan tashqari amir dalalarni aylanganda, harbiy harajatlar paytida ham qo‘shimcha soliq va to‘lovlar olingan.
Qonuniy yer solig‘idan tashqari yer egalari har bir tanob bog‘ yoki tomorqadan maxsus tanob puli va em-xashak etishtiradigan yerlardan alaf puli olingan. Ular umumiy nomda tanobona deb ham yuritilgan. Bu soliqlar yerlarning bozor joylashgan joyga uzoq yaqinligiga qarab hajm jithatdan farq qilgan. Amir Nasrullo davrida amirlikning soliq tizimiga biroz o‘zgartirishlar kiritiladi. Ya’ni, poliz ekinlari ekiladigan yerlar uchun qo‘sh puli joriy etilgan. Keyinchalik bu soliq poliz ekinlari ekmaydigan boshqa yerlaridan ham olinadigan bo‘lgan.
Amirlikdagi yana muhim soliqlardan biri – zakot edi. Zakot davlatning mol-mulkdan oladigan solig‘i bo‘lib, mol-mulk narxining qirqdan bir hajmida undirilgan. Bu soliqning eng daromadli tomoni mahsulotlarga soliq solish, shuningdek, savdogarlarning mahsulot uchun olib kelgan pullariga soliq solish bo‘lgan. Zakot mahsulotlardan bir necha marta undirib olingan. Chorvachilik tumanlarida zakot mahsulot ko‘rinishida (beshta tuyadan bitta quy yoki echki, qirqta quydan bitta quy yoki echki kabi) undirilgan.
Urushlar davrida favqulodda soliq – jul undirilgan. Undan tashqari savdo-sotiqdan dalloli, boshqa viloyatlar va davlatlardan olib o‘tilayotgan mahsulotlar uchun boj, daryodan mahsulotni qayiqda olib o‘tgani uchun suv puli, bozordagi savdo joyi uchun puli taxtajoy, bir juft omoch tortadigan ot yoki ho‘kiz uchun yaksara (bir botmon g‘alla), omoch tortadigan bitta ot yoki ho‘kiz uchun nimsara (yarim botmon g‘alla) kabi soliqlar olingan. Yangi ariqlar va kanallar qazish eskilarini tozalash uchun mahalliy aholi hasharlarga jalb etilgan. Ommaviy jamoat ishlariga ishtirok etmaganlardan shariatga ko‘ra, boqipuli deb atalauvchi jarima olingan. Soliqlar, to‘lovlar va jarimalar pul va mahsulot ko‘rinishida, mahalliy soliq yig‘uvchilar hamda amir tayinlagan kishilar tomonidan yig‘ib olingan.
2. Buxoro amirligidagi madaniy hayot.
XVIII asrning oxirlariga kelib amirlikda iqtisodiy hayotning birmuncha yuksalishi madaniy hayotga ham tahsir etmasdan qolmadi. Ayniqsa, ilgarigi davrlarda shakllangan maktab va oliy tahlim beruvchi madrasalar faoliyati bu davrda ancha yuksaladi. Boshlang’ich tahlim beruvchi maktablar amirlikning barcha yirik qishloqlarida, shaharlarining barcha mahallalarida iavjud bo’lib, bu maktablarda bolalarning dastlabki savodi chiqarilgan. Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilib, qurhonning dastlabki oyatlari yodlatilgan. SHariatga oid dastlabki saboqlar berilgan.
Madrasalar amirlikning barcha shaharlarida mavjud edi. Madrasalarda o’qitish ilgarigi davrlarda bo’lganidek uch boqichda, 1) past qadam, 2) miyona (o’rta) qadam va 3) peshqadamda amalga oshirilib, yetti yil davom etgan. Madrasa o’qituvchilari-mudarrislar va boshqa xizmatchilar maoshlari, talabalar nafaqalari, kutubxona xarajatlari, tahmirlash ishlari va boshqalarga ketadigan mablag’lar vaqf yerlaridan keladigan foyda hisobidan qoplangan. Madrasalar odatda hukmdorlar, amaldorlar, nufuzli shaxslar, yirik din peshvolari va savdogarlar tomonidan ko’p hollarda pishiq g’ishtdan ikki qavatli qilib qurilgan. Ularning birinchi qavatida machit,qiroatxona va kutubonalar, ikkinchi qavatida esa talabalar yashaydigan hujralar joylagan.
Madrasa talabalari diniy bilim bo’lgan Qur’oni Karim, fiqh, shariat asoslari, diniy-axloqiy adabiyotlar bilan birga til, adabiyot, tarix, falakiyot, mantiq, falsafa, xandasa (matematika) kabi dunyoviy va aniq fanlardan ham tahlim olganlar. Shunga qaramasdan, bu davrda madrasalarda diniy-axloqiy tahlimga asosiy e’tibor qaratilib, dunyoviy tahlim berish nisbatan orqada qolgan edi. Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan mehmorchilik yodgorliklari hamda yozma manbalar amirlikda adabiyot, tarix, xattotlik va musiqa sanhati, mehmorchilik rivojlanganligidan dalolat beradi. Demak, Amir Haydar saroyida munshi (amir kotibi) lavozimida xizmat qilgan Mirzo Sodiq Munshiy XIX asr boshlaridagi adabiy muhitning ko’zga ko’rigan namoyondalaridan biri edi. Undan meros qolgan shehriy Devon - “Devoni Sodiq Munshiy” hamda she’riy usulda bitilgan tarixiy asari uning adabiyot rivojiga qo’shgan hissasini ko’rsatadi. Bu davrda amirlikning turli shaharlarida yashab ijod ilgan ko’plab shoirlar (shoir Hoziq, shoir Mujrim va bosh.) ijodida xalqparvarlik, jabr-zulmga qarshi isyonkorlik kayfiyati kuchli bo’lib, ular ko’p hollarda hukmdorlar va amaldorlar tomonidan quvg’inga olingan.
XIX asr adabiyotida Shavqiy taxallusi bilan shehrlar yozgan Kattaqo’rg’onlik Muhammad Sharif, “Chor darvish”, “Mafiloro”, “To’tinoma” kabi asarlar muallifi Mulla Qurbon Xiromiy va boshqalar katta rolg’ o’ynaganlar. Shuningdek, bu davrda Ahmad Donish, Ochili Murod Miriy Katta Qo’rg’oniylar ham adabiyotga xos bo’lgan asarlar yaratganlar. Bu davrda yaratilgan tarixiy asarlarning ko’pchiligi hukmron mang’itlar sulolasi tarixiga bag’ishlangan bo’lib, ularda o’rta asrlar tarixnavisligidagi anhanalar davom ettirilgani kuzatiladi. Amirlikda yashab o’tgan ilm-fan namoyondalarining faoliyati ko’p qirrali bo’lib, ularning aksariyati tarixiy asarlar ham yaratganlar. Xususan, Mullo Ibodullaning “Tarixi amir Haydar”, Muhammad Sharifning “Dostoni amironi mang’it”, Mir Olim Buxoriyning “Fathnomai sultoniy”, Mirzo Abdulazim Somiyning “Tarixi salotini mang’itiya”, “Dahmai shohon”, Muhammad SHarif ibn Muhammad Naqining “Toju tavorih”, Ahmad Donishning “Mang’itlar xonadoni hukumdorlari tarixidan qisqacha risola”, Mirzo Sodiq Munshiyning “Mang’it hukmdorlari tarixi” kabilar shular jumlasidandir.
Amirlikning madaniy hayotida hattotlik ham muhim o’rin egallagan edi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlarda hattotlik matablari mavjud edi. O’z kasbining ustasi bo’lgan mohir hattotlar davlat va xo’jalik hujjatlari tayyorlashda, ilmiy-badiiy asarlar yozish va ko’chirishda mehmoriy inshootlarga turli yozuvlar (Qurhoni karim oyatlari, hadislar, hikmatlar)ni chiroyli naqshlar tarzida bitishda mashhur bo’lganlar. Bu davrda amirlikning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, G’uzor, Katta qo’rg’on, Dehnov kabi ko’plab shaharlarida masjid va madrasalar bunyod etilgan. Buxorodagi Domullo Tursunjon madrasasi, Xudoydod mehmoriy(masjid, madrasa va sardoba) majmuasi, Ernazar elchi madrasasi, Qarshidagi Ali va Mir Muhammad madrasalari shular jumlasidandir. Undan tashqari bu davrda shaharlarda ko’plab ixtisoslashgan yopiq bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar, yo’llar bo’ylarida sardobalar bunyod etilgan.
Xullas, O’zbeksiton davlatchiligi tarixida Buxoro amirligi davlatining ham o’z o’rni va mavqei bo’lib, mang’itlar hukmronligi davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda qator yuksalishlar bo’lib o’tdi. Ammo, mamlakat iqtisodiy jihatdan qudratli va siyosiy jihatdan mustahkam emas edi. Ko’p hollardagi iqtisodiy tanglik, siyosiy beqarorlik, o’zaro nizolar XIX asrning ikkinchi yarmida davlatning katta hududlarini Rossiya tomonidan bosib olinishiga sabab bo’ldi. Buxoro amirlari 1920 yilga qadar Rossiyaga vassal holatda taxtni egallab turdilar.
Buxoro amirligidagi mang’itlar sulolasi hukmdorlari (1747-1920 yy.)

  1. Muhammad Rahimbiy – 1747-1758 yy.

  2. Doniyolbiy – 1758-1785 yy.

  3. Amir Shohmurod – 1785-1800 yy.

  4. Amir Haydar – 1800-1826 yy.

  5. Amir Husay – 1826 y. Ikki yarim oy.

  6. Amir Umar – 1826 y. To’rt oy.

  7. Amir Nasrullo – 1826-1860 yy.

  8. Amir Muzaffar – 1860-1885 yy.

  9. Amir Abdullahad – 1885-1910 yy.

  10. Amir Olimxon – 1911-1920 yy.

3. Amir Nasrulloxon hukmronligi davrida Buxoro amirligida madaniy hayot


Amir Nasrulloxon o`zining ko`p yillik hukmronligi davrida Buxoroni obdonlashtirishga ham e`tibor qaratgan. Nasrulloxon tomonidan va uning davrida Buxoroda Qozi Hasanxo`ja, Olimjonbiy, Eshoni Pir, Mirzo Ubayd, Modarixon, Aliy Cho`bin, Mirzo Abdulg’affor, shuningdek, Ismoilxo`ja (1829), Tojiddin (1860) madrasalari qurildi, 1855 – yili Xalifa Xudoydod me`moriy majmuasining qurilishi yakunlandi.
Amir saroyida ko`plab tarixchilar va shoirlar yashab ijod qilgan. Bu paytda tarixchi Muhammad Mir Olim Buxoriy (XIX asr) Nasrulloxon faoliyati haqida “Fathnomai sultoniy” (“Sulton fathnomasi”) yoxud “Tarixi sulton Sayyid Amir Nasrulloh” asarini yozgan. Keyinchalik mashhur alloma bo`lib yetishgan yosh Ahmad Donish Nasrulloxonning nazariga tushib, saroyga xizmatga olingan. Muhammad Yoqub Buxoriy ibn Ahmad Doniyol (1771 – 1831) o`zining 1825 – 1831 – yillarda yozgan “Gulshan al – muluk” (“Podshohlar gulshani”) yoxud “Risola” asarida mang’itlar sulolasi tarixini Amir Nasrulloxon davrigacha (1831yilgacha) tasvirlagan. Shuningdek, asarda 1826 – yildagi siyosiy voqealar va xitoy – qipchoqlar qo`zg’oloni yoritilgan.
Muhammad Ya’qub Kenja ibn Ali Mirzo Buxoriy (taxminan 1771 – 1831) o‘z davrining yirik tarixchi olimlaridan bo‘lgan. U mang‘itlar sulolasining ikkinchi hukmdori Doniyolbiy otaliq (1758–1785)ning o‘g‘lidir. Muhammad Ya’qub “Gulshan ul-Muluk” (“Podsholar gulshani”) asarini yozgan. Asarning bi­rinchi qismida Buxoroning qadimiy tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayon qilingan. Ikkinchi qismida esa, O‘rta Osiyoning XVIII asr va XIX asr boshlaridagi davri tarixi o‘z aksini topgan. Shu asrning oxirlarida Muhammad Sharif tomonidan tuzilgan va tarixiy voqealar solnomalarini o‘zida aks ettiruvchi «Tadj-at-tavorix» asari qimmatli dalillarga boy kitobdir. Kitobda voqealar rivoji Shayboniylardan boshlanib, XVIII asrning so‘nggi davrlari bilan yakunlanadi. XIX asrning birinchi yarmida yozilgan Muhammad Ya’qub Kenja ibn Ali Mir­zo Buxoriyning «Fathnomai sultoniy» tarixiy asarida soliqlar islohotlari, Xitoy-qipchoqlarning qo‘zg‘olonlari va 1826 – yildagi siyosiy voqealar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
“Muntaxab ut-tavorix” (“Yilnomalar to‘plami”) 1843 – yilda tarixchi olim Muhammad Hakimxon to‘ra Ma’sumxon To‘ra o‘g‘li tomonidan yozilgan tarixiy asardir. Unda payg‘ambarlar haqidagi rivoyatlar, qadimiy Eron, Arab halifaligi, somoniylar, saljuqiylar, xorazmshohlar, mo‘g‘ullar, temuriylar va boburiylar davri tarixidan qisqacha ma’lumotlar berilgan. Ayni zamonda ushbu kitobda Buxoro va Qo‘qon xonliklarining tashkil topishidan boshlab XIX asrning 42 – yillarigacha bo‘lgan davr tarixi o‘z ifodasini topgan. Ma’sumxon To‘ra o‘g‘li asarda o‘zining Rusiyaga, arab mamlakatlari va Eronga qilgan sayohatlaridan olgan taassurotlarini ham hikoya qiladi. “Muntahab ut – tavorix” asari XIX asrda O‘rta Osiyodagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum va madaniyatini o‘rganishda g‘oyatda muhim manbadir. Asarning o‘zbek tiliga tarjima qilingan nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Bu davrda badiiy ijod bobida ham ilg‘or va yirik mutafakkirlar qalam tebratganlar. Jumladan, o‘zbek va fors – tojik tillarida ijod qilgan Mutribiy “Tazkirot ash-shuaro” kitobida badiiy ijod bilan shug‘ullangan 320 dan ortiq shoir va yozuvchilarning nomlarini tilga oladi. Afsuski ularning bosib o‘tgan ijodiy yo‘llari to‘g‘risida yetarli ma’lumotlarga ega emasmiz.
So’fiy va tarixchi Humuliy (1776 – tahminan 1870) o`zining “Manzumoti tarixiya” hamda “Shoh va gado” asarlarida Amir Nasrullo davridagi siyosiy voqealarni yoritgan. 1836 – 1849 – yillarda yozilgan “Tarixi Humuliy” (“Humuliy tarixi”) asarida u mang’itlar tarixining 100 yillik davrini: 1740 – yildan boshlab to Nasrulloxon hukmronligining dastlabki yillarigacha bo`lgan davrni tasvirlagan.
Tarixchi Mu`in o`zining “Zikri ta`dadi nodishohoni o`zbek” asarida o`zbek xonliklarining XVI asr boshlaridan to Amir Nasrulloxon taxtga o`tirgan 1827 -yilgacha bo`lgan tarixini yoritgan. Nasrulloxon va birodarlari saroyida xizmat qilgan munshiy va tarixchi Mirzo Shams Buxoriy bo`lsa o`zining “Buxoro, Qo`qon va Qoshg’arning ayrim voqsa - hodisalari bayoni” (Qozon, 1861) asarida ham ushbu davr voqealarini ko`rsatgan. “Muntaxab ut - tavorix” (“Yilnomalar to`plami”) asarining muallifi Muhammad Hakimxon to`ra (XVIII – asr oxiri XIX asr 40 – yillari) ham amir Nasrullo hukmronlik davrida Qo`qon xonligi va Buxoro amirligida yashab ijod qilgan. Muhammad Hakimxon “Muntaxab ut – tavorix” asrida Qo`qon va Buxoro xonliklarini tashkil topishidan 1842 – yilgacha bo`lgan tarixi xaqida ma`lumotlar berilgan.
Mazkur davrda Ahmad Donish nafaqat tarixnavis – balki o`z davrining buyuk faylasufi, shoiri, astronomi, me`mori, matematigi bo’lgan. Ahmad Donishning to`liq ismi – Ahmad Mir Nosir ibn Yusuf al – Xanifiy as Siddiqiy al –Buxoriy bo`lgan. Ko`pgina manbalarda 1827 – yilda tavallud topganliklari qayd etiladi. Sadriddin Ayniy o’z “Esdaliklar” ida Ahmad Donishni: “1826 – yilda Buxoro shahrida Mulla Mir Nosir xonadonida tavallud topdi” deb ta’kidlaydi. Ahmad Donishning otasi Mulla Mir Nosir Buxorodagi kichik madrasalardan birida dars berardi. Ahmad Donish va u bilan bog’liq ma’lumotlar Sadriddin Ayniy “Esdaliklar” kitobining “Ajoyib odam” qismi alohida o’rin egallagan.
Jumladan, Bu odam novcha bo`yli bo`lib, oddiy odamlar kiyganda yerga tegadigan podshohlik banoras choponi uning tizzasidan kelardi. Bu kishining gavdasi to`liq bo`lganidan bo`yining novchaligi uncha sezilmas va bir qarashda o`rta bo`yli odamlarday ko`rinardi. U odamning boshi haddan ortiq katta bo`laganidan unga “Kalla” degan laqab bergan ekanlar. Odamlar uni “Ahmad Mahdum”, “Ahmad Mahdumi Donish”, “Ahmad Mahdumi Muhandis”, “Ahmad Mahdumi munajjim” yoki butunlay qisqartirib Ahmad Kalla deb yuritar ekanlar. Ammo o`zini hazil bilan “Ahmadi Porina” (o`tgan yilgi Ahmad) deb va “Odamlar meni ne desalar desinlar, men hamon Ahmadi Porinaki budam, hastam” (Men o`sha bulturgi Ahmadman, hozir ham o`shaman) der ekan. Mazkur fikrlarni davom ettirib, “Bu kishining qo’lida ruscha xassa (palka) bor edi. Palkalar odatda o’rta bo’yli odamlarni nazarga olib yasalganidan, u palka novcha odamga birmuncha qisqalik qilar va u yo’l yurganda qaddi palka tutgan quli tomonga qarab bir oz egilardi. Bu odam sallona-sallona viqor bilan qadam bosib madrasa darvozasidan kirganda, miyonsaroyda o’tirgan madrasa kattalari joylaridan turib, qo’l qovushtirib ta`zim bilan u odamga salom berardilar” – deb ham ta’kidlab o’tadi.
Ahmadning onasi o’z uyida qishloq qizlariga otinoyilik qilib saboq bergan. Bu haqda A.Donish: “Maktabga borishimdan oldin oilamizdagi boshqa bolalar qatori opamdan alifboni o’rgandim, o’qish va yozishni hatto qo’shiqlarni tartibga solishni o’rgandim. Loyshuvoq devorga qalam bilan geometriya shakllarini solganimni aniq, eslayman” deb qayd etib o’tgan.
Donishning otasi o’z o’g’lini Qur`oni Karimning bilimdoni va hofizi bo’lishini istab u 9 yoshga to’lganda musulmon maktabiga o’qishga bergan. Ahmad bolaligidan tili tutilib gapirganligi uchun Qur`oni Karimni yodlashga qiynalgan, shunday bo’lsa-da, uch yilda u bu muqaddas kitobni yod bilgan. Bu haqda keyinchalik Ahmad Donish o’zining “Risola dar nazmi tamaddun va taovun” asarida: "Qur`oni Karimni yodlashdan men uncha xursand emas edim: bir qismini qiynalib yodlagach, ikkinchi qismiga o’tar edim. Ba`zan erinchoqligim sababli bir qismini bir varaq qog’ozga yozib olib, domladan yashirincha o’shandan o’qib berardim. Nima bo’lganda ham, men ko’nglimdagi o’jarlikni sug’urib tashlay olmadim va nihoyat katta qiyinchilik bilan Qur`oni Karimni uch yilda o’zlashtirib oldim. Albatta, Qur`oni Karimdek muqaddas kitobni uch yilda yodlab olish uchun ham katta iqtidor egasi bo’lish kerak.
Ahmad Donish ilk ta`limni onasidan o`rgangach, 1836 – 1841 yillar oralig’ida o`g’il bolalar maktabida o`qiydi. 1841 – yildan boshlab madrasada tahsilni davom ettirgan. Mazkur davrda madrasa ta’limi 16 - 19 yil davom etgan. Shundan 8 yili arab grammatikasini o’rganish, qolgan 11 yil esa islom dini ruxsati bilan tabiiy fanlar, ritorika, mantiq o`qitilardi. Ahmad Donishning madrasa yillari sermahsul bo’ldi, bilimga chanqoq talaba madrasada diniy - islomiy fanlar bilan birga matematika, geometriya, astronomiya, musiqa, falsafa va tarix ilmlarini mustaqil o’rgandi. Madrasa mudarrislarining unga berayotgan ta`limi uni qoniqtirmas, u Buxoro shahrida yashasa ham ota-onasi bilan o’z hovlisida turmas, otasi ijaraga olib bergan hujrada tunu – kun kitoblar ustida ishlar edi. Madrasa ta’limi xususida Ahmad Donish shunday yozadi: “Buxoro madrasalarida maktab talabasi uchun kerakli fanlarni o`qitish yomon darajada bo`lgan. Dars berish usullari ham eskirgan edi”.
Madrasada o‘qib yurgan chog‘ida Ahmad Donish mustaqil ravishda handasa (geometriya) va ilmi nujum (astronomiya) kabi fanlarni chuqur o‘rgana boshlaydi. Shuningdek, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom, Navoiy, Fuzuliy, Bedil va boshqa mutafakkirlarning asarlarini qunt bilan mutolaa qiladi. Sharq xalqarining ma’naviy hayoti hamda tarixini chuqur o‘zlashtirgan olim bo‘lib yetishadi. Qomusiy bilimlar sohibi bo’lish ishtiyoqi kuchli bo’lgan Donish o’tmish va o’z davrining shoirlari, faylasuflari va umuman sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rgandi. Keyinchalik Ahmad Donishning o`zi ham shu madrasalardan birida hujra olib o`quvchilarga ta`lim berardi. Madrasa hujralarida ilm-fan bilan shug’ullanib shu qadar kuchli bilimga ega edilarki, hatto hozirgi texnika namunalari bo`lmagan davrdayoq tabiat hodisalarini o`rganib, osmonda kuzatilishi mumkin bo`lgan hodisalarni oldindan aytib berardilar. Bu so`zlarning isbotini Sadriddin Ayniy “Esdaliklar” ida ko`rishimiz mumkin: “Bu kecha falon soat, falon daqiqada oy tutiladi, falon daqiqa davom qiladi, so`ngra ochila boshlaydi. Falon soat, falon daqiqadan keyin butunlay ochiladi. Kimda kim tabiatning bu hodisasini o`z ko`zi bilan ko`rmoqchi bo`lsa, ma`lum soatda madrasa tomiga chiqsa, buni o`z ko`zi bilan ko’radi – deb o`tib ketdi”.
Haqiqatdan ham Ahmad Donishning buyuk olimligi, yulduzlar va umuman osmoniy jismlar harakatini kuzatish asosida aniq matematik hisob-kitoblar bilan oyning tutilishini oldin bashoratnamo aytib berishi, shak-shubhasiz bu XIX asr Buxorosi uchun juda katta voqea edi.
O’z navbatida, XIX asr o`rtalarida Buxorodagi madaniy hayotga kengroq nazar tashlaydigan bo’lsak, birinchi navbatda shu davrda yashab faoliyat yuritgan kishilarning yozib qoldirgan ma’lumotlari alohida ahamiyatga egadir. Bu davr tarixini tushunishda Ahmad Donishning asarlari juda qo’l keladi. Ahmad Donishning XX asr 50 – yillari o’rtalarida amir Nasrulloxon saroyida bosh hattot va rassom sifatida ish boshlagan. 1870 – yilda adolatli davlat haqidagi mos kelmaydigan xizmatini ixtiyoriy tark etadi.
Ahmad Donish 30 yoshligidayoq ya’ni 1857 – yilda u ilk marta Rossiyaga safar qilib Buxoro amirligi taraqqiyot sohasida Yevropa mamlakatlaridan naqadar orqaga qolib ketganidan iztirob chekdi. Shundan keyin 1869 - 1873 – yillarda qilgan takroriy safarlari natijasida rus hukmdorlari saroyidagi hayot, davlatni boshqarish usullari bilan chuqur tanishdi, bir vaqtlar inson sivilizatsiyasining makonlaridan biri bo’lgan Buxoroi Sharifni qoloqlik botqog’idan chiqarish yo’llarini izladi.
Shunday izlanishlar jarayonida u “Nodir voqealar” va “Buxoro amirlarining tarjimai hollari” asarlarini yaratib, ularda chinakam adolatparvar hukmdor kim bo’lishi mumkinligi va u mamlakatni qay tarzda boshqarganda iqtisodiyot va madaniyat gullab – yashnashi to’g’risidagi g’oyalarni ilgari surdi. Uning fikricha, agar podshoh hamma sohada odil siyosat yurgizsa, hunarmandchilikni rivojlantirib, savdo-sotiqqa keng yo’l ochib bersa, xalqning hayoti farovon bo’ladi. Bunday siyosat yurgizish uchun esa hukmdor birinchi navbatda aqlli bo’lishi lozim. Ahmad Donish XIX asrning 70 – yillaridan to amir Muzaffar vafotiga qadar, uzoq G’uzor va Norpay viloyatlarida qozi bo’lib ishlaydi. U “Navodir al vaqoe” (Nodir voqealar) asarida mavjud tuzumga o’z munosabatini bildiradi va Buxoro xonligida davlat boshqaruvi islohotini taklif etadi. Xususan, uning “Risola” nomi bilan tanish bo’lgan “Risolai tarixi amiron mang’it” (Mang’it amirlari tarixi haqida risola) nomli mashhur asarida mamlakatning yorqin tasviri berilgan bo’lib, boshqaruv tizimi bayoni, xalqlarning ahvoli, Rossiya bilan urush masalalari yoritilgan. Ahmad Donish amir Doniyoldan to Abdulahadgacha bo’lgan (amir Shohmuroddan tashqari) barcha Buxoro amirlarini davlat va uning fuqarolari farovonligi yo’lida emas, balki faqat o’z shaxsiy manfaati yo’lida qayg’urgan qobiliyatsiz hukmdorlar sifatida tavsiflaydi. “Ular – deb yozadi u, - nima topishsa, o’shani olib qo’yishar, beva-bechoralar shamchirog’idagi olovdan tortib, vaqf omboridagi g’allagacha o’g’irlashar, qorin g’ami va quvonchu xursandchiliklariga xizmat qilsa bo’ldi edi. Hech kim qarshilik ko’rsatishga jur’at etmasdi. Amirlar va hokimlar orasida qimorbozlik, mayxo’rlik va buzuqchilik avj oldi, dehqon va hunarmandlarda esa shafqatsizlik, ezish, soliqlar va aminona, vakilona kabi yig’imlar serobligidan na turish, na yurishga hol qoldi”. Mana shunday hayotdan misollar keltirib, yozadi: “Agar biror beva bozorga bir to’p ip olib kelsa, uni 3 fulusga (mahalliy tanga) sotsa, shundan ikki fulusini amin olib qo’yadi, agar biror kishi bir bog’lam o’tinni uch dirhamga sotsa, shundan ikki qismi amin ulushi bo’ladi”.
Ahmad Donish nafaqat o`z davrining faol jamoatchisi, tabiiy ilmlar sohibi, balki juda mashhur falsafiy, tarixiy, asarlar muallifi hamdir. Ahmad Donish 16 ta kitobning muallifi hisoblanadi. Uning “Navodir ul-vaqoe” (Nodir voqealar), “Tarjimai aholi amironi Buxoro” (Buxoro amirlarining tarjimai hollari), “Meyori tadayyun”, “Risola fi amal ar-hurra” (Globusdan foydalanish yo`llari), “Resolai dar nazmi tamaddun va taovun” (Madaniyat va o`zaro ko`maklashish tartibi haqida risola) asarlari xalqimiz ma`naviy merosining nodir namunalari hisoblanadi.
Nasrulloxon saroyida ma`lum muddat iste`dodli shoir Junaydullo Hoziq ham yashagan va ijod qilgan. Hoziq o`zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Uning o`zbek va tojik tillarida yozilgan 354 she`ri bugungi kunda Rossiya FA S.Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining bo`limida №470 s raqam bilan saqlanadi. Xoziqning tojik tilida yozilgan “Yusuf va Zulayxo” dostonining yetita qo`lyozma nusxasi bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xoziqning tibbiyotga oid asarlari ham mavjud. Keyinchalik amir Nasrulloxon va Xoziq o`rtasidagi munosabat yomonlashgan. Mushrifning yozishicha, Amir Nasrulloxon Qo`qondan Buxoroga qaytishida, Buxoroga yaqinlashib qolgach, o`z nadimi hisoblangan Junaydullo Hoziqqa g’alaba bilan tugagan o`z safari to`g’risida bir fard bayt aytishni so`raganida, Hoziq ushbu mazmundagi forscha baytni o`qiydi: “O`z haddingga la`natlardan shuNday bir libos tikib kiydingki, u libos ustingda qiyomatgacha qoladi”. Qo’qonlik tarixchi Mirzaolim Mushrif o`z asarida amir Nasrulloning shu paytdagi holatini quyidagicha tasvirlaydi: “Amirning ziyoda jahli kelib, rangida qatra qon qolmadi”. Shunday bulishiga qaramasdan, Amir Nasrullo tili zaharxanda shoir Hoziqqa dastlab hech qandai jazo choralarini ko`rmaydi. Hoziq Buxoroga qaytgach, o`sha kuni kechqurun Shahrisabzga qochib ketadi. Uni Shahrisabz hokimi Xo`jaqulbiy o`zpanohiga oladi. Amir Nasrulloxon shoirning gunohidan kechganligi to`g’risida Shahrisabzga inoyatnoma va uch marotaba ahdnoma bitib, maxsus odam yuborganida ham Hoziq Buxoroga qaytmaydi. Hoziq Shahrisabz kenagaslari ichida yashab, markaziy hokimiyat va Amir Nasrullxonoga qarshi turli fikrlarni yuritadi. Nihoyat, sabr – kosasi to`lgan Amir Nasrulloxon 1843 – yili Dushaboy degan o`g’rini zindondan chiqarib, unga Hoziq va eshon Shofe`ni o`ldirish vazifasini yuklaydi. Dushaboy Shahrisabzga borib, qirq nafar mirshab qo`riqlayotgan Hoziq Maxdum va eshon Shofe`ni 1843 – yil yozida bir tadbir bilan o`ldirib, Buxoroga qaytadi. Buning evaziga Amir Nasrulloxon Dushaboyni banddan xalos qilib, unga turli in`omlar beradi.
Rus musavviri Belousov tomonidan chizilgan Amir Nasrulloxonning surati Buxoroda 1841 – 1842 – yillarda K. Butenovning josuslik missiyasi tarkibida bo`lgan rus sharqshunosi N.V. Xanikovning “Buxoro xonligi tarixi”(Opisaniye Buxarskogo xanstva. – Sankt – Peterburg, 1843) kitobida e`lon qilingan. Bu surat Buxoro amirlarining musavvir tomonidan chizilgan dastlabki surati sifatida tarix sahifalarida saqlanib qolgan.
Xulosa sifatida shuni qayd etish mumkinki, amir Nasrulloxon hukmronligi davrida Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ham yuksalgan. Buxoro, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz shaharlari iqtisodiy va madaniy markazlarga aylangan. Amirlikning poytaxti Buxoro ilm-fan markazi sifatida tanilgan. Poytaxt Buxoroga O`rta Osiyoning turli hududlaridan ilm-fan vakillar kelgan va samarali ijod qilganlar. Amr Nasrulloxon ham shahsan o’zi madaniyatga xomiylik qilgan.
4. Said Olimxon hukmronligi davrida Buxoro madrasalari faoliyati
Buxoroda qadimdan ilm-fan rivojlangan. Bu shaharni bejizga “ilm bog’chasi” deyishmagan. Buxoroda olim, fozil, solih odamlar ko’p bo’lgan. Tarixi mullozoda asarida uni “Qubbat ul-islom” deb aytilgan. Buxoro Shahrini “Baldat ul-omon” (Tinchlik Shahri) hamda “Foxira” (faxr etuvchi) deb ham ataganlar. Bu yerda aziz avliyo va ulug’lar ko’p bo’lgan. Tafsir, hadis, fiqh, kalom, usul, sarf va nahv ilmlaridan iborat bo’lgan shariat ilmlari rivojlangan. Biroq riyoziy va siyosiy ilmlar azaldan ham bu shaharda keng tarqalmagan. Shuning uchun Buxoro davlatining siyosati boshqa islomiy davlatlar singari orqada qolgan edi.
Buxorodagi madrasalarning soni to’g’risida ham turli xil ma’lumotlar uchraydi. Muhammad Ali Baljuvoniy “Tarixi nofeiy” asarida 400 ta madrasa borligini, shundan 79 tasini nomini yozib qoldirgan. Shu bilan birga Buxoro shahrida 13 ta kitobxona, 96 ta qorixona (qiroat xona) va maktabxona faoliyat ko’rsatganligi bayon qilingan. Buxoroning oxirgi qozi kalonlaridan biri bo’lgan Sadri Ziyo (Sharifjon Maxdum) XX asr boshida Buxoroda 204 ta madrasa borligi to’g’risida ma’lumot bergan. L.I.Rempel esa Buxoroda 170 ga yaqin madrasa bo’lgani to’g’risida ma’lumot bergan. Feninning Buxoro shahri rejasida va ko’rsatkichlarida, 185 ta madrasa ko’rsatilgan.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xivada 132 madrasa, Qo’qonda 182 madrasa faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, Buxoroi Sharifda 400 ta maktab va masjid, 350 madrasa faoliyat ko’rsatgan.
Abdurauf Fitrat o’zining “Hind sayyohining qissasi” asarida 1913-yilga kelib, Buxoroda 200 ta oliy, o’rta va quyi bo’g’indagi madrasa bo’lganini yozib qoldirgan. Shu bilan birga 37760000 tanga hisobida vaqf mablag’i bilan ta’minlangan 72 madrasa nomini keltirgan. Xuddi shu ma’lumotlarga qo’shimcha va solishtirish maqsadida shu davr madaniy hayoti to’g’risida yozilgan boshqa asarlardan misollar keltiramiz. Jumladan Said Olimxonnig Afg’onistonda tug’ilgan va keyinchalik Turkiyada yashagan o’g’li Sayid Mansur Olimiyning “Buxoro-gahvorai Turkiston”(Buxoro-Turkiston beshigi) asarida quyidagi ma’lumotlarni keltirilgan: ”Amir Sayid Olimxon hukmronlik davrining oxirlarida Buxoro shahrida 100 ta mavjud edi. Go’zal va naqshinkor bu imoratlar to mang’itlar sulolasining oxirgi davrlarigacha mavjud bo’lib, lekin kommunistlar davrida bir qancha masjidlar, madrasalar va ilm maskanlari buzib tashlangan.
Buxoro islom dinining markazi bo’lgan. Buxoro Shahriga odamlar ilm olish uchun nafaqat Buxoro amirligidan, balki O’rta Osiyo, Orenburg, Qozon va hatto Qirmdan ham kelgan. Buxoroda ilm-fan rivojida madrasalar alohida o’rin tutgan. O’rta asrlarda Buxoroda yetuk olim va fozil kishilar yetishib chiqgan. Aynan shu narsa Buxoroning dovrug’ini dunyoga tanitgan edi. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Buxoroda ilm-fan ham biqiqlikka uchradi, davlatda jaholatparastlik, sxolastika, qoloqlik avj olgan edi. G’arb va Rossiyada allaqachon eski feodal tartiblar yemirilib, ishlab chiqarish va sanoatda inqiloblar bo’lib, yangi kapitalizm davriga o’tgan edi. Ilm-fanda dunyoviy ilmlar yetakchi bo’lib, texnika, neft kimyosi, fizika, metallurgiya kabi yangi fanlar yuzaga kelgan edi. Eng asosiysi dunyoda kuchlar muvozanati o’zgarayotgan, bo’lingan dunyoni qaytadan bo’lib olish siyosati kechayotgan edi. Amirlikda diniy fanlar rivojlangan, lekin dunyoviy fanlar ancha orqada qolayotgan edi. O’qitish tizimi o’rta asrlar tizimi asosida olib borilar, bu zamonaviy kapitalistik dunyo uchun to’g’ri kelmas edi. Madrasalar uchun juda katta vaqflar ajratilgan, lekin bu mablag’lar mudarris yo madrasada tahsil olayotgan mullabachchalarga emas, balki boylar, sudxo’rlar, amaldorlar qorni uchun ketardi. Madrasalarda o’qitish tizimi asosan quruq yodlash, sxolastika va mutaassib jaholatparastlikka asoslangan edi. Mavjud ijtimoiy inqirozni chuqur his etgan ziyoli insonlar – jadidlar bu tuzumni o’zgartirib, islohotlar o’tkazish uchun kurash olib bordilar. Jadidlar mavjud tuzum sharoitida davlatni isloh qilishning birdan-bir yo’li bu dunyoviy fanlarni yoshlar ongiga singdirish, yangicha ta’lim tizimini joriy etish deb bilganlar. Amir va mutaassib mullalarning qattiq qarshiligiga uchragan hur fikrli jadidlar, amir tuzumini ag’darib, yangicha, davlat qurmoqchi bo’lganlar. Ular hech qachon yagona musulmon davlatini qurish yoki biron –bir musulmon davlatiga qo’shilmoqchi ham bo’lmaganlar. Ular o’z maqsadlarini o’zlarining fikrlari, dunyoqarashlariga asoslanib, ijtimoiy, diniy, odob-axloq normalari va prinsplariga tayangan holda amalga oshirmoqchi bo’lishgan. Bu ma’rifatparvarlarga Muhiddin Mansurov, Fayzulla Xo’jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Sharifjon Maxdum, Muso Saidjonovlarni aytish mumkin. “Tarixi nofeiy ” asarida Buxorodagi mavjud boshqaruv va ta’lim tizimi to’g’risida ma’lumot berilgan bo’lib, unda “Buxoro xalqi aslida ozodalik, andishalik, himoyasizlik bilan tanilgan va mashhur bo’lgan. Unda Buxoro nega xoru-zor bo’ldi? Ilmsizlikdan, ya’ni Buxoroda siyosat ilmiga umuman yo’l bermaganliklaridan”.
Ta’lim tizimini isloh qilishda bir qator ma’rifatparvar olim SH.Marjoniy, G’ijduvonlik domla Fozil, Mo’min Xo’ja Bobqandiy va Mulla Xudoyberdi Boysuniy hamda boshqa muddarislar turar edilar. Ular keraksiz darslarni olib tashlash, maktab va madrasalarni isloh qilish, o’qish-o’qitishda yangiliklarni joriy etishdan iborat edi. Yuqorida tilga olingan islohotchilarning dasturida 6 ta masala keng o’rin olgan bo’lib,ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Qur’oni karimdagi har qanday diniy masalalarni kishilar tushungan holda erkin fikr yuritsinlar.
2. Birovning birovga ko’r-ko’rona ergashishi qat’iyan man qilinsin.
3. Madrasalarda o’qitiladigan xoshiya va sharq kabi quruq mazmunga ega bo’lgan va madrasa talabalari uchun foydasiz bo’lgan hamda ularning 8-10 yil vaqtini bekorga oluvchi darslar jadvaldan olib tashlansin.
4. Madrasalarda Qur’oni sharif va xadislarning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o’tilsin.
5. Arifmetika, tarix, jug’rofiya, tabobat, xandasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o’tishga qarshilik ko’rsatilmasin.
6. Musulmonchilikni Muhammad payg’ambar davridagi qadimgi islom madaniyatiga qaytarish.
Bu fikrlar bilan maydonga chiqish, erkin fikrlarni targ’ib qilish oson ish emas edi, albatta. Asrlar davomida tomir otgan ko’pgina tartib asoslariga qattiq zarba bo’lib tushar edi. Shu boisdan bunday chiqishlar “shakkoklik” hisoblanar edi, og’ir jazo va shafqatsizlik kutar edi. Mulla Xudoyberdi Boysuniy buni bilar va safdoshlari bilan shunga tayyor edi. Ko’rinadiki, Mulla Xudoyberdi va uning safdoshlari dadil, jasur va shijoatli, qo’rqmas bo’lganlar. Amirning qattiq qarshiligiga duch kelgan Mulla Xudoyberdi Boysuniy, domla Fozil G’ijduvoniy, Mo’minxuja Bobkandiy zindonga tashlanib, og’ir jazoga duchor bo’ldilar. Marjoniy esa Buxoroni tashlab Qozonga ketishga majbur bo’ldi. Zindonga tashlangan Mulla Xudoyberdi va uning safdoshlariga amirning buyrug’i bilan orqalariga 75 darra urilgach, ular majbur qilinib, tavba qildirildi va bunday ishni davom ettirmaslik uchun qasam ichishga majbur qilindi. Ish shu bilan tugadiki, ular muddarislikdan butunlay chetlashtirildi. Bundan tashqari yosh buxoroliklar ham ta’lim tizimini isloh qilishga harakat qilishgan.
“Tarixiy nofeiy ” asarida Buxorodagi madrasalar va uning o’qitish tizimini yoritib bergan. Lekin madrasalardagi ahvol, o’qitish tiziminig darajasi to’g’risida tanqidiy baho bermagan. Bunga sabab muallifning o’zi ham zamonaviy bilimlar, siyosat fani to’g’risida ko’p tushunchaga ega bo’lmaganidan yoki asarni yozish uchun iltimos qilgan yoru birodarlarining amir hukumati tarafdorlari bo’lganidan shundaymi buni bilmadik. Lekin Buxorodagi madrasalarning soni, mudarrislarning darajalari to’g’risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Shuni ham ta’kidlash lozimki, XX asr boshida ilm va fan bobida boshqa o’lkalarga qaraganda Buxoroning imkoniyatlari kengroq bo’lgan. Buxorodagi madarasalarda ta’lim oluvchilarning ko’pchiligi Ufa, Qozon, Troitsk, Orenburg, Oqmachitlik savdogarlarning va Urgench, Marvlik va boshqa boylarning farzandlari bo’lgan. Amirlikning Ko’lob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor, Shaxrisabz tumanlaridan madrasalarda ta’lim olishgan.
Madrasalarda ta’lim taxminan 20 yil davom etgan. Dastlabki uch-to’rt yillik ta’limdan so’ng mullobachcha- mudarris mansabini olgan. Keyingi ikki - uch yilda dahyak mansabini olgan. Dahyakka erishganlar stipendiya olganlar. Uning miqdori 120 tanga bo’lgan.
Madrasalar “a’lo”, “avsat”(o’rta), “edini”(quyi)larga bo’lingan. Ularda 10 mingga yaqin mullobachcha, mudarris va imomlar faoliyat olib borgan.
“Tarixi nofeiy ”da keltirilishicha Buxoroda taxminan uch-to’rt ming talaba o’qigan. Dars beruvchi mudarrislarning soni taxminan 800 nafar bo’lgan. Buxoroi sharifning a’lo darajali mudarrislariga ehson-qozi ul-quzzot, ehson-raisi kalon, ehson-shayx ul-islom, ehson-oxun, ehson-a’lam va ehson-muftiy askarlar kirgan. Bundan tashqari, shariat fatvolari sohasidan dars beruvchi muftiylar ham bo’lgan. Ularning soni 22 nafar bo’lgan. Ular a’lo va avsatlar bo’lib, o’rta darajali mudarrislarga bo’linganlar. Bu muftiylar o’roqlik mansabiga erishishi mumkin bo’lganki, u eshik og’aboshi amali darajasiga teng kelgan, shu bilan birga sudurlik, sadrlik, shayx ul-islom, naqiblik, miri asadlik mansablariga ham yetishganlar.
“Tarixi nofeiy ”da keltirilishicha madrasada ma’lum vaqt ta’lim olgach “Hidoyai sharif”ni o’qib tugatishlari bilan amir buyrug’iga ko’ra dahyak (ushr) berilgan. Agar tolibi ilm tahsili ilmda peshrav bo’lsa yoki bundan ham ko’p bilimlarga ega bo’lgan bo’lsa, “Hidoyai sharif”dan o’qitib , imtihon qilib dahyak (stipendiya) berganlar, mansabdor qilganlar. Dahyakdor mansabiga ega bo’lish Buxoroning islomiy qonunlaridan biri bo’lgan.
Mudarrislarning yana bir jamoasi – “banoraspo’sh” - (banoras kiyinadigan)lar bo’lgan, banoraspo’shlikdan chiqqanlari muftiy mansabiga erishganlar. Ular taxminan 200 nafar bo’lgan. Bularni yana “avsata tadrisi” - o’rta mudarrislar ham deyishgan. Yana bir guruh – “asfal tadrisi” (past darajadagi) mudarrislar hisoblangan. Ularni “beqasabpo’sh”lar deyishgan. Yana imom, mudarris va shunga o’xshashlari ham borki, ularning soni uch yuzdan ko’proq bo’lgan. Madrasa, masjid, maqbara, maktabxona va qorixonalarning har biriga vaqf tayinlangan. Madrasalarning hujralarida oldi-sotdi ham qilingan. Ammo podsholik madrasalari(hujralari)ning oldi-sotdisi man qilingan. Buxoroda xalq ta’limi mullalar qo’lida bo’lgan. Orenburgda chiqgan “Sho’ro” gazetasining ma’lumotiga ko’ra Buxorodagi Ja’farxo’ja madrasasiga eng ko’p (250 ming tanga) vaqf daromadi tushgan. Undan keyin Gavkushon, Ko’kaldosh, Jo’ybor, Mir-Arab, Tursunjon va boshqalari egallagan. Vaqflarning ko’pligi madrasaning katta- kichikligida emas, balki shu madrasalarda xizmat qiladigan eshon, oxund, a’lamlarning qanday obro’ va mavqega ega ekanligida bo’lgan. Chor Rossiyasi bosqini arafasida madrasalarning vaqfdan oladigan foydasi to’rt million yetti yuz qirq to’qqiz (4749000) ming tangani tashkil etgan.
Sayid Mansur Olimiyning “Buxoro–Turkiston beshigi” asarida ham madrasalardagi vaqf daromadi miqdori ko’rsatilgan.
Madrasalardagi vaqf daromadlari paylarga bo’lingan. Paylarning bir qismi masjidda ishlaydiganlarga, qolganlari esa hujra egalariga tekkan. Asosiy daromad hujra egalariniki bo’lgan. Hujralarni sotib olish mumkin bo’lmagan, lekin tijoratchi va boylar buni yo’lini topib, hujradagi buyumlar (chelak, supurgi va hokazolar)ni sotib olishgan va shu hujjat bo’yicha hujraga egalik qilishgan. Rempelning ma’lumotiga ko’ra madrasada ta’lim oktabrdan boshlangan. Bu vaqtda qish uchun - yog’, guruch, tuz, quruq choy, kerosin, shag’am, sovun, ko’mir va o’tin g’amlab qo’yilgan. Ular har bir hujrada alohida saqlangan.
Sadriddin Ayniy bergan ma’lumotga ko’ra madrasada ta’lim mezon (22 sentabr) oyidan boshlanib, hamal (22 mart) oyigacha davom etgan. Sadriddin Ayniy madrasadagi o’qitish tizimi to’g’risida ma’lumot berarkan, madrasadagi o’qitish tizimi eskirgan bo’lib, 4 – 5 asrdan beri bir xil programma asosida olib borilayotganligini, 20 yillik programmani 4-5 yilda o’qish mumkinligini ham aytgan. Buxoroning Miri Arab madrasasida o’qigan Sadriddin Ayniy Buxoro madrasalaridagi o’qitish tizimi to’g’risida quyidagi fikrlarini bildiradi: ”Buxoro madrasalarini bitirgan ayrim kishilargina savodli bo’lib chiqishardi. Bunaqa insonlar kamdan-kam bo’lib, sho’rxokli sahroda o’sgan mevali daraxtga o’xshaydi. Ular quruq safsataga asoslangan bahslarda, o’qitish programmasini quruq yod olganida emas, balki o’zlarining bilimi, boshqalardan farqli qobiliyati va qunt bilan o’z ustida ishlashi natijasida bilimga ega bo’ldilar”.
5. Said Olimxon davridagi Buxoro amirligida adabiy muhit
Buxoroda ilm-fan ham biqiqlikka uchragan bo’lsa-da, davlatda jaholatparastlik, qoloqlik avj olgan bo’lsa-da adabiyot, tarix va boshqa madaniy sohalarda ma’lum darajada rivojlandi. Va bu sohani rivojlanishiga hissa qo’shgan adiblar yetishib chiqdi.
Abdurauf Fitrat (1886-1938). Abdurauf Fitrat adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o’qituvchi va ma’rifatparvar sifatida muhim o’rin egallaydi. U 1886-yilda Buxoroda ziyoli oilasida tug’ilgan bo’lib, Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o’qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o’zlashtiradi. Adibning otasi savdogarchilik bilan shug’ullangan bo’lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo’lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g’azallarni tinglagan.
Abdurauf Fitrat 1909-yilda Turkiyaga o’qishga borib, 1913-yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko’rgan. Turkiyada tashkil bo’lgan “Buxoro ta’limi maorifi” uyushmasida faollik ko’rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to’plami 1911-yilda “Sayha” (“Chorlov”) nomi bilan chop etiladi. “Sayyohi hindi”, “Munozara” kabi asarlari ham shu yillarda nashr etilgan.
1909–1913-yillarda Turkiya dorilfununida o’qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o’qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar. Fitrat ijodi Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, “Sharq uyg’ongan” davrlarga to’gri keladi. U ham o’z salaflari kabi avvalo ma’rifatparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. Uning 1913-yilda tojik tilida yaratilgan “Munozara” nomli asarida o’z xalqini zulm botqog’idan qutqarib, “najot yo’li”ni izlaganligi seziladi. Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ’ib qilish ham Fitrat ma’rifatparvarligi yo’nalishining muhim tarmog’i bo’lgan. Fitratning shu davrlarda yaratilgan va XX asr boshi publitsistikasining nodir namunalarndan “Raxbari najot” (1915), “Oila” (1916). “Begijon” (1916), “Mavludi tarif” (1916), “Abo Muslim” (1916) kabi asarlari yozgan. Uning “Hind ixtilolchilari”, “Temur sag’anasi”, “O’g’izxon”, “Abo Muslim”, “Turk tili” kabi asarlarida ham hurfikrlar, qarashlar, ko’zga tashlanadi. Shular qatorida “Qon”, “Begijon”, “Chin sevish”, “To’lqin”, “Vose’ qo’zg’oloni”, “Ro’zalar” kabi dramalari yaratildi. Fitratning 1922-yilda nashr etilgan “O’zbek shoirlari” to’plamiga kirgan “Kecha”, “Behbudiy mozorini izlab”, “Sharq” kabi she’rlarida izlanish jarayoni uchraydi. “Shoir” she’rida “o’zim uchun ko’p umidlar to’qidim” degan xulosaga keladi. Uning 1920-yilda yozilgan “Kim deyay seni” kabi she’rida oshiqning ma’shuqqa katta umid bilan intilishi, kutishi, suyishi lirik bir ohangda kuylanadiki, shoir endi ijodning yangi pog’onasiga ko’tarilayotganligidan dalolat beradi.
Shoir ijodida, dunyoqarashida siljish, yangilikka, go’zallikka intilish seziladi. Xuddi shu hol uning “Abulfayzxon”, “Arslon” va “Vose’” (tojik tilida), kabi dramalari g’oyasida ham seziladi. Uning “Qiyomat”, “Shaytonning tangriga isyoni” kabi nasriy asarlarida endi ijodkor falsafasining chuqurlashganligi, katta ijtimoiy-hayotiy muammolarni hal etishga intilishi ko’zga tashlanadi. Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan. Jumladan, “Adabiyot qoidalari”, “Eski o’zbek adabiyoti namunalari”, “Aruz haqida” kabi ilmiy kuzatuvlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, uning Umar Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil, M. Solih, Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari ham adabiyotimiz tarixini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat etishi shubhasiz.
Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy kabi o’ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog’da olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida ham faol ishladi. 1921–1923-yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo’lib xizmat qildi. 1923–1924-yillar orasida Moskvadagi Sharq tillari institutida, so’ng Peterburg dorilfununida ma’ruza o’qidi. “O’zbek tili” darsligi, “O’zbek tili sarfi” (grammatikasi) kitoblari esa 1925–1930- yillarda besh marta chop etildi. Uning “Tilimiz”, “O’zbekcha til saboqlari”, “Imlo konferensiyasi munosabati bilan” maqolalari ham yaratildi. U ana shu ishlari uchun o’zbek olimlari orasida birinchilardan bo’lib professor degan yuksak ilmiy unvonga sazovor bo’lgan.
Fitrat 1938-yil 4-oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Otajon Hoshim, Qayum Ramazon, G’ozi Olim kabi xalqimizning buyuk ziyolilari qatorida qatl etildi. Faqat 1956-yilga kelib u oqlandi. Oqlandi-yu, qariyb yana o’ttiz besh yildan so’nggina, mustaqillik davri sharofati bilan u haqdagi haqiqatni aytish va yozish imkoniyati tug’ildi.
Abdurauf Fitrat hayoti va adabiy faoliyati ziddiyatlarga o’ta boyligi bilan ajralib turadi. 1991-yil 25-sentyabrda Abdurauf Fitratga o’zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Sadriddin Ayniy (1878–1954).Tojik sho’ro adabiyotining asoschisi, sho’ro davri o’zbek milliy adabiyotining shakllanishiga ulkan hissa qo’shgan atoqli adib, zakovatli olim, donishmand ustoz va fidokor jamoat arbobi Sadriddin Ayniy Buxoro amirligiga qarashli G’ijduvon tumanining Soktare qishlog’ida 1878-yilning 15-aprelida dunyoga keldi. Olti yoshidan maktabga qatnay boshlagan Sadriddin 1890-yilda Buxoroga kelib Mir Arab, Badalbek, Olimxon madrasalarida ta’lim oldi, madrasani tugatgach, yangi usul maktablarida muallimlik qildi.
Sadriddin Ayniyning adabiy faoliyati o’tgan asrning 90-yillarida she’rlar yozish bilan boshlangan bo’lib, uning birinchi asari “Guli surx” (“Qizil gul”) 1897-yilda yaratilgan edi. Shundan so’ng maktablar uchun “Tahsib us-sibiyon” (“Bolalar tarbiyasi”) nomli o’qish kitobini (1909) tuzib nashr ettirdi.
1917-yil fevral inqilobi ta’siri natijasida O’rta Osiyoning turli shaharlarida istiqlolchilik harakatlari boshlanib ketdi. S. Ayniy amirlikka qarshi kurashgani uchun uni zindonga tashlaydilar. U Oktyabr to’ntarishi yillarida o’zbek va tojik tillarida inqilobiy she’rlar, marshlar yaratadi. Shoir “Inqilob uchqunlari” (1923) to’plamidagi “Ozodlik qo’shig’i”, “Oktabr inqilobi”, “Baynalmilal marshi”, “Birinchi may” kabi jangovar marshlarida mehnatkash xalqni kurash va mehnatga, do’stlik va birodarlikka chaqirdi. Bundan tashqari adabiyot sohasida “Namunai adabiyot tojik” asarini ham yozgan. Yozuvchi hajviy usulda yozgan “Buxoro jallodlari” (1922) qissasida amir-amaldorlarning dahshatli jabr-zulmi, gunohsiz kishilarni o’rta asr qiynoqlari bilan qatl etishlarini fosh etgan bo’lsa, “Odina” (1927) qissasida mehnatkash xalqning og’ir qismati va mash’um hayotini jonli tasvirlab berdi.
Ayniyning o’zbek tilida yozgan “Qullar” romani 1934-yilda Toshkentda o’zbek tilida, 1935-yilda Dushanbeda tojik tilida nashr qilindi. “Qullar” romani xalqchil asar bo’lib, uning bosh qahramoni tarixni harakatga keltiruvchi kuch — xalq va uning sodiq farzandlaridir. Tarixning ma’lum bir bosqichini qamrab oluvchi bu roman xalq tarixini, uning hayotini va kurashini realistik aks ettirgan. Biroq «Qullar» romanining so’nggi beshinchi qismidagi jamoa xo’jaligi qurilishi yillari tasvirida chetga chekinish ham yo’q emas. Chunki romanda faqat bu davrning ijobiy tomonlarigina bo’rttirib ko’rsatilgani holda kollektivlashtirish siyosati tufayli necha o’n minglab begunoh kishilarning qatag’onlikka uchraganligi haqida lom-mim deyilmaydi. Shu jihatdan S.Ayniy ma’lum ma’noda tarixiylikdan chekinganligi seziladi.
Ayniyning “Sudxo’rning o’limi” (1937) qissasidagi asosiy qahramon Qori Ishkamba jahon adabiyotidagi Plyushkin yoki Gobsek kabi klassik obrazlar bilan bir qatorda turuvchi yangi obrazdir. Ulug’ Vatan urushi yillarida Ayniy “Marshi intiqom”, “Muqanna qo’zg’oloni”, “Temur Malik” kabi vatanparvarlik ruhidagi ilmiy-badiiy asarlarini ijod qildi. U xalq ijodi romantikasi va fantaziyasidan, folklor obrazlaridan keng foydalangan holda “Yetti boshli dev” asarini yaratdi. Urushdan keyingi tinch qurilish yillarida yaratgan asarlari orasida to’rt tomlik “Esdaliklar” (1949 – 1954) ajralib turadi. Asarning 1951-yilda chon etilgan “Buxoro” kitobi Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. S. Ayniyning “Buxoro”, “Sudxo’rning o’limi” hamda “Doxunda”, “Qullar” romani bolgar, nemis, polyak, venger, xitoy, fransuz, rumin, hind, chex va boshqa tillarga tarjima qilingan.
S.Ayniy o’zbek va tojik adabiyoti tarixi yuzasidan katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. Uning O’rta Osiyolik buyuk shoir va olimlar - Rudakiy, Sa’diy, Ibn Sino, Vosifiy, Bedil, Alisher Navoiy, Ahmad Donish kabi siymolar haqida yozgan ilmiy asarlari nihoyatda qimmatli. U filologiya fanlari doktori darajasini olishga muyassar bo’ldi. Adib O’zbekiston Fanlar akademmyasining faxriy a’zosi hamda Tojikiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi qilib saylandi, bir necha yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Samarq;and Davlat dorilfununining professori va Tojikiston Fanlar akademiyasining tashkil topgan kunidan boshlaboq uning prezidenti sifatida xizmat qildi. U 1954-yilning 15-iyulida Dushanbe Shahrida vafot etdi.
Mirzo Sahbo (1845/46–1918). Ismi sharifi Mirzo Hayit, “Sahbo” taxallusidir. “Sahbo” qizil may degani. Shoir Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tug’ilgan. Maktab savodidan so’ng madrasani tugatar-tugatmas, o’sha paytlari Karmana hokimi bo’lgan Abdulahad xizmatiga kiradi. Ehtimol, ularni she’rga, adabiyotga mehr yaqinlashtirgan bo’lsa. Har holda ularning o’zaro munosabatlari juda yaxshi bo’lgan. Yosh valiahd uning mard va tantiligini, salohiyatini qadrlagan. 1885-yili Abdulahad Buxoro amiri martabasiga ko’tarilgach, Mirzo Hayit uning saroyida eshik og’asi vazifasiga tayinlangani ma’lum. 1910-yili Abdulahadxon vafot etib, hokimiyatga Olimxon kelgach, shoir Sahbo hayotining tash-vishli kunlari boshlanadi. Jumladan, oldingi lavozimidan olinib, shahar arig’iga mirob qilib tayinlanadi. Ko’p o’tmay, undan ham bo’shatiladi, mirshablikka qo’yiladi. Oxir-oqibat ishsiz qoladi. 1915-yildan esa, unga siyosiy ayb qo’ya boshlaydilar. Masalan, Rossiyasi siyosiy agentining ma’lumoti bilan qushbegi huzuriga chaqirtirilib, undan gazeta o’qimaslikka tilxat oladilar.
1917-yil fevral voqealaridan keyin esa, u inqilob va hurriyatga xayrixohligi, jadidligi uchun qamaladi. 1918-yili Qabadiyonga surgun qilinib, mahalliy hokim Muhammad Rahimbek buyrug’i bilan otga sudratilib, fojiona qatl etiladi.
Sahbo nomi o’z davrining deyarli barcha tazkiralariga kiritilgan. U haqda Mirzo Somiy Bo’stoniydan Sadriddin Ayniy, Mirzo Tursunzodagacha fikr bildirganlar. Ularning deyarli hammasi shoirning shaxsini ham, iste’dodini ham yuksak baholaydilar.
“... u shunday mard kishiki, – deb yozadi Afzal Pirmastiy, nihoyatda donishmand, o’ta xushmuomala, himmati oliy, marhamati baland, parhezkor, nihoyatda tetik, aqlli, she’rshunoslik va baytshunoslikda tengi yo’q, tabiati nozik, zehni o’tkir, she’rlari g’oyat go’zal, so’zlari fasohatli... devoni mukammal... asarlari ommaga maqbul va manzur... She’rining ta’biri va tahriri benihoya nozik, rang-barang, turkiy va tojikcha g’azallari mazmunan nihoyatda xo’b, qofiyalari benihoya marg’ub...”.
1980-yili shoirning o’z qo’li bilan tuzgan dastxat devoni O’zFA Qo’lyozmalar instituti fondida saqlanayotganligi aniqlandi. Devon 263 sahifadan iborat, 550 dan ortiq she’r joy olgan. Shuning 61 tasi o’zbek tilida. Janrlari: g’azal, muxammas, musaddas. Mavzusi: asosan, ishqiy. 1991-yili adabiyotshunos H.Muxtorova shoirning “Tanlangan she’rlar”ini chop etdi. 61 o’zbekcha she’ridan 52 tasini (12 g’azal, 38 muxammas, 2 musaddas) o’quvchilarimizga taqdim qildi. Sadriddin Ayniy uning “yangilik va haqgo’ylik qurboni” bo’lganligini ta’kidlagan edi. Shunga ko’ra u ijtimoiy-siyosiy g’azallar ham yozgan bo’lishi kerak. Biroq hozirda e’lon qilinganlari ko’proq an’anaviy, devon adabiyoti namunalarini esga soladi. Shoir yordan muruvvat kutarkan, goh-goh zamonning bevafoligidan, xalq orasidan insof, mehr-shafqat ko’tarilganidan noliydi. “Sen ulusdan, ey ko’ngul, mehru muhabbat izlama”, deb yozadi, “jabru zulm bilan Sahboning ahvoli fano” bo’lganligini ma’lum qiladi. Shunday hollardagina bu she’rlar zamon sadolariga ohangdosh keladi.
Mirza Salimbek-Ibn Muhammad Rahim (1850 - 1930)- tarixchi, shoir davlat arbobi, diplomat. Mirza Salimbek Buxoro amirligining Toshkentdagi savdo vakili (1873 - 1885), Yakkabog’ (1893 - 1898), Nurota (1998 - 1902), Boysun (1902 - 1905), Sherobod (1905 - 1909), Shahrisabz (1910 - 1913), Chorjo’y (1920) viloyatlar hokimi, Buxoro mirshabi (1889). 1885-yilda amir Abdulaxad jo’natgan elchilar tarkibida Petrburgda bo’lgan. 1920-yil 29-avgustda qizil qo’shinlar tomonidan xibsga olingan va amirlikning boshqa amaldorlari bilan Sibirga surgun qilingan. 1922 - 1924 yillarda Buxoro respublikasi “Afkof”, “Anjumani tarixi” tashkilotlarida ishlagan. Kolesov boshliq qizil qo’shinlarning Buxoro hujumi paytida (1918 yillar) amirning Kolesov bilan muzokara olib borgan vakillar xay’atiga rahbarlik qilgan, keyin u devonbegi mansabiga, zakoti lavozimiga ko’tarilgan.(1917 - 1920). Mirza Salimbek (“Tarixiy Salimiy”-qadimdan amirlikning 1920-yilgacha tarixi), “Kashkuli Salimiy”-(Salimiyning darveshlar xaltasi) 1913-yil, Toshkent “Jomei Gulzor” (Gulzor majmui) she’riy asari. “Durratul voizin” (“Voizlar sochgan durlar” 1909, Buxoro), “Muxbirul-hikoyot” (“xabar beruvchining hikoyatlari” 1908, Toshkent), “Ka’bul axbor hikoya sari 1909,Toshkent”). Mirza Salimboy tazkira ham tuzgan. Qori Raxmatulla Vozekning “Tuxfatul axbob”(“Dilga yaqin kishilarga tuxfa”) tazkirasini nasirga tayyorlashda o’ziga zamondosh 100 ga yaqin shoirlar haqidagi ma’lumotlarni unga ilova kilgan. Mirza Salimbek 1902–1905 yillarda Boysun begi bo’lgan. Rus akademigi A.A.Sumyonov tomonidan “Buxoroning so’nggi tarixchisi” deb atalgan Mirza Salimbekning ishi biz uchun beqiyos ahamiyat kasb etadi. U o’zining noyob iqtidori orqasidan oddiy mirzolikdan Buxoro Amirining bosh moliyachisi, Boysun (1902-1905) 1905-yildan boshlab Sherobod bekliklarining hukumdori lavozimiga ko’tarildi. Mirza Salimbek yoshlik yillarida O’rta Osiyoning Rossiya zabt etilishi guvoxi bo’ldi, yoshi keksayganida oktabr to’ntarishi ro’y beradi, keyin amir ag’darildi va Buxoro Xalq Sho’rolar Respublikasi o’rnatilishini guvohi bo’ldi. Mirza Salimbekning “Tarixi Salimiy” memuari nodir qo’lyozma sifatida alohida ilmiy qiziqish uyg’otadi. Uning e’lon qilinmagan esdaliklari O’zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondida 2016 raqami bilan saqlanadi.
Mirza Salimbek-Boysundagi “Holosiya” madrasasini qurdi, yer va mulklarning bir qismini vaqfga topshirdi. Yodgorliklarini ta’mirladi, shuningdek adabiy faoliyat bilan shug’ullandi. Bir qator tarixiy, adabiy va diniy asrlar uning kalomiga mansubdir. Amir Muzaffar davri (1860–1885) so’ngra amir Abdulaxadxon davri (1885–1911) davrilarida o’zini xizmatini boshlagan Mirza Salimbek arab, o’zbek va fors tillarini mukammal bilgan. Mirza Salimbek ham nasrda, ham nazmda qalam tebratdi. Boysun bekligi davrida juda ko’p ishlarni amalga oshirdi. Adolatlikni o’rnatdi. 1905-yildan Mirzo Salimbek Sherobod bek etib tayinlandi.
Mullo Do’st Nodir Boysuniy. U Buxoro amiri Abdullaxon saroyida ham xizmat qilgan. “Nodir”, “Mulla Do’st Nodir” tahalluslari bilan she’rlar yozgan. Sadriddin Ayniyning yozishicha, Mulla Do’st Nodir Boysuniy 1923-yilda vafot etgan. Uning ikki qizi va bir o’g’lining hozir Tojikiston Respublikasida yashayotganligi haqida ma’lumot bor. Afzal Maxdum Pirmastiy, Muhtaram va Abdiy kabi tazkiranavislarning asarlarida ham Nodir Boysuniy to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Mulla Do’st Nodir Boysuniy devon tuzgan. professor, fors-tojik adabiyotlari bilimdoni Ahmad Abdullayev bu devonni ko’rganligi va o’qiganligi xususida aytgan.
Abdulla Rajab Boysuniydir - Turkiyalik olim Ibroxim Mutluning “Turkiston ovozi” gazetasi 1957-yilning fevral-mart oyidagi sonlarida e’lon qilingan (8-9 betlar) “Abdulla Rajab Boysuniy haqida» nomli maqolasida keltirilishicha, Abdulla Rajab 1893-yilning 15-sentyabrida Buxoro xonligining G’ijduvon viloyati Nagzakaron tumanida (qishlog’i) tavallud topgan bo’lib, asl ismi Abdullo, otasining ismi Rajab, onasining ismi Sharofatdir. Oilasi Nagzakar ko’chalarida xo’jalar nomi bilan mashhurdir. Otalari tabiblik bilan mashg’ul bo’lib, manbalarda ta’kidlashicha, suvchechak kasalligini davolash va uni emlash usulini a’lo darajada amalga oshirishi ota-bobolari o’ta bilimdon va ziyoli kishilardan ekanligidan. Abdullo ilk taxsilini o’zi tug’ilgan qishlog’idan olgach, otasi bilan To’rtko’l shahriga ketdi va u erda 3 yil yashadi. Keyinchalik Abdullo Rajab Buxoro xonligining saroyida rus tili bo’yicha bosh tarjimon vazifasida ishlayotgan tog’asining parvarishida bo’ldi va Buxoroda mashhur shaxslar bilan tanishgach, o’z taxsilini qorilik maktabida davom ettirdi, so’ngra u yerdagi Modari Xon (“Xonning onasi”) nomli madrasani tamomladi.
Buxoroning madaniy hayoti Abdulloning fikriy bedorligiga katta turtki berdi. U butun umrini xalqqa, ma’rifat tarqatishga, buyuk davlatchilik shovinizmining xilma-xil nayranglariga qarshi kurashga bag’ishlaydi. Muxojirlikdagi og’ir hayotni boshidan kechirgan Abdullo Rajab Boysuniy 1954-yilda “Turkistonlilar yordamlashma jamiyati” va uning “Turkiston” jurnalini tashkil etdi. Abdullo Rajab Boysuniyning mashhur asari 1943-yilda (qayta nashri 1945-yil) Istanbulda chop etilgan. “Turkistonda istiqlol harakatlari va Anvar Poshsho” asari bo’lib, undagi ma’lumotlar hanuzgacha ilmiy muomalaga kiritilmagan. Mazkur asar Turkistonda istiqlolchilik harakati, maxsus, Anvar Poshshoning muxorabalari tarixini yoritishda yagona va ishonchli manba bo’lib xizmat qiladi. Asarda muallif bevosita o’zi ishtirok etgan voqealar haqida batafsil hikoya qilgan va unda harakat rahbari Anvar Poshshoning yozishmalari va maktublari, qabul qilingan hujjatlar to’liq holda keltirilgan. Unda Turkiston haritasi, 48 ta rasm, 18 ta arab imlosidan vasiqa mavjud bo’lib noyob tarixiy ma’lumotlarga boydir. Asarning birinchi bobi “Turkiston” nomlangan bo’lib, unda Rossiyasi tomonidan Buxoro va Xivaning istilo etilishi, Xiva inqilobi, 1916-yildagi xalq qo’zg’aloni, Said Olimxonning Buxorodan qochishi haqidagi voqealar batafsil ma’lumot berilgan.
Asardagi “Anvar Poshsho Turkistonda” nomli ikkinchi bobi 1920–1923-yillar davomida yurtimiz xududlarida Anvar Poshsho boshchiligida olib borgan milliy istiqlol harakati, Boysunning Pulhokimdagi muvaqqat qarorgoxidagi kechinmalar va Kofrunda o’tkazilgan Turkiston qurboshilari yig’inining mazmuni, uning qarori, Moskva bolsheviklari tomonidan Anvar Poshsho taklif etilgan sulh haqida hikoya qilinadi. Asarning uchinchi “Anvar Poshshoning shaxodatidan so’ng Turkiston milliy mujodalasida Xoja Sami bey” nomli bobida Salim Poshsho boshliq milliy ozodchilik harakatlari, sho’rolar davrida Turkistondagi siyosiy ahvol, muhojirlar tomonidan “Turkiston Milliy Birligi” ning tashkil etilishi va faoliyati to’g’risida yozilgan. Asar mazmunidan Abdullo Rajab Boysuniyning buyuk g’oyalar bilan yashaydigan kurashchi qiyofasi hamda uning ozod Turkiston g’oyasiga naqadar sodiq bo’lib qolganligi yaqqol namoyon bo’ladi. Yapon olimi Xisao Komatsu uning asarini “Turkiston milliy ozodlik harakatining solnomasi”deb e’tirof etgan bo’lsa, Mexmed Utan, Ural Jahongir kabi sharqshunos olimlar tadqiqot ishlari olib borgan. Milliy mustaqillik nashidasi Abdullo Rajab uchun ulkan armon bo’lib qolgan bo’lsa-da, u bu yorug’ kunlarning kelishiga komil ishonch bilan dunyodan o’tdi. Uning nomi xalqimiz uchun faxr va iftixor ramzi bo’lib qolmog’i, hur Vatanni orzulagan, istiqlolchilik harakatining fidoyisi sifatida qadrlanmog’i darkor. U o’zining xalqqa, Vatanga, istiqlolga baxshida etilgan yorqin hayoti bilan ana shu huquqni haqli ravishda qo’lga kiritdi.
Xulosa qilib aytganda mamlakatda qoloqlik mutaasiblik hukm surgan bo’lsa-da madaniy hayotda siljish bo’lgan.



Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish