17-rasm. FRM filtri.
Bunday filtming havo tozalash samaradorligi 95—99% ni tashkil qiladi. Havo tozalash quwati 5—8 m3/s. Qarshiligi 1000— 2500 Pa. Agar tozalanayotgan havodagi chang miqdori juda qo‘p bo‘lmasa, unda tozalash uchun filtrning o‘zi yetarli hisoblanadi. Agar chang haddan tashqari ko‘p bo'lsa, ikki pog'onali tozalash
qurilmasi ishlatilib, uning birinchi pog‘onasiga siklon va ikkinchi pog'onasiga filtr ishlatiladi.
Shuni ta’kidlab o'tish kerakki, filtr asosan changlar qimmatbaho bo'lganda (oziq-ovqat mahsulotlari changi va ba’zi qimmatbaho metallar) yoki tarkibidagi chang odam sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan hollarda ishlatiladi. Chunki bu filtrlar qimmatbaho matodan tuzilgani uchun va bu qimmatbaho matoni tez-tez yangilab turish kerakligini hisobga olsak, bu fikr tushunarli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |