I l l bob. SANOAT KORXONALARIDA SHAMOLLATISHQURILMALARIGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xonalarida sanitar normalari (QMQ 3. 01. 02 — 00) bo'yicha belgilangan havo tarkibidagi zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari saqlanishi kerak. Har qanday normal sharoitda ishlayotgan sanoat korxonalari ishlab chiqarish zonalarida, chang yoki zaharli moddalar ajralmagan taqdirda ham, inson organizmi uchun yetarli darajada ta’sir ko'rsatuvchi birmuncha omillar mavjudki, ularni hisobga olmay iloj yo'q. Bu omillar havo harorati, nisbiy namligi va harakati, shuningdek, ishlab chiqarish jihozlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik, ma’lum bir hajmga ega bo'lgan ishlab chigarish zonasida doimiy mikroiqlim tashkil qiladiki, bu muhitda doimiy mehnat qilish, inson organizmining issiqlik balansi talablariga javob bermay qolishi mumkin. Issiqlik balansining saqlanmasligi qanday kasalliklarga olib kelishi mumkin ekanligini aytib o'tgan edik.
Inson organizmi har xil sharoitlarga ko'nikish va moslashish qobiliyatiga ega. Lekin bu moslashish ma’lum chegaradagina amalga oshadi. Ana shu moslashish chegaralari SN 245-71 bo'yicha belgilangan. Shuning uchun ham shamollatish qurilmalarini loyihalash va o'rnatishda qurilish qoida va normalariga, tashkiliy masalalarga, shamollatish sistemalarida yong'inga va portlashga qarshi qo'yilgan shartlarni ta’minlashga alohida e ’tibor berish zarur. Shuningdek, O'zbekiston qurilish davlat qo'mitalari tomonidan chiqarilgan tarmoq normalari va normativ adabiyotlaridan keng foydalanish tavsiya etiladi. Sanitar norma talablari bo'yicha ishlab chiqarish zonalaridagi havo muhitiga yil fasllariga qarab har xil talab qo'yiladi. Shamollatishni uch xil rusum bilan ishlaydigan qilib hisoblash kerak: yilning issiq, o'rtacha va sovuq davrlari. Bunda har bir davr uchun sanoat muhitining va tashqi muhitning ma’lum harorati va nisbiy namligi hisobga olinadi.
61
III. 1. Shamollatish usullari Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo'nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo'lmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo'lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo'llash imkoniyati yo'qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko‘p ajralib chiqayotgan zonaga o'rnatish kerak. Ishlab chiqarish zonalarida yig'ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek, havo almashtirish maqsadida o'matilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko'rsatib o'tilgan vositalaming biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo'l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig'ilgan havoni chiqarib yuborish usullari, zararli moddaning xona bo'ylab tarqalish xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, agar sexda ko'plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan mashina va mexanizmlar o'rnatilgan bo'lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega bo'lgan jihozlami sex bo'ylab joylashtirish ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to'g'ri joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo'lsa, shamollatish vositalarini o'rnatish ham shunchalik osonlashadi. Shamollatish vositalarini o'rnatishda, shamollatish sxema-sining iqtisodiy kamxarj bo'lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur. Issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda havo almashtirishni ta’minlash. Sanoat korxonalari xonalarida ajralib chiqadigan zararli omil faqat issiqlik bo'lsa, unda hisoblab almashtiriladigan havo miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: