Hayot faoliyati


Atmosfera havosi tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini aniqlash



Download 1,67 Mb.
bet19/223
Sana31.12.2021
Hajmi1,67 Mb.
#254094
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   223
Bog'liq
4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009

11.11. Atmosfera havosi tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini aniqlash
Ishlab chiqarish muhitidagi zaharli m oddalarning miqdorini aniqlashdan oldin ish zonasi havosida qanday zaharlar va qanday davrlarda tushishini aniqlash maqsadida texnologik jarayon va uskunalar puxta o'rganib chiqilishi lozim.
Shuningdek, havoda aniqlanishi taxm in qilinayotgan moddalarning fizik-kimyoviy xossalari bilan, xususan nisbiy zichligi, uchuvchanligi, agregat holatini o‘zgartirish qobiliyati, tashqi muhitda chidamliligi va boshqalar bilan tanishish lozim. Ayrim og'ir bug'lar va gazlar, masalan, simob bug'lari quyi zonalarda yig'ilishi va yuqori qavatlardabi havo bilan pastki qavatlaiga oqib tushishi mumkinligini unutmaslik kerak. Issiq havo oqimlari bo'lganda hatto og'ir bug'lar ham yuqori va o'rta zonalarga ko'tarilishi mumkin.

Ishlab chiqarish jarayonini o'rganishda texnologiya, uskunalar va ishchilar bo'ladigan zonalarni hisobga olib, sinam a olish joylarini va davrlarini aniqlash lozim . Bu sexning chizm a rejasini tuzish imkoniyatini beradi, unda tanlash nuqtalari ko'rsatilgan bo'ladi va maxsus tahlil kartalari to'ldirilib, bu kartada tahlil natijalariga ta’sir qiladigan tanlashning eng muhim shartlari yozib qo'yiladi.


Ishlab chiqarishda havo sinamasini tanlash usuli vaqt bo'yicha davomli yoki bir lahzali bo'lishi mumkin.
Aspiratsiya usulida tahlil qilinadigan moddani filtrda yoki yutadigan eritmada yig'ib, kimyoviy usulda aniqlash sezuvchanligidan yuqori darajada turgan loaqal m inim al miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi. Ayrim hollarda sinama olish 30—60 minutga cho'ziladi. Sinama olishning qiyinligigina em as, balki o'rtacha zichlik miqdorlarining olinishi uning kamchiligi hisoblanadi. Ular uzoq davr m obaynida havoga tushgan zaham ing umumiy miqdorini aks ettiradi, vaholanki, ish zonasidagi zaharlar zichlik miqdori aksari hollarda juda tez o'zgarib turadi.
Sinama olish uchun aspirator va tahlil qilinadigan m oddani tutib qolish moslamalari: aerozollam i aniqlashda-filtrlar, bug' va gazlami aniqlashda yutgich asboblar zarur. Havo so'rgich sifatida

57

odatda elektr aspirator ishlatiladi. Unda aerozol holatidagi zaharli m oddalarni aniqlash uchun sinam a olish usuli changlarniki bilan bir xil. Farqi og'irlik usuli bilan emas, balki kimyoviy usulga o ‘tkazilib, qattiq m oddani oldin kislotalar, ishqorlar va boshqa erituvchilarda eritib suyuq holatga aylantiriladi.
Bug‘ va gazlarni aniqlashda havoni tortish tezligi katta bo'lm asligi kerak, shunga ko‘ra 0 dan 1 1/min gacha darajalangan reom etrlar juftidan foydalaniladi. Ayrim hollarda, masalan, elektr aspirator ishlatib bo‘lmaydigan portlashga xavfli korxonalarda, havo sinam alarini olish uchun suv bilan to'ldirilgan, darajalangan va rezina shlang bilan biriktirilgan ikkita shisha idishni qo'llash m um kin. Ularni turli sathlarga qo‘yilganda suv yuqoridagi shishadan pastkisiga oqib tushadi; buning hisobiga birinchisida siyraklanish vujudga keladi va tahlil qilinishi zarur boMgan havo yutgichga so‘riladi. So‘rilgan havo miqdori to‘g‘risida oqib tushgan suyuqlik miqdori bo'yicha xulosa chiqariladi, tezlikni esa biriktiruvchi shlangga o'rnatilgan qisqich yordamida boshqariladi.
T ezkor sinama olish usulida uchta variandan biri qo'llanilishi m um kin: 1) Suyuqlikni idishdan to'kish usuli, to'kilgan suyuqlik o'rniga sinam a havo to'ladi va idish tiqin bilan berkitilib tahlilga yuboriladi.

6-rasm . Universal gaz tahlil qilish qurilmasi UG -2.



58


  1. Havo almashtirish usuli, bu usulda sinama olinishi kerak bo'lgan idish orqali ko‘p marta sex havosi o'tkaziladi va tiqin bilan berkitilib tahlilga yuboriladi. 3) Oldindan vakuum hosil qilingan idishni to'ldirish usuli. Idish ochilishi natijasida sexdagi havo bilan to'ladi va tiqin bilan berkitilib tahlilga yuboriladi.


Havo muhiti tarkibidagi zaharli moddalar miqdorini SO asbobi va U G -1 va UG -2 gaz tahlil qilish asboblari yordamida aniqlanadi. Bu asboblarda tahlil qilish usuli, tahlil qilinadigan havo so'riladigan shisha naychaga sepilgan indikatorli poroshok bilan tahlil qilinayotgan modda o'rtasidagi rangli reaksiyaga asoslangan.
«SO asbobi» yordamida tahlil qilishdan oldin, ma’lum moddani tahlil qilish uchun mo'ljallangan idikator poroshogi to'ldirilib kavsharlangan naychaning ikkala uchi qirqiladi va konusli uchi bilan asbobga strelka bo'yicha o'rnatiladi. Indikator to'ldirilgan naychani 30-35 °C haroratgacha isitish uchun chap qo'lda qisib turiladi, rezina nokni bosiladi. So'ngra nokni qo'yib yuboriladi, u bo'shashadi va tekshirilayotgan havoni so'rib oladi. Indikator naychani mushtda ushlashni 30 sek davom ettiriladi, so'ngra uning bo'yalganligini tekshirib ko'riladi. Rangi o'zgargan bo'lsa, naycha uchlarini tiqin bilan berkitilib va 10 minut o'tgach sinama rangini doimiy standartlar shkalasi bilan solishtiriladi va havodagi uglerod oksidi aralashmasi zichlik miqdori belgilanadi.
UG -2 universal gaz tahlil qilish qurilmasining umumiy ko'rinishi 6-rasmda ko'rsatilgan. Asbob ichida prujinali rezina xaltacha bo'lib, shu tufayli u cho'zilishi mumkin. Dastak bosilsa, rezina xaltachaning qisilishi ro'y beradi. Bunda ozmi-ko'pmi darajada qisilish sodir bo'lib, dastakdagi ikkita botiq shunga mos keladi.
Rezina xaltacha biriktiruvchi rezina shlang orqali indikator paroshogi to'ldirilgan naycha bilan biriktiriladi. Sinama o'tkazilganda naychadagi indikatorning ma’lum qismi bo'yaladi, bunda bo'yalgan qism uzunligi zaharli modda zichlik miqdoriga proporsionaldir. Asbobda ishlatilgan dastakda havoning ikkala ehtimoliy hajmlari ko'rsatilgan bo'lib, ular so'rilgan havo miqdorini ko'rsatadi. Har bir zaharli modda uchun zichlik miqdorini aniqlash imkoniyatini beradigan shkalali aniqlagich biriktirilgan bo'ladi. Unda bo'yalgan ustunchaning qanday uzunligiga qancha zichlik miqdor mos kelishi ko'rsatilgan bo'ladi.

59





Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish