VI.4. Sun’iy yoritish manbalari
Yorug'lik manbalarini tanlashda va ularni bir-birlariga solishtirishda, ularning quyidagi tavsiflaridan foydalaniladi:
1) elektrotexnika tavsifi (uning nominal kuchlanishi va quvvati);
2) yorug'lik texnikasi tavsifi (lampa nurlantirayotgan nur oqimi, maksimal yorug'lik kuchi);
iqtisodiy va ishlatish tavsiflari: lampaning nur berishi lm/Vt bilan o'lchanib, lampadan kelayotgan nur oqimining elektr quwatiga nisbatidan iborat. Lampaning xizmat qilish davri, ikkita davrdan: a) umumiy ishlatish davri (uning yondirilgan vaqtidan boshlab to kuygunga qadar ishlash davri) va b) lampaning foydali xizmat davridan (bunda lampa o‘z nur berish qobiliyatining 20% ini yo'qotgan holda hali ishlatish uchun yaroqli holati hisobga olinadi) iborat;
Do'stlaringiz bilan baham: |