Bog'liq 4-Hayot-faoliyati-xavfsizligi.-G.Yormatov-va-boshqalar-T-2009
8-rasm. 0 ‘q bo‘ylab havo harakatini ta’minlovchi ventilator. Markazdan qochma kuchga asosolangan ventilatorlar asosan spiralsimon tashqi qobiqqa joylashtirilgan kurakchali g'ildirakdan tashkil topgan. G'ildirak aylanma harakat qilishi asosida kurakchalarga urilgan havo kuch bilan tashqariga markaziy o'qqa perpendikular ravishda markazdan qochma kuch asosida harakatlantirilib yuboriladi va bu havo spiralsimon tashqi qobiq bo'ylab yo'naltiriladi. Bunday markazdan qochma kuchga asoslangan ventilator anchagina katta bosimdagi havo harakatini ta’minlay oladi.