IX 4. Sanoat Korxonalarida baxtsiz hodisalar va Kasb Kasalliidarini teKshirish va hisobga olish
Ulim bilan tugagan, og‘ir jarohatlanish va gruppa bilan baxtsiz hodisaga uchragan hollardan tashqari hamma baxtsiz hodisalarni tekshirishni sex boshlig‘i, xavfsizlik texnikasi injeneri va jamoat na-zoratchisi tarkibida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Baxtsiz hodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin, ish joyida, zavod hududida va ma’muriyatning topshirig'iga asosan zavod hududidan chetda yuz bergan bo‘lishidan qat’i nazar tekshirilishi lozim. 0 ‘tkir zaharlanish, issiq urishi va tananing ba’zi qismlarining muzlashi baxtsiz hodisa sifatida tekshiriladi.
Bir kundan kam boMmagan ish kunini yo‘qotgan baxtsiz hodi salar 24 soat davomida tekshirilib, maxsus forma bo'yicha (N-I) 4 nusxada akt tuziladi.
Aktda baxtsiz hodisaga uchragan kishi haqidagi axborotdan tashqari, aniqlangan baxtsiz hodisaning sabablari keltirilishi va bunday baxtsiz hodisalar qaytarilmasligi uchun qanday chora-tadbirlar qurilganligi haqida axborot beriladi.
Aktni korxonaning bosh injeneri tasdiqlaydi. Aktning bir nus-xasi sex boshligMga yuboriladi va u bosh injener belgilagan muddat davomida aktda ko'rsatilgan mehnatni muhofaza qilish masalalarini amalga oshirishi kerak, ikkinchi nusxasi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga, uchinchisi tegishli kasaba uyushmasining texnik na-zoratchisiga va to‘rtinchisi mehnatni muhofaza qilish boMimiga na zorat o‘matish uchun yuboriladi. Ma’muriyat baxtsiz hodisaga uchragan kishiga aktning tasdiqlangan nusxasini berishi shart. Baxtsiz hodisaning asoratlari keyinchalik ham kelib chiqishini hi sobga olib, aktlar 45 yilgacha saqlanishi kerak.
Baxtsiz hodisa tekshirilgandan keyin sanoat korxonasi ma’muriyati yoM qo‘yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruq e’lon qiladi. Bu buyraqda korxonada yuz bergan baxtsiz hodisaning kelib chiqishiga aybdor boMgan kishilarning javobgarligi aniqdanib, ta’kidlanadi.
Baxtsiz hodisa oMim bilan tugasa, gruppa bilan baxtsiz hodi saga uchrasa va og‘ir jarohatlangan hollarda, tekshirish maxsus bel gilangan tartib bilan o ‘tkaziladi. Bunday baxtsiz hodisalarni maxsus komissiyalar tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba
164
uyushmasi texnik nazoratchisi, yuqori xo‘jalik tashkilotining xodimi, davlat nazorat organlari xodimlari va umumiy baxtsiz hodisani tekshirishda ishtirok etadigan xodimlar qatnashadi.
Bunday holatlarda tekshirish tezda o‘tkazilishi kerak, ya’ni tek shirish materiallari 7 kun ichida tayyor bo'lishi shart. Aktga baxtsiz hodisani ko'rgan guvohlarning ko'rsatmalari, tibbiy ekspert xu-losasi, baxtsiz hodisa yuz bergan joyning hamda agar baxtsiz hodisa vaqtida biron bir obyekt zararlangan bo‘lsa, ularning fotosurat va komissiya chiqargan xulosalarni tasdiqlaydigan boshqa materiallar qo'shib yuboriladi. Aktga, shuningdek, baxtsiz hodisaga javobgar boMgan shaxsning familiyasi va lavozimi yozib qo'yiladi.
OgMr, gruppa bilan jarohatlanganlar va oMim bilan tugagan baxtsiz hodisalar albatta fabrika, zavod kasaba uyushmasi qo'mitasida va yuqori xo'jalik tashkilotlari kasaba uyushmalari qo'mitalarida tahlil qilish va ko‘rib chiqilishi kerak. So‘ngra bildirilgan fikr-mulohazalar asosida keyin ham shunday baxtsiz hodisa ro‘y bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar mundarijasi ishlab chiqilishi va qaror bilan tasdiqlanishi zarur.
O'zbekiston Respublikasida kasbiy zaharlanish va kasb kasallik-lari oldini olish uchun kerakli qonun va tavsiyanomalarni ishlab chiqish va tasdiqdash, shuningdek, kasb kasalliklari vujudga kel-ganda ularni hisobga olish va tekshirish ishlari O'zbekiston Respub-likasi SogMiqni saqlash vazirligi tashkilotlariga topshirilgan. Kasbiy zaharlanish va kasb kasalligi haqidagi akt korxona rahbariga yubori ladi. Aktda bunday kasalliklarning qaytarilmasligini ta’minlovchi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi Re-spublika SogMiqni saqlash vazirligining yuqori tashkilotlariga yub oriladi.
Baxtsiz hodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma’lum davolanish kursi belgilanadi. Agar zarur boMsa, kasb kasalligiga uchragan kishini mehnat ekspert tibbiyot xodimlari komissiyasi (VTEK) ga yuboriladi va unda uning kasb kasalligining oqibati natijasida nogironlik guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma’lum moddiy ta’minlanish miqdori belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |