Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana01.01.2022
Hajmi0,72 Mb.
#283307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1-Maruza

uchta asosiy vazifani yechadi:       

- xavflarni identifikatsiyalash,  ya'ni xavflarning sonli tavsifi   va kelib chiqish nuqtalarini 

ko'rsatgan holda ularning qiyofasini bilish; 

- foyda va harajatni taqqoslash asosida xavflardan himoyalanish; 

- mumkin bo’lgan salbiy xavflarni (qolgan  xavf-xatar konsepsiyasidan kelib chiqqan holda) 

bartaraf qilish.  

Kishilik jamiyatini  rivojlanish  tarixining eng dastlabki bosqichlarida faoliyat  sharoitlariga 

e'tibor  qaratilgan,  shu jumladan  inson  sog’lig’ini  saqlash masalalari  ham ko’rilgan. Xavfsizlik 

haqidagi rivojlanishga ayrim misollar keltirsak: Aristotel (bizning eramizdan 384-322), Gippokrat 

(b.e. 460-377) va boshqa olimlarning asarlarida mehnat sharoiti masalalari o’rganilgan. Tiklanish 

davrining buyuk tabibi Parauels (1493-1541) o’zining asarlarida tog’ ishlari bilan bog’liq bo'lgan 

xavflarni o'rganadi. Nemis shifokori va metallurgi Agrikola (1494-1555) o'zining “Tog’ ishlari” 

asarida Hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini bayon qilgan. Italyan shifokori Ramassini (1633-

1714)  kasbiy  gigiyena  faniga  asos  solib,  "Kulollar  kasalliklari"  kitobini  yozdi.  Rus  olimi 

Lomonosov  M.V.  (1711-1765)  tog’  ishida  mehnat  xavfsizligi  bo’yicha  asos  soluvchi  asarini 

yozadi, akademik Ligachev V.A.ning asarlari texnosferaning xavfsiz rivojlanish muammolariga 

bag’ishlangandir. 

Mehnat    jarayonida  insonning  xavfsizligini,  sog‘ligi  va  ish    qobiliyatini  saqlashini 

ta’minlaydigan, qonunchilik hujjatlari va ularga mos ijtimoiy–iqtisodiy, texnikaviy, gigiyenik va 

tashkiliy  tadbirlar tizimi Hayot faoliyati xavfsizligi deyiladi. 

  «Hayot faoliyat xavfsizligi» fanining asosiy maqsadi ishlab chiqarishda xavfsiz texnologik 

jarayonlarni  va  mashina-mexanizmlarni  qo‘llash,  xavfsiz  ish  sharoitlarini  yaratish  yo’li  bilan 

ishchilarning hamda shu hududda yashayotgan aholining xavfsizligini ta’minlashning nazariy va 

amaliy bilimlariga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. 

Bizning  Davlatimizda  xavfsizlik  va  sog‘lom  mehnat  sharoitlarini  yaratish  umumdavlat 

masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu borada korxona va tashkilotlar ma’muriyati bilan kasaba 

uyushmalari  qo‘mitalari  kelishgan  holda  turli  xil    shartnomalarni  ko‘plab  amalga 

oshirayotganligini alohida ta’kidlash mumkin. 

  «Hayot faoliyat xavfsizligi» fanining muhim vazifasidan biri – bo‘lajak har bir mutaxassis 

kadrlarga, xavfli omillar, ularni kelib chiqish sabablarini, xavfsiz mehnat qilishni davlat tomonidan 

huquqiy  himoyalanganligi,  hayot  faoliyati  xavfsizligi  qonuniyatlari,  ishlab  chiqarish  xavfsizligi 

masalalarini  yechish  usullarini  o‘rgatish,  ularni  ishlab  chiqarishda  yoki  mehnat  faoliyatida 

shikastlanish  va  kasb  kasalliklariga  qarshi  ko‘rashish,  yongin  va  portlash  hodisalarining  oldini 

olish choralari hamda favqulodda holatlarda aholining faoliyat xavfsizligini ta’minlash tadbirlari 

bilan bo‘lajak mutaxassislarni tanishtirishdan iborat. 

HFX  fani  o‘qish  va  o’rganish  natijasida  bakalavr  mutaxassislarni  Davlat  ta’lim  standarti 

(DTS) talabi bo‘yicha qo‘yidagi ko‘nikmalarga ega bo’lishi shart. 

–HFX ning nazariy asoslari; 

–Xavf tog’risida tushunchalar, xavfli omillarning kelib chiqish sabablari;  

–Mehnat xavfsizligini huquqiy asoslari; 

Tasavvurga ega bo‘lish kerak: 

–zararli va zaharli moddalar hamda ulardan himoyalanish choralarini; 

–ishlab chiqarishda Hayot faoliyati xavfsizligi; 

–elektr tokining odam organizmiga ta’siri; 




–favqulodda vaziyatlardan, tabiiy ofatlardan himoyalanish usullariga; 

Bilishi va qo‘llay olishi kerak: 

–yong’inni uchirish vositalarini qo‘llashni; 

–shaxsiy himoya vositalardan foydalanishni; 

–jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni. 

Hаyotiy  jаrаyondа  insоnni  аtrоf-muhit  vа  uning  tаshkil    etuvchilаri  bilаn  o’zаrо  tа’siri 

Y.N.Kurjаkоvskiyning  «Hаyot  fаqаt  mоddаlаr,  enyergiyalаr  vа  infоrmаtsiyalаr  оqimlаrini  tirik 

tаnа оrqаli hаrаkаti jаrаyonidа mаvjud bo’lа оlmаydi» dеgаn hаyotni sаqlаsh qоnunigа mоs hоldа 

elеmеntlаr оrаsidаgi  mоddаlаr mаssаsining, bаrchа turdаgi  enyergiyalаr vа infоrmаtsiyalаrning 

оqimlаri tizimigа аsоslаngаn. Hаyotni sаqlаsh qоnunidаgi оqimlаr insоngа o’zini оziq-оvqаtgа, 

suvgа,  hаvоgа,  quyosh  enyergiyasigа,  o’rаb  turgаn  muhit  hаqidаgi  infоrmаtsiyalаrgа  bo’lgаn 

ehtiyojlаrini qаnоаtlаntirishi uchun kerak.  

1.3. 


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish