1. – qobig`; 2. – dastak; 3.- stakan; 4.- klapan; 5.- stakandan chiqish teshigi; 6.-ishga
OХP
– 10 (KKO‘-10) o‘t o‘chirgichni konstruksiyasi po‘lat qobig` 1dan tashkil topgan
bo‘lib, unga zaryadni ishqorli qismi (8,5l) joylashgan. U (400g) gidrokarbonat natriyni NaNSO
3
suvli aralashmasi va (50g) soladkali ekstraktdan iborat bo‘ladi. Ko‘pikni turg`unligini oshirish
uchun ishqorli qismiga ozroq miqdorda ko‘pirtirgich qo‘shiladi (RAS pastasi yoki
karboksimetilsellyuloza). Zaryadni kislotali qismi (450g) polietilenli stakanga joylashtirilgan bo‘lib,
sulfat kislota (N
2
SO
4
), temir sulfati (Fe
2
SO
4
)
3
va alyuminiy sulfati (Al
2
SO
4
)
3
aralashmasidan iborat
bo‘ladi. Ishlamaydigan (ishsiz) Holatida zaryadni kislotali qismi stakanda klapan 4 bilan yopik
(bekitilgan), klapan vdtok 7ga qotirilgan va stakanni o‘yig`iga (o‘rindig`iga) prujina bilan qisilgan.
Klapan shtogi boshqa tomondan (uchidan) ekssentrik dastak 6 ga maHkamlangan. O‘t o‘chirgichni
ishga tushirish uchun uning dastagi 6 ni yuqoriga burash va o‘t o‘chirgichni to‘ntarish lozim.
Bunda shtok klapan 4 bilan birga siquvchi prujinani qisib, kallakka (golovkaga) tomon
ko‘chadi (siljiydi) va teshik 5 orqali zaryadni kislotali va ishqorli qismlarni birikishini ta‘minlaydi.
Reaksiya natijasida ko‘p miqdordagi uglerod ikki oksidi ajralib, aralashmani intensiv ko‘piklantiradi
va bunda bosim 0,1 MPa ga erishganda, tiraluvchi (zapornaya) membrana 9 ni yirtadi (yoradi)
Hamda sachratgich (sprgsk) 8 orqala ko‘pikni chiqarib yuboradi. Ko‘pik Hosil bo‘lish karrali 6 ga
teng, uning Hajmi esa 43 l, ko‘pikni otilish uzoqligi 6 m, ko‘pik chiqarib yuborish vaqti 60 sek. O‘t
o‘chirgichdan foydalanish Harorati +2°S dan +30° S gacha. O‘t o‘chirgich zaryadini ishqorli
qismiga, muzlashga qarshilik ko‘rsatuvchi etilenglikoli qo‘shib, undan (-) minusli Haroratda Ham
foydalanish mumkin.
OХVP-10 (KХKO‘-10) Kimyoviy Havo-ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarni konstruksiyasi Ham
xuddi OХP -10 (KKO‘-10) nikiga o‘xshash bo‘lib, faqatgina farqi shundan iboratki OХVP-10
(KХKO‘- 10) o‘t o‘chirgichlarni
(rasm)
sachratgichiga ko‘piklatuvchi moslama (nasadka) burab
o‘rnatiladi, u kimyoviy ko‘pikni Havo bilan aralashtiradi. OХVP-10 (KХKO‘-10), o‘t o‘chirgichni
ishchi zaryadi quyidagilardan tashkil topgan: a) ishqorli qism, unga (450g) gidrokarbonat natriy,
ko‘pik Hosil qiluvchi PO- 1 (500sm
3
) va (8l) suv, b) (200 sm
3
) sulfat kislotasini suvdagi eritmasi,
zichligi 1,51 ga teng.
O‘t o‘chirgich OХVP-10 (KХKO‘-10) Ham xuddi OХV-10 (KKO‘ -10) o‘t o‘chirgichidek
ishga tushiriladi. Ishqor va kislotali qismni aralashtirish natijasida Hosil bo‘lgan ko‘pik, uglerod ikki
oksidini, ortiqcha bosimi ta‘sirida tiraluvchi (zapornaya) membrana 6 ni yirtadi (yoradi) va
ko‘piklatuvchi moslama 9 ga o‘tadi. Sachratgich 7 orqali o‘tib, u kichkina tomchilarga bo‘linadi,
moslama orkasidagi (teshik) 8 orqali Havo muxitini so‘rib, u bilan aralashadi, to‘r 10 orqali siqiladi
va tashqariga chiqarib yuboriladi. Ishlab chiqariladigan ko‘pikni Hajmi 500 l, otilish (struya)
uzunligi 3-5 m, o‘t o‘chirgichni ishlash vaqtini davomiyligi 40-60 sek. Endi uglekislotali o‘t
o‘chirgichlar UKO‘-2 ,(OU-2), UKU-5 (OU-5) ni tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishamiz.
Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar UKO‘-2 (OU-2), UKO‘-5 (OU-5); turli xildagi moddalar
(xavosiz Holatda yonuvchi moddalardan tashqari) va 1000 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanish
ostidagi elektr qurilmalaridan chiqkan uncha katta bo‘lmagan yong`inni o‘chirish uchun
mo‘ljallangan va 40dan +50°S gacha bo‘lgan oraliqdagi haroratlarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: