nizom:
ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi
bo‗yicha jazoni o‗tayotgan fuqarolarga;
- ish beruvchilarga;
- pudrat
va
topshiriqlarga
ko‗ra
fuqarolik
huquqiy
shartnomalar
bo‗yicha ishlarni bajarastgan shaxslarga:
-
tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan
fuqarolarga;
-
agar maxsus davlatlararo bitimda o‗zgacha hol ko‗rsatilmagan bo‗lsa, yollanib ishlayotgan
chet el fuqarolariga;
-
qurilish, qishloq xo‗jaligi va harbiy xizmatni o‗tash bilan bog‗liq bo‗lmagan, o‗zga ishlarni
bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan muqobil xizmatni
o‗tayotgan harbiy xizmatchilarga;
- korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‗tayotgan talabalar va o‗quvchilarga ham tatbiq
etiladi.
Oliy o‗quv yurtlari talabalari, kollejlar, o‗rta maxsus o‗quv yurtlar, litseylar va umumta‘lim
maktablari o‗quvchilari bilan o‗quv-tarbiya jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalar Mehnat
vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va
hisobga olinadi.
(“Ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya jarayonida o`quvchilar va talabalar bilan
yuz bergan baxtsiz xodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to`g`risida” nizom 2010yil 23
dekabrdagi 202-B-son buyrug`i bilan 2011yil 18 yanvardagi N-2184)
Ishlab chiqarishda sodir bo‗lgan baxtsiz hodisa ish beruvchining buyrug‗iga asosai, ish
beruvchi vakillari hamda kasaba uyushma yoki xodimlarning boshqa vakillik organi a‘zolaridan
tashkil topgan komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiya a‘zolarining har qaysisi baxtsiz
hodisani tekshirish komissiyasi raisi bo‗lishi mumkin. Jabrlanuvchi bevosita bo‗ysunadigan va
jabrlanuvchi uchun mehnat xafsizligini ta‘minlash vazifasi yuklatilgan rahbar (smena, sex boshlig‗i,
usta va shunga o‗xshashlar) komissiya tarkibiga kiritilmaydi.
Harbiy qism bilan korxona o‗rtasida shartnoma bitim bo‗yicha xalq xo‗jaligi ob‘ektlariga
ishga jalb qilingan va uning ma‘muriy texnik xodimi boshchiligida ish olib borayotgan harbiy
qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz bergan baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan
harbiy qurilish otryadi (qismi) qo`mondanligi ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona
tomonidan hisobga olinadi.
Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma‘muriy texnik xodimi boshchiligida
bajarayotgan axloq tuzatish mehnat muassasasi (ATMM) da saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz
hodisa yuz bersa, u ATMM vakili ishtirokida ish beruvchi tomonidan tekshiriladi va baxtsiz hodisa
korxona tomonidan hisobga olinadi.
ATMMda xo‗jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan shuningdek, o‗zining ishlab
chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan
belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‗tayotgan yoki ish bajarayotgan
umumta‘lim maktabi, kasb-hunar kollejlari o‗quvchilari va oliy o‗qun yurti talabalari bilan yuz bergan
baxtsiz hodisalar korxona tomonidan o‗quv yurti vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona
tomonidan hisobga olinadi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada o‗qituvchilar
rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‗tayotgan yoki ish bajarayotgan umumta‘lim maktabi, kasb-
hunar kollejlari o‗quvchilari yoki oliy o‗quv yurti talabalari bilan yuz bergan baxtsiz hodisalar o‗quv
yurtlari tomonidan korxona vakili bilan birgalikda tekshiriladi va o‗quv yurti tomonidan hisobga
olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |