«Hayot faoliyati xavfsizligi»kafedrasi «Hayot faoliyati xavfsizligi»



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#334907
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115
Bog'liq
kopiya tazhr. khfkh

(  -ilovadagi)

  bayonnoma  bilan  rasmiylashtiriladi,  qaysini 

ishlarga rahbarlik qilishga ruxsat berish uchun buyruq chiqarishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Bilimlarni  sinash  uchun  beriladigan  savollar  rahbarlarga  va  mutaxassislarga  imtihon 

o‘tkazilishidan bir oy oldin berib qo‘yilishi kerak. 

5.5.Mansabga  vaqtinchalik  tayinlanadigan  bo‘lsa,  tajriba  muddatini  o‘tash  va  kuchga  ega 

bo‘lgan mehnat muhofazasi bo‘yicha qoidalardan bilimni tekshirish mansabga tayinlanishdan oldin 

o‘tkazilishi kerak. 

5.6.Rahbarlar  va  mutaxassislar  tashkilotda  ishlab  chiqarish  jarayoni  faoliyatida  mehnat 

xavfsizligi bo‘yicha ta‘lim oladilar. 

5.6.1.Mustaqil ta‘lim olish usullari. 

5.6.2.Kombinatning  tashkilot  va  korxonalarida  bilimlarni  tekshirishdan  oldin  mehnat 

muhofazasi  bo‘yicha ancha murakkab savollarni  o‘rganish  rahbarlar va mutaxassislarni  bilimlarini 

chuqurroq bilishlari maqsadida maslahatlar va qisqa muddatli seminarlar tashkil qilinishi kerak. 

Imtihonlar  orasi  davrida  kombinatning  korxona  va  tashkilotlarida  rahbarlar  va 

mutaxassislarni  mehnat muhofazasi bo‘yicha bilim darajasini oshirishni  ta‘minglash kerak. Har bir 

tashkilot va korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha kurs mavzulari, seminarlar, konferenstiyalar, 



yig‘ilishlar, lekstiyalar o‘tkazish taqvim rejasi ishlab chiqilishi va rahbarlar tomonidan tasdiqlanishi 

kerak. 


5.6.3.Kombinatning tashkilotlarida tasdiqlangan dastur, o‘rnatilgan tartib bo‘yicha muntazam 

o‘tkaziladigan  malaka  oshirish  bo‘yicha  kurslarga  rahbarlar  va  mutaxassislarni  qatnashishini 

ta‘minlashi kerak. 

5.7.Hamma  rahbarlar  va  mutaxassislarni  ishlari  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ishlab  chiqarish 

uchastkalarida  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish,  ishni  olib  borish  va  texnologik  jarayonni 

loyihalashtirish,  ishlab  chiqish,  ta‘lim  berish  bilan  bog‘liq  bo‘lsa  unda  davriy  bilimini  mehnat 

muhofazasidan  o‘qitish  va  bilimini  tekshirish  har  uch  yilda  o‘tkaziladi,  agar  xavfsizlik  qoidalari 

mehnat yo‘nalishi bo‘yicha boshqa qoidalar bilan qo‘shimcha sharhlanmagan bo‘lsa. 

5.8.Oliy  yoki  o‘rta  maxsus  ma‘lumotga  ega  bo‘lgan  ishchilar  tashkilotga  yoki  tashkilot 

tarkibiga  kiradigan  bo‘linmaga  rahbarlik  lavozimiga  o‘tkazilsa,  unda  ishchilar  lavozimga 

o‘tkazilgunga  qadar  (o‘sha  sexda,  ishlab  chiqarishda  amalda  bo‘lgan  xavfsizlik  qoidalari)  mehnat 

muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bilimlari tekshirishdan o‘tishi kerak. 

5.9.Rahbar va mutaxassislarni mehnat xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini tekshirish tartibi: 

5.9.1.Kombinatning  bo‘linmalaridagi  bosh  direktori  nomenklaturasida  (hisobida)  turadigan 

rahbarlar  va  mutaxassislar  mehnat  xavfsizligi  masalalari  bo‘yicha  lavozim  ro‘yxatiga  muvofiq 

rahbar va mutaxassislar kombinat boshqarsmasining doimiy harakatdagi bo‘lgan markaziy imtihon 

komissiyasining  tomonidan  bilimlarini  3  yilda  1  martadan  kam  bo‘lmagan  holda  tekshirishdan 

o‘tishga majbur. 

Markaziy  imtihon  komissiyasi  tarkibiga  Kombinat  boshqarmasi  bosh  mutaxassislari 

Qizilqum  (RGTI)  Hududiy  kon  texnik  inspekstiyasi  (HKTI)  nazorati  va  tekshirish  mutaxassislari. 

Mehnat  Vazirligining  Davlat  mehnat  texnik  inspekstiyasi  kiradi.  Markaziy  imtihon  komissiyasi 

tarkibi  Kombinat  mehnat  muhofazasi  va  texnika  xavfsizligi  bo‘limining  taqdimiga  qarab 

kombinatning bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi. 

5.9.2.  Kombinatning  markaziy  imtihon  komissiyasi  tomonidan  bilimi  tekshirishdan  o‘tgan, 

imtihon  topshirgan  rahbarlar  va  mutaxassislar,  o‘z  qo‘l  ostida  ularga  bo‘ysunadigan  rahbar  va 

mutaxassislardan mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini tekshirish uchun kombinat bo‘linmalariga 

buyruq bilan komissiya a‘zosi qilib tayinlanadilar. 

Bilimlarni  tekshirish  bo‘linmadagi  doimo  harakatda  bo‘lgan  komissiya  tomonidan 

o‘tkaziladi.  Komissiyaning  aniq  tarkibi,  ishlash  shakli,  ishlash  tartibi,  mehnat  muhofazasi 

xizmatining taqdimiga ko‘ra, ularning rahbarlari tomonidan buyruq bilan aniqlanadi. 

Komissiyaning tarkibiga bo‘linmaning bosh mutaxassislari, kasaba qo‘mitasining vakillari va 

ba‘zi  hollarda  maxsus  qoidalar  tomonidan  ko‘zda  tutilgan,  Davlat  nazorati  va  tekshirish  organlari 

kiritiladi. 

Imtihon  o‘tkazishda  komissiya  tarkibida  uch  kishidan  kam  bo‘lsa,  bo‘linma  komissiya 

a‘zolari  kombinatning  markaziy  komissiyasi  tomonidan  bilimi  tekshirishdan  o‘tmagan  bo‘lsa  va 

kombinat  tarkibidagi  bo‘linma  komissiya  a‘zolari  tashkilot  (korxona)  imtihon  komissiyasi 

tomonidan bilimi tekshirishdan o‘tmagan hollarda imtihon o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

5.9.3.  Kombinatning  tarkibidagi  bo‘linma  va  tashkilot  rahbarlari  va  mutaxassislari  bilimini 

tekshirish  ularning  rahbarlari  tomonidan  tasdiqlangan  yillik  jadvallar  rahbar  va  mutaxassislar 

bilimini tekshirish lavozim ro‘yxatiga asosan Davlat nazorat organlari yo‘nalishlari bilan kelishilgan 

holda tuziladi. Imtihon o‘tkazish joyi va sanasi haqida rahbar va mutaxassislar 15 (o‘nbesh) kundan 

oldin kechiktirmay ogohlantirilib qo‘yilishi kerak.  

Mehnat  muhofazasi  bo‘yicha  qoidalarni  hamma  turlari  qonun  chiqaruvchi  va  boshqa 

me‘yoriy  aktlar,  qaysiki  bilimni  tekshirish  bo‘yiga  o‘tkaziladigan  berilgan  ro‘yxatda  ko‘rsatilgan 

bo‘lishi kerak. 

Bilimni  tekshirishga  ta`aluqli  bo‘lgan  savollar  imtihon  bo‘lishidan  bir  oy  oldin  rahbarlarga 

berilishi kerak. 

5.9.4.Rahbarlarni  maxsus  me‘yor  va  qoidalarni  bilish  (mos  elektr  xo‘jaligi  uchun  javobgar 

radiastiya  xavfsizligi  va  boshqalar)  bilimini  tekshirish  uchun  bir  necha  imtihon  komissiyalari 



tuzilishiga  ruxsat  etiladi.  Bu  imtihonlarni  o‘tkazish  uchun  bo‘linmaning  buyrug‘i  bilan  javobgar 

shaxsga yuklatiladi. 

5.10.Navbatdan tashqari bilimlarni tekshirish quyidagi hollarda o‘tkaziladi: 

-mehnat  muhofazasi  bo‘yicha  yangi  yoki  qayta  ishlangan  kuchga  kirgan  me‘yoriy  hujjatlar 

kiritilganda; 

-xodimni  bir  ish  joyidan  boshqa  ish  joyiga  o‘tkazilganda,  yoki  uni  boshqa  lavozimga 

tayinlanganda mehnat muhofazasidan qo‘shimcha bilimlar talab qilinsa; 

-bir guruh bilan, o‘lim bilan tugagan,  yoki og‘ir oqibatlarga olib kelgan baxtsiz hodisalarga 

yo‘l qo‘yilganda, shu bilan birga avariya, portlash, yong‘in yoki zaharlanish ro‘y berganda; 

-rahbar  va  mutaxassislarning  mehnat  muhofazasi  bo‘yicha  qoidalar,  me‘yorlar  va 

yo‘riqnomalarni  kerakli  darajada  bilmasligi  Davlat  va  mahkama  nazorati  va  tekshirish  organlari 

tomonidan aniqlanganda va talab qilganda

-ishdan bir yildan ko‘proq uzilish bo‘lganda. 

5.11.Rahbar  va  mutaxassislarni  bilimini  davriy  tekshirish  3  yilda  bir  martadan  kam 

bo‘lmagan holda o‘tkaziladi (maxsus Qoidalarda ko‘rsatilgan hollardan tashqari). 

Bilimlarni  davriy  tekshirish  oldin  bilim  (ta‘lim)  olish  o‘zi  mustaqil  tayyorlanish  mustaqil 

bilim olish bilan o‘tkaziladi. 

5.12.Imtihonlarni biletlari  ishlab chiqarish  xususiyatlari, rahbarlarning va  mutaxassislarning 

malakaviy  talablarini  hamda  mahalliy  sharoitni  hisobga  olgan  holda  Qizilqum  hududiy  kon  texnik 

inspekstiyasi  HKTI  (RGTI),  ―Sanoatgeokontexnazorat‖  Davlat  inspekstiyasi.  O‘zbekiston 

Respublikasi  mehnat  va  ijtimoiy  himoya  Vazirligi  Davlat  inspekstiyasi  bilan  kelishilgan  holda 

tuziladi. Kombinat bo‘yicha harakatdagi imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. 

5.13.Bilimlarni  tekshirish  natijalari  bayonnoma  orqali  rasmiylashtiriladi,  qaysiki  imtihon 

komissiyasi raisi va a‘zolari tomonidan imzolanadi.  

Bilimlarni  tekshirish  bayonnomasi  mehnat  muhofazasi  xizmatida  yoki  kadrlar  bo‘limida  6 

yildan kam bo‘lmagan muddatda saqlanadi. 

Ishlab  chiqarish  yuqori  xavfga  ega  bo‘lgan  korxonalarda  mehnat  muhofazasi  qoidalaridan 

imtihon  topshirgan  shaxslarga,  komissiya  raisi  (rais  o‘rinbosari)  va  a‘zolari  Davlat  nazorati  va 

tekshirish inspektori imzo chekkan rasmiy tartibda o‘rnatilgan nusxadagi guvohnoma beriladi. 

Rahbar  yoki  mutaxassislarni  mehnat  muhofazasidan  imtihon  topshirganliklari  haqidagi 

guvohnoma 8,9 bandlarda ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra ularni bilimini tekshirishdan ozod qilmaydi. 

5.14.Mehnat  muhofazasi  imtihonida  qoniqarsiz  bilim  ko‘rsatgan  shaxs  korxonada  o‘zini 

egallab  turgan  rahbarlik  va  mutaxassislik  lavozimida  qoldirilishi  mumkin,  faqat  bir  oydan 

kechiktirmasdan qayta imtihon topshirish sharti bilan. 

Mehnat  muhofazasidan  qayta  imtihon  topshira  olmagan  shaxslarga  nisbatan,  materiallar 

tegishli  attestastiya  komissyasiga  egallab  turgan  lavozimiga  muvofiqligini  ko‘rib  chiqish  uchun 

yuboriladi.  Ko‘rib  chiqish  natijalariga  qarab  ish  beruvchi  O‘zbekiston  Respublikasining  Mehnat 

Kodeksining 92-moddasiga amal qilib qaror qabul qiladi. 

Imtihon komissiyasi qarori bilan bog‘liq bo‘lgan bahs va munozaralar. Mehnat munozaralari 

komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

5.15.Mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarni tekshirishni tashkil qilinishini va o‘tkazilishini 

rahbarlar va mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini boshqarish organlariga yuklatiladi. O‘z nazorati 

ostida bo‘lgan ob‘ekt va ishlarni tekshiruvchi Davlat nazorati va tekshirish organlarining ham bunga 

haqqi bor. 

 


Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish