Elektr dvigateli yoki transformatorning qobig‘i, eletr yoritgichning armaturasi, yoxud elektr
simlarining metall quvurlari, tok o`tkazuvchi qismlari, ularni tayyorlash jarayonida yaxshilab
izolyatsiya qilinganligi sababli, me`yoriy hollarda erga nisbatan kuchlanish ostida bo`lmaydi va
ishlatishda xavfsiz hisoblanadi. Ammo izolyatsiya (himoya qobig‘i) emirilganda elektr o`tkazgichlar
elementlarining istalgan biri kuchlanish ostida bo`lishi mumkin, bu kuchlanish ko`pincha kutb (faza)
Izolyatsiyasi shikastlangan elektrodvigatel' qobig‘i o`zi harakatlantiradigan mashina bilan
elektrik tutashib qoladi. Mashinani ishlatish vaqtida ishchi mashina qismlariga tegib ketishi va
kuchlanish ta`siriga tushib qolishi mumkin. Tok o`tkazuvchi qismlarning izolyatsiyasi
shikastlanganda odamlarning elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish maqsadida bir qancha
choralar ko`riladi, va keng tarqalgani (PUÝ bo`yicha) elektr uskunalarining me`yoriy holda
kuchlanish ta`sirida bo`lgan metall qismlarini himoyalash uchun yerga va ularni nolinchi simga
PUE (EQQ) qoidalariga ko`ra kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo`lgan qurilmalarda neytralning
har qanday rejimi va kuchlanish 1000 V gacha bo`lgan neytrapi erga ulanmagan qurilmalarda,
himoyalashni erga ulash, kuchlanishi 1000 V gacha bo`lgan, neytrali erga ulangan uskunalarda esa
nolinchi simga ulashdan foydalaniladi. Neytrali erga ulangan 380/220 V kuchlanishli qurilmalarda
asbob uskunalarning qobiqlarini himoya tariqasida bevosita erga ulash ko`pgina hollarda etarlicha
samara bermaydi.
Shu sababli ta`minlovchi transformator yoki generator cho`lg‘amlarining neytrali yerga
ulagichgà bevosita ulash yo`li bilan tok iste`mol qiluvchi uskuna va jihozlar qobig‘ini himoya
tariqasida yerga ulash o`rniga nolinchi nuqtasiga (yerga ulangan neytral) ulanadi.
Nolga ulab muhofaza qilish- tarmog‘ining shikastlangan qismini avtomatik uzish bilan bir
vaqtda jihoz qobig‘idagi kuchlnishni, uzatish apparati ishga tushgunga qadar pasaytirib tok bilan
shikastlanishdan himoya qilish usulidir.
Odatda alohida elektr iste`molchilarini nolinchi nuqtaga tutashtiruvchi o`tkazgichlar, ularni
bevosita nolinchi nuqta bilan emas, balki nolinchi ish simi bilan bog‘laydi. Nolinchi simga ulangan
asbob- uskunadagi izolyatsiya teshilganda bir fazali qisqa tutashuv tokining zanjiri hosil bo`ladi, bu
zanjirning qarshiligi nisbatan katta bo`lmaydi va faza hamda nolinchi simlarning qarshiliklaridan
iborat bo`ladi. Bu erda hosil bo`ladigan qisqa tutashuv toki, odatdagi himoya tariqasidagi erga
ulanish qo`llanilgan neytrali erga ulangan tarmoqdagi bir fazali tutashish tokidan ancha katta
bo`ladi. Shuning uchun shikastlangan asbob - uskunani yoki tarmoq uchastkasini himoya qiluvchi
suyuqlanuvchan saqlagich eriydi yoki avtomatik o`chirgich tezda ishga tushadi.
Nolinchi sim uzilgan holda, uzilgan nuqtadan naridagi hamma asbob-uskunalar faqat
mutlaqo himoyasiz qolib ketmasdan, balki nolinchi sim bo`lmagan holdagiga qaraganda, hatto
yomon sharoitga tushib qolgan bo`lardi, chunki uzilgan nuqtadan narida nolinchi simga ulangan har
qanday apparat yoki elektr dvigatelining izolyatsiyasi shikastlanganida uning qobig‘ida va boshqa
nolinchi simlarga ulangan qobiqlariga ko`pincha faza kuchlanishiga teng bo`lgan kuchlanishlar hosil
bo`ladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun, birinchidan nolinchi simning uzilishining oldini olishga
harakat qilinadi, ikkinchidan nolinchi sim bilan bog‘langan elektr asbob- uskuna qobig‘ida, nolinchi
sim uzilganda hosil bo`ladigan kuchlanishni kamaytirish uchun nolinchi simni takror erga ulanadi.
Nolinchi simni takror erga ulash, nolinchi sim uzilmaganda ham foydalidir, chunki bunda
shikastlangan asbob - uskuna qobig‘idagi kuchlanish saqlagichlar ishga tushgunga qadar yoki
suyuqlanadigan saqlagichlarni noto`g‘ri tanlanganligi tufayli yoki qobig‘iga tutashish izolyatsiya
qoldiqlaridagi o`tish qarshiliklari orqali yuz berganida qisqa tutashuv tokning kuchi etarli
bo`lmaganligi sababli ular ishga tushmagan hollarda kamayadi. Quyidagi qismlar nolinchi simga
ulanishi kerak:
Taransformatorning va har qanday elektr iste`molchisining qobiqlari, ramalar, ulash
tarnsformatorning ikkilamchi cho`lg‘amlari, taqsimlash va boshqarish shkaflarning karkaslari,
taqsimlash qurilmalarining metall konstruktsiyalari, metalldan tayyorlangan kabel konstruktsiyalari,
kabel muftalari va hokazolari.
Quyidagi kuchlanish 1000 Vgacha bo`lgan neytrali erga ulangan ta`minlovchi
transformatorning chizmasi bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: