Monografik usul
. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida, chuqur tahlil qilish, uning
aniq sabablarini o‗rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashinalar,
mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi,
havo va suvning sanitar-gigiyenik holati kabi omillar tekshirilib o‗rganiladi.
Statistik usulda
esa jarohatlanishlarning sabablari keng masshtabda, ya‘ni tuman, viloyat,
vazirliklar, tarmoqlar va umuman respublika miqyosida o‗rganiladi. U tashkilotlar va
korxonalarning baxtsiz hodisalar bo‗yicha hisobotlarini statistik qayta ishlash va tahlil qilishga
asoslangan bo‗lib, baxtsiz hodisalar ishchilarnng kasbi, yoshi, jinsi, ish staji kabi ko‗rsatkichlar
bo‗yicha taqsimlanishini yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |