Xavflar taksonomiyasi.
Taksonomiya - bu murakkab xodisalarning tushunchalarini, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni turkumlash (klassifikatsiya) va sistemalash to’g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi sohasida ilmiy bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o’rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo’lib, hali to’la ishlab chiqilmagan. Shuning uchun bu to’g’rida taksonomiyaning ishlangan qismi to’g’risida so’z olib boramiz:
1. Kelib chiqishi bo’yicha xavflar tabiiy, texnik, ekologik va aralash bo’ladi.
2. Rasmiy standartga asoslanib xavflar xili bo’yicha fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy turlarga bo’linadi.
3. Salbiy oqibatlarning ro’y berish vaqti bo’yicha xavflar impulsiv (beixtiyor harakat) va kumulyativ (to’satdan keluvchi) larga bo’linadi.
4. Xavflarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha (lokalizatsiya) - litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo’ladi.
5. Xavflar kelib chiqadigan oqibatlari bo’yicha - charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar va o’limga olib boradigan sabablar.
6. Xavflar keltiradigan zarari bo’yicha - ijtimoiy, texnik, ekologik va h.k.
7. Xavfni namoyon bo’ladigan muhiti bo’yicha – maishiy, sport, yo’l transport, ishlab chiqarish va harbiy.
8. Odamga ta’siri bo’yicha xavf - aktiv va passiv, o’ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, aroq, sigareta) bo’ladi. Passiv deganda odamning o’zi sababchi bo’ladi.
Xavflar ro’yxati. Bu aniq bir tartiblar bo’yicha qo’yilgan nomlar, atamalar, ro’yxati (o’zgaruvchan harorat, havo tezligi, bosim, yorug’lik, havoni ionizatsiyalash, portlash, gerbetsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri va h.k.).
Har bir tekshiriladigan obyektda o’tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu obyektda (sexda, ish joyida, texnologik jarayonda, kasbda) uchraydigan xavflar ro’yxati tuziladi.
Xavflarning kvantifikatsiyasi. Bu hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) ni ta’minlashga qaratilgan, tadbirlar uchun yetarli darajada kerak bo’lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab, amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish jarayonida aniq bir masalani hal qilish xavflar ro’yxati, fazodan tashqariga chiqarmaslik (jamlash), mumkin bolgan zarar va boshqa omillar aniqlanadi.
Хavfning identifikatsiyasi. Хavf pоtеntsial, ya’ni yashirin haraktеrga ega. Shu sababli, hayot faоliyat хavfsizligini ta’minlashda хavfni оldindan aniqlash muhim rо’l o’ynaydi.
Idеntifikatsiya – хavfni va uning sоniy hamda vaqtli ko’rsatkichlarini aniqlash jarayoni bo’lib, uning natijasida hayot faоliyat хavfsizligini ta’minlashga qaratilgan prоfilaktik va оpеrativ tadbirlar ishlab chiqiladi.
Idеntifikatsiya jarayonida хavfning nоmеnklaturasi, хavfni yuzaga kеlish eхtimоli, fazоviy kооrdinatalari («lоkalizatsiya»), хavf tufayli kutiladigan zarar va bоshqa paramеtrlar aniqlanadi. Оlingan natijalar asоsida esa aniq tadbirlar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |