Hayotiy faoliyat xavfsizligining uchta o`zaro bog`liq masalasi.
HFX - uchta o’zaro bog’liq masalani xal etadi:
1. Xavflarni birday (umumlashtirish) deb hisoblash, ya’ni ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy xususiyatlarini ko’rsatish.
2. Sarf harajatlari va foydasini solishtirish asosida xavflardan himoya qilish.
3. Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy (xavfning qoldiq deformatsiyasidan kelib chiqqan) xavflarni yo’qotish.
HFX masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko’p ulug’ allomalar shug’ullanib kelishgan. Masalan, Gippokrat eramizdan avvalgi 460-377 yillar, Aristotel eramizdan avvalgi 384-322 yillar, nemis tabibi, olimi va muhandisi Agrikola 1494-1555 y. Mehnat muxofazasidan risola yozgan, italyan tabibi Ramatssini (1633 -1714) tozalik gigiyenasiga asos solgan. M.V. Lomonosov (1711-1765) tog’ konlarida mehnat muxofazasi to’g’risida monografiya yozgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan,bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar: Kirpichev V.L. (1855-1913), PressAA (1857-1930), Nikolskiy D.P. (1855 - 1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy A.A. (1874-1960), Kaplun (1897-1943) va boshqalar.
Ulug’ o’zbek haqimi Abu Ali Ibn Sino (980-1087) o’z ishlari bilan bundan 1000 yil muqaddam gigiyena faniga asos solgan. Texnosferani rivojlanishiga xavfsizlik muammosi rivojlanishiga akad. Legasov V.A. o’z ilmiy ishlarini bag’ishlagan.
HFX - o’z nazariya va metodologiya usullariga ega. Shunga qaramay HFX - muhandislik, ruhiy xolatiga (psixologiyasiga), inson fiziologiyasiga, mehnat muxofazasiga, ekologiya, ergonomika, iqtisod va boshqa fanlarning yutuqlariga asoslangan. HFX ning metodologik asosi - bu tartibiy taxlildir. Texnika va sanoatning yuqori taraqqiy etgan xozirgi davrida HFX ning ahamiyati yana ham oshib ketdi. Xavfsizlik masalalari yana ham keskinlashib ketdi, shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya3 qilish kerak. Bu HFX ning vazifasi va maqsadi4. HFX - jamiyatimizning mustahkamlanishida xalqning xavfsizlik faoliyati darajasini ko’tarishda muhim ijtimoiy rol o’ynaydi. HFX fanini o’rganmay odamlar umumiy inson huquqlarida aytilgan ...hayot, erkinlik, mehnat, shaxsiy daxlsizlikka erisha olmaydi... (Inson huquqlari deklaratsiyasi, 3-bandi).
Xavf-xatar nima?
Xavf-xatar hayotiy faoliyat xavfsizligining markaziy tushunchasi bo’lib, odam sog’lig’iga bevosita yoki bo’shqa yo’llar bilan zarar yetkazadigan; ya’ni ko’ngilsiz xodisalar, oqibat yaratuvchilar tushuniladi. Xavfni ifodalaydigan beigilar soni tajribaning maqsadiga qarab ko’p yoki kam bo’lishi mumkin.
Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalarni (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari) o’z ichiga oladi, chunki hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) da faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayotiy faoliyatga to’g’ri kelmaydigan elementlar sistemasi kimyoviy va biologik aktiv moddalar yashirin xavfga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |