54. Halqaro terrorizm va uning salbiy illatlari.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo’lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o’rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va qilmishlar yig’indisidir. Xalqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o’zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o’z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko’rsata boshladi. Xalqaro Terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obro’ga ega bo’lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug’ullana boshladilar. 80 yillarga kelib xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.
Xalqaro terrorizm o’zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:
mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;
diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;
ekstremistik guruhlar tarkibida qo’poruvchilik harakatlari bo’yicha xorijlik yo’rig’chilarning qatnashishi;
ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rish;
tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilik sodir etishda, xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida xalqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish;
Bulardan ko’rinadiki, xalqaro Terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo’liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish xavfi kuchaydi.
Bularning hammasi jaxon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo’ydi.
1977 yilda katta "Yettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida xalqaro terrorizmga qarshi kurash to’g’risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo’lib keldi. Chunki xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.
Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko’ruvchi jinoiy to’dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo’ldi. Xalqaro Terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Xalqaro Terrorchilar axolini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo’yishga hamda xokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat qildi.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko’rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizm ko’rinishlariga qaratilgan ko’plab xalqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga xilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to’g’risida"gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro aviyatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to’g’risida"gi 1971 yildagi Monreal Konventsiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to’g’risida"gi 1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to’g’risida"gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo’mitasi faoliyat ko’rsata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |