Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat gigienasining qurulishdagi



Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/259
Sana31.12.2021
Hajmi5,02 Mb.
#240027
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   259
Bog'liq
5c78e023dfdea

Yong‘in vaqti 3 fazaga bolinadi: 

Birinchi  fazada  (5  dan  30  daqiqagacha)  harorat 

sekin  ko‘tariladi  va  fazaning  oxirida  tez  ko‘tariladi. 

Masalan,  eshik  va  derazalar  yopiq  bo‘lib  havo 

yetishmasligi  natijasida  yongin  kichik  miqyosda 

kechadi, bunda  issiqlik  yigila  borib, keyingi  fazaning 

boshlanishini ta’minlaydi. 




Ikkinchi fazada - alanga jadal tarqalib, harorat tez 

ko‘tariladi  (o‘zining  «max»  qiymatiga  erishadi). 

Bunda  alanga  inshootning  tashqari  qismiga  ham 

chiqishi kuzatiladi. 



Uchinchi  fazada  -  yonuvchi  narsalarning  yonib 

bolishi oqibatida haroratning pasayishi kuzatiladi. 

Yong‘inning tarqalish tezligi ham har xil bo‘ladi. 

Yog‘ochdan  qurilgan  binolarda  alanganing  tarqalish 

tezligi  1-2  m/min;  yonmaydigan  konstruksiyalarda 

0,3-0,4  m/min;  yonuvchan  erituvchilar  yonganda, 

masalan,  toluol  yonganda  alanganing  tarqalish  tezligi 

10-15 m/min ga teng bo‘ladi. 



Yonish 

yonuvchi 



mahsulotlar 

bilan 


oksidlovchilar  orasida  o‘zaro  ta’sir  natijasida 

bo‘ladigan  murakkab  fizikaviy-kimyoviy  jarayon, 

bunda  issiqlik  va  Yorug’lik  nurlarining  ajralishi 

kuzatiladi. 

Demak,  yonish  jarayonining  paydo  bo‘lishi 

uchun  yonuvchi  material,  yondiruvchi  manba  va 

oksidlovchilar bo‘lishi zarur. 



Havo  tarkibidagi  kislorod  miqdori  14-16% 

bo‘lganda yonish to‘xtaydi va tutash boshlanadi. Agar 

kislorod  miqdori  8-10%  ga  kamayganda  tutash  ham 

to‘xtaydi. 

Yong‘in  sodir  bo‘lganda  yondiruvchi  manbalar 

ochiq  (uchqun,  Yorug’lik  kuchlari,  alanga  va 

cho‘g‘langan 

predmetlar) 

va 

berk 


holatda 

(ishqalanish,  katta  kuch  bilan  urish,  kimyoviy 

reaksiyaning  issiqligi,  mikrobiologik  jarayonlar  va 

hokazo) bo‘lishi mumkin. 

Yonuvchi materiallar - qattiq, suyuq va gazsimon 

bo‘lishi  mumkin,  masalan.  taxta,  kinoplyonka, 

nitrotselluloza, 

kimyoviy 

erituvchi 

suyuqliklar, 

vodorod, metan, propan, ko‘mir va hokazolar. 

Oksidlovchilarga  -  kislorod,  brom,  xlor,  natriy 

peroksidi, nitrat kislotasi, bertole tuzi kiradi. 

Yonish jarayonining umumiy sxematik ko‘rinishi 

5.1-rasmda  ifodalangan.  Bu  rasmda  alanga  tarkibida 

yonuvchi gazlar hududi keltirilgan: 




1-hududda  hali  yonmaydigan  bug‘  va  gaz 

aralashmalari  mavjud  bo‘lib,  harorati  400

0

C  dan 


oshmaydi.  

2-hududda  bug‘  va  gaz  aralashmasi  yona 

boshlaydi va qisman karbon gaziga aylanadi.  

3-hududda  moddalarni  to‘la  yonishi  sodir 

bo‘ladi,  chunki  bunda  harorat  eng  yuqori,  ya’ni 

1100


0

C gacha ko‘tariladi.  

Yonuvchi 

muxitdagi 

alangani 

balandligi, 

yonayotgan gaz oqimining ko‘tarilish tezligiga to‘g‘ri, 

zichligiga  esa  teskari  proporsional  ravishda  bog‘liq 

bo‘ladi.  

Yonish  paytida  hosil  bo‘ladigan  «max»  harorat 

miqdori  yonuvchi  material  turiga  bog‘liq  bo‘ladi. 

Masalan.  qog'ozda  -  510°C,  suyuq  yoqil  g‘ida  -  110-

1300°C,  taxtada  -  1000°C,  gazli  yoqilg'ida  -  1200-

1300°C hosil bo‘ladi. 

Kimyoviy  reaksiya  tezligi  sifatida  ma’lum  vaqt 

birligida  ma’lum  xajmdagi  moddaning  birikish  miqdori 

qabul  qilingan.  Aktivlashuv  quvvati  molekulalar 



o‘rtasidagi  bog‘lanshni  o‘zgartirishga  sarflanishi  zarur 

bo‘lgan quvvat miqdoridir.

 

 

 



5.1-rasm. Yonish jarayoni. a) alanga tarkibida 

yonuvchi gaz miqdorini taqsimlanishi: 1-yonuvchi 

gaz, 2-yonuvchi maxsulot, 3-alanga sirti; b) 

5

 



О

О



buglar, gazlar 

H



1



 

О



а) 

2

 



3

 

О



6



 

b) 



alanganing ko‘ndalang kesimi: 4,5, 6-diffuziyali 

yonishning chegaralari. 

 

Reaksiya  natijasida  ajralib  chiqayotgan  issiqlik 



yonuvchi 

aralashmaning 

qizishiga 

olib 


keladi. 

Aralashmaning  xarorati  idish  devorlari  xaroratidan 

oshib  ketsa,  undan  ajralayotgan  issiqlik  atrof  muxitga 

tarqala boshlaydi. Ma’lum vaqt birligida idish devorlari 

orqali  tarqalayotgan  issiqlik  miqdori,  idish  devori  va 

aralashma  harorati  orasidagi  ayirmaga  to‘g‘ri 

proporsional bo‘ladi, ya’ni 

 

V = A*S(T-T



i

)  


(5.1) 

 

bu erda: V-idish devori orqali tarqalayotgan issiqlik 



tezligi; A-issiqlik tarqatish koeffitsienti; S-idish devorlari 

yuzasi; T-aralashma harorati; T

i

-idish devori harorati.



 

Moddalar 

uchun 

o‘z-o‘zidan  alangalanish 



harorati har xil bo‘ladi. Masalan, A - 73 benzinining o‘z-


o‘zidan  alangalanish  harorati  -  255°Cga,  yog‘ochniki  - 

400°C, linoleumniki - 400°Cga teng.

 

Tabiatda 



shunday 

aralashmalar 

uchraydiki, 

ularning  xaroratini  tashqaridan  oshirmagan  xolda 

kimyoviy  jarayonlar  ruy  berishi  va  bu  jarayonlar  o‘z-

o‘zidan  alangalanish  xodisasini  vujudga  keltirishi 

mumkin.  Bunday  xodisalarni  zanjirli  kimyoviy 

jarayonlar  deb  yuritiladi.  Bu  xodisaning  bo‘lishiga 

asosiy  sabab  aralashma  xolidagi  yonuvchi  moddalarda, 

ma’lum  sharoit  taqozosi  bilan,  xarorat  o‘zgarmagan 

xolda,  bir  necha  markazda  moddaning  aktiv  atomlari 

hosil bo‘ladi hamda ular modda tarkibidagi molekulalar 

bilan  aktiv  reaksiyaga  kirishadi,  natijasida  yonuvchi 

modda  molekulalari  parchalanadi  va  yangi  aktiv 

markazlar xosil qiladi.

 

Predmetlar  yonishining  quyidagi  turlari  mavjud: 



alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-

o‘zidan yonish. 




Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish