Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar
belgilash va xavfsizlik usullarini o‘qitish. Tashkilot
va korxonalarga ishga yangi qabul qilingan barcha
ishchilar ish o‘rinlarida kirish instruktaji va birlamchi
instruktajdan
o‘tganlaridan
keyingina
ishga
qo‘yilishlari mumkin.
Kirish instruktajini xavfsizlik texnikasi bo‘yicha
muxandis o‘tkazadi. Bunda ishga qabul qilingan yangi
ishchi ayni ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza
qilishning
holati,
ichki
tartib-qoidalari,
ishlab
chiqarish sanitariyasi, yong‘inga qarshi himoya
tadbirlari bilan tanishadi. Kirish instruktaji bo‘yicha
mashg‘ulotlar
xavfsizlik
texnikasi
xonasida,
ishlarning xavfsiz usullari tasvirlangan ko‘rgazmali
qo‘llanmalardan foydalanib o‘tkaziladi. Instruktaj
o‘tkazgan shaxs va undan o‘tgan shaxslar maxsus
kitobga imzo qo‘yadi.
Ish o‘rinda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha
birlamchi instruktajni bo‘lim rahbari o‘tkazadi.
Birlamchi instruktajga ishchini o‘z ixtisosligi bo‘yicha
vazifalari, ish o‘rnini xavfsiz tashkil qilish tartibi bilan
tanishtirish, qurilma va mexanizmlarning tuzilishi
hamda ularga xizmat ko‘rsatish (ishga tushirish,
to‘xtatish va h.k.), asbob-uskuna va moslama, himoya
vositalari va to‘siqlar ishlatish hamda ulardan
foydalanish qoidalari, tayyor mahsulotlarni joylash
qoidalari, yuk ko‘tarish va transport vositalarini
ishlatishning xavfsiz qoidalari, shuningdek, xavf
tug‘ilgan taqdirda o‘zini qanday tutish kerakligi bilan
tanishtiriladi. Instruktaj o‘tkazilgandan so‘ng master
o‘z kasbi yoki bajarayotgan ishning turi bo‘yicha
xavfsizlik texnikasiga oid instruksiya yoki eslatma
topshirishi kerak.
Ish o‘rnida beriladigan instruktaj, shuningdek,
har safar boshqa ishga o‘tganda yoki ish sharoitlari
o‘zgarganda ham o‘tkaziladi; brigada ishchilari o‘zlari
bajaradigan barcha ish turlari bo‘yicha xavfsizlik
texnikasidan instruktaj o‘tishlari shart.
Xavfsizlik texnikasi qoidalarini, ishlab chiqarish
sanitariyasi hamda yong‘inga qarshi texnika
normalarini ma’muriy-texnik xodimlar va ishchilar
yaxshi o‘rganib bilib olgan hamda ularga qat’iy rioya
qilgan taqdirdagina bu qoida normalar yaxshi natija
beradi.
Tashkilotlarda
va
korxonalarda
xavfsizlik
texnikasi hamda ishlab chiqarish sanitariyasini
targ‘ibot qilish bo‘yicha o‘quv-uslubiy markazi
sifatida xavfsizlik texnikasi kabinetlari va burchaklari
tashkil etilib, ular tegishli o‘quv qo‘llanmalari bilan
ta’minlanadi.
Amaldagi
tartib-qoidalarga
binoan,
ishga
kirayotgan ishchilarning hammasi xavfsizlik texnikasi
bo‘yicha ta’lim olish kerak.
Asosan,
ishchilarni
xavf-xatarsiz
ishlashga
o‘rgatish maqsadida dastlabki (umumiy) instruktaj,
ish o‘rnining o‘zida ishlab chiqarish instruktaji
o‘tkaziladi va kursda ta’lim beriladi.
Ishchilarga
ta’lim
berishning bu
tizimi
majburiydir. Xavfsizlik texnikasi qoidalarining o‘z
vaqtida, to‘la-to‘kis va to‘g‘ri o‘rgatilishi uchun
korxona rahbari javobgardir.
Korxonaga ishga kirgan ishchilarning hammasi
(ixtisosidan va bajaradigan ishidan qat’i nazar),
shuningdek ishga yo‘llashdan oldin ishlab chiqarish
tajribasini o‘tish uchun ishlab chiqarish amalga
oshirayotgan joyga yuboriladi va o‘quvchilar ishga
tushishlaridan oldin dastlabki (umumiy) instruktaj va
ish o‘rnining o‘zida tashkil etiladigan instruktajdan
o‘tishlari shart.
Ixtisosiga ko‘ra avvalo tibbiy ko‘rigidan
o‘tishlari lozim bo‘lgan ishchilar ma’muriyatga
tegishli tibbiy hulosasini topshirishlari lozim, ana
shundan keyingina ularni ishga qabul qilish hamda
instruktajdan o‘tkazish mumkin. Masalan, qurilish
tashkilotlarida balandda ishlaydigan montajchilar
ishga kirayotganlarida dastlabki ko‘rikdan o‘tishlari,
keyin yiliga bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari
kerak. Kompleks brigadaning a’zolariga esa brigada
bajaradigan barcha turdagi ishlarni bexatar bajarish
usullari o‘rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |