4.2 Yong’in paytida odamlarni evakuatsiya kilish.
Yong‘in iqtisodiyotga katta moddiy zarar yetkazadi. Buning ustiga, ko‘p hollarda yong‘in vaqtida baxtsizlik hodisalari ham ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida yong‘indan saqlanish hamda mehnat muhofazasi qoidalarini yaxshi o‘rganib-bilib olish hamda ularni o‘zaro uzviy bog‘lay bilish vazifasini yuklaydi.
Yong‘inga qarshi ko‘rashish texnikasining vazifalari yong‘in chiqish sabablarini o‘rganish, yong‘inning oldini olishning eng maqbul usullarini, shuningdek yong‘inni qisqa vaqt ichida o‘chirish vositalari va usullarini topish hamda belgilab olishdan iboratdir. Yong‘in maxsus manbadan tashqarida bo‘ladigan, nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish bo‘lib, juda katta moddiy zarar yetkazadi.Yongin chog‘ida insonlar hayoti va salomatligiga real tahdid yuzaga keladi, inshoatlar va kommunikatsiyalar buziladi, uskunalar ishdan chiqadi, hayvonot dunyosi halokatga uchraydi, suv bosishi natijasida suv ostida qolib ekin-tekinlar va moddiy boyliklar nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, yonginlar talofat ko‘rgan mintaqaning ko‘lamli tumanlarning sanitar-gigienik va sanitar-epidemiologik ahvolini yomonlashtiradi.
Yonginlardan zararni kamaytirish uchun ogohlantirish ishlarini olib boradilar, ular ikki guruhga bo‘linadi-uzoq muddatli va yongin xavfi bilan bevosita uyushtiriladigan ishlar. Birinchi holatda profilaktika tadbirlari daryolar, ko‘llar va dengiz sohillarda suv mudofaasi choralari umumiy majmuasi doirasida amalga oshiriladi. Yongin xavfi tug‘ilishi bilan ogohlantirish ishlarga signal bo‘yicha yoki Gidrometeoxizmat xabariga ko‘ra, kirishadilar. Radio, televidenie va boshqa aloqa vositalari orqali shuningdek elchilar tamonidan kelayotgan ofat to‘g‘risida xabarni ma’lum qiladilar.
Korxonalar, muassasalar signal olinishi bilan mas’ul shaxslar va mutaxassislarning kechayu kunduz navbatchiligi uyushtiriladi. Vaziyat murakkablashganda FM bo‘linmalari tayyor holga keltiriladi.
Odatda suvning tarqalishini cheklash uchun suvni boshqa yerga burib yuboradigan kanallar, qaziladi, dambalar va himoya vallari bunyod etiladi, yerto‘la xonalari germetizatsiyalanadi, birinchi qavatlarda deraza va eshiklar bekitib tashlanadi.
Yongin bo‘lishi mumkin bo‘lgan tumandan barvaqtroq insonlarni evakuatsiya qilinadi, moddiy boyliklar va qishloq xo‘jaligi chorvasi olib chiqiladi.
Evakuatsiyaga mansub insonlar o‘zlari bilan xujjatlar,birinchi navbatda kerak bo‘lgan buyumlar, oziq-ovqatlar va suv zapasini olib tayinlangan joyga o‘z vaqtida kelishlari kerak.
Evakuatsiya uchun shaxsiy transport, avtomashina, mototsikllardan foydalanish mumkin. Harakatlanishda uzilgan simlar, suv yuvib ketgan yo‘l uchastkalaridan ehtiyot bo‘lmog‘i lozim. Ko‘priklar va pastqam yerlarni yengib o‘tish katta ehtiyotkorlik talab etadi.
Inshootlarda moddiy boyliklarni himoyalash bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi. Masalan, mulkning qismi binolarning yuqori qavatlari va boshqa suv chiqmaydigan joylarga olib o‘tiladi. Alohida qurilmalar, mexanizmlar, uskunalar mustahkamlanadi. Nazorat-o‘lchov asboblari va elektron-hisoblash texnika borasida alohida chora ko‘riladi. Nasoslar ishi, tarnovlar tizimi va kanalizatsiya tekshiriladi. Birinchi qavatlarning deraza va eshik ramalari suv o‘tkazmaydigan materiallar bilan berkitiladi. Dastgohlar va mexanizmlarning o‘ta muhim qismlar quyuq moyning qalin qatlami bilan qoplanadi. Avariya vaziyatlari holatida zarur anjomlar va materiallar tayyorlanadi, rezina etiklar, kiyim kechaklar, qum qoplari, zahiralari hozirlanadi. O‘lchov reykalari o‘rnatiladi, zarurat tug‘ilsa, kuzatish postlari tashkil qilinadi.
Evakuatsiya oldidan har bir inson o‘z uyi yoki xonadonini himoyalash yuzasidan ishlarni qilish kerak. Misol uchun, suv, gaz, elektr nurini o‘chirishi, yuqori qavatlarga o‘zining o‘ta qimmatli mulkini olib chiqishi, hovlidan ho‘jalik buyumini xavfsiz joyga olib qo‘yishi mumkin. Zarur bo‘lsa, deraza va eshiklarni yupqa taxtalar bilan qoqish, gidroizolyatsiya o‘tkazish zarur. Yertulaga kirish yonida sabzavod omborxonasida suv o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydigan yer ko‘tarmasi qurish lozim. Amaliyot, bu tadbirlar yo‘qotishlarni 60-80 foizgacha kamaytirilishini ko‘rsatadi.
Agar baribir yongin bo‘lgan bo‘lsayu, insonlar yongin hududida qolgan bo‘lsalar, ularni qayiqlar, katerlar, botalar, barjalar, poromlarda xafvsiz joyga ko‘chiriladi. Qo‘lbola vositalar-bochkalar, qalqonlar, g‘o‘lalar, avtomobil kameralar va insonni saqlay oladigan boshqa jismlardan foydalanish mumkin. Qayiq o‘rtasiga qadam qo‘yib turib, bittadan chiqish kerak. Harakatlanayotganda joy almashish va qayiq bortiga o‘tirish mumkin emas. Uning burnini to‘lqinga perpendikulyar tarizda tutish zarur. Manzilga yetib borgach, yo‘lovchilardan biri sohilga chiqib, hamma yo‘lovchilar quruqlikka chiqib olgunlariga qadar qayiqni bortidan ushlab turadi.
Evakuatsiya qilinganlarni jamoatchilik binolari (klublar, maktablar)ga joylashtiriladi yoki mahalliy aholi xonadonlariga sig‘diriladi.
Ko‘p miqdordagi yo‘sinlar, o‘tlar o‘sgan yerda bo‘lib qolgan inson qo‘l, oyoqlari ularning ichida o‘ralashib qolmasligi uchun faol va shiddatli harakatlardan nari bo‘lishi lozim. Orqaga yotib, oyoqni tinch ishlatib, suv tepasida harakatlanish lozim.
Agar qayiq bo‘lsa ofatga yo‘liqqan insonga oqimga qarshi, shamol bo‘lsa-shamol va to‘lqinga qarshi suzib yaqinlashish zarur. Jabrlanganni suvdan qayiqning quyruq tomonidan chiqarib olish afzal. Uni sohilga yetkazib kelib, zudlik bilan unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishmoq lozim. Suv bosgan tuman bo‘ylab harakatlanishni cheklash zarur.
Dovullar, bo‘ronlar va to‘fonlar. Bu favqulodda tez, ko‘pincha shamol va havoning fojiali harakatidir. Ular atmosferada siklon faoliyati oqibatida vujudga keladi.
Bu tabiiy ofatlarning halok etish kuchi birinchi navbatda shamolning o‘ta tezligida (soatiga 100 km. dan oshadi) uzoq davomiyligida bo‘lib havo zarrachalarining quyun joylashuvi bilan bog‘liq.
Dovul ofatning eng qudratli kuchlaridan biri sanalib, o‘zining yakson etish ta’siri bo‘yicha zilzila bilan tenglashishi mumkin. U ham odatda, to‘satdan sodir bo‘ladi.
Quruqlikda dovul qurilmalarni, aloqa va elektr uzatish liniyalariga shikast yetkazadi, transport kommunikatsiyalari va ko‘priklarga talofat yetkazadi, daraxtlarni sindiradi va ildizini tashqariga chiqarib yuboradi, dalalarni qup-quruq qiladi; dengiz o‘zra esa o‘tganda 10-12 metr balandlikdagi ulkan to‘lqinlarni hosil etadi, kemalarga ziyon yetkazadi va hatto halokatga duchor etadi.
Bo‘ronlar-dovullarning bir turi. Dovullarda vujudga keladigan talofatlar bilan bir qatorda ular o‘ta past nisbiy namlik bilan xarakterlanadi, negiz eroziyasi yoki undagi urug‘lik ekinlar bilan havoga uchiradi, yangi nishonalarni, ildizini quritadi, yer negizining ildiz tizimini ko‘kka sovuradi.
Ogohlantirish olingach, dastlabki hozirlik ko‘rish ishlarini o‘tkazishga zudlik bilan kirishmoq zarur; mustahkam bo‘lmagan qurilmalar va kranlarni mustahkamlash, binolarda eshiklar, cherdaklarni berkitish, kiritish oynalar, ventilyatsiya teshiklarini yopish zarur. Katta oynalar va vitrinalarni taxtalar bilan berkitmoq lozim. Oynalarni imkon boricha qog‘ozlar yoki gazmollar bilan yopishtirish ma’qul. Tashqari tomonlardagi eshiklar va oynalarni bino ichidagi bosimni teng ushlash uchun ochiq qoldirish kerak. Tomlar, balkonlar, lodjiyalardan insonlarga tushib, jarohat yetkazish mumkun bo‘lgan jismlarni olib qo‘yish lozim.
Insonlar yorug‘likning avariya manbalaridan xabardor bo‘lishlari, 2-3 kecha-kunduzga yotadigan suv va oziq-ovqat zapaslariga ega bo‘lishlari lozim. Dori-darmonlar, ayniqsa, bog‘lama materiallarini (zapas) g‘amlab olishlari yoddan chiqmasligi kerak. Radiopriyomniklar va radiotranslyatsiya tarmoqlari dinamiklarini yoqilgan holda saqlashlari, zero, ular orqali xabarlar, farmoyishlar berilishi, o‘zini qanday tuta bilish qoidalari tushuntirilishi mumkin.
Binoda turib, sinib tushgan oynalar siniqlaridan jarohatlanib qolishdan saqlanish zarur. Dovul paytida eng xavfsiz joy-FMning mudofa inshootlari, yerto‘lalar va g‘isht binolar birinchi qavatlaridagi ichki xonalar.
Shamol sustlashgandan so‘ng darhol ko‘chaga chiqishga oshiqmang, zero, bir necha daqiqadan keyin yana u takrorlanishi mumkin. Agar juda zarur bo‘lsa, binolar va qurilishlar, baland chordevorlar, to‘siqlar, daraxtlar, tayanch machtalari, simlardan uzoqroq yurish lozim. Hamisha yodda tutish kerakki, bunday sharoitlarda ko‘pincha insonlar oyna siniqlari, shiferlar, cherepitsalar, krovel temir parchalari, yo‘l belgilari, fasadlar va karnizlardan qismlar, balkonlar va lodjiyalarda saqlangan jismlardan jarohat oladilar.
Ko‘chkilar-qiyalik bo‘ylab pastga qarab o‘z og‘irligi ta’sirida yuzaki uchastkalarning sirg‘alib kelishidir. Ular turli sabablar (suvlarning yuvib ketishi, yog‘ingarchilikni haddan ziyod ko‘p bo‘lgan oqibatida namlik hosil bo‘lishi, ularni mustahkamliligi sustlashuvi, yer osti suvlari, davriy silkinishlar, xo‘jalik faoliyatini ongli tarzda olib bormaslik oqibati) natijasida yer massasining notengligi buzilishi orqasidan kelib chiqadi.
Ko‘chkilar aholi punktlarini buzishi, qishloq xo‘jaligiga shikast yetkazishi transport kommunikatsiyalari, truba quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, gidrotexnik inshootlariga talofat yetkazishi mumkin. Bundan tashqari, ular vodiyni to‘sib qo‘yib, uyumli ko‘llar hosil qilishi va yonginlarga sabab bo‘lishi mumkun.
Aholini ishonchli himoyalashni uyushtirish bo‘yicha choralarni o‘z vaqtida qabul qilishda aholini kelaetgan fojiadan xabardor etish va xavfli tumandan evakuatsiya qilinish va yoki qaerda jon saqlash joyini ko‘rsatish imkonini beruvchi aniq ishlaydigan baxabar etish tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Binoni tark etayotib, pechlarni o‘chirish, gaz kranlarini tambalab, svet va elektr asboblarini umuman o‘chirib tashlash kerak. Bu yong‘inlar chiqishini oldini olishga ko‘mak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |