99
O’quv yurti rahbari, ustaxona mudiri, mehnat ta’limi o’qituvchilari,
shuningdek amaliyot o’tash joyidagi ishlab chiqarish bo’linmasi raxbarlari
o’quvchilarning soz, ishchi holatidagi asboblar bilan ta’minlanishi, ish usullarini
to’g’ri bajarishi uchun mashuldir. Asboblar uskuna yonidagi saqlanishi mumkin
bo’lgan quti, shkaf, mashina konstruktsiyasida ko’zda tutilgan holda uning ichki
qismida maxsus joyda saqlanishi kerak. Verstaklarda joylashtirilgan iskana o’qlari
o’zaro masofasi bir metrni tashkil qilgan holda o’rnatiladi. Verstak eni 0,75 m dan
kichik bo’lmasligi, o’quvchilarni turli uchqunlardan saqlash uchun boshqalardan
to’sib turuvchi sim to’rdan to’siqlar o’rnatilishi kerak. Iskanalar buyumni ishonchli
tutib tura olishi, ularning siqib turuvchi qismi deformatsiyalanmagan bo’lishi talab
qilinadi. Bolg’a, kuvalda va boshqalar muhrasi tekis bo’lishi, chuqurcha yoki
yorilgan joylari bo’lmasligi, mustahkam tutqichga ega bo’lishi kerak. Bolg’a va
kuvalda tutqichlari qattiq, qayishqoq yog’och turlaridan ishlanadi. Yumshoq, mo’rt
yog’ochdan ishlangan tutqichlardan foydalanish tahqiqlanadi. Bolg’a va kuvalda
silliq, oval kesimli, tutib turiladigan tomoni yug’onlashib boradigan shaklda bo’lishi
kerak. Tutqich yuzasi silliq, tekis bo’lishi, yoriq va ‘ayraxalari bo’lmasligi kerak.
Egov, stameska, arra va boshqa shu kabi asboblar keyingi qismiga yorilib
ketishning oldini oluvchi metallar halqali tutqichlar o’rnatiladi. Tutqich uzunligi
asbob o’lchamiga mos kelishi ta’minlanadi. Asbob og’irligi va o’lchami unda
ishlovchi o’quvchining yosh xususiyatlariga mos bo’lishi lozim. Qayd etilgan
asboblardan tutqichi bo’lmagan, nosoz bo’lgan holda foydalanish ta hqiqlanadi.
Metalga ishlov berishda uchqundan saqlanish uchun himoya ko’zoynaklari taqiladi.
Ishlab chiqarish ustalari himoya ko’zoynaklaridan foydalanishni nazorat qilishlari
kerak. Arralar to’g’ri kerilgan va charxlangan bo’lishi kerak. Arra tutqichlari
mustahkam o’rnatilgan, silliqlab tozalangan bo’lishi kerak. Randalash asboblari
tekis, silliqlab tozalangan kolodkalarga ega bo’lishi kerak. Kolodkaning keyingi
qismi tumtoqlangan tutqichi silliqlangan bo’lishi kerak. Randalash asbobi
Yog’och kolodkaga mustahkam va zich o’rnatilgan bo’lishi, yorilgan joylari
va chuqurchalari bo’lmasligi kerak. Gayka kalitlari gayka va bolta kallaklari
o’lchamiga to’g’ri kelishi, yorilgan joylari va chuqurchalari bo’lmasligi kerak.
Kalitlarni turli moslamalar bilan uzaytirish mumkin emas. Qo’lda tashiladigan yuk
bilan ishlashga mashg’ulot vaqtining 3/1 qismi sarflanganda uning og’irligi mehnat
qonunchiligiga ko’ra: 15 yoshdagi o’g’il bolalar - 8,2 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: