98
Pedagogik jarayon, xususiyat va mehnat mashg’ulotlari jarayonidagi
o’quvchilarning yuqori faolligini e’tiborga olgan holda har bir o’quvchiga
ajratiladigan ish maydoni katta yoshdagi ishchilamikiga nisbatan 25-40 foizga
orttirilishi lozim. Tokarlik ishiga o’rgatishda har bir ish o’rni 6 m kvadrat,
frezerchi v a ‘ardozlovchi 9-12 m kvadrat, elektr ‘ayvandchiniki 7,5 m kvadrat,
uskunachi-slesar, yig’uvchi va tahmirlovchi kabilar 4 m kvadrat bo’lishi lozim.
Asbob va xom ashyolar saqlanadigan o’quv-ishlab chiqarish jarayoniga xizmat
ko’rsatish, tashib keltirish uchun qulaylikni e’tiborga olgan holda joylashtirilishi
kerak. Uzun o’lchamdagi yog’och material, temir va boshqalarni saqlash xonasi
tegishli tsexlar yonida, bitta eshigi tashqariga va ikkinchisi tsexga chiqadigan qilib
joylashtirilishi lozim. Saqlash xonasi maydoni tegishli talab asosida, materiallami
me’yor darajasida saqlash imkonini berishi lozim. Ishlab chiqarish xonasining ‘oli
issiq, silliq, tozalash uchun qulay bo’lishi, changimasligi, toyg’anoq bo’lmasligi,
shuningdek, mazkur xonada tashkil qilingan ishlab chiqarish talablariga javob
berishi lozim. Beton ‘olga ega bo’lgan holda har bir o’quvchi ishchi o’rni yog’och
to’shama bilan jihozlanadi.
Yilning sovuq paytlarida o’quv ustaxonasidagi namlik va havo harorati
tegishli ishlab chiqarish turiga qo’yiladigan talablar darajasida bo’lishi lozim. Eshik,
zina’oya va yo’laklar qurilish hamda yong’indan saqlanish qoidalariga binoan
joylashtirilishi kerak. Ustaxonaning ichki qismidagi o’tish joylari aniq
chegaralangan bo’lishi, o’q chiziq yoki ulami almashtiruvchi belgilar bilan
ko’rsatilishi lozim. Yo’lak va zina’oyalarni turli buyumlar bilan to’sib qo’yishga
ruxsat etilmaydi. Devorlar silliq bo’lishi, bo’yoq bilan qo’lanishi, ularni namlab
tozalash, imkonini berishi lozim. Barcha sanitariya-maishiy xonalar va ulardagi
jihozlar soz, ishchi holatda bo’lishi, ozoda holatda saqlanishi lozim. CHang
qo’lanishining oldini olish uchun ‘ol har bir mashg’ulot so’nggida namlab yoki
boshqa usulda tozalab turilishi lozim. Ustaxona yuqori sifatli (sanitariya talablariga
javob beruvchi) ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
O’quv-ishlab chiqarish ustaxonalari birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun
zarur materiallar (a’techka) bilan ta’minlanadi. O’quvchilar uchun ustki va maxsus
ishchi kiyimlarni saqlash uchun alohida shkaf ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: