Hayot faoliyati xavfsizligi


 Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/88
Sana04.09.2021
Hajmi2,41 Mb.
#163884
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi (4) Namangan Usl qollanma

2. Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik. 
Xalqaro  terrorizm  —  eng  og’ir  jinoyat  bo’lib,  u  uzoq  davom  etgan 
jarayonlarning xosilasi hisoblanadi. 
Unga  qarshi  kurashda  davlatlararo  hamkorlikning  yo’lga  qo’yilishi  o’tgan 
asrning  30-yillaridan  boshlangan.  Masalan,  1934  yilda  Madridda  bo’lib  o’tgan 
jinoyatchilikka  oid  qonunlarni  unifikatsiyalashtirish  muammolariga  bag’ishlangan 
konferentsiyada  terrorizmning  «Aholini  dahshatga  solish  va  harqanday  ijtimoiy 
tashkillashuvni yo’q qilish maqsadida biror bir vositani qo’llash» degan ma’nodagi 
tahrifi qabul qilinishiga erishilgan edi. 
1937 yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar 
uchun  jazolash  haqidagi  Konventsiyani  imzoladi.  Unda  terrorizm  «davlatga  qarshi 
qaratilgan,  muayyan  shaxslar  yoki  aholi  o’rtasida  qo’rquvni  keltirib  chiqarish 
maqsadini  ko’zlagan  jinoiy  faoliyat»  deya  tahriflangan  edi.  Davlat  boshliqlari, 
ularning huquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo’r bo’lgan kishilar, 
qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog’lig’i, ozodligiga tajovuz qilish, jamoat 
mulki  yoki  boshqa  davlatning  mulkiga  zarar  yetkazish,  ommaviy  xavf  tug’dirish 
bilan  odamlarni  halok  qilish  niyatini  ko’zlash,  ko’zlagan  jinoyatlarini  sodir  etish 
maqsadida  qurol-yarog’  va  portlovchi  moddalar  sotib  olish,  saklash  va  yetkazib 
berish ana shunday jinoyat sirasiga kiritilgan edi. 
Ayni  paytda,  terrorchilarni  jinoiy  javobgarlikka  tortish  uchun  13  davlat 
suveren  tenglikni  chegaralovchi  «Xalqaro  jinoiy  sudni  tashkil  etish»  haqidagi 
Konventsiyani  imzoladi.  SHunday  bo’lsa-da,  bu  hujjatlarda  xalqaro  terrorchilarni 


 
 
30 
tutib  berish  masalasi  umuman  qo’yilmagan,  terrorizmning  tahrifi  esa  xaddan 
tashqari  kengayib  ketgan  edi.  Yuqoridagi  kabi  qator  kamchiliklari  tufayli  nomlari 
zikr  qilingan  konventsiyalar  zarur  miqdordagi  ratifikatsiyalarni  to’’lay  olmadi  va 
kuchga  kirmay  qolib  ketdi.  SHunga  qaramay,  ular  bu  sohadagi  davlatlararo 
xamkorlikka  ozmi-ko’pmi  ijobiy  ta’sir  ko’rsatgani  shubhasiz,  albatta.  CHunki 
ularning  asosiy  qoidalaridan  terrorizmga  qarshi  kurash  to’g’risidagi  milliy 
qonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi. 
1972  yilning  may  va  sentyabr  oylarida  sodir  bo’lgan  voqealardan  keyin 
xalqaro  xamjamiyat  bu  dolzarb  va  xavfli  hodisaga  yana  o’z  e’tiborini  qaratdi. 
Terrorizm 
haqidagi 
umumiy 
tushuncha 
va 
terrorchilik 
faoliyati 
bilan 
shug’ullanuvchi  shaxslarni  jazolash  choralarini  belgilab  beruvchi  huquqiy  aktlar 
ishlab chiqildi. O’nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi qonunlar 
qabul  qilindi,  ikki  tomonlama  va  ko’p  tomonlama  bitimlar  imzolandi.  Qurolli 
to’qnashuvlar  vaqtida  terrorchilik  harakatlarini  qo’llash  xalqaro  gumanitar  huquq 
me’yorlariga,  xususan,  1949  yilda  imzo-langan  Urush  paytida  oddiy  fuqarolarni 
himoya  qilish  haqidagi  Jeneva  Konventsiyasiga,  1977  yilda  qabul  qilingan 
Qo’shimcha ‘rotokollar qoidalariga ko’ra man etilgan. 
Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifat jihatidan o’sishi 
bilan farklanadi. Ularning ichida «SHtern», «Irgun» (Isroil), «Yahudiylarni himoya 
qilish  ligasi»  (AKD11),  «Tamil  Ilam»ni  ozod  qiluvchi  yo’lbarslar,  «Baader-
Maynxof»,  «Qora  internatsional»,  «Butun  dunyo  natsional-sotsialistik  itti-foqi», 
«Armanistonni ozod qilish  maxfiy  arman  armiyasi»  kabi uyushmalar  ko’pchilikka 
ma’lum edi. SHuningdek, hozirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday 
guruhlar  mavjud.  Jumladan,  Yevropada  xam  «Qizil  brigadalar»  (Italiya),  «Qizil 
Armiya  fraktsiyasi»,  «Jangari  kommunistik  guruhlar»  (Belg’giya),  «Aksg’on 
direkt»  (Frantsiya),  «ETA»  (Is’aniya)  kabi  ko’p  sonli  terrorchilik  uyushmalari 
faoliyat olib bormokda. 
Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki katta miqdorda ‘ul talab qilish 
va  boshqa  oddiy  jinoiy  maqsadlarda  ham  amalga  oshirila  boshlaganini  ta’kidlash 
zarur.  Natijada,  nafaqat  xalqaro  muhofazadan  foydalanuvchilar,  balki  oddiy 
fuqarolar  xam  jabr  ko’ra  boshladi.  Ularga,  aholi  zich  yashaydigan  joylar, 
aeroportlar,  metro  bekatlari,  restoran  va  ibodatxonalarda  amalga  oshirilgan 
portlatishlarni kiritish mumkin. 
Bunday  jinoyatlarga  qarshi  kurashda  xalqaro  hamkorlik  aloqalari  kengayib 
bormokda.  Jumladan,  BMT  huzurida  xalqaro  terrorizm  bo’yicha  tashkil  etilgan 
Maxsus  qo’mita  terrorizm  sabablarini  o’rganish,  bartaraf  qilish  va  unga  qarshi 
kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiklashtirish bilan shug’ullanmoqtsa. 
1973    yilning  dekabrida  BMT  Bosh  Assambleyasi  xalqaro  muhofazadan 
foydalanadigan  shaxslar,  jumladan,  di’lomatik  agentlarga  qarshi  qaratilgan 
jinoyatlarning oldini olish va jazolash bo’yicha Konventsiyani qabul qildi. Uning 1-
moddasiga  muvofiq  xorijiy  mamlakatda  bo’lib  turgan  davlat  va  hukumat 
boshliqlari,  tashqi  ishlar  vaziri,  ularga  hamrohlik  qilayotgan  oila  ahzolari;  maxsus 
muhofaza  huquqi  bo’lgan  davlat  vakili  yoki  mansabdor  shaxs;  hukumatlararo 
xalqaro  tashkilotning  mansabdor  shaxsi  yoki  agenti  va  ular  bilan  birga  yashovchi 
oila ahzolari xalqaro muhofazada bo’ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan. 


 
 
31 
Odam  o’ldirish,  o’g’irlash  yoki  shaxs  va  uning  erkinliklariga  boshqa  bir 
shaklda  tajovuz  qilish;  erkinligi  yoki  shaxsiyatiga  xavf  tug’dirgan  holda  rasmiy 
idoralarga  yoki  shunday  shaxslarning  transport  vositalariga  zo’ravonlik  bilan 
bostirib kirish, egallab olish; taxdid, qasd qilish va shunga o’xshash bosqinchilikda 
ishtirok  etishdek  qasddan  qilingan  harakatlar  esa  xalqaro  jinoyat  sifatida  ehtirof 
qilinadi. 
Terrorchini o’z hududida qo’lga olgan davlat amaldagi qonunlariga ko’ra uni 
jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa davlatga shu maqsadda tutib berish uchun 
zarur  choralarni  ko’radi.  Ayni  paytda,  ko’rilgan  choralar  haqida  manfaatdor 
davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga ma’lum qiladi. Bunday jinoyatlar: 
-  jinoyat  shu  davlat  hududida  yoki  shu  davlatda  ro’yxatga  olingan  transport 
vositasi (kema, samolyot va sh.k.) bortida amalga oshirilganda; 
- gumon qilinayotgan jinoyatchi shu davlat fuqarosi bo’lganda; 
-    jinoyat  shu  davlat  nomidan  rasmiy  vazifani  bajarayotgan  va  xalqaro 
muxrfazadan  foydalanadigan  shaxsga  qarshi  sodir  etilganda  davlatlarning 
yurisdiktsiyasi amalga oshiriladi. 
Qayd etilgan harakatlarga qarshi kurash bo’yicha siyosiy kelishuvlar Yevropa 
xavfsizlik  va  hamkorlik  Kengashi  ishtirokchilarining  Xelg’sinki,  Madrid,  Vena, 
‘arijda qabul qilgan yakunlovchi aktlarida o’z ifodasini to’gan. 
Ayni  paytda,  terrorchilik  xurujlarining  oldini  olish  va  uni  sodir  etganlik 
uchun  jazolash  to’g’risidagi  Amerika  davlatlari  tashkiloti  (1971  y.),  Yevropa 
davlatlari  (1976  y.)  va  Janubiy  Osiyo  mintaqaviy  hamkorligi  assotsiatsiyasi  (1987 
y.) tomonidan qabul qilingan uchta mintaqaviy Konventsiya xam mavjudligini qayd 
etish lozim. 
SHu bilan birga, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tarkibida terrorizm bo’yicha 
Tashqi ishlar vazirlari Qo’mitasi xam faoliyat ko’rsatayotganini ta’kidlash zarur. 
Bu yo’nalishda hamkorlik qilishga intilish musulmon dunyosi mamlakatlariga 
ham  xosdir.  Ko’plab  arab-musulmon  davlatlari  Ichki  ishlar  va  Adliya  vazirlari 
tomonidan 1998 yilda imzolangan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha Arab bitimini 
qabul qilishgan. 
 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish